Deduktiv xulosa chiqarish «Deduktsiya» lotin tilidan olingan so’z bo’lib, umumiydan keltirib chiqarish degan ma’noni anglatadi. Deduktiv xulosa chiqarish yoki deduktsiyada asos sifatida chinligi ilgaridan ma’lum bo’lgan fikrlar olinadi.
Ular qonunlar, qoidalar, ta’riflar, aksiomalar tarzida ifodalangan bo’lishi mumkin. Asoslarda biror xususiyat bir turkum predmetlarning xammasiga xos ekanligi yoki xos emasligi ko’rsatiladi. Xulosaga ega shu xususiyat o’sha sinfga kiruvchi bir yoki bir necha predmetga xos ekanligi yoki xos emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Deduktiv xulosa chiqarishning ko’p uchraydigan xili sillogistik xulosa chiqarish, boshqacha aytganda, sillogizmlardir. Sillogizm – qo’shib xisoblash degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |