5-§. O ta -o n a sizla rg a d a vla t g'amxo'rligi
Davlat ota-onalarga farzandlarini voyaga yetguncha boqish,
tarbiyalash majburiyatini yuklash bilan birga, ota-onasiz bolalarni
boqishni, tarbiya qilishni, o‘qitishni o'z zimmasiga oladi. Bu Kons-
titutsiyadagi: “Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalari-
ning vasiyligidan m a h ru m bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash
va o'qitishni t a ’minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyat-
larini rag 'b atlan tirad i”, - degan qoida asosida amalga oshiriladi
(64-modda).
Voyaga y etg u n g a qadar davlat va jamiyat qaramog'ida
bo'ladigan, u iarn in g yordamiga muhtoj bolalar deganda, yetim
bolalarni (ota-onasi vafot etgan bolalarni), ota-onaning vasiyligidan
mahrum bo'lgan (ota-onalari tashlab ketgan yoki ota-onalik huqu-
qidan tegishli tartibda m ahrum qilinganlar) bolalarni e’tiborga
olamiz. Bunday yordamga muhtoj bolalarni davlat turli tadbirlar
belgilab, m u n tazam ravishda ular hayotda o'z o'rinlarini topishi
uchun z a ru r sharoit yaratib beradi.
Bola ota-onasiz bo'lsa, “M ehribonlik” uylariga, maxsus
m uassasalarga joylashtiriladi. Turli sabablarga ko'ra bolalarning
ota-onasidan tarbiya olish imkoniyati bo'lmasa, bola oilalarga far-
zandlikka beriladi yoki unga voyaga yetgunicha vasiylik hamda
homiylik belgilanadi.
M am lakatim izda ko'plab “M ehribonlik” uylari mavjud bo'lib,
ularda yetim bolalar voyaga yetgunlariga qadar davlat tomonidan
yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, kelajak hayotga tayyorgar-
lik ko'rishadi.
Hozirgi kunda ko'plab oilalar yetim bolalarni asrab olib, uiar
ning tarbiyasi bilan shug'ullanmoqda.
Bunday tajriba, ya’ni ota-onasiz yetim bolalarni oilasiga olib
farzandlaridek tarbiyalash, topganini baravar baham korish xal-
qimiz m a’naviyatiga xos bo'lib, urf-odatga aylangan.
Ikkinchi jahon urushi davrida urush natijasida ota-onasidan
ajragan ko'plab bolalar O'zbekistonda o'z oilalarini topgan. Ay-
niqsa, oddiy temirchi Sh. Shomahmudov 14 ta yetim bolani tarbi-
yalab, jahon ahlining tahsiniga sazovor bo'lgan.
247
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu davrdagi yetim bolalarni boquvchi oilalarga davlat e’tibori
bilan hozirgi kundagi yetim bolalarni tarbiyalovchi oilalarga davlat
e’tibori butunlay boshqacha. Hozir yetim bolalarni boquvchi oilalar
davlat va jamiyat tomonidan doimiy ko'mak olib turadi.
M am lakatim iz aholisi soniga nisbatan boshqa mamlakatlar-
ga qaraganda “M ehribonlik” uylari kamligi, bizda ota-onasizlar
ko'plab oilalarda tarbiya olishi bilan xarakterlanadi.
Ota-onasiz, yetim bolalarga jamiyat va davlat g ‘am x o ‘rligini
amalga oshirishda turli ja m g 'arm alar ham k atta rol o'ynaydi. Bun
day jam g'arm alar O'zbekistonda yetarlicha. B ular jumlasiga: “Sen
yolg'iz em assan ”, “Mehr-shavqat va salom atlik ”, “Sog'lom avlod
uchun” jam g'arm alari kiradi. Davlat tom onidan qo'llab-quvvat-
lanuvchi bu tashkilotlar jamiyat nomidan yetim-yesirlarni boqish,
tarbiyalash, o'qitish ishlariga katta yordam bermoqda.
Konstitutsiyaga asosan, dunyoga kelgan farzand ota-onasi-
ning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan q a t ’i n a z a r qonun oldida
tengdirlar.
“Onalik va bolalik davlat tomonidan m uhofaza qilinadi”, degan
Konstitutsiyaning 65-moddasi qoidalari, farzandlarga te n g huquqli-
lik va teng imkoniyat bo'lishini nazarda tutadi h am d a har qanday
holda onalik va bolalikning davlat tom onidan him oyaga olinishini
ko'rsatuvchi yana bir muhim huquqiy asosdir.
Ota-onasizlar jamiyat va davlatning ko'm agi ostida hayot-
da o'z o'rnini topmoqda. Davlat yetim -yesirlarga faqat umumiy
ta ’lim olishda imtiyoz va imkoniyatlar y a ra tib g in a qolmasdan,
ularm ta ’limning boshqa bosqichlarida qo'llab-quvvatlamoqda.
0 ‘quv yurtlariga o'quvchi qabul qilishda o ta-o n a sizla rg a tegishli
hujjatlar asosida imtiyozlar berilgan. Ana shu im tiyozdan foy*
dalanib ko'plab ota-onasizlar o'zlari uchun z a r u r kasblarga ega
bo Imoqda. Ular o'quv m uassasalari tom onidan iqtisodiy jihatdan
qo'llab-quvvatlanmoqda.
2006-yilning “Homiylar va shifokorlar yili” deb e’lon qilinishi,
u bo yicha qabul qilingan hujjatlar va belgilangan tadbirlar ota-
onasiz bolalarni boqish, tarbiyalash, o'qitish uchun k atta imkoni-
yatlar yaratishni nazarda tutgan edi. Bu ham davlat va jamiyat-
ning o'z vazifasiga jiddiy qarashini ko'rsatmoqda.
248
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bozor m unosabati natijasida mamlakatimizda mulkdorlar ko‘-
payib bormoqda, ular ham o'z m ablag'larining m a ’lum qismini
ixtiyoriy ravishda ota-onasiz bolalarning tarbiyasiga sarflamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |