off/ˈʃəʊˌɒf/, take-off /ˈteɪkˌɒf/. Grammatik ma’no ifodalaydigan so‘zlar yordamida
hosil qilingan so‘zlarda faqatgina atash ma’nosiga ega bo’lgan so‘zning o‘zidagina
bosh urg‘u mavjud, grammatik so‘zlarda esa hech qanday urg‘u darajasi
kuzatilmaydi: withstand [wɪð'stænd], withdraw [wɪð'drɔː]. Ammo grammatik
so‘zlar yordamida hosil qilingan fe’llarda ikkinchi darajali urg‘u grammatik so‘zga
tushadi: outrun [ˌaʊt'rʌn], outfit ['aʊtˌfɪt]
66
. Demak, bosh va ikkinchi darajali
urg‘uning qo‘llanishi so‘zning ma’noli va garammatik ma’no ifodalovchi qismlari
bilan ham o‘zaro bog‘li bo‘lib, atash ma’nosiga ega bo‘lgan qism aksariyat
hollarda bosh urg‘uni olmaydi.
Muammoli vaziyatlar asosan yasama so‘zlarda yuzaga keladi. Odatda
suffiksatsiya jarayonida so‘zlar uzayib boradi va bosh urg‘u o‘ng tomondagi
bo‘g‘inlarga siljib boradi. Dastlabki bosh urg‘u endi ikkinchi darajali urg‘uga
aylanadi. Bu urg‘u ko‘pincha yasama ikkinchi darajali urg‘u deb ataladi. Fiction
so‘zida, masalan, bosh urg‘u birinchi bo‘g‘inda, fictioneerso‘zida birinchi
bo‘g‘indagi urg‘u ikkinchi darjali urg‘uga aylandi. Quyidagi misollar aynan shu
tipdagi so‘zlarga oiddir: adáptable – adàptabílity, éducate – èducátion, impréssion
– imprèssionístic, irrégular – irrègulárity, jústify – jùstificátion, órchid –
òrchidáceous, perípheral – perìpherálity. Bu yerda bosh urg‘udan oldingi
bo‘g‘inlar soni muhim ahamiyatga ega emas. Agar allaqachon ikkinchi darajali
urg‘uga ega bo‘lgan uzun so‘zga suffiks qo‘shilsa, ikkinchi darajali urg‘uga ega
bo‘g‘inlar soni ko‘payadi: ìndivídual va ìndivìduálity, còmprehénsible va
còmprehènsibílity.
Yasama ikkinchi darajali urg‘u cheklangan holat ham mavjuddir. Asosiy
urg‘ularning ketma-ket joylashuvidan qochish va urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlar
yonma-yon kelishidan hosil bo‘ladigan ritmga erishish maqsadi ikkita yechimga
olib boradi: dastlabki bosh bo‘g‘in uchinchi darajali urg‘uga aylanishi kerak yoki
urg‘usizga, yoki ikkinchi darajali chap tomonga siljishi lozim, so‘ngisi hech
66
Argenis A. Stress and Rhythm. Unversidad de Los Andes. 2009. –B. 5.
32
qanday ikkinchi darajali urg‘udan foydalanilmay sobiq bosh urg‘u butunlay olib
tashlanadi. Demak, har ikkala strategiyaning maqsadi urg‘uli bo‘g‘inlarni to‘g‘ri
taqsimlashdir. Quyida bir necha dastlab bosh urg’uga ega bo‘g‘inli so‘zlar va
ularning unlilari XFA belgilari asosida belgilangan.
Urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlar yonma-
yon joylashtirish
Bosh urg‘uni olib tashlash
adápt – àdaptátion /æ/
doméstic – dòmestícity /e/
enígma – ènigmátic /ɪ/
fragmént (verb) – fràgmentátion /ə /
horízon – hòrizóntal /ɪ/
Japán – Jàpanése /ə/
refórm – rèformátion /ə/
transpórt – trànsportátion /ɔː/
áctive – actívity / æ/
ànthropólogy – ànthropológical /ə/
átom – atómic /ə/
clímate – climátic /aɪ/
Gérman – Germánic /ɜː/
frágile – fragílity /ə/
Do'stlaringiz bilan baham: |