Buxoro shahridagi Shohrud arigʻi boʻyida barpo etilgan “Saroyi Urganji” da faqat xorazmlik savdogarlar turli savdo mollari bilan savdo- sotiqni amalga oshirishgan
Bog'liq Xvi- XIX asrlarda Xiva xonligining Diplomatik aloqalar-hozir.org
Buxoro shahridagi Shohrud arigʻi boʻyida barpo etilgan “Saroyi Urganji” da faqat xorazmlik savdogarlar turli savdo mollari bilan savdo- sotiqni amalga oshirishgan.
Buxoro–Xiva tashqi savdo-sotiq aloqalarida foydalanila-digan quruqlikdagi savdo karvon yoʻlining uzunligi venger olimi A.Vamberining yozishicha, 60 tosh boʻlib (1 tosh – 8 km.), har 5-10 tosh masofada savdo karvonining toʻxtab hordiq chiqarishi, suv gʻamlab olishi uchun qulayliklar mavjud boʻlgan. Savdo karvonidagi tuyalar: Xivadan Xonqagacha – 6 tosh; Xonqadan Shoʻraxonagacha – 5 tosh; Shoʻraxonadan Oqqamishgacha – 6 tosh; Oqqamishdan Tuyaboʻyingacha – 8 tosh; Tuyaboʻyindan Tuyoqligacha – 10 tosh; Itsushakdan Qorakoʻlgacha – 10 tosh; Qorakoʻldan Buxorogacha – 9 toshlik yoʻlni 10-15 kunda bosib oʻtgan. Savdo karvon yoʻlida yuk tashishda har bir tuya uchun toʻlanadigan yoʻl haqqi 1-1,5 tillo atrofida boʻlgan. Otda Xiva-Buxoro oraligʻidagi masofa 4-5 kunda bosib oʻtilgan.

2. Qoʻqon xonligi Xiva xonligi bilan ham yuqori darajada boʻlmasa-da, muayyan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Qoʻqon xonligining Xiva bilan savdo aloqalari asosan Buxoro xonligi bozorlari va bu davlat hududidan oʻtgan karvon yoʻllari orqali olib borilgan.

Biroq, bu hududdan oʻtgan karvon yoʻllarining uzoqligi, noqulay sharoiti va savdogarlar hayoti uchun xavfliligi savdo munosabatlarining rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Natijada, Buxoro xonligi orqali oʻtgan yoʻllar vositasida Qoʻqon – Xiva savdosini amalga oshirish oʻz ahamiyatini saqlab qolgan.
Qoʻqon – Xiva savdosida Oqmasjid qalʼasi muhim ahamiyat kasb etgan. Bu Qoʻqon qalʼasi Xiva chegarasidan 45 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, uning bozorida Xiva savdogarlari Qoʻqon savdogarlari bilan oldi-sotdi munosabatlarini amalga oshirganlar