Xurshid Davron
Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid,
1952-yil
20-
yanvarda
Samarqand
shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida
tugʻilgan) —
oʻzbek
shoiri
,
dramaturgi
, tarixchi,
yozuvchisi
va
tarjimoni
.
Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud
Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam"
mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan
taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2000).
«Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Hayoti va ijodiy faoliyati
[
tahrir
]
Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o'rta maktabda tahsil olgan (1959-
1969).
1969-yilda
Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini
tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o'tagan. Uzoq yillar (1974-
1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat
yuritgan.
1996-2014 yillar
O'zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi
O'zTV
Bosh muharriri, "Toshkent", "Yoshlar", "O'zbekiston" telekanallari direktori
vazifasida ishladi.
Dastlabki sheʼrlar toʻplami —
"Qadrdon quyosh"
(1979).
"Shahardagi olma
daraxti"
(1979),
"Tungi bogʻlar"
(1981),
"Uchib boraman qushlar
bilan"
(1983)
"Toʻmarisning koʻzlari"
(1984) , "Bolalikning ovozi"
(1986),
"Qaqnus"
(1987) va
"Bahordan bir kun oldin"
(1997) kabi sheʼriy
toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan
qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni
sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini
saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari
va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.
Xurshid Davron 90-
yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod
qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati
bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu
qiziqish natijasida
'Samarqand xayoli'
(1989),
'Sohibqiron
nabirasi'
(1995),
'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari'
(1998,2008)
,
'Bibixonim qissasiʼ
(2006), kabi tarixiy-
maʼrifiy qissa
va
'Algʻul'
(1995),
'Boburshoh sogʻinchi'
(1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid
Davron bu asarlari bilan 90-
yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan
munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.
Adib ayni paytda
Samarqandda
boʻlib oʻtgan
Amir
Tеmurning
660,
Ulugʻbekning
600-yilligiga,
Parijda
YUNESKO
qarorgohida,
'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan
Buxoro
va
Xivaning
2500 yilligiga
bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli
'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi.
Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat
'Qirq oshiq daftari'
(1989) va
yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988)
toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning
kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya,
Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo'g'iliston,
Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston
va boshqa davlatlarda nashr etilgan.
Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев
молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой
птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda
Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tgan Birinchi Turkiy shoirlar
anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo'lib o'tgan Osiyo adiblari
kongressida,Rossiya, Pol'sha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o'tkazilgan
poeziya festivallarida ishtirok etgan.
Bibliografiya
[
tahrir
]
Chop etilgan kitoblari:
[
tahrir
]
1.
Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979
2.
Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979
3.
Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981
4.
"Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия,
1982
5.
Uchib boraman qushlar bilan.Sheʼrlar. T., 1983
6.
Toʻmarisning koʻzlari.Sheʼrlar va doston. T., 1984
7.
Bolalikning ovozi.Sheʼrlar. T., 1986
8.
Qaqnus.Sheʼrlar va doston. T., 1987
9.
Полет одинокой птицы. Сборник стихов на русском языке. Т.,
1989
10.
Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy
qissalar. T., 1991
11.
Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995
12.
Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-
maʼrifiy qissa. T.,
1998
13.
Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997
14.
Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007
15.
Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-
maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T.,
2008
Televizion,radio va drama asarlari
[
tahrir
]
1. Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996).
2.
İpak Yo'lu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. "Odeon" teatri,
Parij, Fransiya (1997)
3. Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997).
4.
Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli
televizion film.(1998)
5. Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013)
6. Mirzo Ulug'bek. Radyop'esa. (2008)
7. Boburshoh yoxud Sog'inch. Radyop'esa. (2005)
8. Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009)
9. Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). "Sharq yulduzi" jurnali,2012 yil,1-son
Tarjimalari
[
tahrir
]
1. Oyar Vatsietis. Yomg'ir yog'aloq. Bolalar uchun she'rlar. Toshkent,
"Yosh gvardiya". 1976
2. Anna Axmatova. Marsiya. Doston. "Saodat" jurnali, 1976
3. Qadim yapon she'riyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984
4.
Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985
5. Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi g'ozlar bilan g'aroyib sayohati.
Toshkent. 1986
6.
Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986
7. Dengiz yaproqlari. Yapon sh
eʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988
8. Asr ovozi.XX asr jahon she'riyatidan.Yannis Ritsos. Toshkent. 1988
9. Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989
10.
Nomıq Kamol.Jaloliddin Xorazmshoh.Fojia(Qo'lyozma,nashr
etilmagan), 1991
11.
Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son
12.
Eski yapon she'riyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son
Audio va video materiallar
[
tahrir
]
Xurshid Davronning „Boburshoh“ p’esasi videosi
Sheʼrlardan namunalar. Audio
Algʻul yoxud Mirzo Ulugʻbek — Radiop’yesa.Audio
Xurshid Davron haqida
[
tahrir
]
Asqarali Sharopov.Ruhiy eʼtiyoj va mas’uliyat hissi.T.,1983
Ahmad Aʼzam..Navqiron yomgʻir.T.,1987
Bahodir Sodiqov.Tushlarga sigʻmagan Vatan.T.,1989
Fatma AÇIK — Hurşid Devranʼın „Emir Timur’un Oğlunun Ölümü
Hakkında Rivayat“ Adlı Hikâyesinin Üslup Açısından
İncelenmesi.A.,2011
Xurshid Davronga bag’ishlangan maqola (uyg’ur tilida) («Aqsu adibiyati
— Aksu Literature» jurnali,2013, 4-son)
.
Abdulla Ulug’ov. Vatanga muhabbatdan paydo…
Qozoqboy Yo’ldosh,Muhayyo Ismoilova. Erk va g’urur kuychisi.
Baxtiyor Nazarov. Yuragimning derazalari.
Xurshid Do’stmuhammad. «To’g'rilik to’nini kiygil…»
Eshqobil Shukur. She’rda ustoz vijdondir faqat…
Eshqobil Shukur. Lahzaga qo’yilgan haykal. Esse
Sadullo Quronov. Hozirgi she’riyatning tasvir imkoniyatlari haqida.
Nodir Jonuzoq. Mitti giyoh mo’jizasi.
Manbalar
[
tahrir
]
Samarqand xayoli, T., 1991;
Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997;
Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998.
Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand viloyati, Samarqand
tumanidagi Chordara qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1969 yili
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki
boʻlimiga oʻqishga kirib, kunduzi qurilish tashkilotlarida ishladi.
Harbiy xizmatdan qaytgach (1971
–1973), oʻqishni davom ettirdi. 1974–
1992 yillarda turli nashriyotlarda muharrir, boʻlim mudiri, 1994–1996 yillarda
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi rahbari oʻrinbosari
vazifalarida ishladi. 1996 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Milliy
teleradiokompaniyasida xizmat qiladi.
Xurshid Davronning ilk sheʼrlari 1976 yilda, birinchi kitobi (“Qadrdon
quyosh”) 1979 yili bosilib chiqdi. Shundan soʻng shoirning “Shahardagi
olma daraxti” (1979), “Tungi bogʻlar” (1981), “Uchib boraman qushlar bilan”
(1983), “Toʻmarisning koʻzlari” (1984), “Bolalikning ovozi” (1986), “Qaqnus”
(1987), “Bahordan bir kun oldin” (1989), “Bibixonim” singari kitoblari
dunyoga keldi.
Xurshid Davronning tarixiy-
maʼrifiy mavzular yoʻnalishidagi izlanishlari
natijasida “Samarqand xayoli” (1991), “Sohibqiron nabirasi” (1995),
“Shahidlar shohi” (1998), “Bibixonim” (2006), “Kubroning tushlari” (2010)
nomli qissalari yaratildi.
Xurshid Davron buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida bir qator
dramatik asarlar yozdi. “Boburshoh” (1996) asari “Bobur sogʻinchi” nomi
bi
lan Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqiy teatrda sahnaga qoʻyildi.
“Algʻul yoki Mirzo Ulugʻbek” dramasi 2008 yili dastlab radiospektakl,
keyinchalik televizion spektakl sifatida namoyish etildi. Bulardan tashqari
“Temurnoma” nomli 21 qismli teleserial (1996), “Jaloliddin Xorazmshoh”
(Noʻmiq Kamol asari) nomli 5 qismli telespektakl (1998), shuningdek,
“Buxoroyi sharif” film-operasi, “Ming bir rivoyat” teleloyihasi Xurshid Davron
ssenariylari asosida yaratildi. U Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi
(1994), Amir Temur tavalludining 660 yilligi (1996) munosabati bilan
Samarqand shahrida, Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligiga
bagʻishlab Parijdagi YUNYeSKO qarorgohida oʻtkazilgan teatrlashtirilgan
tomoshalar va yana xalqaro “Sharq taronalari” musiqa festivallari (1993–
2015) ssenariylari muallifi hamdir.
Xurshid Davron tarjimon sifatida N. Zabolotskiyning “Turnalar” (1985), M.
Chaklaysning “Ot oʻyin” (1986), O. Vatsiyetisning “Tomoshabogʻ” (1987),
“Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi” (1988), tatar xalq dostoni
“Edigey” (2012), Sharq va Gʻarb shoirlarining muhabbat toʻgʻrisidagi
sheʼrlaridan iborat “Qirq bir oshiq daftari” (1989) majmuasini, J. Rumiy, A.
Axmatova, M. Svetayeva, O. Mandelshtam, M. Mushfiq, O. Umar, Yu.
Emro, N. Hikmat va bos
hqa koʻplab shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga
oʻgirdi. Oʻzining ham sheʼrlari qirqdan ortiq jahon tillariga tarjima qilindi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1989 yilda Mahmud Qoshgʻariy
nomidagi Xalqaro mukofot, 1997 yilda “Doʻstlik” ordeni, 2009 yilda Xalqaro
“Oltin qalam” milliy mukofoti bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom
nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Xurshid Davron: yurtimiz katta tafakkur, katta tamaddun vatani
bo‘lganini insonlarga yetkazishni istaganman
2012 август 6 17:44
O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand
viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetiga
o‘qishga kirgan.
1971-
73 yillarda harbiy xizmatni o‘taydi, qaytib tahsilini davom ettiradi.
1976 yili she‘rlari O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "oq yo‘li" bilan "Guliston"
jurnalida chop etiladi.
Dastlabki ikki kitobi - "Qadrdon quyosh" va "Shahardagi olma daraxti" 1979 yilda
nashrdan chiqadi.
Xurshid Davron uzoq yillar turli nashriyotlarda faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Milliy Teleradio kompaniyasining "O‘zbekiston" kanali direktori lavozimida
ishlagan.
Shoirning "Tungi bog‘lar", "Uchib boraman qushlar bilan", "To‘marisning ko‘zlari",
"Bolalikning ovozi", "Qaqnus", "Samarqand xayoli", "Bahordan bir kun oldin" kitoblari
nashr etilgan.
Xurshid Davron nasriy janrlarda ham samarali ijod qilgan.
Xurshid Davron ona tomondan Naqshbandiya tariqatining atoqli vakili Mahdumi A‘zam
avlodidan ekanini aytadi.
Uning so‘fiylik, Samarqand va Turkiston tarixiga qiziqishi shu bilan bog‘liq.
O‘tmishda yashagan tarixiy siymolar hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi "Samarqand
xayoli” qissalar to‘plami, "Sohibqiron nabirasi"(1995), "Shahidlar shohi yoki Shayx Kubro
tu
shlari" (1997) kabi tarixiy qissalari, "Mirzo Ulug‘bek", "Bobur shoh", "Avrangzeb" kabi
tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan.
U bir qancha videofilmlar stsenariylari muallifi.
Xurshid Davron Sharq va G‘arb shoirlarining asarlaridan iborat "Qirq bir oshiq" va yapon
shoirlari she‘rlaridan tarkib topgan "Dengiz yaproqlari" to‘plamlarini o‘zbek tiliga tarjima
qilgan.
Xurshid Davron zamonaviy o‘zbek ijodkorlari orasida Internet imkoniyatlaridan keng
foydalanayotgan adiblardandir.
Shoir o‘qigan she‘rlarni tinglang
BBC mehmoni Xurshid Davron bilan suhbatning birinchi qismini tinglang
BBC mehmoni -
O‘zbekiston Xalq shoiri, tarixchi va publitsist Xurshid Davron
bilan suhbat
BBC:
Assalomu alaykum! Bugungi BBC mehmoni O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid
Davron bo‘ladilar. Dasturimizga xush kelibsiz!
Xurshid Davron: Rahmat!
BBC:
Xurshid aka, sizga turli mavzularda ko‘plab savollar kelgan. Bir nechta savol
oilangiz haqida . Shu ma‘noda kelgan kengroq savol Yerdanlik Faxriddindan.
Men sizning "Shahidlar shohi" kitobingizni o
‘qib qayta-qayta duo qildim. Kitobingizni
qayta-
qayta o‘qidim. Bu kitobni o‘qib, yig‘lamay ilojim yo‘q edi. Siz o‘zingiz ahli
tariqatmisiz?
Men bunaqa ta‘sirli kitob kam uchratganman. Bu kitobga muhabbatimdan 100 ta sotib
olib tarqatdim. Negadir narxi arzon, deb fikr qoldirgan.
Xurshid Davron: Men Samarqandning shunday biqinida joylashgan, hozir shahar
tarkibiga kirib ketgan Chordara qishlog‘ida tug‘ilganman. Ota-bobolarim Samarqandning
Qo‘shhovuz mahallasidan. Mening ona tarafimdan bo‘lmish bobom tasavvufdagi yirik bir
arbob -
Boburga, Ubaydiyga pir, murabbiy bo‘lgan Mahdumi A‘zam bo‘ladilar. Balki
bobolarimning xotirasi mening qonimda aylanib yurgani uchun tasavvufga
qiziqqandirman.
"Shahidlar shohi" kitobi shayx Najmiddin Kubroga bag‘ishlangan. Ko‘proq Samarqand
tarixi, Temur tarixi bilan shug‘ullansamda, umuman O‘zbekiston, Movoraunnahr,
Turkiston tarixini bolaligimdan katta mehr bilan o‘rganganman, hech kim majbur
qilmagan o‘zim mehr bilan o‘qiganman.
Dastlabki she‘rlarim ham avvalo tabiat bilan birga tarixiy yo‘nalishda bo‘lgan. Dastlabki
kitoblarim 1979 yilda (ikki kitobim) bosilib chiqqan, birinchisi ("Qadrdon quyosh") sof
tabiatga bag‘ishlangan she‘rlar jamlangan bo‘lsa, ikkinchisi ("Shahardagi olma daraxti")
tarixga bag‘ishlangan.
Boladan bir narsani
yashirib qo‘ysang, bola o‘shani qidirganiday, sho‘rolar davrida
tariximizning juda ko‘p sahifalari yopib, qatag‘on qilib qo‘yilgan edi. Shuning uchunmi,
bobolarim tufaylimi, tarixga qiziqishim kuchli bo‘lgan. Birinchi she‘rlarim Go‘ri Amirga,
Amir Temur m
aqbarasiga, Shohi Zindaga, Registonga, Samarqandga bag‘ishlangan.
Aynan shularning hammasi sekin-sekin katta tarixga, ayniqsa tasavvufga (bu umuman
qatag‘on qilingan mavzu edi) qiziqishga aylandi.
Men faxr bilan aytishim mumkin, "Shahidlar shohi" o‘zbek adabiyotida badiiy jihatdan
tasavvuf tarixiga, tasavvuf arbobiga bag‘ishlangan birinchi kitob. Maqolalar bo‘lgan
oldin. Bu kitobni mustaqillikdan oldin boshlaganman. Juda ko‘p tayyorgarliklar
ko‘rganman. Shu kitobim uch marta nashr bo‘ldi. Mana hozir yangi nashri chiqyapti.
Faxriddin do‘stim aytganday, odamlarga ma‘qul bo‘lar ekan, men xursand bo‘laman. Bu
kitobni hozir yozganimda butunlay boshqacha yozgan bo‘lardim. Bu endi 20 yil oldin
yozilgan. Mustaqillik yillari yangi-yangi manbalar ochildi. Yangi tadqiq
otlar paydo bo‘ldi.
Dunyodagi tadqiqotlarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi. Men bu kitobni uchlik tarzida
yozmoqchi bo‘lganman. Birinchisi Turkistondagi tasavvuf maktablari tarixi haqida bo‘lishi
kerak edi. Buni oddiy kitobxon uchun sodda qilib yozishga harakat qilganman. Ikkinchi
kitob ish stolimda turibdi, “Shayx Attorning yetti xotirasi” deb nomlangan. Unda endi
tasavvufning ichiga kirishni rejalashtirganman. Xudo xohlasa, bu kitobim o‘quvchim
qo‘liga yetib borar, deb o‘ylayman. Tarixiy yo‘nalishda ijod qilishim bizning vatanimiz
katta bir tafakkur, tamaddun vatani ekanini vatandoshlarimizga bildirish istagi tufayli
paydo bo‘lgan. O‘sha paytda maktab darsliklarida bu odamlar haqida gap bo‘lmagani
uchun vatanimizda shunday odamlar o‘tgan, demoqchi bo‘lganman. Endi kitobning
narxiga keladigan bo‘lsak, men bir nechta kitoblarimning haqqini olmaganman, narxini
arzonlashtirishga harakat qilganman. Chunki nashriyotlar beradigan pul boyitadigan
darajada deb o‘ylamayman. Shuning uchun qancha arzon bo‘lsa ham, o‘quvchiga yetib
borishini o‘ylaganman. Kitoblarning qimmat bo‘lib borayotganligi meni ham qiynaydi.
Masalan, men shu yoshga yetib ham kitoblarni ba‘zan o‘ylab oladigan paytda, yosh,
o‘spirin bolalar qanday sotib oladi, deb o‘ylayman. Kitob narxi yozuvchi bilan kitobxon
o‘rtasida to‘siq bo‘lib qolmasligini istayman.
BBC: Rahmat! Oilangiz, farzandlaringizning sizning sohangizga, qiziqishlaringizga
munosabatlari qanday?
Xurshid Davron
: Men ularni, eng avvalo,kitobxon bo‘lishini istaganman. Endi ijod ahli
bo‘lishi mening istagim bilan bo‘lmaydi. O‘zida bo‘lsa paydo bo‘ladi. Katta o‘g‘lim tilga
qiziqadi. O‘ndan ortiq tilni biladi. Yevropaning eng asosiy tillarida gapira oladi. Xalqaro
tashkilotlardan birida ishlaydi. Oilada hozircha uchta erkakmiz. Men, o‘g‘lim va nabiram.
Nabiram bir haftalik bo‘ldi. Qolgan ayollar, rafiqam ham, ikki qizim ham, kelinim ham
shifokor. Shuning uchun ham hech kim menga qaramaydi. Endi nabiralarim, Xudo
xohlasa, ko‘ramiz kim bo‘lishini. Hozir bolalarimga yetmagan vaqtimni ularga ajrataman,
til o‘rgataman. Mening eng katta havasim til bilgan kishi. Dunyoni o‘zbekcha anglash
tarafdoriman.
Dilmurod Yakkabog‘li, Toshkentdan: Kubro shaxsiga qiziqishingizga nima sabab
bo‘lgan?
Xurshid Davron: Umuman Xorazm tarixiga qiziqishim faqat tasavvuf jihatidan emas,
Jaloliddin Manguberdi haqida qilingan ishlarim bor... Ba‘zilari e‘lon qilingan. Tarjimalar
qilganman, Xorazm tarixiga bog‘liq hikoyalar yozilgan. Najmiddin Kubro siymosi ikkita
jihat - ham tasavvuf arbobi sifatida, ham vatanparvar, yurtini sevgan, vatani uchun
qo‘lda qilichi bilan jon bergan siymo sifatida meni qiziqtirgan. Uning qo‘lida hijimlangan
dushman bayrog‘ini olish uchun barmoqlarini qirqib olganliklarini o‘qiganimda butun
vujudim jimirlab ketgan. Meni hayajonga solgan jihat: tafakkur bilan jasorat meni
mahliyo qilgani Kubro haqidagi kitobimni yozilishiga sabab bo‘lgan.
Yurtimizda shakllangan to‘rtta maktab Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tilga
olinadi-
da, birinchi paydo bo‘lgan Hakimiyani tilga olishmaydi. Bizda tariqatning zanjiri
uzilgan deb o‘ylayman. Ularni biladigan odamlar bor. Lekin tariqatning ichida, o‘sha
bobolar darajasida dunyoviy va g‘aybiy ilmlarni biladigan odamlar qolmagan, deb
hisoblayman. Lekin ishonamanki, sekin-
sekin bu zanjir bog‘lanar. Faqat tadqiqot emas,
unin
g amaliy jihatlari ham xalqimiz orasida paydo bo‘la boshlar, deb o‘ylayman.
BBC:
Ijodingizda 1990 yillardan boshlab nasrga qiziqish ko‘proq bo‘lganini kuzatish
mumkin...
Xurshid Davron:
Sho‘rolar davrida, ayniqsa uning so‘nggi yillarida she‘riyatimiz ma‘lum
ma‘noda kasal bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ijtimoiy yuk birinchi planga chiqa boshladi.
She‘riyatning faqat bir jihati ijtimoiylik bilan bog‘liq. Lekin o‘sha paytda tilimiz uchun,
elimiz uchun she‘rlarimiz borgan sari proklamatsiyalarga o‘xshay boshladi-da. Masalan,
til haqida, hatto Gdlyan bilan Ivanovlar haqida, hammasini yozganmiz. Men ham
yozganman. Bu o‘sha paytda zarurat bo‘lgan. Buni noto‘g‘ri qilganmiz, deb
o‘ylamayman. Lekin she‘rning o‘zining o‘rni bor, prozaning o‘zining o‘rni bor. To‘g‘ri
ijtimoiy m
avzudagi she‘rlar tez, aniq ko‘zlangan muddaoga borib yetadi. Lekin o‘sha
she‘r bag‘ishlangan muammo o‘rtadan ko‘tarilgan paytda she‘r ham keraksiz bir narsaga
aylanib qolgan bo‘ladi.
Agar shoir bo‘lmaganimda balki tarixchi olim bo‘lardim, deb o‘ylayman. Har bir shoirning
ichida ikkinchi bir muqobili bo‘ladi. Rahmatli Rauf aka ichimda doim musiqa qaynaydi,
deb yurardi. Menda masalan tarixga va bo‘yoqqa, rangga bo‘lgan ishtiyoq yashab
kelgan ruhimda. Meni o‘tmish qiziqtirgan. Hozirgi tarixiy mavzudagi asarlar afsuski meni
qoniqtirmaydi. Juda ko‘p manbalarni o‘rganish, ichiga kirish yo‘q. Amir Temur haqida
bo‘ladimi, boshqa tarixiy shaxslar haqidami, doim maktab darsligida hammamiz uchun
ayon bo‘lgan birinchi qatlam haqida so‘z yuritiladi. Juda ko‘p manbalarni olib qarash
yo‘q, ularning ichiga kirish yo‘q. Obrazlar, tarixiy jarayonlarni ko‘rsatish yo‘q. Qandaydir
bayonchilik, hikoya tarzida bir narsani aytib berish kuchayib ketgan. Lekin yozuvchi
ukalarimizning hikoyalarida paydo bo‘layotgan yangiliklar menda umid uyg‘otadi. Ularni
tarixni o‘rganinglar, modern yo‘nalishdagi izlanishlarni ham tarixiy jarayonlar orqali
berish mumkin, deb aytib kelaman. Keyinchalik kichik yangiliklar katta narsalarga
aylanishiga ishonaman.
Toshkent, Dilmurod Yakkabog‘li: Shoir Muhammad Yusuf "Yaxshi" she‘rini sizga
atagan ekan. Shu haqda, Muhammad Yusufning o‘zi haqida biroz gapirib bersangiz.
Xurshid Davron:
Muhammad Yusufning bu she‘ri menga bag‘ishlanganligi oddiy voqea
tufayli bo‘lgan. She‘rning oxirgi ikki satrini men tahrir qilib berganman. Va she‘r butunlay
o‘zgarib ketganini shoirning o‘zi sezgani uchun minnatdorchilik ma‘nosida menga
bag‘ishlagan.
Muha
mmadjon juda pokiza, ko‘ngli ochiq inson edi. Uni eslaganimda doim yorug‘
narsalar bilan eslayman. Muhammadjon ko‘pincha (o‘zi juda yomon ko‘rsa ham)
"qo‘shiqchi shoir" sifatida ta‘riflanardi. Lekin qo‘shiqning sifatini ko‘targan shoir shu
Muhammad Yusuf b
o‘ldi. Gapning rosti, o‘sha 1980- yillarda, masalan bizning avlod
shoirlari orasida qo‘shiq yozgan odam xuddi gunoh ish qilib qo‘ygandek qabul qilinardi.
Go‘yo qo‘shiq ikkinchi darajali shoirlarning ishi edi.
Aslida ham qo‘shiqlarning saviyasi pastroq bo‘lgani uchun ham, biror o‘rtog‘imiz qo‘shiq
yozsa ustidan kulinardi. Lekin Muhammad Yusufning adabiyotdagi katta xizmatlaridan
biri, uning boshqa yo‘nalishdagi she‘rlarini tan olgan holda qo‘shiq yo‘nalishida qilib
o‘tgan ishlarini e‘tirof etib o‘tish kerak. Yana bir ko‘nglimdagi gap. Muhammadjon bu
dunyodan ketgandan keyin yangi Muhammadjon yaratishga urinishlar bo‘ldi. Lekin bu
ko‘ngil bilan bog‘langan, shaxsiyat bilan bog‘langan. Unday katta yurak, katta qalb,
pokizalik bo‘lmagandan keyin uning o‘rnini egallash juda qiyin bo‘ladi. Uning qolipida
she‘r yozish oson. U yasab ketgan qolipda nechta odam xalq shoiri bo‘ldi. Lekin bu bilan
uning o‘rnini egallab bo‘lmaydi. Muhammadjonning she‘rlari xalqchil, tili ham sodda va
yoqimli. Shuning uchun uning she‘rlari o‘zbek she‘riyatida o‘zining o‘rnini birovga berib
qo‘ymaydi.
BBC:
Xurshid aka, o‘zingizning ham bir nechta she‘rlaringiz qo‘shiq bo‘lgan. Ular
qanday yaratilgan, o‘zingizga ma‘qulmi?
Xurshid Davron:
Men agar she‘rlarimni qo‘shiq qilishga berilganimda, Muhammadjonni
esladik, balki undan ham qo‘shiqlarim ko‘p bo‘lishi mumkin edi. Men "Yoshlar"
kanalining direktori bo‘lib ishlaganimda, artistlar direktorning she‘rini qo‘shiq qilsak,
bemalol chiqadi deb o
‘ylardi. Lekin menda bu narsaga qiziqish bo‘lmagan. Qo‘shiq
bo‘lgan juda ko‘p she‘rlarim kitoblardan olingan. Faqat ikkita qo‘shiqchiga o‘zim she‘r
yozib berganman. Biri Bahodir Mamajonov, uning ovozini yaxshi ko‘rganim uchun yozib
berganman, keyin Shuhrat
Qayumovga o‘zim bir-ikkita she‘r berganman. Men ko‘proq
professional bastakorlar bilan, masalan, Mustafo Bafoyev bilan Buxoroning 2700
yilligiga bag‘ishlangan 24 ta qo‘shiq yaratganmiz. Endi u qo‘shiqlar to‘ylarda aytilmaydi.
Asosan, bayramlarda, professi
onal davralarda aytiladigan qo‘shiqlar. Yosh bastakor
Kamoliddin Azimov bilan Buxoroga bag‘ishlangan oratoriya yozdik. O‘tgan oyda
prem
ьerasi bo‘lib o‘tdi.Men oratoriyani o‘zim uchun kashf etdim.Turk kompozitori Fozil
Sayning "Nozim Hikmat" oratoriyasini e
shitganimda, menga shu qadar ta‘sir qildiki, hozir
ham shu ta‘surotda yuribman. Faqat o‘zimning emas, Cho‘lpon, Fitrat, umuman buyuk
shoirlarimizning she‘rlarini ham oratoriya qilish taklifi bilan bastakorlarimiz bilan
gaplashyapman. O‘zim Samarqandga bag‘ishlangan oratoriya ustida ishlayapman.
Lekin mavjud zamonaviy o‘zbek estradasini mutlaqo qabul qilolmayman. Bunga biz
shoirlarning ham aybi bor albatta. Asosiy sabab:to‘y. Men qat‘iy aytamanki, o‘zbekning
to‘yi bor ekan, o‘zbek estradasini hech qachon o‘nglab bo‘lmaydi. O‘zbek estradasining
100 ta qo‘shig‘idan 99 tasi raqs tushish uchun yozilgan, bastalangan qo‘shiqlardan
iborat. Asosan to‘y uchun yozilgan. Lekin o‘zbek raqslari ham bunday bo‘lmagan.
Kavkazdan kelganmi, boshqa joydanmi bu "liking-liking"la
r, bilmayman. O‘zbek
estradasining Botir Zokirov va boshqa akalarimiz asos solgan falsafasi yo‘qolib ketyapti,
deb qo‘rqaman.
O‘shdan Davron Hotam: Assalomu alaykum! Xurshid aka mening ham sevimli
ijodkorlarimdan biri. U kishining she‘rlarini sevib o‘qiyman. Ayniqsa yapon she‘riyatidan
qilgan tarjimalari uchun tashakkur aytaman. Savolim quyidagicha, Shavkat Rahmon
nomidagi onlayn tanlov e‘lon qilsak, bu tanlovga asosan yosh ijodkorlarni jalb qilsak
bo‘ladimi, Aniqrog‘i, shu ishni boshlasak, siz ham yordam bera olasizmi? Sizga oldindan
rahmat!
Xurshid Davron:
Endi Shavkat Rahmonni barcha jo‘ralarim ichida eng yaqini bo‘lgan,
deb ayta olaman.Toshkentda, musofirchilikda Shavkat nechta ijara uylarini almashtirgan
bo‘lsa, barchasiga yukni ikkalamiz tashiganmiz. Birinchi uy olganda quvonganmiz.
Bolalari ham ko‘z oldimda katta bo‘lgan. O‘shga ko‘p marta birga borganmiz. Shuning
uchun Shavkat Rahmon haqidagi har qanday gapni yuragimga yaqin olaman.
Internetdagi kitoblarini ham o‘zim skan qilib qo‘yishga harakat qilganman. Sirdosh
do‘stim edi Shavkat. Internetga birinchi kirganimda ko‘p kitoblar yo‘q edi. 5 yil oldin
"Turkiston" kutubxonasini tashkil qilib, Navoiy bobomizdan boshlab, Shavkat
Rahmonning kitoblari, boshqalarning kitoblarini qo‘ydim. Men yuqoridagi tanlov haqidagi
taklifni albatta qabul qilaman. Bu boradagi xizmatga doim tayyorman. Shavkat
Rahmonning ijodi, insoniyligi oldida juda ko‘p narsalar qilish kerak, deb hisoblayman.
BBC: Mana shu internet imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganingiz ham
tinglovc
hilarning e‘tiborini tortgan...
Xurshid Davron:
Do‘stlarimga gohida hazillashib aytaman, internetni bilmagan odam
uchun u chiqindixona, internetni bilgan odam uchun nodir, tengi yo‘q kutubxona. Agar
bilmasdan kirib qolsak, chakalakzorda adashib ham qolish mumkin. Uni tushunishga
ham vaqt ketadi. Tushunib, internet tarqatadigan ko‘p be‘mani narsalarga e‘tibor bermay
foydalanilsa, faqat koni-xazina. Dunyoni tanitadi. Lekin internet yoshlar uchun butun
olamni to‘sib qo‘ymasligini istayman. Internetning salbiy jihatlari ham bor. Birov senga
tuhmat qilsa, unga javob berolmaysan. Lekin internetning asosiy o‘quvchilari yoshlar
ekanini hisobga olsak, uni albatta tartibga solish kerak.O‘zbek o‘quvchisi internetga
kirganida o‘zbek tilidagi kerakli ma‘lumotlarni topa olishi kerak. Masalan, barcha klassik
asarlar, yaxshi kitoblarimiz kiritilishi kerak. Lekin hozircha bu yo‘nalishda qilingan ishlar
ular unchalik yetarli emas. Masalan, ozarbayjon tilidagi saytlarga kirganda ko‘nglim
yorishadi. Kitoblarni, hatto jurnallarni
o‘qishingiz mumkin. Men internet kutubxonani
tashkil qilayotganimda Yevropa arxivlarida, Turkiya, Eron arxivlarida juda ko‘p tarixiy
kitoblarimiz, bobolarimiz yozgan, tasavvuf tarixiga bog‘liq kitoblar saqlanib kelayotganini
ko‘rganman.Ba‘zida, biz umuman bilmaydigan kitoblar bor. Amir Temurdan, temuriylar
haqida yozilgan yuzlab kitoblarni ko‘rish mumkin. Internetda biz o‘zimizni namoyon eta
olishimiz kerak. Shu bilan birga internetning asiriga aylanmasligimiz kerak. Mana
ko‘chada hozir yoz, keyin kuz, qish, keyin daraxtlar gullaydi, bularning barchasini
internetdan tashqari hayotimiz borligini unutmasligimiz kerak.
BBC:
Navbatdagi savol ham shunga bog‘lanib ketsa kerak. Turkiyadan Ulug‘bek
yozadi: Keyingi paytlarda internetda nafaqat muxolifatning, shoir-yozuvchilarning ham
bir-
birini aybini aytib xalq oldida obro‘ini to‘kish urf bo‘lib qoldi. Ular orasidagi
dushmanlik qachon paydo bo‘lgan? Bir paytlar shoir-yozuvchilar avliyodek sirli edi...
Xurshid Davron:
Muxolifatning hammasi yozuvchi emas. Ularning bo‘linishi
yozuvchilikka umuman aloqasi yo‘q. Yozuvchilarda guruhlarga bo‘linish hammavaqt
bo‘lgan. Bu faqat o‘zbek adabiyotida emas.Hamma adabiyotda bo‘lgan. Endi muxolifatni
o‘qib-bilgandan keyin, ularga qanday ishonish mumkin, deb o‘ylayman.
Muxolifatdagil
arning ko‘pini o‘zim bilaman, taniyman. Tasavvur qilish mumkin, agar ular
hokimiyatga kelsa, shuncha qism, guruhlarga bo‘linib ketgan bo‘lardi. Ularning bo‘linishi
ham tabiiy. Qanday ma‘noda? O‘zbekistonning tarixini bilgan odam uchun tabiiy.
Yaqinginada h
am biz uchga, to‘rtga, yigirmaga bo‘linib yotgan edik. Sho‘rolar davrida
ham obkom, raykomlar Moskva uchun edi. Aslida feodal tuzum paytida qanday bo‘lsa,
ya‘ni miyadagi tushunchalar o‘sha xonliklar, bo‘linishlar davridagidek edi.
Bu endi qachondir to‘g‘ri bo‘lar.
Demokratiya - tayyor qolip emas. Uning yaxshi va yomon tomonlari bor. Masalan
G‘arbni qonunlar boshqaradi, Sharqni odamlar boshqaradi, degan gap bor.Jadid
bobolarimiz aytganidek, hammasi omuxta bo‘ladigan jihatni topa bilish kerak.
BBC: Bir nechta savollar shoir Rauf Parfi haqida. Shulardan biri Kanadadan Ilhom:
Marhum Rauf Parfi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchi edim. U kishi tirikligida yetarli e‘tibor
ko‘rdimi, nima deb o‘ylaysiz?
Keyingisi, Qo‘qondan Ismoiljondan. Xurshid aka, 1999-2004 yillar mobaynida Rauf Parfi
uysiz, nonsiz zabun yashaganida siz katta kanalning rahbari edingiz. Tursunali polvon
va o‘sha paytda Fridum xausda ishlagan Niyozova opa Rauf Parfiga oz bo‘lsa ham pul
berib turishgan. Sizlarchi?
Shu mavzudagi yana bir savol Xursandbe
k To‘liboyevdan. Assalomu alaykum Xurshid
aka! Savolim, har doim o‘zingiz iftixor bilan aytib yuradigan avlodingiz
peshqadamlaridan bo‘lgan Rauf Parfining nega shu choqqacha "Saylanma"si chop
etilgani yo‘q? Yoki salafingiz, yaqiningiz Shavkat Rahmonning, Shukur Xolmirzayevning
asarlari chiqishi to‘xtab qolgan. Ularning asarlari ma‘naviyatimiz xazinasini yanada
boyitgan bo‘lardi...
Xurshid Davron: Endi gapni Rauf akadan boshlasak. Men Rauf aka bilan
Yunusobodda bitta kvartirada bir yildan ortiq vaqt davomida
(u kishi o‘zining oilasi bilan,
men o‘zimning oilam bilan) yashaganmiz. Bitta men ishlaganman. Har kuni bir buxanka
nonni ko‘tarib kelardim. Bu gapni Rauf aka kulib gapirib bergani uchun aytayapman. Bir
tunda Rauf aka bilan ikkovimiz bir o‘limdan qolganmiz. Bularni hikoya qilish vaqti kelar.
Men ularni sekin-
astalik bilan yozmoqchiman. Endi Rauf aka e‘tibor ko‘rdimi, pulsiz,
uysiz-
joysiz, degan gaplar ko‘p aytilyapti. Bu boshqa joylarda, radiolarda ham aytilgan.
Rauf akaga hech kim yordam bermadi, degan ga
pga kelsak. Men o‘zi pul haqida
surishtirib yurganlarni yoqtirmayman. Nomma-
nom kimlar yordam berganini yoki o‘zim
shuncha pul berdim, deb aytmayman. Qancha pul berganimni o‘zim bilaman. Rauf aka
afsuski yo‘q. Lekin uning xotirasi oldida vijdonim pok. Chunki men Rauf akaning tuzini
yeganman. U kishi bilan yashaganman. Rauf akani xuddi akamdek bilaman. Bilaman,
Rauf akaga uch marta uy olib berilgan. Lekin u kishiga bir so‘m berasizmi, million
so‘mmi farqi yo‘q edi. Birovning mehri undan balandroq edi. Uyni ham tashlab
ketaverardi. Endi Rauf Parfi yetarli e‘tibor ko‘rdimi, degan savolga kelsak. Bu qaysi
tomondan qarashga bog‘liq. Agar hukumat tomonidan qaraydigan bo‘lsak, har holda
O‘zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. O‘quvchi tomonidan oladigan bo‘lsak, Rauf aka
she‘riyatning asl ixlosmandlari shoiri edi. Shu ma‘noda do‘stlari, shogirdlaridan ma‘lum
ma‘noda e‘tibor ko‘rgan, desam xato qilmayman.Ulug‘ ijodkorlarning, barcha
buyuklarning (Tolstoymi boshqami) dunyo bilan, insoniyat bilan doim ham kelisha
olmay
digan tabiatga ega bo‘lgani ma‘lum. Bu asl ijodkorga xos narsa. Unga oltindan
fontanlik hovli qurib bering: bir tiyinlik foydasi yo‘q edi. U qabul ham qilolmasdi,
tushunmasdi ham. Barcha buyuk shoirlar qatori Rauf aka ham to‘la e‘tibor ko‘rdi deb
aytolmaym
an. Agar u e‘tibor ko‘rganida Rauf Parfi bo‘lmasdi balki.
Kitoblari masalasiga kelsak, Toshkentda chiqmayotgan bo‘lsa, boshqa yerda chiqyapti.
Endi Yozuvchilar uyushmasi uchun men javob berolmayman. Shavkat Rahmonning
kitobi haqida gapirsam, yaqinda yangis
i chiqadi. Shukur akaning to‘rt-besh tomlik kitobi
chiqdi. Rauf akaning kelasi yil katta yubileyi kelyapti. Shunga tayyorlanish kerak.
Rauf aka haqida gapirganda shuni aytish lozimki "Siz nima qilgansiz Rauf Parfi uchun?"
deb so‘raydigan ko‘p. Ammo, "Sen o‘zing nima qilgansan birov uchun?"- deb
so‘raydigan yo‘q. Meni o‘zimga ham masalan, "Katta kanalning direktori bo‘lib nima
qilgansiz?", degandek savollar berishadi. 24 soat ishlaydigan kanal direktorligi endi o‘z
mas‘uliyati bor. Televideniyeda ishlab qo‘ldan kelgancha, Rauf aka haqida ham, Shukur
aka, Shavkat Rahmon va boshqalar haqida ham imkon boricha ko‘rsatuvlar, filmlar
qilingan. Shunga bosh-
qosh bo‘lganman, uyushtirganman. Ijodkorga katta e‘tibor bu eng
avvalo adabiyotning asl ixlosmandlarining e‘tiborida bo‘lishi. Shu ma‘noda Rauf aka
hamisha e‘tiborda bo‘lgan deb hisoblayman.
Keyingi savol O‘zbekistondan: O‘zbekiston televideniyesida ishlaganingizda millat
shoiri sifatida tsenzuraga qanchalik to‘siq qo‘yoldingiz?
Xurshid Davron: Televideniyeda men shoir emas, rahbar sifatida ishlaganman.
"Yoshlar" kanalida ham "O‘zbekiston" kanalida ham ishlaganimda vijdonimga xilof ish
qilmaganman. Masalan, "Yoshlar " kanalida ko‘rsatuvlar 10 foizi hukumat topshirig‘i
bilan bo‘ladigan bo‘lsa, 90 foizi jamoaning, mening buyurtmam asosida bo‘lgan. Demak
bu ma‘lum ma‘noda o‘zini oqlagan. Endi "O‘zbekiston" telekanali davlatning asosiy
kanali bo‘lgani uchun davlat buyurtmasi bilan sof ijodiy ish 50 ga 50 edi. Ruslarda bir
gap borku, kim pulini to‘lasa o‘sha musiqani eshitadi, degan. Bu hamma joyda bor
narsa. Menga hech kim "shuni qilasan" deb majburlamagan. Televideniyeda
ishlaganimda iloji boricha kitob targ‘ibotiga, adabiyotga e‘tibor qaratishga harakat
qilganman, deb o‘ylayman.
Bitta yangilik aytmoqchiman, O‘zbekistonda yana ikkita telekanal ish boshlayapti. Biri
"Madaniyat va Ma‘rifat", ikkinchisi "Dunyo bo‘ylab " kanallari. Bularning hammasi
xalqimiz uchun xizmat qiladi.Televideniyening qiziq jihati borda. Odam televideniyeni
har kuni ko‘ravergandan keyin undagi o‘zgarishlar, bundan oldin qanday edi, degan
narsani esdan chiqarib qo‘yadi. Hech narsa o‘zgarmagandek tasavvur paydo bo‘ladi.
BBC:
Televideniyega bog‘liq savol yana o‘zbekistonlik maktub egasidan:
Televideniyeda ishlagan ikki jurnalist ayolning ishdan haydalga
ni to‘g‘rimi? Ular haq
gapni aytishgan ediku? Yana ishlariga tiklanishi mumkinmi?
Xurshid Davron:
"Yoshlar" telekanalida u ikkala jurnalist qiz ham mening qo‘limda
ishlashgan. Ularni birinchi qadamlaridan yaxshi bilaman. Masalan, Saodatni juda
tajribali, y
axshi jurnalist deb tan olaman. Men ochig‘ini aytaman, ular shu ishning
boshida turganlarida bu yo‘ldan qaytarishga uringanman. Bu mening pozitsiyam. Ularni
boshqalarning qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib qolishlarini istamaganligim uchun shunday
qilganman. Ularnin
g bittasi shunday yon qishlog‘imizdan. Bunday olganda yurtdoshlik
tuyg‘usi uchunmi, bir akalik tuyg‘usi uchunmi, to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi, bu yo‘ldan
qaytarishga uringanman, bu mening shaxsiy ishim. Endi ularni ishga olinishi,
olinmasligiga bir narsa deyishim qiyin. Chunki bu masalani men hal qilmayman. Ular
qayerda bo‘lishmasin shu millat uchun, O‘zbekiston, uning taqdirini o‘ylab ish tutishlarini
tilab qolaman.
Ma‘lum ma‘noda, televideniye, (boshqa matbuot tizimlari ham) katta bir kuchlarning ham
siyosiy o‘yinlari, ham siyosiy raqobati, ham siyosiy manfaatlari namoyon bo‘ladigan joy.
Men O‘zbekistonda hamma narsa oydin, hamma narsa yaxshi deb aytishdan yiroqman.
Bizda ham G‘arbda qanday muammolar bo‘lsa, shunday muammolar bor. Oyog‘imizga
kishan bo‘lib, 100 yildan ortiq davom etib kelayotgan kamchilik-muammolarimiz bor.
Ularni hech kim tashqaridan kelib bartaraf qilmaydi. Albatta Sharq bilan G‘arbning
kesisholmaydigan joylari bo‘ladi. Lekin payti keladiki, hayotning o‘zi bu muammolarni
to‘g‘rilashni oldimizga ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
O‘shdan Odiljon: Urush fojeasi "Sohibqiron nabirasi" asaringizda juda ta‘sirli berilgan.
Farzandi halok bo‘lgan onaning holatini bunday aniq tushunishingiz nimadan?
Xurshid Davron:
Amir Temur bilan Sulton Boyazid jangi bo‘lib o‘tganiga 610 yil to‘ldi.
Bu turkiy xalqlar tarixida ham, tarixiy jihatdan ham og‘ir sana. Bu voqea tarixchilarimiz
tomonidan ham, hatto turk tarixchilari tomonidan ma‘lum vaqt davomida bir tomonlama
yoritib kelingan. Har kim ko‘rpasini o‘ziga tortgan paytlar bo‘lgan. Turkiy xalqlar tarixidan
kelib chiqadigan bo‘lsak, kim haq, kim nohaqligidan tashqari, bu jangning bo‘lib
o‘tganining o‘zi katta bir fojea deb hisoblayman. Shu ma‘noda ona siymosida shu fojeani
ko‘rsatishga harakat qilganman. Jangdan keyin o‘g‘lini izlab yurgan ona farzandining
jasadi bilan birga, Turkistondan borgan, jangda yaralangan yigitni, askarni uyiga olib
ketganini tasvirlaganman. Oldin borganlar ham shu yurt, Turkiston zaminidan ketgan
odamlar bo‘lgan. Tarixni o‘qiganlar yaxshi bilishadi. 1994 yil yozilgan bu kitob aslida
Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan edi. Mirzo Ulug‘bek Temurning yonida doim birga
yurgan. Anqara jangi paytida ham o‘sha yerda bo‘lgan. Men prozada yozayotganimda
birinchi manbalarni berish, undan keyin badiiylikka o‘tishga harakat qilanman. Ya‘ni
tarixiy asarlarim bo‘lgan voqealar, manbalar asosida yozilgan, hammasi to‘qima emas.
Keyin o‘sha voqeaning mohiyatini badiiy lavha orqali ochishga harakat qilaman. Bobur
haqida ham, Kubro haqidagi va bu kitobni yozganimda ham shu yo‘lni tanlaganman.
Fojea bo‘lgandan keyin uning darajasini ko‘rsatish kerak. Xudo xohlasa, bu mavzuda
yana bir asarni rejalashtirganman. Shu ikkita buyuk hukmdor haqida. Nasib bo‘lsa u
ham yozilar.
Alisher:
Ittifoq davrida Harbiy Akademiyalarda Amir Temurning jang qilish san‘ati
o‘rgatilgan, deb eshitganman. Amir Temur harbiy taktikalari haqida qanday manbalar
saqlanib qolgan? Temurning harbiy san‘atini o‘rganayotgan tadqiqotchilarni bilasizmi?
Xurshid Davron:
Temurning harbiy san‘ati bilan bog‘liq birinchi tadqiqotlar Rossiya
bizni bosib olish arafasida boshlangan, keyin ham juda ko‘p kitoblar nashr etilgan. Rus
olim va generallari tomonidan Temur harbiy san‘ati haqida bir nechta kitoblar yozilgan.
Bu kitoblar bilan qiziqqanlar "Turkiston kutubxonasi"saytiga kirib, bemalol ular bilan
tanishishlari mumkin. Chor Rossiyasi paytida ham, Sovet imperiyasi paytida ham, hozir
ham dunyoning ko‘p joylarida bu san‘at o‘rganiladi. Chunki bu tarix. Temurdan keyin
o‘tgan barcha sarkardalar Temurning harbiy san‘atini chetlab o‘tmagan, o‘rgangan.
Mustafo Kamol Otaturkning Temur haqida " Amir Temur harbiy sarkardalarning eng
buyugidir. U jangni jangga kirmasdan turib hal qilardi", degan gapi bor. O‘zimizda ham
Harbiy Akademiyad
a bu narsa o‘tiladi.
Alisherning ikkinchi savoli: Suriyadagi hozirgi voqealarga munosabatingiz qanday?
G‘arbning asl yuzi ochilib qolmayaptimi?
Xurshid Davron:
Bu G‘arbning faqat bugungi ishi emas. Tarixga chuqur kirilsa, bu
narsalar har doim qilib kelinga
nini ko‘rish mumkin. Arab davlatlarini davlat sifatida bo‘lib
berganlar kimlar? Chegara solganlar kimlar? Afrika qit‘asini ko‘ring, chegara tep-tekis
qilib chizib berilgan. Uni habashlar qilganmi? O‘ljay Sulamonovning O‘rta Osiyo
chegaralari haqida gapirib
, "Ehtiyot bo‘lmasak, bu chegaralarda sonsiz minalar
yashiringan" deganini eslasak, hozirgi dunyoda faqat chegaralar bilan emas, mana bu
shialar bilan sunniylar o‘rtasidagi kurashni ataylab avj oldirilishi hammasi oldindan
qo‘yilgan minalar,rejalar deyish mumkin. Mazhablar o‘rtasidagi kurashlar hech qachon
o‘sha davlat egalari tomonidan qilinmagan. Hech qachon. E‘tibor bersangiz, Sharqda
qayerda energiya resurslari bo‘lsa, o‘sha joylarni notinch qilishga urinishlar bo‘lyapti.
Afrikaning bir mamlakatida 200
ming odam o‘lib ketsayam hech kimning ishi yo‘q.
Chunki o‘sha mamlakatda neft yo‘q, gaz yo‘q. Bu dunyoni manfaatlar boshqaradi.
Demokratiya niqobi ostiga yashirilgan narsalar Sharqqa to‘g‘ri kelmaydi. Sharqda
demokratiya Sharqning tabiatidan kelib chiqib p
aydo bo‘lishi kerak.
Javlon:
O‘zbek rassomlari Shuhrat Abdurashidov, Isfandiyor Haydarov, Shuhrat
Bobojon ijodi haqida sizning fikringiz qanday?
Xurshid Davron: Shuhrat endi keyingi yosh avloddan. Keyin bu yerda endi ijodni
boshlayotganida tashqariga chiqib ketgan. Shuhrat Abdurashid va Isfandiyor Haydarov
adabiyotga kirib kelganimizda ular ham ijodni boshlashgan. Deyarli har kun
uchrashardik. Faqat men emas. O‘sha paytdagi yosh shoirlar bilan yosh musavvirlar
shu qadar yaqin bo‘lganki, ularni ko‘prik bo‘lib birinchi yaqinlashtirgan odam Shuhrat
Abdurashid bo‘lgan. U boshida she‘rlar ham yozgan. Keyinchalik tasviriy san‘atga
qiziqishi baland kelgan. Lekin yuragida she‘rga ixlosi baland edi. Bizni topib olgan.
Shuhrat juda pokiza, toza odam edi. Unday odamlarni topish qiyin. Shuhratni
shoirlarning rassomi, rassomlarning shoiri, deb aytardik. Yosh shoirlarning, Rauf
akaning ham portretini yaratgan. Kechqurunlari men turgan uyga bir nimalar ko‘tarib
kelardi g‘amxo‘rlik qilib. Katta potentsiallik rassom edi. Afsuski, fojeali halok bo‘ldi. Men
unga she‘rlar yozganman. Tirikligida yozgan " O‘lsak bizni hamma sevar" degan
satrlarim bor. O‘qib hayron bo‘lib qo‘yaman, nega bunday deganman deb. Isfandiyorga
ham she‘rlar yozganman. Bunaqa, tunni chizadigan musavvir kamdan-kam keladi. Lekin
Turkiyaga ketgach, uzoq vaqtdan buyon ko‘rmadim. Bular tarixda qoladigan o‘zbek
rassomlari. Mana ro‘paramda ham Isfandiyorning asari osilgan. Kuzni yaxshi ko‘rasiz,
deb sovg‘a qilgan.
BBC: Nega kuzni yoqtirasiz?
Xurshid Davron: Kuzda en
di kayfiyat paydo bo‘ladi, ranglar o‘zgaradi. Shoirlar ayniqsa
kuzda yoza boshlashadi. Gohida o‘g‘limning do‘stlari boshqa yurtlardan yoz faslida
kelishsa, kuzda bu yerlar judayam boshqacha bo‘ladi, kuzda kelinglar, deb maslahat
beraman. Kuz va qadimiylik bir-
biriga juda mos. Ibrohim G‘afurov mening she‘rlarim
haqida gapirib, Klod Lorren suvratlarini ko‘rgandek bo‘laman, degandilar. Qeyin qiziqib,
o‘sha frantsuz rassomining asarlarini tomosha qilganman. Haqiqatdan uning asarlarida
mening ruhimga yaqin tarixiylik va kuz bor ekan. Kuzda Shohi Zindaga borsam xuddi
uchib yurgandek bo‘laman. Hamma narsani tepadan ko‘rayotgandek holat bo‘ladi.
BBC:
Xurshid aka, mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur! Yangi tug‘ilgan nevarangiz
ham bobosiga o‘xshab elga kerakli inson bo‘lsin!Tinglovchilarimiz, muxlislaringizga
tilaklaringiz bo‘lsa marhamat!
Xurshid Davron: Rahmat! Ibn Sino bobomizning bir gapi bor. Shuni yaxshi ko‘raman. Ibn
Sino bobomizga ko‘ra, Alloh Taolo insonga uchta narsani bergan bo‘lsa, hamma narsani
bergan bo
‘lar ekan. Birinchisi sihat-salomatlik. Ikkinchisi xotirjamlik. Men doim sog‘inib,
qo‘msab yuradigan xotirjamlik. Uchinchisi, davlat. Davlat faqat pul emas. Bu- kecha
tug‘ilgan nabirang, farzandlaring, yoru -do‘sting, oilang, ota-onang, nimaga erishgan
bo‘lsang, mana kitoblaring, sen yashayotgan yurt. Mana shu uchta narsani bizni tinglab
turgan insonlarga tilab qolaman!
Do'stlaringiz bilan baham: |