Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi – boy va kambag‘alning yuzaga kelishi. Davlatning kelib chiqishi bunda boylar bilan kambag‘allar bitm tuzadilar. Qonuniy hokimiyatninig zo‘ravonlikka aylanishi. Avval halq podisho va huquq tomonidan aldangan bo‘lsa, zo‘ravonlikda esa zo‘ravon qonunlar halqni aldaydi va unga hamla qiladi. Keyinchalik uning asarlari hukumat tomonidan taqib qilinia boshlandi. U hibsga olinishidan qo‘rqib, Fransiyadan qochib, Shvetsariya (1762) ga keladi. Russo ko‘p yillar Volterbilan bahs munozaralar yuritgan. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy o‘rin egallaydi. Tenglik jamiyatning tabbiy holati inson o‘z mohiyati jixatidan xoh ishlab chiqarishda xoh istemolda hech kimga bog‘liq emas. Bunday jamiyat idealdir.Unda kishilar boylik, xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Xususiy mulk bo‘lmagan yerda adolatsizlik bo‘lishi mumkin emasU feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yo‘lida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi. U o‘z ijtimoiy qarashlarida fransuz jamiyatining kambag‘al fuqarolar manfaatlarini himoya qildi. Shuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan.
Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bo‘lgan bo‘lsa, ona tomonidan Germaniyalik edi. Onasining ismi Reytir bo‘lgan. Onasi diniy ruhda tarbiyalanganligi uchun o‘z farzandlari ongiga diniy talimotlarni chuqur singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, ular oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kant to‘rtinchi o‘g‘il bo‘lgan. Keyinchalik ilohiyot bilan shug‘illangan. O‘g‘il tarbiyasi bilan ko‘proq ona shug‘illangan “onamni men hech qachon unuta olmayman va unitishga haqqim yo‘q. Chunki onam meni tabiatga va insonlarga muhabbatli bo‘lish ruhida tarbiyalangan. Manaviy kamolotga erishishimda onamning xizmatlari beqiyos ulkandir” deydi.
O‘spirinlik chog‘ida Muls ismli professor Kantda ilohiyotga xavas uyg‘otgan bo‘lsa, Knutsen ismli faylasuf esa unga Leybnits talimotini o‘rgata boshlydi. Universitetga kirishdan avval u onasidan ajraladi. Bu vaqtda Kant 13 yoshli bola edi. Kant onasining vafotidan keyin tog‘asining moddiy yordami bilan Kant universitetning iloxiyot fakultetga o‘qishga kiradi. Onasining vasiyatiga binoan kant universitetning iloxiyot fakultetiga hujjatlarini topshiradi. Kant talabalik yillarining daslabki vaqtlarida ilohiyotni havas bilan o‘rgana boshlagan edi.