divine /dɪˈvaɪn/, even /'iːv(ə)n/, correct /kəˈrekt/, hollow
/ˈhɒləʊ/, alive/ə'laɪv/.Aksariyat urg‘u qoidalarida istisnolar mavjuddir. Masalan
honest/ˈɒnɪst/ va perfect/ˈpɜː(r)fɪkt/ so‘zlari. Har ikkovida ham ohirgi bo‘g‘in
ikkita undosh bilan tugashiga qaramay , urg‘u so‘zning birinchi bo‘g‘iniga
tushadi.
Otlar esa turlicha qoidalarni taqozo etadi: agar ikkinchi bo‘g‘in o‘z tarkibiga
qisqa unlini olsa, urg‘u odatda so‘zning birinchi bo‘g‘iniga tushadi. Aksincha
bo‘lsa, ikkinchi bo‘g‘in urg‘u oladi: money /'mʌnɪ/, estate /ɪ'steɪt/, product
/'prɒdʌkt/, balloon /bə'luːn/, larynx /'lærɪŋks/, design
/dɪ'zaɪn/. Boshqa ikki bo‘g‘inli ravishlar va predloglar ham huddi fe’llar va sifatlar
kabi urg‘u o‘rniga egadir.
Uch bo‘g‘inli fe’llarda agar oxirgi bo‘gin o‘z ichiga qisqa unlini olsa va bitta
undosh bilan tugasa, shu bo‘g‘in urg‘u olmaydi, eng so‘nggi bo‘g‘indan oldingi
bo‘g‘in esa urg‘uga ega bo‘ladi
79
: encounter/ɪn'kaʊntə/,determine /dɪˈtɜː(r)mɪn/.
Agar oxirgi bo‘g‘in tarkibida cho‘ziq unli yoki diftong tovush bo‘lsa yoki birdan
ortiq undosh tovush bilan tugasa, urg‘u aynan shu bo‘g‘inda bo‘ladi: entertain
/entə'teɪn/, resurrect/rezəˈrekt/. Otlarda esa, agar oxirgi bo‘g‘in o‘z ichiga qisqa
unli yoki əu ni olsa, bu bo‘g‘inga urg‘u tushmaydi; agar o‘rtadagi bo‘g‘in
tarkibida cho‘ziq unli yoki diftong bo‘lsa yoki birdan ortiq undosh tovush bilan
tugasa , urg‘u o‘rta bo‘g‘inga tushadi: mimosa/mɪˈməʊzə/, disaster/dɪˈzɑːstə(r)/,
potato /pəˈteɪtəʊ/,synopsis/sɪˈnɒpsɪs/. Agar oxirgi bo‘g‘in o‘z ichiga qisqa unlini
olsa va ikkinchi bo‘g‘inda doim qisqa unli mavjud bo‘lib bittadan ortiq bo‘lmagan
undosh tovush bilan tugasa, urg‘u so‘zning birinchi bo‘g‘inida bo‘ladi: quantity
/ˈkwɒntəti/, emperor /ˈemp(ə)rə(r)/, cinema /ˈsɪnəmə/, custody
/ˈkʌstədi/.
79
Roach P. English phonetics and phonology.A practical course second edition.─Cambridge.: Cambridge University
press, 1991. –B. 90.
41
Yuqorida keltirilgan qoidalarning barchasi urg‘uning cho‘ziq unli yoki
diftonga ega, birdan ortiq undosh bilan tugaydigan bo‘lishini ta‘kidlagan bo‘lsa,
uch bo‘g‘inli otlar bundan mustasnodir. Agar oxirgi bo‘g‘in yuqoridagidek tipdagi
ot bo‘lsa, urg‘u so‘zning birinchi bo‘g‘iniga tushadi: intellect /ˈɪntəlekt/,
telecast/ˈteliˌkɑːst/.Sifatlar ham shunday qoidaga amal qilishni taqozo etadi:
opportune/ˈɒpə(r)tjuːn/,
fairytale
/ˈfeəriˌteɪl/,
versatile
/ˈvɜː(r)sətaɪl/,
derelict /ˈderəlɪkt/.
Ingliz tilidagi leksik urg‘u joylashuvining yanada murakkablashuvi
affiksatsiya va qo‘shma so‘zlar xosil qilinganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan,
qo‘shimchalarning urg‘uga qay darajada ta’sir qilishini bilish uchun biz albatta
ushbu qo‘shimchaning turini (prefiks yoki suffiks ekanligini), tarixini (ushbu
qo‘shimchaning tilga qaysi tildan kirib kelganligi) bilish muhim ahamiyatga
egadir. Masalan ingliz tilidagi aksariyat old qo‘shimchalar lotin va german tillariga
tegishli bo‘lib, so‘z tarixini bilish urg‘u o‘rnini topishda yordam beradi:
German tilidan kelib chiqqan prefikslar Lotin tilidan kelib chiqqan prefikslar
a-, be-, for-, mis-, out-, over-, un-,
under-, up-, with-:awake, believe,
Do'stlaringiz bilan baham: |