REJA:
Kirish
Bioxilma - xillik nima?
Hududimizning biologik turli-tumanligi.
Respublikamizning bioxilma-xilikni saqlash borasidagi ishlari.
Xulosa
22 may – Xalqaro bioxilma-xillik kuni. Mutaxassislar ma‘lumotiga ko‗ra, sayyoramizda har soatda bittadan hayvon va o‗simlik turi yo‗qolmoqda. Flora va faunaning ko‗pgina noyob turlariga butunlay qirilib ketish xavfi tahdid solmoqda. Jahon hamjamiyati bunday ekologik muammolarni bartaraf etish va barqaror rivojlanishga erishish maqsadida 22 mayni Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida keng nishonlaydi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tabiatning betakror obidalarini asrab-avaylash, o‗rmonlar maydonini kengaytirish, noyob o‗simlik va hayvon turlarini muhofazalash, tabiatga yetkazilayotgan salbiy ta‘sirlarni kamaytirishga ulkan e‘tibor qaratilmoqda. Respublikamiz 1995- yilda bioxilma-xillikni saqlash to‗g‗risidagi xalqaro konvensiyaga qo‗shilgan.
Mamlakatimizda biologik resurslarni muhofazalashning o‗ziga xos huquqiy mexanizmi yaratilgan. Bioxilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Unda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilayotgani tufayli alohida muhofaza etiladigan hududlar kengayib, tabiatimizning nodir mavjudotlari va yashil boyligimizni asrab-avaylash, ko‗paytirish imkoniyati oshmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasiga qarashli ―Jayron‖ ekomarkazida amalga oshirilayotgan ishlar bunga misol bo‗la oladi. Mazkur markazda jayron, qulon,
Prjevalskiy oti singari noyob jonzotlar ko‗paytirilmoqda. Markaz o‗ziga xos florasi jihatidan ham mutaxassislar e‘tiborini o‗ziga jalb etmoqda. Bu yerda 28 o‗simlik oilasiga mansub ikki yuzdan ziyod turni uchratish mumkin. Shu hududda mavjud ornitofaunaning 37 foizini tashkil etuvchi qushlarning aksariyati ―Qizil kitob‖ga kiritilgan.
1. Bioxilma-xillik nima?
Bioxilma-xillik - bu Yerdagi turli tuman hayotning xilma-xilligidir.
Bioxilma-xillik deganda ko‘z oldimizga o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning boy xilma-xil turfa olami keladi. Bioxilma-xillik o‘z ichiga quyidagilarni oladi.
Genetik xilma xillik;
Turlar xilma-xilligi;
Ekotizimlarning xilma-xilligi.
Genetik xilma-xillik - Yer sayyorasidagi tarqalgan organizmlarning genetik axborot hajmini o‘z ichiga oladi.
Turlar xilma-xilligi - Yer sayyorasidagi tirik organizm turlarning turli-tumanligini o‘z ichiga oladi.
Ekotizimlarning xilma-xilligi - biosferadagi yashash (hayot) muhitlari va biotik jamoalarni turli xil tumanligini, kechayotgan ekologik jarayonlar xilma-xilligini o‘z ichiga oladi.
Olimlarning fikricha, Yerdagi taksonomik jihatdan aniqlangan turlarning soni 13 millionga yaqindir. Hozirgi paytgacha, Yer yuzida 1,75 million turlar aniqlangan bo‘lib, ulardan 750000 - hasharotlar, 41000 - umurtqali hayvonlar, 250000 – o‘simliklar tashkil etadi. Qolgan turlar-murakkab tarkibdagi umurtqasiz hayvonlar, suv o‘tlari, mikroorganizmlar va boshqa organizmlardan iborat. Hozirgi kunda biz ko‘rayotgan bioxilma-xillik Yerdagi tashqi va ichki tabiiy jarayonlar natijasida yuz million yillar davomida kechgan murakkab evolyutsiya jarayonining natijasi va hosilasidir.So‘nggi yillarda tabiatda antropogen (shuningdek, texnogen) ta'sirning zo‘rayganligi, ekologik o‘zgarishlarning sodir bo‘layotgani hamda o‘rmonlar (ayniqsa, nam tropik o‘rmonlar) egallagan hududlarning o‘rmonlarning kesilishi natijasida qisqarishi natijasida bioxilma-xillikka putur yetdi, ko‘plab o‘simlik va hayvonot turlari butunlay yo‘qoldi yoki ularning soni keskin kamaydi. Bioxilma-xillik bu sayyoramizning hayot resurslarini saqlab qolish demakdir. BMT ma'lumotlariga binoan, Yer yuzi aholisi tez ko‘payib borayotgan bir paytda, hayvonot dunyosi 3/1 qismga kamayib bormoqda. Xususan, 21 % sut emizuvchilar, 30 % sudralib yuruvchilar, 12 % qushlar, 17 % akulalar hamda 27 % korallar
Yer yuzidan batamom yo‘qolib ketishi mumkin. Ayniqsa, Yevropada industrial rivojlanish tufayli qishloq xo‘jaligi hududlaridagi qushlar soni 40 % ga, iqlim o‘zgarishi tufayli dengiz qushlari soni esa 44 % ga kamaygan. Bu ma'lumotlarga qaraganda bioxilma-xillik misli ko‘rilmagan darajada kamayib bormoqda, o‘simlik va hayvonot turlarining yo‘qolish sur'ati nihoyatda yuqoridir.
1992- yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Atrof-muhit va rivojlanish" bo‘yicha Xalqaro anjumanida "Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya" qabul qilingan. Bioxilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyaning maqsadi sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir.O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda qonun muqofazasi ostida olingan tabiiy qududlar alohida muhim o‘rin tutadi. 2004 -yil 3- dekabrda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning vazifasi - tipik, noyob, qimmatli tabiiy ob'ektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi oldini olish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ma'rifat va arbiyani takomillashtirishdan iboratdir. 1998 -yil 1
– aprelda O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga qo‘shilgan bo‘lib bu borada hukumatimiz tomonidan Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib,
Konvensiyaning muhim tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi (26.12.1997y.), "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi (26.12.1997y.) hamda boshqa qonunlarida o‘z aksini topgan. Aytib o‘tish lozimki, O‘zbekistondagi flora va fauna tarkibi, ya'ni bioxilma-xilligi 27 000 o‘simlik va hayvonot turlari dunyosidan tarkib topgan. O‘zbekiston faunasi ya'ni hayvonlar olami o‘z ichiga 97 tur sutemizutuvchilarni, 424 tur qushlarni, 58 tur hasharotlarni, 83 tur baliqlarni oladi. O‘zbekiston florasi, o‘simliklar olami esa 4 100 dan ortiq o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Olimlar fikricha, Tabiat - bu uzun chambarchas zanjirdir, binobarin har bir o‘simlik va hayvonot turining yo‘qolishi Yer sayyorasi
ekotizimini,Biosferani xavf ostiga qo‘yadi. O‘z navbatida bioxilmaxillik Biosferadagi modda va energiya almashuvida kechayotgan biogeokimyoviy sikllarning barqarorligini ta'minlashda asosiy omil hisoblanib, yerdagi hayotning asosidir. Tabiiy ekotizimlar xilma-xilligi o‘z navbatida o‘simlik va hayvon turlarining turli-tumanligini ta'minlaydi hamda tuproq sifatini yaxshilaydi, suv va havoni tozalaydi. har bir tur esa tegishli ekotizimning zarur uzviy elementi hisoblanadi.Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bioxilma-xillik - hayot mezonidir, uni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash bizning umumiy manfaatimizdir. Bu jarayonda yoshlarimizning atrof tabiiy muqit mhofazasi yo‘nalishdagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik sifatlarini namoyon etish hamda dahldorlik hissiyotini uyg‘otish ayniqsa hozirgi kunning muhim vazifasidir.
— bioxilma-xillikning muhim bo‗g‗ini. O‗zbekiston hayvonot olami juda qadimiy hamda o‗ta murakkab genetik rishtalar orqali o‗zaro bog‗langan. Hududimizda Yevroosiyo cho‗llari, HindiXitoydan, O‗rta Yer dengizi atroflaridan kirib kelgan guruhlarning ham muayyan o‗rni bor. Hududimiz faunasida umurtqali hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar — 108, qushlar 432, sudralib yuruvchilar 58, amfibiyalar — (suvda va quruqlikda yashovchi) 2, baliqlar 77 turi mavjud. Faunaning har bir turi — tarixan takrorlanmas, genetik jihatdan yagona, har qanday biologik hamjamoada faqat o‗ziga xos o‗ringa ega.
Istiqlolning dastlabki yillaridan davlatimiz hududimiz faunasini rivojlantirish masalasiga alohida e‘tibor qaratib keladi. Tizimni takomillashtirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratildi. O‗zbekiston 1997- yilda «Yo‗q bo‗lib ketish havfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‗g‗risida»gi xalqaro konvensiya, 2001- yilda esa «Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‗lgan suv-botqoqli joylar to‗g‗risida»gi (Ramsar) konvensiyalariga qo‗shildi.
Bu boradagi ilmiy salohiyat oshirildi, hayvonot olamining areallari, suv-botqoq tizimi, to‗qayzor, o‗rmonzorlar kengaytirildi. Markaziy
Osiyo mintaqasida kamyob hayvonlarni ko‗paytirish, ularni saqlash va reintroduksiya qilish uchun «Jayron» ekomarkazi faoliyat ko‗rsatyapti. Bu yerda yaqin o‗tmishda tabiatda yo‗qolib ketish xavfi ostida bo‗lgan qulon, yo‗rg‗a tuvaloq, jayron kabi kamyob turlar ko‗paytirilyapti.
.
Umumjahon atrof-muhit kunini nishonlash to‘g‘risida 1972 -yilda Stokgol'm shahrida BMTning atrof-muhitga bag‘ishlangan
Konferensiyasida qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorning maqsadi - xalqaro hamjamiyatning e'tiborini atrof-muhit muhofazasi muammolariga hamda global ekologik inqirozning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza hilish davlat qo‘mitasi "Barkamol avlod yili" Davlat dasturinining ijrosi yuzasidan hamda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mahsadida, joriy yilning 5 iyun-kuni Umumjahon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirini tashkil etayapti. Joriy yilda 5-iyun Umumjahon atrof-muhit kuni "turlarning ko’pligi - yagona sayyora - yagona kelajak" mavzusida o‘tkazilmoqda. Ma'lumki, BMT Bosh Assembleyasi tomonidan 2010 yil - "Xalqaro bioxilma-xillik yili" deb e'lon qilindi. Ushbu yilning ustuvor vazifalaridan biri - aholi o‘rtasida bioxilma-xillikni saqlab qolish zamon talabi ekanligi, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish borasida samarali va sifatli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, atrof-muhit muhofazasi hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish hisoblanadi. Bioxilma-xillikni saqlab qolishda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ahamiyati kattadir. O‘zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasi va harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saqlab qolish yo‘lidagi ulkan ishlardan biri bo‘ldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - mamlakat umumiy maydonining 10 % ga yaqin qismini qamrab oladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barqaror tizimini tashkil qilishdan iboratdir.2004 yilning dekabr oyida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun "Biologik xilma-xillikni saqlash to‘g‘risida"gi, "Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan, asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlar to‘g‘risida"gi Xalqaro Konvensiyalar yuzasidan olingan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan. O‘tgan 2009 yilda Buxoro viloyatining To‘dako‘l, Xadicha, Zikri suv havzalaridagi qushlarni hisobga olish ishlari bajarildi va natijada qishlaydigan qushlar sonining keskin kamayganligi qayd etildi; Toshkent viloyatida kamyob va ovbop qushlar turlari bo‘yicha kadastr tadqiqotlari o‘tkazildi; Xisor qo‘riqxonasi atrofida umurthali hayvonlarni, "Dalvarzin" ovchilik xo‘jaligida qirg‘ovullarni hisobga olish ishlari amalga oshirildi, natijada qirg‘ovullar sonining ancha ko‘paygani ma'lum bo‘ldi.
Sirdaryo viloyatidagi "Sayxun" xo‘jaligida hayvonlarning ovbop turlarini hisobga olish ishlari natijasida: sirdaryo qirg‘ovuli - 610-630 bosh; katta tomoq - 450-500 bosh; to‘ng‘iz - 8-10 bosh; tolay quyoni 40-45 bosh; tulki - 10-15 bosh ekanligi; bo‘rsiq - uch-to’rt oilaligi aniqlandi; Farg‘ona vodiysi tabiiy o‘simliklari va yer usti umurtqalilar faunasini inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari bajarildi; global miqyosda yo‘qolib ketish xavfidagi qush turi - sterxning O‘zbekiston hududidan uchib o‘tish yo‘lini aniqlash bo‘yicha ikkinchi xalqaro ekspeditsiya o‘tkazildi."Jayron" ekomarkazida buxoro qo‘yini ko‘paytirish ishlari amalga oshirilmoqda. hozirgi kunda ekomarkazda bir bosh burama shohli echki, 10 bosh buxoro qo‘yi saqlanmoqda, o‘tgan yili 3 bosh qo’zi dunyoga keldi. "Jayron" ekomarkazi hududini kengaytirish uchun Buxoro viloyat hokimining qarori bilan qo‘shimcha 9 369 ga yer maydoni ajratildi hamda qo‘shimcha 4500 ga yer maydonini berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. "Jayron" ekomarkazini yanada jihozlash uchun Sho‘rtangazkimyo kompleksi tomonidan 100 mln.so’m va tabiatni muhofaza qilish mablag‘lari hisobidan 6 mln.so’m ajratildi. Joriy yilning 17- mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda Qozog‘iston Respublikasi hukumati o‘rtasida "Sayg‘oqning muhofazasi, uni ko‘paytirish va foydalanish bo‘yicha" O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi milliy ijrochi agentlik bo‘lgan xalqaro tabiatni muhofaza hilish loyihalarini ro‘yobga chiqarilishi davom ettirilmoqda: bunga "Qoraqalpog‘iston hududidagi Amudaryo deltasida to‘qay o‘rmonlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimlarini saqlab qolish" loyihasi, BMT TDG/GEFning "Rio Konvensiyalarini bajarilishi bo‘yicha maqsadli institutsional kuchaytirish va mahoratni rivojlantirish orqali milliy salohiyatni mustahkamlash", "O‘zbekistonning neft va gaz sektoriga bioxilma-xillik tamoyillarini integrallashtirish" kabi o‘rta masshtabli loyihalari bajarilmoqda.Umuman, O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta'minlash borasida bioxilma-xillikni saqlash va muhofaza qilish muhimligiga alohida e'tibor qaratiladi.
O'zbekiston Respublikasida hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish chora tadbirlari
“Biologik xilmaxillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan hamda o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilmaxilligi ham kiradi(Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi konventsiyaning 2-moddasi).
Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 10 martaga, neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi. Hayvonot va o‘simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili atmosfera havosiga 5 milliard tonna karbonad angidrid gazi, 200 million tonna uglerod oksidi, 146 million tonna sulьfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‘plab qaltis jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Birgina Orol fojiasi insonning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatsizligining yaqqol namunasidir. So‘nggi qirq yil mobaynida dengiz maydoni 7 martadan ortiqroqqa qisqardi, suv hajmi esa 13 barobarga kamaydi. Uning minerallashuvi bir necha o‘n martaga oshgani sababli dengizda jonli organizmlar uchun noqulay muhit vujudga keldi. Natijada dengiz flora va faunasining barcha turlari yo‘q bo‘lib ketdi. Bugun Orolbo‘yi hududlarida nafaqat global ekologik, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi.
Kech bo‘lsa-da, insoniyat tabiiy muhitga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo‘lish kerakligiga ishonch hosil qildi. Ekologik muvozanatni saqlash barcha davlatlardan kuchli iroda va katta siyosiy kuchni ishga solishni talab etmoqda. 1992 yilning iyunь oyida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasida XXI asrda insoniyatning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi. Mazkur anjumanda ilk marta tabiatdan foydalanishning amaldagi bozor-iste’moli modeli insoniyatni juda tezlikda tabiat inqiroziga, hatto halokatga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi muhim xulosaga kelindi.
Anjumanda ikkita xalqaro bitim imzolandi hamda Butunjahon barqaror rivojlanish maqsadlari printsiplari va Asosiy Harakatlar rejasi to‘g‘risidagi ikkita bayonot qabul qilindi. Bu o‘rinda “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu hujjat talablariga binoan uni imzolagan barcha tomonlar ekotizimlar va tabiiy yashash joylarini, turlar populyatsiyalarini saqlash uchun barcha choralarni ko‘rishi, milliy qonunchilikni takomillashtirishi, yo‘qolib borayotgan biologik turlarni saqlash va tiklash bo‘yicha harakatlar rejasi va boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishi lozim. Shu bilan birga, biologik xilmaxillik komponentlaridan barqaror foydalanishni ta’minlash hamda genetik resurslardan foydalanish va tegishli texnologiyalarni almashish bilan bog‘liq daromadlarni adolatli taqsimlash zarur.
“XXI asr kun tartibi” — kelgusi yuzyillikka mo‘ljallangan, Rio-de-Janeyro shahrida 170 dan ortiq davlat vakillarining umumiy kelishuvi asosida qabul qilingan ulkan dastur hisoblanadi. Barcha davlatlar tomonidan qabul qilinadigan, kelajakda atrof-muhitga ta’siri bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qarorlari Rio deklaratsiyasida mustahkamlangan asosiy tamoyillarga asoslanishi shart.
Vaqt o‘tishi bilan “barqaror rivojlanish” tushunchasi barqaror ekologik rivojlanishga tenglashdi. Barqaror rivojlanish Kontseptsiyasi 2002 yil sentyabrь oyida Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BMTning Mingyillik Sammitida yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘sha sammitda butun dunyo mamlakatlari rahbarlari qashshoqlikka barham berish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun BMTning Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasini qabul qildilar.
2002 yilning aprelь oyida Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiya tomonlarining VI anjumanida “O‘simliklarni saqlash global strategiyasi” qabul qilindi. Uning asosiy va uzoq muddatli maqsadi o‘simlik xilmaxilligining uzluksiz qisqarib borishini to‘xtatishdir. Shu maqsadda ushbu dasturga genetik xilmaxillik, sistematika va taksonomiya, ekologik va biologik usullar bilan o‘simliklarni himoya qilish masalalar bo‘yicha ham yovvoyi tabiat, ham inson faoliyati sharoitida ilmiy tadqiqotlarni olib borishga yordam ko‘rsatish kabi vazifalar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish uchun biologik xilmaxillikni saqlab qolishning o‘ta muhimligiga katta ahamiyat bergan holda, 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiyaga a’zo bo‘ldi. 1998 yili hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining biologik xilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi”ning qabul qilinishi asnosida Konventsiya doirasidagi majburiyatlarni bajarish yo‘lida ilk qadam tashlandi. Mamlakat umumiy maydonining 10 foizidan ortig‘ida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning barqaror tizimini yaratish mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
“O‘zbekiston Respublikasining biologik xilmaxilligini saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi”ni bajarishga yo‘naltirilgan “G‘arbiy Tyan-Shanda biologik xilmaxillikni saqlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi, “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitimlar imzolandi. Hukumat tomonidan 2008 yil 19 sentyabrь kuni qabul qilingan “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturi”da ham biologik xilmaxillikni saqlash tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida aks etgan.
O‘zbekistonning yuqorida qayd etilgan Konvensiyaga qo‘shilishi biologik xilmaxillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish sohasida tashqi investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy manbalardan foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Hozirgi paytda mamlakatimiz bioxilmaxillikni saqlash masalalari bo‘yicha bir qator xalqaro moliya institutlari va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Konventsiya doirasida respublikada “G‘arbiy Tyan-Shanning bioxilmaxilligini saqlab qolish bo‘yicha transchegaraviy loyiha” amalga tatbiq etildi. Loyiha mablag‘lari Chotqol biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy bog‘i infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, mintaqaviy miqyosda (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) biomintaqaviy rejani tuzish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Shuningdek, GEF va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda bioxilmaxillikni saqlab qolish uchun model sifatida Nurota-Qizilqum biosfera rezervatini tashkil etish” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo daryosi delьtasi to‘qay o‘rmonzorlarini saqlash va muhofaza etiladigan hududlar tizimini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirildi.
1997 yildan boshlab O‘zbekiston “Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Vashington, 1973 yil) imzolagan tomon sifatida respublika hududidan qo‘riqlanadigan turlarni olib chiqish va respublikaga olib kirishga ruxsat berish tizimini joriy etib, savdo operatsiyalarini litsenziyalashtirish, hayvonlar va o‘simliklarni olib kirish va olib chiqishning doimiy nazoratini yo‘lga qo‘ydi.
“Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish bo‘yicha Konvensiya (Bonn, 1979 yil) doirasida Jizzax viloyatidagi “Tuzkon”, Buxoro viloyatidagi “Dengizko‘l” va “Qoraqayir”, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Oqushpa” ko‘llarida ornitologiya qo‘riqxonalari yaratildi. Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining cho‘l tumanlarida yo‘qolib borish xavfi ostidagi qush — tuvaloqning uyalashi, ko‘payishi va uchib o‘tish joylarini hamda Ustyurt platasida ko‘chib yuruvchi sayg‘oqlarning populyatsiyasini muhofaza qilish maqsadida buyurtmaxonalar tashkil etildi.
O‘zbekistonda bioxilmaxillik qisqarishining ekologik muammolari taranschegaraviy xarakaterga ega. Shu bois, respublikamizda fauna ob’ektlarini muhofaza qilish va saqlash maqsadida Qozog‘iston bilan “Sayg‘oqni saqlab qolish, tiklash va undan barqaror foydalanish bo‘yicha hamjihatlik haqidagi Memorandum va Harakat rejasi” imzolandi. Shuningdek, Afrika — Yevroosiyoda ko‘chib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish bo‘yicha bitim imzolangan bo‘lib, mamlakatimiz “Suvda suzuvchi qushlarni va Markaziy Osiyo uchish yo‘lidagi suv-botqoq hududlarini muhofaza qilish strategiyasi”ni ishlab chiqish loyihasida ishtirok etdi.
“Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq joylari to‘g‘risida”gi Konvensiya (Ramsar, 1971 yil) talablarini bajarish va respublikada suv-botqoq hududlari bioxilmaxilligini saqlash maqsadida aniq yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Tayyorlangan hujjatlar asosida “Dengizko‘l” va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududlari sifatida Ramsar ro‘yxatiga kiritildi. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xalqaro fondi (WWF) bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Sudochьe” ko‘li bioxilmaxilligini muhofaza qilish va monitoringi bo‘yicha loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida mazkur ko‘lni xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritish uchun asosli hujjatlar tayyorlandi.
Respublika Fanlar akademiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston florasida o‘simliklarning 4600 dan ortiq turi mavjud. Ularning 3000 dan ortiq turi yovvoyi holda o‘sadi. Respublika faunasi 97 tur sutemizuvchilar, 424 tur qushlar, 58 tur sudralib yuruvchilar, 83 turdagi baliqlardan iborat. Bu yurtimiz flora va faunasi naqadar boy ekanligidan dalolat beradi.
O‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida Fanlar akademiyasining Bioxilmaxillikdan foydalanish bo‘yicha Idoralararo komissiya tomonidan 1991 yildan boshlab hayvonot dunyosini tabiatdan olishning ruxsat etilgan kvotalari, 1993 yildan esa o‘simlik xomashyosini tayyorlash bo‘yicha kvotalari o‘rnatildi.
Davlatimizning uzoqni ko‘zlagan, kelajak avlodlar hayoti uchun qulay sharoit yaratishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ekologik siyosati yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, qo‘riqxonalarni, milliy bog‘larni, biosfera rezervatlarini yaratishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi flora va faunani muhofaza qilishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida“gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilab qo‘yilgan.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy muvozanatni ta’minlashda muhim rolь o‘ynaydi. Ular inson yashashining zarur sharti bo‘lgan ekologik barqarorlikni saqlash va tabiiy ekotizimlarni tiklashning muhim mezoni sanaladi. Bugungi kunda respublikamizda 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 1 davlat biosfera rezervati, 2 ta milliy bog‘, 10 ta davlat buyurtma qo‘riqxonasi va hayvonlarning noyob turlarini ko‘paytirish bo‘yicha 3 ta markaz hamda 6 ta tabiat yodgorliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar uchastkalarida yovvoyi hayvonlarning hamda o‘simliklarning hozirgi holati va ularning hisobini yuritish bo‘yicha, shuningdek, flora va faunaning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan noyob turlarini ko‘paytirish va qayta yetishtirish, saqlash bo‘yicha ilmiy-tekshirish, tashkiliy-texnik tadbirlar olib borilmoqda.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi “O‘zbekistondagi BMTning ming yillik taraqqiyot maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida aholining turmush darajasini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan “2011-2015 yillarda O‘zbekistonda BMTning ming yilligini rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari Kompleksi” tasdiqlandi.
Belgilangan maqsadlarga erishish uchun ekologik barqarorlikni ta’minlash vazifalari “Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakat rejasi”ni takomillashtirish, Orolbo‘yida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va joriy etish, “Qoraqalpog‘istonda Amudaryo daryosi delьtasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash va to‘qayzor o‘rmonlarni saqlash” loyihasini joriy qilish, suv havzalarining biologik resurslardan samarali foydalanish va ularda baliq yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha biologik asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun suv havzalarining ekologik holatini baholash, energiyaning ekologik toza turlarni tatbiq etish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy maqomi hamda mintaqada global ta’siriga ega bo‘lgan transchegaraviy ekologik muammolarni hal etishdagi o‘rnidan kelib chiqqan holda, Xalqaro konventsiyalar hamda Mingyillik maqsadlarida bayon etilgan yo‘nalishlarning bajarilishi o‘ta dolzarb vazifaga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil bozor islohotlari, iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar, aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat tufayli BMTning Mingyillik maqsadlarining bajarilishi va mamlakatimizning barqaror rivojlanish, biologik xilmaxillikning saqlanishiga xizmat qilmoqmoqda.
Biologik xilma-xillik deganda tabiatda mavjud bo‘lgan turlar va bir turga mansub bo‘lgan tirik jonzodlar, o‘simliklar va ekotizimlarning ko‘pligi va xilma-xilligi nazarda tutiladi. Hozirgi kunda bioxilma-xillikka hayvon va o‘simlik dunyosida mavjud bo‘lgan tabiiy yashash joylarning tanazzulga uchrashi, tabiiy resurslarning xaddan tashqari tasarruf etilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi kabi hodisalar tahdid solmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rtasida noyob biologik xilma-xillikka boy bo‘lgan O‘zbekistnda tabiiy resurslardan oqilona, tejamkorona foydalanish borasida ko‘p yi’lik samarali hamkorlik amalga oshirilib kelmoqda. Yaqinda imzolangan ikki tomonlama memorandum ushbu hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarib, biologik xilma-xillikni asrash masalalariga alohida urg‘u beradi.
Mazkur memorandum kelgusida bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga hamda yangi loyiha – “Bioxilmaxillikning global miqyosdagi turlari uchun muhim bo‘lgan ahamiyatli tog‘ hududlaridagi tabiiy resurslar va o‘rmon xo‘jaligidan barqaror foydalanish” loyihasining yo‘lga qo‘yilishiga mustahkam zamin yaratadi. Memorandum “Ekologik turizm – taraqqiyot va atrof-muhitni muhofaza qilishdagi muhim omil: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning tajribasi” deb nomlangan xalqaro konferensiya davomida imzolandi.
Yangi loyiha BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilib, Global ekologik jamg‘armadan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning asosiy vazifasi mamlakatda tog‘ resurslaridan oqilona, tejamkorona foydalanishni ta’minlashdan iborat bo‘lib, bunda asosiy e’tiborni qor qoploni, silovsin, tog‘ echkisi, qo‘ng‘ir ayiq va boshqa kamyob, butunlay yo‘qolib ketish xavfiga uchragan turni saqlab qolishga qaratiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida tabiiy qo‘riqxonalar atrofida yashovchi aholining turmush darajasini oshirish hamda joylarda o‘rmon va yaylovlardan oqilona, tejamkorona foydalanishni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar rejalashtirilgan.
2016 yilning avgust oyida BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Stefan Priesner o‘z xodimlari va milliy hamkor tashkilotlarning vakillari bilan birgalikda loyiha hududiga 5-kunlik safar uyushtirdi. Mazkur safarning asosiy maqsadi loyiha hududidagi ekotizim, hayvonot va o‘simlik dunyosining hozirgi ahvoli bilan yaqindan tanishib chiqishdan iborat edi. Loyiha hududi Ugam-Chotqol milliy bog‘I (668350 ga) va Pamir-Oloy tog‘ tizimining g‘arbiy qismida joylashgan Hisor Davlat qo‘riqxonasi (80986 ga) hududlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Global ekologik jamg‘armasining O‘zbekistondagi Kichik grantlar dasturi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida “22 may – Butunjahon biologik xilma-xillik kuni”ga bag‘ishlangan seminarni tashkil etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, poytaxtdagi OO‘Yu ning ekologiya kafedralari rahbarlari hamda vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilari biologik xilma-xillik, uning ahamiyati, qisqarib ketish sabablari hamda uni muhofaza qilishning dolzarbligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
Seminar ishtirokchilarining ma’ruzalarida ta’kidlanganidek, biologik xilma-xillik deganda Yerdagi hayot ko‘rinishlarining xilma-xilligi – o‘simlik, hayvonot, ular organizmlarining asosini tashkil etuvchi mikroorganizmlar va ekologik tizimlar tushuniladi. Bugungi kunda, biologik turlarning 1,4 mln.ga yaqini tavsiflangan, ayrim taxminlarga ko‘ra, mazkur turlar 8 mln.gacha ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, fanda noma’lum bo‘lgan yana ko‘plab turlar okean qa’rida, baland tog‘lar, o‘tib bo‘lmaydigan ekvatorial o‘rmonlar va sayyoramizning yetib borish qiyin bo‘lgan boshqa joylarida yashaydi. Hayot ko‘rinishlarining mazkur barcha xilma-xilligi hayot uchun katta boylikni o‘zida aks ettirib, ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, madaniy, rekreatsion va estetik ahamiyatga ega.
Hozirgi kundagi biologik xilma-xillikning holati jiddiy xavfni yuzaga keltirmoqda. “Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bioxilma-xillikning yo‘qolishi tabiiy qirilish darajasidan bir necha barobar oshmoqda”, - deya ta’kidladi BMT tizimining O‘zbekistondagi koordinatori Stefan Prisner. – “Jahon hamjamiyati aniq sonlarni ayta olmaydi, chunki umuman sayyorada qancha turlarning borligini bilmaymiz. Shu sababli biz qancha turlar yo‘qolib borayotganini ayta olmaymiz. Ammo, biolog-ekspertlar turlarning qirilib ketish darajasi har yili 1000 dan 10 000 ni tashkil etadi, deb hisoblaydilar. Ya’ni, har yili yer yuzidan o‘simlik va hayvonot dunyosining bir nechtasidan minggacha turlari yo‘qolib bormoqda,o‘z navbatida aniq aytish mumkinki, biologik xilma-xillikning bu kabi qirilishining asosiy sababi inson, uning faoliyatidir!”.
Bugungi kunda insoniyat yiliga, Yer tiklashi mumkin bo‘lgan resurslarga nisbatan
40 % dan ko‘p tabiiy resurslarni iste’mol qilmoqda.
O‘zbekiston boy va noyob bioxilma-xilikka ega. O‘zbekiston florasini 650 tur va 115 oilani namoyish etuvchi 4800 dan ortiq turlar tashkil etadi. Turlarning boyligi va xilma-xilligi bilan shuningdek, O‘zbekistonning hayvonot olami ham ajralib turadi. Hayvonot dunyosining umurtqasiz va umurtqali turlari 15615 ni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sodiqov Kamolitdin Faxritdinovichni e’tirof etishicha, mustaqillikni qo‘lga kiritilishi atrof muhitni, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish yo‘nalishdagi faoliyatlarga yangi imkoniyatlarni berdi. Birinchilardan qabul qilingan qonun O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonundir. Bioxilma-xillikni saqlashdagi tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi rivojlanmoqda. O‘tgan davr mobayinida, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalainish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalainish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar qabul qilindi. Bular, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishda muhim hujjatlardir.
1979 yilda O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga asos solindi. Ushbu kitobda O‘zbekistondagi noyob va yo‘qolib borayotgan flora va fauna turlari aks ettirilgan. “Qizil kitob”ning vazifasi – jamiyatni va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat.
Bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamkorlikni amalga oshirmoqda. Respublikamiz birinchi bo‘lib qo‘shilgan konvensiya bu – “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi Konvensiyadir (1995 y.). Undan tashqari, O‘zbekiston “Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida”gi (1997 y.), “Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir” (1998 y.), “Asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joyi sifatida xalqaro ahamiyatga molik suv-botqoq maydonlari to‘g‘risida”gi (2001 y.) Konvensiyalar tomoni hisoblanadi.
Qator kelishuvlar imzolandi, shu jumladan “Buxoro bug‘usini qayta tiklash va muhofaza qilish masalalari bo‘yicha memarandum”, “Sayg‘oqlar sonini muhofaza qilish, qayta tiklash va barqaror rivojlantirish to‘g‘risida bitim” va qator boshqalar.
Bugungi kunda O‘zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga sakkizta davlat qo‘riqxonasi, bitta biosfera rezervati, ikkita milliy bog‘ va o‘n ikkita davlat buyurtmaxonalari, shuningdek, hayvonlarning noyob turlarini ko‘paytirish bo‘yicha Respublika “Jayron” Ekomarkazi kiradi.
“Shu bilan birga, tobora o‘sib borayotgan insoniyat faoliyati natijasida tabiiy ekotizimlarga talofat yetkazilmoqdaki, pirovardida ekotizimlarning suv hamda suv oldilarini namoyish etuvchi hayvonlarning 87 turi, cho‘l ekotizimlari hayvonlarining 46 turi, tog‘ ekotizimlari hayvonlarining 43 turi xavf ostidadir. Bugungi kunda ayrim turlar yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi yoki batamom yo‘qolib ketdi”,- deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlatbionazorati boshlig‘i Aleksandr Arkadevich Grigoryans.
Biologik xilma-xillikni muhofaza qilishning eng katta muammolaridan biri - bioxilma-xillik bizga taqdim etayotgan xizmatlarning qiymati qanday ekanligini baholab beruvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy baholashning mavjud emasligi hisoblanadi. Jahon banki hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, jami ekotizimlar xizmatlarining umumiy qiymati yiliga o‘nlab trillion AQSh dollari bilan baholanadi. Biologik xilma-xillik resurslaridan qancha foydalanmoqdamiz va uning haqiqiy iqtisodiy bahosi qanchaligini yanada chuqur anglash undan yanada samarali hamda oqilona foydalanish imkonini beradi.
Bilogik xilma-xillikni saqlash barcha hamkorlar – hukumat tashkilotlari, manfaatdor tomonlar, OAV va qator fuqarolar o‘rtasidagi to‘liq bo‘lmagan hamda keng qamrovli hamkorliksiz va axborot almashinuvisiz amalga oshirish mumkin emas. Jamoatchilik sezilarli darajada bioxilma-xillikning o‘rni, uning bahosi hamda uni saqlashning maqsadi, shuningdek, mavjud muammolar va chaqiruvlar to‘g‘risida habardor bo‘lishlari kerak.
“BMT Taraqqiyot dasturi, Global ekologik jamg‘arma hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hamkorlikdagi “2011-2020 yillarda O‘zbekistonda Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaning Strategik rejasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash uchun biologik xilma-xillik sohasida milliy rejalashtirish” loyihasida biologik xilma-xillikni muhofaza qilish masalalarini barcha manfaatdor tomonlarning keng ishtirokida yangilangan “bioxilma-xillik bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish” vositasida milliy hamda tarmoqlararo rivojlanishning rejali dasturiga integratsiya qilish ko‘zda tutilgan””,- deya ta’kidladi loyiha menejeri Irina Bekmirzayeva.
Tadbir davomida bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqotlarning olg‘a siljishi, qabul qilinayotgan chora-tadbirlar sohasida O‘zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Global ekologik jamg‘arma Kichik grantlar dasturining hamkorlikdagi loyihalaridoirasida respublikada amalga oshirilayotgan faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Xulosa
Bioxilma-xillik tabiatning ko‘rki, manzarasi, chiroyi hisoblanadi. Mohiyatiga ko‘ra bioxilma-xillikda inson hayotining ajralmas boyligi mujassam bo‘lib, uni muhofaza qilish insoniyatning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi
Aytish o‘rinliki, bioxilma-xillik eroziya, sel, gravitatsiya jarayonlarining oldini olishda eng samarali omil sanaladi. Shu jihatdan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini o‘rganish hamda muhofaza tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, tabiatdagi bor mavjudot bitta ekotizimda hayot kechiradi. Qadimiy manbalarda hayvonot olamiga shafqatli bo‗lish haqida ko‗plab bitiklar yozib qoldirilgan. Zero, hududimiz flora va faunasidagi har qanday turlarni muhofazalash uchun har birimizning ongi-shuurimizda shafqat hissini shakllantirishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni shu ruhda tarbiyalash muhimdir.
Fodalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. O'zbekiston XX1-asr bo'sag'asida; xavfsizlikga taxtid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari; O'zbekiston, 1997-326 b
Muradov Sh.O. i dr. Ekologiya ch. 1 ―Obshaya ekologiya‖. INK Chinor, 2002-164 s.
Muradov Sh.O., Valukonis G.Yu., Muradov F.Sh. Ekologiya ch.2.
―Prikladnaya ekologiya‖ bioraznoobraziy i ustoychivost'-Toshkekt. 2003-160
Dedyu I.I. Ekologicheskiy ensiklopedicheskiy slovar.-Keshinev: izdvo MSE 1990-406 s.
Bioxilma-xillikni saqlash. Milliy strategiya va xarakat rejasiO'z.R.Vazirlar Maxkamasining qarori № 139-son 1998 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |