Xusnixat o’qitish metodikasi fanining ahamiyati, maqsad va vazifalari



Download 22,33 Kb.
bet1/2
Sana03.04.2022
Hajmi22,33 Kb.
#526242
  1   2
Bog'liq
Xusnixat o


  1. Xusnixat o’qitish metodikasi fanining ahamiyati, maqsad va vazifalari

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish savotxonlikning poydevori hisoblanadi. Bolalarga chiroyli yozuvni o’rgatishdan maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni xar tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda go’zallikga intiluvchi uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga intiladigan shaxslar qilib voyaga yetkazish nazarda tutilgan. Husnixatga o’rgatishning maqsadi esa kichik yoshdagi o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali ularning chiroyli yozuv malakalarini shakllantirihdan iborat. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u nafaqat o’qishga balkim o’quvchilarga chiroyli yozuv orqali behato va ravon yozishga va imloviy savodxonlikni oshishiga ahamiyat berishi lozim.
Inson hayotida yozuvning o’rni be’qiyosdir. Chunki yashash jarayonida har-bir kishi turli xil hujjatlardan rasmiy qog’ozlardan va shunga o’xshshash yozuv jarayonidan foydalanishi hamda muro- jat qilishi sir emas. Ularning hammasidan foydalanganda bexato va chiroyli yozish talab etiladi. Biz bo’lajak pedagoglar tez, ravon, bexato yozish usullari haqidagi tushunchani o’zimizda malaka hosil qilishga xarakat qilamiz.
Demak, boshlang’ish sinf o’qituvchisining yozuvi chiroyli va behato bo’lishi shart va zarurdir. Bunga erishish uchun esa yozuv tamoillarini, usullarini, vositalarini, uslubiyatlarini mukammal bilishga harakat qilish kerak.
Husnixat malakalarini shakllantirishda birinchi novbatda harflarni shaklini tug’ri tassavur qilishga bir xil qiyalikda yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qator bo’ylab tug’ri joylashtirishdan iborat. Umumiy didaktik qoidalari mavjud.


  1. Yozuvning paydo bo’lish tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari

Yozuv-muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa IV-V ming yillar bo‘lgan). Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Tilning vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi.Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari va boshqa qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Eng qadimgi yozuv tizimlari (Misr iyeroglifi, Shumer mixxatlari, Xitoy iyeroglifi) mil.av. IV ming yillikning oxiridan II ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Yozuv tizimlari dastlab qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u mil.av. II ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Harf-tovush yozuvining shakllanishi, yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan.
Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv finikiya yozuvidir. Finikiya alifbosining paydo bo‘lishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil.av. IX asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qo‘shni xalqlar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning 4/5 qismidan ko‘prog‘i finikiya yozuvidan kelib chiqqan.Shumerda (Mesopotamiya) mil.av. IV ming yillikda mixsimon iyeroglif yozuvi kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo‘lib, aytmoqchi bo‘lgan fikr sur’at shaklida aks ettirilgan. Lekin sur’atli so‘zlar bilan ko‘p narsani ifoda etib bo‘lmagan va u soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo‘lgan. Mixxat yozuvi Old Osiyoga keyinchalik Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat rasmli iyeroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo‘lib zamonlar o‘tishi bilan bu belgilar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (mil.av. 2800-2250-yillar) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo‘lgan. Misrliklar yozuvi o‘ngdan chapga qarab yozilgan, shumerliklar yozuvi esa chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Hind yozuvi mil.av. III-II ming yillikda 700 ga yaqin belgi rasmdan iborat yozuv bo‘lgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250-300 belgi rasmdan iborat bo‘lgan, Shumer va Xett yozuviga o‘xshatiladi. Mil.av. V asrdan boshlab hindlar braxmi, kxaroshtxi, aramey, gupta yozuvidan foydalanganlar.

  1. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tarixi.

Lotin alifbosi Qadim Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining („lotin“ soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 9—8-asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi 4—3-asrlardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (miloddan avvalgi 6—4-asrlar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, miloddan avvalgi 4-asrdan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 -a.da W harfi, 16-asrda xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.
Hozirgi Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — „antikva“) va got yozuvi („fraktura“ deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi.
Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-asr dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30—35 %i Lotin alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—40 yillarda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (qarang Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Husnixatga o’rgatishning didaktik talablari va shartlari




Download 22,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish