Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari.
Davlatning harbiy qudrati darajasi uning iqtisodiyoti bilan bevosita bog’liq. Armiyaning barcha tuzilmalari va unda qo’llaniladigan jang usullari, ayni vaqtda, g’alaba yoki mag’lubiyat moddiy, iqtisodiy omillarga – inson va qurol materiallariga, shuningdek, aholi va texnikaning sifati va miqdoriga bog’liq. Shuning uchun, harbiy geografiya alohida mamlakatlarni o’rganishda ularning iqtisodiy salohiyatiga, mamlakatlar xalq xo’jaligining o’ziga xosligiga, ularning iqtisodiy va siyosiy tuzilmalariga, jamiyat ehtiyojlarini moddiy ta’minlashning maksimal imkoniyatlariga hamda urushni olib borish uchun zarur bo’lgan barcha ishlab chiqarish tarmoqlariga alohida e’tibor qaratadi. Harbiy geografiya mamlakatlar va ularning ittifoqlarini o’rganishda quyidagilarga:
sanoatningrivojlanishdarajasivaishlabchiqarishquvvatiga (asosan, og’irvaharbiysanoat), qishloqxo’jaligi, transportvaaloqaningimkoniyatlari;
mamlakatlarning tabiiy boyliklar va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi;
ishlabchiqarishninggeografikjoylashishxususiyatlari, aholivazaxiralarningrivojlanganlikdarajasi, uningmamlakatmoddiyishlabchiqarishivaxalqma’naviyhayotigata’sirida rajasi;
davlatningmoliyaviyahvolikabiiqtisodiyimkoniyatningengmuhimeleme ntlarigaqiziqadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini aniqlashda harakatsiz
(foydalanilmayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarini, ishchi kuchi zaxiralarini, milliy boylik miqdorini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ta’sir etuvchi ba’zi zaruriy imkoniyatlarni hisobga olish lozim. Bu o’rinda, harbiy geografiya mamlakatlarning harbiy-iqtisodiy salohiyatini ham o’rganadi. Harbiy-iqtisodiy salohiyat mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi bo’lib, undan urushlar olib borishda foydalanish mumkin. Bir xil umumiy iqtisodiy imkoniyatli mamlakatlardan qaysi birida harbiy munosabatlar kuchli bo’lsa, o’sha mamlakat katta harbiy-iqtisodiy salohiyatga ega bo’ladi va undan yaxshi foydalaniladi.
Harbiy maqsadlarda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasi harbiy-siyosiy vaziyatni, urushning xarakterini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini aniqlab beradi. Harbiy geografiya davlatlar harbiy qudrati asoslarini tadqiq qilishda siyosiy geografiya va boshqa ijtimoiy fanlarning ma’lumot va yo’l-yo’riqlaridan foydalanadi. U jamiyat va davlat tuzilmalarining safarbarlik imkoniyatlarini o’ziga xos baholashda va mamlakatlarning barcha resurslaridan mudofaa maqsadlarida foydalanishda yuqoridagi fanlar ko’rsatmalariga amal qiladi.
Shuningdek, iqtisodiy geografiya fanining sobiq Ittifoqda rivojlanishi XX asrning 20-yillarida butun mamlakatni elektrlashtirishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan. Bu reja iqtisodiyotni ko’tarish nuqtai nazaridan hududlardagi mahalliy yoqilg’i resurslari asosida yirik elektrostansiyalarni qurish va ularning negizida metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati tarmoqlarini shakllantirishga qaratilgan edi. Mazkur rejaning asosiy maqsadi, mamlakat hududlarida katta ahamiyatga ega bo’lgan og’ir sanoat
tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish bo’lib, buning natijasida, yirik transport magistral yo’llarini tashkil etish ham e’tiborga olingan.
Ushbu rejani amalga oshirish, o’z navbatida, mamlakat hududlarining tabiiy resurslari va sharoitlarini, iqtisodiy geografik o’rnini, aholi va mehnat resurslarini, hududiy ixtisoslashish va boshqa imkoniyat va sharoitlarni majmuali o’rganishni talab etadi. Oqibatda esa iqtisodiy geografik tadqiqotlarni olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosiy ilmiy yo’nalishlarida, mamlakat iqtisodiyotini jadal sur’atlarda rivojlantirish va sanoatlashtirish maqsadida iqtisodiy rayonlashtirish va yangi hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil etishning nazariy masalalarini yaratishga katta e’tibor qaratiladi. Ushbu reja asosida, O’zbekistondagi ilk yirik gidroelektrostansiyalar zanjiri – Chirchiq-Bo’zsuv gidroelektroenergiya kaskadi qurildi va Toshkent viloyatida elektroenergetika, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik korxonalari barpo etildi. Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M.Krjijanovskiy, I.G.Aleksandrov, Y.G.Saushkin va N.N.Baranskiy va boshqa qator olimlar katta hissa qo’shdilar va o’z ilmiy maktablarini yaratdilar.
Sobiq Ittifoq oliy o’quv yurtlarida (iqtisodiyot va geografiya fakultetlarida) iqtisodiy geografiya asosiy predmet sifatida o’qitilishi ham o’tgan asrning 20yillariga to’g’ri keladi. Ayni paytda, iqtisodiy geografiya dunyo siyosiy kartasida, jahon xo’jaligida, mintaqalar va mamlakatlar xo’jalik tizimidagi muhim miqdor va sifat o’zgarishlarini tadqiq qildi. 1976-yildan boshlab iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritila boshlandi. Bunday o’zgarish bilan professor A.Soliyev ta’kidlaganidek: ―...fanning mazmuni uning shakliga moslashtirildi, chunki bu shaklan o’zgarish edi, mohiyatan iqtisodiy geografiya doirasida ijtimoiy masalalar ham ayni paytda o’rganib kelinar edi‖ (A.Soliyev, 1995). Biroq, bugungi kunda mazkur fan ko’plab rivojlangan mamlakatlarda Inson geografiyasi deb nomlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |