Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Download 218 Kb.
bet9/9
Sana21.04.2022
Hajmi218 Kb.
#568739
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rahbarning tashkilot qoʻl ostidagilarga taʼsirining turlari va shakllari

Xushxulqlilik - bunday rahbar inson go’zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o’zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o’ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya'ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o’lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi.
Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim.
Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida salbiy hodisalarga yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkazishi va el nazaridan qolishiga sabab bo’lishi mumkin.


Qisqa xulosalar
Menejer bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir.
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi.
Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi.
Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi.
Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Tashkilotlar faoliyatini va personalii boshqarishning ijtimoiy psixologik jixatlari
Muayyan tashkilotni boshqarish faoliyati kup kirrali bо‘lib, uning turli soxalaridagi samarali rahbar lik faoliyati turlicha yondoshuv va malakali mutaxassislar ishtirokini talab qiladi. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy guruxga bо‘lgan xolda — moddiy va nomoddiy kо‘rinishlarni kayd etishimiz mumkin.
Nomoddiy boyliklarga shu tashkilot miqyos idagi nafakat akdiy saloxiyat, balki inson omili bilan bog‘liq bо‘lgan hamma yutuklar kiradi. Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar — «personal» atamasi bilan nomlanadi. Psixolog olim T.Y. Bazarov ta’rifi bо‘yicha «Tashkilotdagi barcha inson resurslari ichgindisi - personaldir. Bunga tashkilot xodimlari, biron loyixani joriy etishda qatnashuvchi hamkorlar, tadqiqot о‘tkazish uchun, strategiya ishlab chikish, biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga taklif etilgan ekspertlar ham kiradi».
Personalii boshqarishning ijtimoiy-psixologik jixatlari. Kadrlarni joylashtirish sohasida. Bu soxada personal boshqarish xizmatiga mavjud vakant urinlarga nomzodlarni tanlash, kadrlarni ish joyiga tugri qо‘yish, ish joyi va kasbga alokador masalalarda xodimning shaxsiy va kasbiy xususiyatini chuqur urganish vazifasi qо‘yiladi.
Xodimlar adaptatsiyasi/moslashuvini boshqarish. Xodimning uzgaruvchan sharoitlarga yeki yangi ish joyiga moslashishini va tez orada jamoa hayot iga kushilib ketishni nazarda tutadi.
Xodimlarni tashkilot maksadi sari yetaklash, tashkilot maksadlariga xodimlar faolligi va ishtiroki orqali erishish.
Xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni ularda tashkilot maksadi yulida mehnat kilish uchun ishtiyoq uygotish. Motivatsiyaning asosiy mazmun-moxiyati tashkilot maksadi va xodim manfaatlarini uygunlashtirishdan iborat bо‘lib, aynan shu mas’uliyatli vazifa, odatda rahbar zimmasiga yuklanadi.
Personalii ukitish — uning kasbiy mayoratniy oshirish yulidagi asosiy tadbir bо‘lib, ushbu omil nafakat kasbga oid mutaxassisliklar, balki rahbarlik mayoratniy oshirishga ham tegishlidir. Misol uchun, «Oyepega1 YE1yes1ps» kompaniyasi inson resurslarini rivojlantirish uchun sarflangan har bir dollar ustiga ustama 3 dollar foyda olar ekan. Ushbu rivojlantirish dasturidagi asosiy e’tibor, yangi texnologiyani uzlashtirish va maksadga intilish yulida samarali faoliyat yuritish uslubini Urganishga karatiladi.
Tashkilot miqyos ida e’tiborni bevosita va begaraz ravishda xodimlar manfaatiga yunaltirish ma’muriyatga nafakat obru, balki moddiy yutukdar ham olib keladi. Masalan, «RINrz ReggoNshp» uz ishchilariga yordam dasturini qullash orqali ishga kelmaslik va kasal bо‘lishlar kiskarishi xisobiga har yili 8 mln. dollar tejashga erishdi.
Muomala faqat insonlarga xos bо‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi.
Muomala - odamlar о‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining kо‘p qirrali jarayonidir Muomala (munosabat) birgalikda faoliyat kо‘rsatuvchilar о‘rtasida axborot ayirboshlashni о‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muomalaning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning о‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat sо‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan Muomalada bо‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati Muomalaga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan Muomalaga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bо‘lamiz. Demak, Muomala jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (о‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (о‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muomala qonuniyatlarini bilish hamda uni о‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining о‘z “Meni” atrofdagilar bilan bо‘ladigan Muomala jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yо‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu Muomalaga bо‘lgan ehtiyojdir. Muomalaga bо‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo Muomalaga bо‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bо‘lgan Muomaladan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga tо‘g‘ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini о‘ynasak, kasalxonada bemor, dо‘konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.
Muomala psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik Muomalada ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, о‘qituvchi va о‘quvchi munosabatlari, о‘qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim - tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim о‘rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bо‘lishi, katta guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni о‘rganadi. Bu masalalarni hal qilishda Muomala psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun Muomala psixologiyasini bilish zarur. Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bо‘lishi kerak, bunda ularga Muomala psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi.
Muomala din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, diniy his - tuyg‘ular, diniy guruhlar psixologiyasini о‘rganishda albatta Muomala sirlari, Muomala madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, Muomala psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘liq holda rivojlanadi.
О‘zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy о‘zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy istiqloldan sо‘ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig‘ilishdagi ma’ruzalar о‘zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, о‘zbek tilining mо‘saffoligi, aniq va lо‘ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi Muomalada о‘z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muomala psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. Shuningdek, о‘qitish jarayonida bо‘lajak mutaxassislarga Muomala madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda о‘zaro munosabatlarni Muomala orqali yaxshilashdir. Muomalaning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, Muomalani nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlash fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Muomala psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda о‘z ifodasini topadi:
1) hamqorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo о‘zaro ta’sir va Muomala qonuniyatlarini о‘rganish;
2) Sharq allomalarining Muomala haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
3) talabani faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab о‘tish;
4) talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan Muomalani shakllantirish;
5) shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda Muomalaning rolini orttirish;
6) о‘zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
Biz bо‘lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur:
— muomala madaniyatining nazariy asoslarini;
— shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini;
— pedagogik Muomalaning qonuniyatlarini;
— oilada, guruh va jamoalarda Muomalaga qо‘yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga ega bо‘lishi kerak;
— shaxsda Muomala shakllanishini о‘rganish;
— muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
— shaxslararo munosabatlarda Muomalaning ahamiyatini kuzatish;
— Muomala sirlarini bilishi va qо‘llay olishni;
— guruhlarda Muomalani shakllantirish metodikalarini о‘tkazish;
— oilada Muomala madaniyati, Muomala sirlaridan bohabar bо‘lish;
— Muomala madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil tish yuzasidan kо‘nikmalar hosil qilish.
Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday kо‘rinishidirki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan о‘zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, о‘zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir о‘tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
Shuning uchun Muomala ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtiroq etib, hamqorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish Muomala maromiga bog‘liq bо‘lib. shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g‘oyalarini anglatadi. Muomala muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, harakter hislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bо‘lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muomala jarayonida Muomaladoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari, kо‘nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir о‘tkazish uslubi tarkib topishi mumkin. Muomala tashqi ta’sirlar, namunalar asosida о‘zini-о‘zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish о‘quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar о‘rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g‘ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - о‘zini - о‘zi mukammallashtirish, о‘zini - о‘zi ruyobga chiqarish, о‘zini-о‘zi boshqarish, о‘zini - о‘zi baholash, о‘ziga - о‘zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish - bо‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muomalaga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu о‘zini - о‘zi ortiqcha yoki past baholash tufayli о‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga notо‘g‘ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bо‘lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
1) hamqorlik faoliyatida, Muomalalar tizimi orqali Muomala jarayonining barcha a’zolari о‘rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
2) Muomalada ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
3) insonning Muomala xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari tо‘g‘risidagi axborotni egallashga oid maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va Muomala usullariga mо‘ljallangan ishbilarmonlik о‘yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, A.R. Luriya, D.B.Elkonin,
A. V. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida kо‘rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu Muomalaga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan Muomalaga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bо‘ladi;
2) kattalar bilan hamqorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi;
3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug‘iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan о‘zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Xullas, inson о‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda о‘zini tutish fazilatlari о‘zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamqorlik fazilatida ma’lum yutuqlarga erishadi:
1. Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bо‘lishi nafaqat ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yо‘naltirilganligi va tо‘planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib Muomala maromiga putur yetkazadi.
3. Inson о‘zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini о‘zlashtirish uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zо‘riqish orqali kо‘zlangan maqsadiga yetishi mumkin (E.G‘oziyev. Muomala psixologiyasi. T.2001 23-bet).
Yuqoridagi qoidalarga barcha talabalar rioya qilib, gavdalarini tо‘g‘ri tutish, muammoli vaziyatlarga va Muomala maqsadiga, maromiga mutanosib tushadigan hodisalar, holatlar, sharoitlar, muayyan muhit, mazmunli harakatlar, imo - ishoralar, mimika, pantomimika ustida ishtiyoq bilan shug‘ullansalar, yengil tabassum, iliq, miyig‘ida kulish, chiroyli yurish kabi mashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo munosabatni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish imkoniyatiga erishadilar. Atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldirish, ularda mehr - muhabbat tuyg‘usini о‘yg‘otish Muomaladosh tanlashga imkon tug‘diradi. Jismoniy va ma’naviy jihatdan erkinlikka erishish о‘ziga ishonch tuyg‘usini yuzaga keltirsa, mustaqillik Muomalada teng huquqli sherik bо‘lishga shart-sharoit yaratadi.
Birinchi toifadagi Muomala (faoliyatdan kо‘zlangan maqsadga erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya о‘rnatish) bilan bir qatorda ikkinchi toifadagi Muomalaning (о‘zligingni boshqa kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga kо‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim - bu avvalo axborot jarayonidir. О‘qituvchi о‘quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va о‘z navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qanday о‘zlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. О‘zaro birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi.
Pedagog tarbiya vazifalarini amalga oshirarkan, о‘quvchilarga kо‘rsatadigan ta’sir tarbiyalanuvchilar kо‘rib, eshitib va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada о‘zgarishini taqozo qiladi. Pedagog kо‘rsatadigan ta’sirning turlicha samara kasb etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning о‘zini davom ettirish, о‘zining shaxsiyatiga oid mazmunlarni yoshlarga о‘tkaza bilish qobiliyati, uning pedagogik munosabati harakteri va samaradorligi aksi mujassamlashgandir.
Muomalaga kirishuvchilarning о‘zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan Muomaladan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob tariqasidagi his-tuyg‘ular va afzallikning о‘zaro taxmin qilinishi bilan belgilanadigan о‘zaro munosabatlar va о‘zaro birgalikdagi harakatning barqaror individual-tanlash tizimi sifatidagi dо‘stlik kishilar munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi. Dо‘stlikning rivojlanib borishi uning о‘zaro hamjihatlikning zarurligini, oshqoralik va ochiqlikni, ishonchni, о‘zaro faol yordamlashuvni, samimiylikni va his-tuyg‘ularning beg‘arazligini qaror toptiruvchi yozilmagan qonun - qoidaga amal qilishini taqozo etadi.
Dо‘stona Muomala о‘rnatish va dо‘st tutinish muammosi о‘spirinlik yoshida ayniqsa dolzarb masalaga aylanadi. Pedagoglarning kuzatishlari, о‘spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning “Dо‘stlik va muhabbat tо‘g‘risida”gi mavzularda о‘tkaziladigan suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Dо‘st orttirishga bо‘lgan ehtiyoj о‘spirinlik yoshi uchun xos xususiyat hisoblanadi. О‘spirin odatda dо‘stona Muomalaning ulchovi haqida yetarli darajada aniq - ravshan tasavvurga ega bо‘lmaydi, bu yoshda u kо‘proq intiladigan alohida juftlashgan holda dо‘stlashuvdan kо‘ra kо‘proq о‘z tengdoshlari bilan kengroq ma’nodagi Muomalaga kirishishni taqozo etadigan о‘rtoqlik ancha keng tarqalgan bо‘ladi.
О‘zaro dо‘stona yaqinlik belgisiga kо‘ra birlashgan ulfatlar, tadqiqotlardan ma’lum bо‘ldiki, muayyan bir kasb atrofida guruhlar ajrala boshlaydi. Dо‘stlik Muomalai о‘rnatgan va ta’riflangan bо‘g‘inlarda, eksperimentlar natijasida olingan ma’lumotlarning guvohlik berishicha, yoshlarning о‘zlari qaysi kasbni egallash niyatida ekanliklarini aniqlagan, bо‘lg‘usi kasb haqidagi, uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yо‘llari kabilar haqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan holda olib boradigan yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi. О‘spirinlarda juftlashgan tarzdagi dо‘stona Muomala andozasi, garchi faqat shunday bо‘lmasa ham, kо‘pincha jinslar о‘rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik muhabbatining dastlabki kо‘rinishlarida kо‘rtak yozadi.
Albatta, sanab ettilgan jihatlar tashkilotdagi ijtimoiy-psixologik xodisalarga oid tadbirlarning bir kismi bо‘lib, bu soxaga tegishli asosiy mavzular qо‘llanma doirasida bayon etiladi.
Boshqaruv haqida umumiy tushuncha. Fanda boshqaruv tushunchasi tizimning о‘z hayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologiq texniq ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma sifatida boshqaruvchi va boshqariluvchi bо‘laklarga ajratiladi.
Boshqaruv uz tasarrufidagi boshkariluvchi bо‘lakka muntazam, rejali va maksadga yо‘nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday uzaro faoliyat tizimning ishchanlik kobiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadqiqotlar kibernetika fani yuzaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani boshqarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi.
Boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi farqlanadi: maksadga yunaltiruvchi va tashkiliy funksiyalar.
Maksadga yunaltiruvchi funksiya tuzilmani yanada mukammshglashtirish maksadiga yunaltiradi. Tashkiliy funksiya esa tuzilmaning maksadga erishishdagi ichki tartibi va uning turli kismlari о‘rtasidagi uzaro muvofiklikni ta’minlaydi.
Yukoridagi asosiy ikki boshqaruv funksiyasi qator vazifalar orqali amalga oshadi. Masalan, maksadga yunaltiruvchi funksiyani ado etishda faoliyat tarkibiga:
natijani prognozlash;
maksad sari faoliyatni rejalash;
amalga oshirish motivatsiyalari kiradi. Maksadga yunalgan faoliyatni amalga oshirish tashkiliy funksiyalar orqali ta’minlanadi. Bu soxadagi asosiy vazifalardan biri faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir. Umuman olganda nazoratni amalga oshirish boshqaruvning ikkala funksiyasi uchun ham umumiy bо‘lgan universal xususiyat bо‘lib, u boshqaruvning har kanday jarayonida doimiy kayta aloqani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi asosiy tushunchalardan biri kayta aloka tushunchasi bо‘lib, bu ibora tuzilmaning uz maksadi sari intilishi kay yо‘sinda ketayotgani va kanday jixatlarni uzgartirish, yanada mukammallashtirish hakida ma’lumot olishni anglatadi.
Maksadga yunaltiruvchi funksiya - tashkilotni ma’lum maksadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi.
Tashkiliy funksiya - tashkilot turli bо‘limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir. Radbar ado etishi zarur bо‘lgan asosiy funksiya va vazifalar tasviriy ravishda qо‘yidagicha ifodalangan:



Boshqaruv funksiyalari va uning tarkibiy kismlari.
Rahbarlikning asosiy maksadi, ushbu vazifalar о‘rtasida mutanosiblik va uygunlikka erishish hamda shu orqali tashkilot bugunligini ta’minlashdir.
Tashkilot boshqaruvining asosiy funksiyalaridan yana quyidagi xususiy funksiyalar kelib chikadi:
• Rejalashtirish funksiyasi:
Natija kanday bо‘lishi xakidagi tasavvur, unga erishish boskichlariva uslublar.
Asosiy tamoyili - boshqaruvchi va boshkariluvchi subyektlarni muvofiklashtirish.
• Nazorat etish funksiyasi:
Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi mablar va rusurslar xakidagi ma’lumotlarni saklash, boshqaruvningta’sirchanligi xakidagi axborotlarga ega bо‘lish. Nazoratning asosi — xisob-kitob hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.
• Siyosiy-xukukiy funksiya:
Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquklar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta’minlaydi.
• Ijtimoiy funksiya:
Ijtimoiy xodisalar (turli kasb faoliyati va ularga xak tulash tafovutlari, ijtimoiy adolatni tatbiq etish, ijtimoiy ximoyaga muxtoj xodimlarning mavjudligi.
• Raxbatlantirish funksiyasi:
Ijro harakatlari meyorda utishini ta’minlashdan iborat bо‘lib, moddiy va ma’naviy ragbatlantirish vositalarini uz ichiga oladi. Boshqaruv maksadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chikaradi va Boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini urganadi.
Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. Kо‘rib utganimizdeq boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maksadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv' subyekti va obyekta о‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talkin etadi. Mazkо‘r munosabat tizimining tashkiliy kismlari uzaro itoatdaligi bilan harakterlanadi.
Tizim ichida amal kiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tugdiradi. Demak vertikal al okal ar uzaro itoatdagi xodimlar о‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bо‘lsa, gorizontal alokalar uzaro koordinatsiyani, ya’ni tizimning teng va mustakil kismlari о‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundantashkari, boshqaruv munosabatlari uzining rasmiy va norasmiy kо‘rinishiga ham ega.
Tashkilot personaliga ta’sir etish uslublarini uch guruxga bо‘lamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shakllarda ta’sir etish. Bо‘larning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon bо‘ladi va boshqaruv psixologiyasi fan sifatida bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadkik etadi.
Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoquygotish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv obyektiga ta’syr etish uslublariga kо‘ra, uning bevosita va bavosita ta’syr shakllari ajratiladi.
Boshqaruv uslubini farqlashdagi an’anaviy yondoshuvlardan biri Kurt Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi. Avtoritar uslubda. rahbar hamma boshqaruv qarorlarini о‘z qо‘liga oladi, qaror ijrosini kattik nazorat ostiga oladi va yо‘l qо‘yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash shaxdini namoyish etadi, xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi. Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori kо‘rsatkichni ta’minlaydi. Lekin, psixologik nuqtai nazardan bunday uslubda qator kamchiliklar kuzatiladi: 1) xatoga yо‘l qо‘yish extimoli oiladi; 2) tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini sо‘ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi; 3) xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqeydan qoniqmasliklari; 4) nosog‘lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy zо‘riqishlar oshishi va sog‘likka salbiy ta’siri. Bunday uslub rahbar va xodim orasidagi kasbiy malakalar farqi kattaligida, kattik intizom va itoatguylik zarur bо‘lgan sharoitda maqsadga muvofiq va о‘zini oqlashi mumkin (avariya holatlari, inqirozli, urush sharoitlari va h.q). Yangi xodimlar ishlaydigan jamoada bunday boshqaruv uslubi moslashuv jarayoniga salbiy ta’sir etadi, yosh xodimda kasbiy malakalar sekin shakllanadi.
Demokratik uslub, ba’zan sheriklik hamkorlikka asoslangan boshqaruv uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub xukm sо‘rgan jamoada boshqaruv qarorlari xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdeq qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi, uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi. Boshqaruv pog‘onalarida qaror qabul qilish «pastdan tepaga» qarab boradi, ya’ni avval qо‘yi bо‘g‘in rahbarlaridan yig‘ilgan fikrlar asosida yuqori bо‘g‘inda qaror ishlab chiqiladi. Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi uchun ham imkoniyat yaratadi. Hamkorlik tamoyiliga asoslangan rahbar vazifani bajarishning aniq kо‘rsatmasiga nisbatan umumiy yо‘nalishni belgilashni ma’qul kо‘radi, hamda xodimning о‘zi ijro etish rejasini ishlab chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Demoratik uslub eng samarali boshqaruv vositalaridan hisoblanib, uni qо‘llashda tо‘g‘ri qaror kabо‘l qilish ehtimoli oiladi, mehnat samaradorligi ta’minlanadi, bajarilayotgan ishdan va jamoaga a’zolikdan guruhning ahilligi oshib psixologik muhit ijobiylashadi. Bunday jamoada odatda mavjud yechimlarga tankidiy kо‘z bilan qarovchi, xatoliklarni aniqlovchi xodim va bu xatoliklarni bartaraf etish yо‘llarini taklif etuvchi mutaxassis hamkorligi mavjud. Bu tavsiflardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, demokratik tamoyilga asoslangan jamoalarning ham bir necha darajasi bо‘lishi mumkin. Birlamchi darajadagi jamoalar asosan mehnat vazifasini bajarishga yunalgan bо‘lsa, yuksak pog‘onadagi jamoalar xizmat maqsadidan tashqari shaxslararo munosabatlarni ijobiylashtirish bо‘yicha faollikka ham egadirlar. Demokratik uslubni amalga oshirish rahbarning aqliy, tashkiliy va kommunikativ qobiliyati yuqori rivojlangan sharoitda о‘rinlidir.
Liberal uslubda jamoada demokratik tamoyillar xukm suradi, xodimga butkul erkinlik beriladi, u о‘z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulkni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi. Bunday uslub yuqori ijodiy kuchga ega bо‘lgan va ishlab chiqarish jarayoni benuqron yо‘lga qо‘yilgan jamoada qо‘llanishi mumkin. Ammo, bunday uslub noо‘rin qо‘llanilganda guruhning har bir a’zosi tashabbuskor bо‘lishi bilan birga, ularni ma’lum maqsad sari yunaltiruvchi kuch jamoada bо‘lmaydi, qabul qilingan qarorlar nazorati sust bо‘lgani uchun ular bajarilmay qolib ketishi ham mumkin. Natijada xodimlar о‘z mehnatidan va rahbariyatdan qoniqmaydi, ish samaradorligi past, jamoada hamkorlik yо‘q bir-biri bilan kirishmaydigan guruhlarga bо‘linish extimoli kо‘payadi va guruhlararo ochiq yoki yashirin nizo yuzaga keladi.
Xulosa
Yuqorida aytib о‘tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani - odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki ''о‘zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yо‘lidir", - deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi - ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.
Adabiyotlar ro’yxati:


1..Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch.” Toshkent ,2008 yil.
2..Karimov I.A XXI asr bo’sag’asida. Toshkent 1997 yil.
3..Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent 1999 yil.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston kelajagining poydevori.Toshkent
5.Rubnshteyn S.L «Osnovi obshaya psixologiya» 1998 god.
Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish