LASHKARIMNI ITTIFOQQA
KELTIRISH UCHUN QILGAN O‘N IKKINCHI
KENGASHIM
Amir Jaku, Iygu Temur, amir Sulaymon, amir Jaloliddinlarni xilvatroq yerga chorladim va ular bilan kelishib, o‘zimga yanada yaqin tutdim, «Davlatimga sherik bo‘lasizlar», dedim. Bu bilan (ularning dilida) o‘zlariga ishonch va menga xizmat qilish uchun qatiyat tuyg‘ularini uyg‘otdim. Shunga o‘xshash, men bilan ittifoqi buzilgan toifadagi boshqa amirlarni ham birma-bir xoli joyga chorlab, har qaysisi bilan alohida gaplashdim, Bulardan mol-dunyoga hirs qo‘ygan ochko‘z va tamagirlariga mol-ashyo va’da qildim, mansab-martabaga, mamlakatlarni boshqarishga ko‘z tikkan amalparastlarga qo‘lga kiritgan mamlakatlar, viloyatlardan birining hokimligini berdim.
Ularning hammasini umid va qo‘rqinch orasida saqladim. Har biriga bittadan noib va qutvol tayinladim. Qolgan sipohiylarni
Do'stlaringiz bilan baham: |