20-MAVZU: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI. REJA:
Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi.
Yaponiyada ta’lim tizimi.
Janubiy Koreyada ta’lim tizimi.
Fransiyada ta’lim tizimi.
Germaniyada ta’lim tizimi.
O’zbekiston ta’lim tizimi va Hamkorlik yo’nalishlari.
Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi.
1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. O’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uch tabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular quyidagilar:
1. Gomogenlar – matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’quvchilar.
2. Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’kuvchilar.
3. Gegeron – barcha fanlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va hokazo.
.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha davom etadi. Bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yil maktabda to’la haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin, xususiy maktablar kam. Boshlangich maktab 4 yildan(Berlinda 6 yil)iborat. So’ngra o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. So’ngra bolalar yuqori maktabning uc tipidagi maktablarida o’qiydilar.
Maktab turlari
Asosiy maktab-keyinchalik hunar ta’limi olish huquqini beradi.
Real maktab-Kasb-kor yo’nalishidagi to’liqsiz o’rta ta’lim huquqini va o’rta hunar –tehnika o’quv yurtiga kirish va uni bitirgach, texnika oliy o’quv yurtiga kirish huquqini beradi.
Gimnaziya-to’liq o’rta ma’lumot beradi va universitet, oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini beradi. Umumiy maktab—bolalar 5 sinfdan 10 sinfgaca oqiydi.
Жанубий Кореяда болалар (6 ёшдан ошган) 7 ёшдан 13 ёшгача бошланғич мактабга борадилар. Ўқиш муддати 6 йил, мажбурий ва бепул. Ўқув йили эса 1 март Корея Республикасида давлат байрам муносабати билан 2 мартдан бошланади. Хусусий ўқув муассасалари, яъни “хагвон”лар деб аталади.
Корея таълим тизими
Корейс тилида ўрта мактаб ―”чунхакё”деб номланади ва “ўрта мактаб” маъносини беради. Ўрта мактабда таълим мажбурий, бепул ва 3 йил ўқитилади. Ўрта мактабга 11 ёшдан ошган, 12 ёшдагилар қабул қилинади.
Юқори мактаб корейсчасига “кодынхаккё” деб номланади. Кореялик болалар юқори мактабга ўрта мактабдан кейин 17 ёшдан 1-курсга қабул қилинади ва 19 ёшгача таҳсил олади.
Кореяда болалар боғчалари умумий таълим дастурининг бир қисми ҳисобланмайди, ота-оналар болаларни хусусий муассасаларга топширадилар. Болалар боғчасига болалар 3 ёшдан 5 ёшгача қабул қилинади.
Жанубий Кореяда қуйидаги таълим муассасалари турларимавжуд:
- коллеж ва университетлар (хусусий ва миллий, давлат тасарруфида);
- индустриал университетлар;
- педагогика институтлари;
- сиртқи университетлар;
- очиқ университетлар.
Amerika modeli: kichik o’rta maktab → o’rta maktab → katta o’rta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura.
Fransiya modeli: onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Germaniya modeli: umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → doktorantura.
Angliya modeli: birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab → kollej → universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli: umumta’lim maktabi → to’liq o’rta maktab, gimnaziya va litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → magistratura → doktorantura.
Qozog’iston modeli: to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.