Xulosa va tavsiyalar


Mavzuning ishlanganlik darajasi



Download 399,17 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2020
Hajmi399,17 Kb.
#40716
1   2   3   4
Bog'liq
Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish

Mavzuning ishlanganlik darajasi.


Barcha ta’lim muassasalarida, xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil etish muammolari o`zbek va jahon xalqlari musiqashunos olimlari, taniqli pedagoglar va psixologlar tomonidan o`rganilib kelinyapti. Bunda musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan mashhur kompozitor D.Kabalevskiy hamda o`zbek musiqashunos olimi, bastakor, mashhur pedagoglarimizdan biri bo`lgan D.F.Omonullayevning xizmatlari juda katta. Ular boshqa musiqashunoslar bilan birgalikda mahalliy uslublarga xos bo`lgan ko`plab o`zbek xalq qo`shiqlari, termalari, laparlari hamda turli bayram va marosim qo`shiqlarini o`rganib, maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan edilar.

Musiqani ongli idrok etish qonuniyatlari bo`yicha izlanishlarda psixologik yo`naltirish, aniq maqsad qo`yish nazariyasi katta ahmiyat kasb etdi. V.V. Medushevskiy psixologik maqsad qo`yish

muammosini tinglovchiga nisbatan ko`rib chiqqan. Ilgarilovchi aks etish masalasida esa Anoxin, Bernshteyn, Sokolov, Feygenberg, Elkonin, Uznadze va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan

Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi musiqa o`qitish metodikasining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, u o`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarining to`rtta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish masalasi XX asrdan boshlab ancha rivojlandi. Bu borada musiqashunos olimlar tomonidan anchagina risolalar yozilib, ilmiy ishlar qilindi.

O`zbekiston prezidenti va hukumati tomonidan musiqa san’atiga ko`rsatilayotgan e’tibor tufayli musiqani idrok etish ni o`rganish ishlariga tobora ko`proq olimlar, musiqashunoslar, sozanda va bastakorlar hamda mohir pedagoglar jalb etilmoqda. Mustaqillik yillarida musiqani idrok etishni tashkil etish uslublarini o`rganish va uni amaliyotda keng qo`llash ishlari tobora kengaymoqda.

Bugungi kunda ijod qilayotgan san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov xalq og`zaki ijodini, xususan, mahalliy musiqa uslublarini o`rganishga katta hissa qo`shish bilan bir vaqtda, musiqa tinglash madaniyati, musiqani idrok etish masalalari bilan ham ijodiy shug`ullanmoqda. U o`z izlanishlarining natijalarini Jamil Sadirov bilan birgalikda 7-sinf uchun yozgan “Musiqa” darsligi (G`.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, Toshkent-2004)ga kiritdi.

Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ko`plab kompozitorlar, musiqiy etnograflar, musiqashunoslar, pedagoglar,

psixologlar va ijrochi sozanda hamda xonandalar tomonidan tinimsiz ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtga kelib, butun jahon xalqlarining e`tiborini o`ziga qaratayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o`tkazib kelinmoqda va yildan yilga an’anaviy tus olmoqda. Bu milliy musiqamizning jahon xalqlari tomonidan idrok etilib, e’tirof etilayotganligini bildiradi. Ushbu festivalda Sharq xalqlari musiqiy ijodi namunalari, an’anaviy uslubdagi milliy kuy-qo`shiqlari, mumtoz va zamonaviy milliy musiqa asarlariga xos bo`lgan kuy-qo`shiqlar ham ijro etilib, muvaffaqiyat bilan ishtirok etib kelmoqda.

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida o`zbek xalqi musiqiy ijodi bilan bir qatorda barcha qardosh Sharq xalqlari musiqiy qadriyatlari e’zozlanadi va keng miqyosda targ`ib qilinadi. Shu bilan bir vaqtda “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqa va do`stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagi fikrlarni xulosalagan holda aytish mumkinki, musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ilmiy izlanishlar hali o`z nihoyasiga yetgani yo`q va bundan buyon bu boradagi ilmiy izlanishlar yanada yangi bosqichga ko`tariladi, deb ishonch bilan aytish mumkin.


Bitiruv ishining maqsadi:


Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha qilingan va qilinayotgan izlanishlarni, bu boradagi ilg`or pedagoglarning ish tajribasini o`rganish, tahlil qilish hamda musiqani idrok etishni tashkil

etish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqish. Milliy musiqamiz mazmunini idrok etish orqali milliy qadriyatlar, tarbiyaviy-ta’limiy g`oyalar va qarashlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ulardagi insonparvarlik va vatanparvarlik kabi dolzarb g`oyalarni yoshlar ongiga singdirish yo`llarini ishlab chiqish.



Bitiruv ishining ob’yekti: Musiqani idrok etishni tashkil etish jarayonlarini tahlil etish mobaynida kuzatiladigan ish tajribalari, namunaviy darslar, musiqa mashg`ulotlari hamda shu paytgacha va hozirgi davrda qilinayotgan ilmiy-metodik izlanishlar tahlili.

Bitiruv ishining vazifasi:


      1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

      2. O`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

      3. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

      4. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini va metodikasini o`rganish hamda tahlil qilish.

      5. Kuzatilgan, o`rganilgan tashkiliy jarayonlarni umumlashtirrgan holda tahlil qilish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Bitiruv ishining metodologik asosi:


O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997), O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

asari va boshqa asarlaridagi mavzuga aloqador bo`lgan zarur tavsiyalar va ko`rsatmalar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublikada musiqa madaniyatini rivojlantirish bo`yicha chiqargan qarorlari va farmonlari, Prezidentimizning xalqimiz ma’naviy merosidan ijodiy foydalanish haqidagi qimmatli ko`rsatmalari, ilg`or pedagogik tajribalar tahlili va musiqashunos olimlarning shu borada qilgan va qilayotgan ilmiy- ijodiy izlanishlari.



Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish