Metodik tavsiyalar
1-2-sinf o‘quvchilari har kuni jonli va jonsiz tabiatda ro‘y berayotgan o^garishlarni kuzatadi. Berilgan kuzatuvlar 1-sinf kuzatuvlari shaklida amalga oshadi. Biroq 2-sinfda, 1-sinfdan farqli ravishda, kuzatuvlar murakkablashadi.
Agar 1-sinfda kuzatuvlar faqat umumiy xarakterga ega bo‘lib, tabiatning asosiy komponentlari haqida dastlabki bilimlarni shakllantirishga yo‘nalgan bo‘lsa, 2-sinfda murakkablashadi. Dastlabki bilimlar chuqurlashtiriladi va aniqlashtiriladi. Shu maqsadda 2-sinfda haftalik kuzatishlar tematikasi yo‘lga qo‘yiladi.
Har bir hafita uchun tabiatning ikkita komponentini kuzatish ajratiladi. Ulardan birinchisi doimiy bo‘lib, ob-havoni kuzatish hisoblanadi. Ikkinchisi har bir hafta uchun alohida, masalan, birinchi chorakka oid quyidagi haftalik mavzular: «Kuzgi osmon va Quyosh», «Kuzda o‘simliklar», «Hovli va bogiarda mehnat»,
«Jonivorlami qishga tayyorlash», «Xazonrezgining tugashi» va boshqa mavzular belgilanishi mumkin. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, oydan oyga mavzular takrorlanadi. 0 ‘quvchilar tabiatning bir xil obyektlarini har xil fasllarda kuzatib tabiatning o‘zgarishi va rivojlanishini o‘rganadi hamda farqlaydi. Shu bilan birga,
o‘quvchilar jonli tabiatdagi o‘zgarishlar jonsiz tabiatdagi o‘zgarishlarga bog‘liq ekanini, doimo jonli va jonsiz tabiat birbirini to‘ldirishini anglab yetadi.
Kuzatuvni bunday tashkillashtirish va amalga oshirish bolalaming o‘z diqqatlarini hafta davomida ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lgan komponentga qaratishlariga ob-havoga (doimiy haftalik komponent) va haftada berilgan obyektni o‘rganishiga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bu kuzatishni eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar bilan olib borish maqsadga muvofiq bo‘lib, ular nutqining rivojlanishiga imkoniyat beradi. Tabiat jarayonlarida o‘z ifodasini topgan kuzatuvlar davomida
erishilgan faktlar xulosada o‘z ifodasini topadi. Hafitaning boshida qilingan xulosa (barglar sarg‘ayib qoldi, qizargan va sarg‘aygan barglar to‘kilmoqda), keyingi xulosada esa yangi ma’lumotlar bilan boyitiladi va yanada keng hamda umumlashtiruvchi xarakterga ega bo‘ladi. Ya’ni xulosa (kuzda daraxtlaming barglari sarg‘ayadi. Qizil va sariq barglar to‘kiladi. Xazonrezgi sentabr oyida
boshlanadi. 0 ‘tgan yil ham xazonrezgi bo'lgan o‘quvchilar jonli tabiatdagi o‘zgarishlar jonsiz tabiatdagi o‘zgarishlarga bog‘liq ekanini, doimo jonli va jonsiz tabiat birbirini to‘ldirishini anglab yetadi. Kuzatuvni bunday tashkillashtirish va amalga oshirish bolalaming o‘z diqqatlarini hafta davomida ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lgan komponentga qaratishlariga ob-havoga (doimiy haftalik komponent) va haftada berilgan obyektni o‘rganishiga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bu kuzatishni eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib borish maqsadga muvofiq bo‘lib, ular nutqining rivojlanishiga imkoniyat beradi.Tabiat jarayonlarida o‘z ifodasini topgan kuzatuvlar davomida erishilgan faktlar xulosada o‘z ifodasini topadi. Hafitaning boshida qilingan xulosa (barglar sarg‘ayib qoldi, qizargan va sarg‘aygan barglar to‘kilmoqda), keyingi xulosada esa yangi ma’lumotlar bilan boyitiladi va yanada keng hamda umumlashtiruvchi xarakterga ega bo‘ladi. Ya’ni xulosa (kuzda daraxtlaming barglari sarg‘ayadi.Qizil va sariq barglar to‘kiladi. Xazonrezgi sentabr oyida boshlanadi. 0 ‘tgan yil ham xazonrezgi bo'lgan edi).
Savol va topshiriqlar
1. Kar bolalar maktabida 1-sinf o‘quvchilarini atrof-olam
bilan tanishtirishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Zaif eshituvchi o‘quvchilar maktabida 2-sinf o‘quvchilarini
atrof-olam bilan tanishtirishda qanday o'ziga xoslik kuzatiladi?
3. 1-2-sinflarda tabiatda kuzatishlar o'tkazish metodikasini
yoritib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |