Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish mavzuning dolzarbligi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 56,6 Kb.
bet2/3
Sana24.06.2022
Hajmi56,6 Kb.
#698885
1   2   3
Bog'liq
chig\'atoy

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Chig’atoy ulusiga qarshi olib borilgan xalq harakatlaridan biri bo’lgan Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alonni atroflicha yoritish:

  • Qo’zg’alon boshlanishi arafasida Chig’atoy Ulusining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati:

  • Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alonning kelib chiqish sabablari:

  • Mahmud Tarobiy qo’zg’alonining borishi va natijalari:

  • Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo’zg’alonning Chig’atoy Ulusiga qanchalik darajada ta’sir qilgani.

Mavzuni o‘rganilish darajasi. Barcha ijtimoiy fan vakillari, tarixchi olimlar tomonidan bu davr atroflicha yoritilgan. Bu davrni yoritilishida asosan Ato Malik Juvayniy, Mirzo Ulug’bek , Sharafiddun al Yazdiy asarlaridan foydalanildi. Shuningdek, hozirgi kunda ushbu qo’zg’alon voqealari va rivoji bo’yicha manbalarga asoslanib atroflicha o’rgangan R.H.Aminova, F.B.Isxoqov, R.X.Karimov, D.A.Alimova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari va asarlaridan foydalanildi.O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov takidalaganidek: «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayo’tgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart”2 xalqining tarixi, madaniyati, ma'naviyatiga oid bildirilgan fikr va mulohozalari, xulosalari tadqiqotning metodologik asosini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi
Kurs ishining tarkibi. Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

Mo'g'ul bosqinchilari qonxo'r Chingizxonning buyrug'i bilan millionlagan musulmonlarni qilichdan o'tkazdilar. Jahonning eng ko'rkam va eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shaharlaridan biri bo'lgan (taxminiy hisoblarga ko'ra, o'sha davrda 1219 yilda Gurganjda 1 mln. ga yaqin aholi yashagan). Gurganj bosqinchilar tomonidan suvga bostirildi. Aholisi ayovsiz qirildi. Sharqning go'zal shaharlaridan biri bo'lgan Samarqand ham to'la vayron etilib, shaharda istiqomat qilgan 400 ming kishidan mo'g'ullar uni egallagach 100 ming kishidan ozroq aholi qoldi, xolos. Zolim bosqinchilar o'z yo'lida duch kelgan, keksayu yosh, erkaku ayol, hatto yosh bolalarni ham ayamadilar. Musulmonlarning qoni daryo bo'lib oqdi. Ko'chmanchi bosqinchilarning mudhish zarbasi shu darajada kuchli bo'lgan ediki, natijada Xorazm o'zining buyukligini abadiy barham berdi. Insoniyatning o'sha davrdagi eng ilg'or, eng rivojlangan, eng madaniy o'lkalaridan bo'lgan Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm endilikda tanazzulga yuz tutdi. U iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda G'arbdan ancha orqada qolib ketdi. Jahonga mashhur olim va shoirlarni bera olgan bu o'lka mo'g'ullar istilosi natijasida savodsiz, qoloq, jaholat o'lkasiga aylandi. Mo'g'ul bosqinchilarining bu hudud madaniyati, shahar hayoti va qishloq xo'jaligiga bergan zarbasi shu darajada kuchli ediki, bu zarbadan so'ng mazkur o'lka o'zini hatto XIX asr o'rtlarigacha o'nglab ola bilmadi. Mashxur tarixchi, Xiva xoni Abulg'oziy Bahodirxon, o'zining «Shajarayi turk» nomli asarida ko'rsatganidek, bir vaqtlar ilg'or madaniyat o'chog'i bo'lgan Xorazm endilikda yoppasiga savodsiz, jaholat maskaniga aylangan edi. Bir so'z bilan aytganda mo'g'ullar istilosidan keyingi Movarounnahr va Xorazmdagi hayotni so'z bilan ifodalash g'oyatda og'ir. O'lkaning gullab turgan shahar va qishloqlari bamisoli kultepaga aylandi, hayot izdan chiqadi, bir vaqtlar aholisi gavjum bo'lgan vohalarbo'm - bo'sh bo'lib qoldi. Hali Chingizxon hayotligi chog'idayoq o'zi bosib olgan xududlarni farzandlari o'rtasida taqsimlab bergan edi. To'ng'ich o'g'li Jo'jiga Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga) bo'yi, SHimoliy Xorazm va Darbandgacha bo'lgan yerlar tegadi.


Jo'ji vafotidan so'ng bu yerlar uning o'g'li Botuxonga o'tadi. Ikkinchi o'g'il Chig'atoyga Sharqiy Turkiston, Yettisuv Movarounnahr Xorazmning Janubiy (Markazi Qiyot shahri) hududlari, shuningdek Balx Badaxshon, Qobul, G'azna, Sind daryosigacha bo'lgan yerlar beriladi. Uchinchi o'g'il O'g'idoyga Chingizxon o'zining qoni to'kilgan vatani Mo'g'ulistonni va Xitoyni hadya qiladi. Kenja o'g'il Tuluga esa Xuroson bilan Eronni beradi. Chingizxon o'z harbiy kuchlarini ham o'z o'g'illari o'rtasida taqsimlaydi. Shunday qilib mo'g'ullar zabt etilgan bepoyon hududlarni uluslarga bo'lib, udel asosida boshqara boshlaydilar. Uluslar markaziy davlatga - xonlar xoniga yoki «Hoqonga» bo'ysunar edilar. Uluslar hokimi esa xon deb atalgan. Chingizxon vafotidan (1227 yil) so'ng xoqon O'g'idoy bo'lgan. Ulug' xoqonning poytaxti Qoraqurum shahri edi.3
Movarounnahr va Xorazmning janubiy hududlari Chig'atoy ulusiga qarashli bo'lib bu ulus XIV asrning 40 yillariga qadar mavjud edi. Ulus poytaxti Beshbaliq shahri bo'lgan. Mo'g'ullar madaniy taraqqiyotda o'lkamizning yerli xalqlariga nisbatan juda qoloq edilar. Shu bois mo'g'ullar mahalliy xalqlarning zodagon vakillari xizmatidan foydalanishga majbur edilar. Ana shunday zodagonlardan biri bo'lgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga Movarounnahrni bevosita bosh qarish topshirilgach u o'ziga poytaxt qilib Xo'jand shahrini tanlagan. Umuman olganda mo'g'ullarning Chig'atoy ulusiga kirgan Movarounnahrni Chig'atoy xonlari qariyb 130 yildan oshiq boshqarganlar. Chig'atoy xonlar haqidagi ma'lumotlar Amir Temur ajdodolari kitobidan olindi.Mo'g'ullarning hukmronligi Buyuk sohibqiron Amir Temurning davlat tepasiga kelguniga qadar davom etadi. Ulug' bobokalonimizning katta tarixiy xizmati shundan iboratki, uning hukmronlik davri boshlanishi bilan yurtimizda mo'g'ul istibdodiga barham berildi. Xorazmshoh Muhammadning johil, uzoqni ko'ra olmaydigan siyosati tufayli o'z davrining yuksak madaniyati, rivojlangan o'lkalaridan M ovarounnahr va Xorazm o'lkalari ko'chmanchi mo'g'ullar zulmi ostida qoldi. Ular mahalliy zodagonlar yordamida bu yerlarni idora qila boshladilar. Ilgari ko'rsatganimizdek Chingizxon o'ziga sadoqatli kishilarni qadrlar edi. Shuning uchun ham Chingizxon bosib olingan hududlarni boshqarishda o'z Vataniga xiyonat qilib mo'g'ullar tomoniga o'tgan Vatan xoinlarining xizmatlaridan unumli oqilona foydalandi.
Bunday shaxslardan biri asli xorazmlik savdogar Mahmud Yalovoch edi. Mahmud Yalovoch hali Xorazmshohlar davlati mavjud bir sharoitda Chingizxon xizmatini afzal ko'rib bir necha musulmon savdogarlari qatori mo'g'ullar tomoniga o'tgan edi. U o'z xo'jasi bo'lmish Temuchinga sidqidillik bilan xizmat qilib, bosh elchisi sifatida Xorazmshohlar davlatiga safar qilgan edi. Xorazmshoh bilan bo'lgan tungi uchrashuvda, unga mo'g'ullar, shuningdek Chingizxonning harbiy kuchlari haqida g'oyat soxta ma'lumotlar berib, o'zining xiyonatkorona munofiqligi bilan mo'g'ullarga g'oyat katta xizmat ko'rsatgan edi. Vatan xoinining bu faoliyati Chingizxon tomonidan yetarli taqdirlangan edi. Xoqon uni butun Movarounnahrga hokim qilib tayinladi. Maxmud Yalovoch o'z poytaxti Xo'jand shahridan turib, butun Movarounnahrni idora qiladi. Mahalliy xalqlarni mo'g'ullar izmida tutib turishda ularga yordam beradi.
Mo'g'ullar mahalliy hokimlar yordamida xalqdan turli xil soliqlar undirar edilar. Dahshatli urush, mo'g'ul bosqinchilarining qattiq xuruji xalq xo'jaligini tubdan izdan chiqargan edi. Mahalliy aholi nihoyatda kambag'allashib ketgan edi. Istilochilarning yovuzligi natijasida, ko'pgina shaharlar vayronaga aylangan bo'lib, ulardagi savdo-sotiq inqirozga uchragan edi. Sug'orish inshootlari izdan chiqqanligi tufayli ko'pgina ekin maydonlari qarovsiz qolib yaylovlarga aylangan edilar. Shahar aholisi va dehqonlar nihoyatda kambag'allashib, soliq to'lash qobiliyatini yo'qotgan edilar. Garchi Chig'atoy o'z ulusini boshqarishda rasman uluq xoqon Chingizxonning vorisi O'g'idoyga bo'ysunsada amalda u o'ziga tegishli bo'lgan hududni mustaqil bosh qarar edi. Hukmdorlardagi kabi uning ham bir necha amirlari bor edi. Ular ulusni boshqarishda Chig'atoyga har tomonlama yordam berar edilar. Chig'atoyning ko'pgina amirlari u bilan bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan mo'g'ul qabilalaridan bo'lsa, ba'zilari mo'g'ul istilochilari davrida dushman tomoniga o'tgan mahalliy oqsuyaklar vakillari edilar. Ularning bittasini Chig'atoy o'ziga olgan bo'lsa, ikkinchisini Xabash Amidga tortiq qilgan edi. Mashhur tarixchi Juzjoniy va boshqalar o'ta suronli yillarga bag'ishlangan o'z asarlarida, Chig'atoyning musulmonlarga nisbatan o'ta dushmanona munosabati haqida yozganlar. Biroq aynan musulmon diniga taluqli Xabash Amidning Chig'atoy saroyida katta obro'ga ega bo'lganligi, bu shaxsning mo'g'ullar oldidagi o'tmishda katta katta xizmatlari mavjudligidan darak beradi. Hatto Chig'atoy hukmronligi davrida katta mavqega va obro'ga ega bo'lgan Qutbaddin Kermoniy ham Xabash Amidga yaqinlashish maqsadida unga o'zining yaqin qarindoshini xotinlikka bergan. Chig'atoy saroyida katta obro'ga ega bo'lgan Xabash Amid, xuddi shunday mavqega Chingizxon va uning vorisi O'g'idoy saroyida ega bo'lgan. Xoqonning Movarounnahrdagi vakili Xorazmlik Mahmud Yalovochga nisbatan o'ta munofiqona siyosat olib bordi. Faqatgina hoqon O'g'idoy va uning vorislarining Mahmud Yalovochga nisbatan g'amxo'rona siyosati uni bir necha bor Chig'atoy g'azabidan saqlab qoldi.
Albatta, bunga sabab birinchidan Chig'atoyning musulmonlarga nisbatan dushmanona siyosati bo'lsa, ikkinchidan Xabash Amidning o'z «Raqibi» Mahmud Yalovoch to'g'risida Chig'atoy huzuridagi yolg'on Yashiq uydirmalari edi. Chig'atoydan to'la farq qilib hoqon O'g'idoy musul monlarga nisbatan ancha tinch siyosat olib bordi. Uning hukmronligi yillari otasi Chingizxon hukmronligi davridan farq qilib, bu davrda mo'g'ullar hukmronlik qilgan yerlarda, yoki istilo qilayotgan mamlakatlarda ommaviy qirg'inlar, butun-butun shaharlarni yo'q qilishlar sodir bo'lmadi. Bir so'z bilan aytganda O'g'idoy o'z otasiga nisbatan ancha yumshoq siyosat olib bordi. 2
Bu yillarda Ulusda Chig'atoy avlodlariga doir kishilar hukmronlik qilganlar. O'tmishda mashhur tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiy o'zining «Zafarnoma» asarida Chingizxon naslidan Turon mamlakatlarida hukmronlik qilgan xonlar haqida so'z yurtib, Chig'atoy ulusida xonlik taxtiga o'tirgan Chingizxon avlodlaridan bo'lmish podshohlar o'ttiz ikkita bo'lganini ta'kidlaydi. Chingizxon o'z podshohlik yerlaridan Turon zaminini va Janubiy Xorazmni o'zining ikkinchi o'g'li Chig'atoyga meros qilib bergan edi. Unga ma'lum darajada harbiy kuchlar bilan birgalikda, bu yerlarni boshqarishda unga ko'mak berish mas'uliyatini o'z amakivachchasi Qorachor No'yonga yuklaydi. Chig'atoy ota vasiyatiga muvofiq Qorachor No'yon kengashisiz varoziligisiz hech bir ishga qo'l urmas edi. Mo'g'ullarning barcha uluslaridagi kabi Chig'atoy ulusida ham barcha fuqaro va amaldorlardan Yarg'u va Yosoq udumlariga amal qilishni qattiq talab qilinar edi. Ulusxoni Chig'atoy xursandchilik va ovga juda ishqiboz kishi bo'lib, u aksari vaqt shu ish bilan band edi. Amir Qorachor No'yon esa saltanatning muhim ishlarini olib borar va jahondorlik qilardi. Jakoat va lashkar uchun nimaiki lozim bo'lsa, to'la to'kis amalga oshirar edi. Chig'atoy 1241 yil may oyida dunyodan ko'z yumgach, bir necha yildan so'ng Qorachor No'yonning tavsiyasi bilan ulus taxtiga Chig'atoyning o'g'li Qora Xulaguxon ibn Mutugen ibn Chig'atoyxon o'tiradi. U 1246 yil yanvargacha ulusni bosh qaradi. Kuyukxonning ko'rsatmasi bilan Qorachor No'yon Qora Xulaguxonni taxtdan tushurib, uning o'rniga Chig'atoyning yana bir o'g'li Yesun M unke ibn Chig'atoyni taxtga o'tqazadi. Biroq Yesun Munke uzoq umr ko'rmadi. U vafot etgach taxtga qaytadan Qora Xulaguxon o'tiradi. 1254 yilda 89 yoshida Qorachor No'yon vafot etadi. Undan sal keyin Qora Xulaguxon ham vafot etadi.
Mo`g`ullar istilosidan so`ng Movaraunnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong`i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo`jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to`g`onlarning hammasi Chingizxon buyrug`iga ko`ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko`pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug`orma dehqonchilikni shu o`lkaga kelib ko`rdilar.
Bosqindan so`ng sharqqa dong`i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to`qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo`lgan mashhur ipak savdo yo`llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo`ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi.
Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o`z o`g`illariga mulklarini ulus qilib bo`lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o`g`il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo`lgan yerlar mulk etib berilgan edi. Chingizxon o`limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o`g`illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo`lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo`lgan yerlar Jo`chiga, Oltoy tog`larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo`lgan yerlar ikkinchi o`g`il Chig`atoyga, Xitoy va Mo`g`uliston voris bo`lmish uchinchi o`g`il O`gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo`lib berildi.
Rashididdinning ma’lumotiga ko`ra, Chingizxon vafotidan so`ng Chig`atoyga 4000 ta askar tekkan ekan. Ularning boshliqlari o`z navbatida barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalaridan bo`lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qovchinlar Amudaryo shimoli Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg`oniston shimolida joylashgan ekanlar. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham o`z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko`rar edi. Mo`g`ullar ko`chmanchi xalq bo`lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo`g`ullar xizmatida anchadan beri faoliyat ko`rsatayotgan Mahmud Yalavochni Movarounnahr noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Uning qarorgohi esa Xo`jand shahrida joylashadi. Shubhasiz, Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar bo`lib, manbalarning xabariga ko`ra uning boyligi shunchalik ko`p bo`lganki, hatto u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to`lashi ham mumkin edi. Uning ixtiyorida mo`g`ullarning tayanchi bo`lgan soliq yig`uvchi mo`g`ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, dorug`alar-harbiy ma’murlar hamda bir muncha mo`g`ul harbiy otryadlari bor edi. 4
Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish o`lkada mo`g`ullarga qarshi g`alayon bo`lishini oldini olish ma’suliyati yuklatilgan edi. Ko`pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar, qisman ulamolar ham o`z jonlari va qolgan mol-mulklarini saqlab qolish borasida xiyonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o`ta boshladilar.
O`z navbatida o`lkada o`zlarining tayanch vositasi bo`lishlariga harakat qilgan mo`g`ullar ham bu toifadagi kishilarni qo`llab-quvvatlay boshladilar. Mo`g`ul xonlari (viloyat hokimlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilingan) va mahalliy zodagon, yer egalarining zulmi natijasida mehnatkash xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshlandi. O`lponu soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig`ib olinadigan turli to`lovu yig`imlar, jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi.
Yangi yer solig`ining nomi kalon deyilib, u hosilning o`ndan bir miqdorida olingan. 1235-yilgi qurultoydan so`ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq-qopchur ta’sis etilgan. Unga ko`ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa to`lanar edi. (Bu soliq asosan mo`g`ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). Yasoqqa ko`ra, davlat xazinasi uchun shulen deb nom olgan oziq-ovqat solig`i joriy qilingan.
Bu soliqqa ko`ra har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan xonlar tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan xazina uchun undirilib, so`ngra aholidan zo`ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. Ayniqsa, hunarmandlarning ahvoli og`ir bo`lgan ularning o`z yurtlarida tirik qolganlari mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilinar edi. Masalan, 1262-yil Buxoroda bo`lgan Xubilay qoonning vakili bu yerda 5000 ta hunarmand Botuxonga, 3000 tasi malika Siyurko`kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bo`lganligini qayd etadi. 1246-yil Mo`g`ulistonda bo`lgan sayyoh Plano Karpini eng yaxshi hunarmandlar xoqon xizmatida ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo`lishlarini qayd etib o`tadi. Bu guruh shaharlik hunarmandlarga esa kundalik ovqat berilib, ularga darhaqiqat qullarcha munosabatda bo`lingan bo`lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.
Mo`g`ullarga qarashli bo`lgan harbiy qurol-aslaha va anjomlar ishlab chiqaradigan ustaxonalar-korxona nomini olgan bo`lib, u yerdagi hunarmandlar esa qul darajasidagi kishilar hisoblanar edi. Hunarmandlar to`laydigan maxsus soliqning nomi tamg`a deb atalgan. Mo`g`ullar, shuningdek, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Mo`g`ullar hukmronligi davrida yer egaligi holati ham o`zgarib, yangi in’om etilgan yerlar mo`g`ulcha suyurg`ol nomini olgan. Suyurg`ol hajmi jihatidan (unig tarkibiga juda katta yer maydonlari, suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko`p holda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador-o`rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan. 5
Buyuk hoqon hisoblangan O`gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mo`g`ullar o`zlariga xizmat ko`rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog`och taxtalardan ishlangan bo`lib, unga no`yonning muhri qo`yilar edi. Bunday payzaga ega bo`lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig`uvchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig`im, to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Ko`plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo yo`llarida joylashgan bekatlar yom (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bo`ynida edi. Bu bekatlar bo`ylab davlat ishlari bo`yicha ko`plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o`tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan boshlab hoqon farmoniga ko`ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta tuman aholisiga yuklatildi. Yomlar bo`yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi, -deb yozgan edi Rashididdin. Chig`atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo`ravonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan yer solig`i bu davrda "kalon" deb yuritilgan.Chorvadorlarga esa "qopchur" solig`i solingan. Davlat xazinasi uchun "shulen" nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig`i ham undirilgan. "Shulen" har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan. Hunarmandlar va savdogarlardan "targ`u"(1/30) solig`i undirilgan. Targ`u ishlab chiqarilgan mahsulot yokpsotilgan molning o`ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga tuz solig`i, jun va kumush solig`i solingan.
Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo`la to`lab yuborilardi, so`ngra ular aholidan yig`ib olinardi. Aholidan yig`ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.
Mo`g`ullar hukmronligining dastlabki yillaridayoq mo`g`ul xoqonlari o`zlariga xizmat ko`rsatgan kishilarga, ayrim katta yer egalari va savdogarlarga turli yorliq va payzalar berardilar. Payza oltin, kumush, jez va yog`ochdan yasalgan taxtachalardan iborat bo`lardi. Bunday payza yoki yorliqqa ega bo`lgan kishilar, shu jumladan elchi, soliq yig`uvchilar va boshqa ma'murlar aholidan turli xil yig`im va to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Bunday payza va yorliqlar ko`plab berilardi. 6Bundan tashqari, mamlakatning, savdo yo`llarida joylashgan bekat - yomlarning xizmati va xarajati ham aholining bo`yniga yuklangan edi. Davlat topshirig`i bilan qatnaydigan son-sanoqsiz elchilar, choparlar va xabarchilarga bekatlarda mahalliy aholi xizmat qilishga, ularga otulov, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlarni topib berishga majbur edi.
Zo`rlik, jabr-zulmning nihoyatda 'kuchayishi, xilma-xil majburiy to`lov va yig`imlaming haddan tashqari ko`pligi mehnatkash ommaning tinkasini quritgan edi. Bunday ahvol, shubhasiz, mo`g`ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko`tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog`ida ko`tarilgan xalq qo`zg`oloni bo`ldi.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo`lishidan qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Mo`g`ullarning ichki xo`jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o`z o`rnini topmadi. Aksincha, zo`rlik po`pisaga qaramay, 1232-yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg`ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo`g`ul istilosidan so`ng pul zarb etish o`z-o`zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.

Chingizxon o'z hukmronligining so'nggi davrlariga kelib, 1224— yilda o'z qo'l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o'rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan g'arbga tomon to «mo'-g'ullar otining tuyog'i yetgan joygacha» bo'lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoli -g'arbiy qismlari to'ng'ich o'g'li Jo'jiga, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr yerlari Chin-gizning ikkinchi o'g'li Chig'atoyga berildi. Uchinchi o'g'il O'qtoyga esa G'arbiy Mo'g'uliston va Tarbag'atoy yerlari ajratildi, Kenja o'g'il va voris Tuliga Mog'uliston, Xitoy va Qirg'iziston yerlari meros qilib berildi. Keyinchalik, Chingizxonning jahongirlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Yevropaning katta qismini bosib olib, Oltin O'rdaga asos solgan uning nabirasi Botuxon hukmronligi davrida (1227-1255) IViovarounnahrning qator hududlari ham uning ta'sirida bo'lgan.7


Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o'rtasidagi meros taqsimlanishi natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Yettisuv o'lkalari Chig'atoy va uning vorislariga o'tib, u Chig'atoy ulusi nomi bilan atala boshlandi. Endilikda Mo'g'ul hukmdorlari Movarounnahr o'lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo'lmasin, uning xalqini yanada itoatda tutish, bu yerdan mo'g'ul zodagonlari uchun ko'proq soliq va o'lponlar undirish, qo'shimcha majburiyatlar yuklash harakatida bo'ladilar. Mo'g'ullar Movarounnahmi idora etishda mahalliy amaldorlar xizmatidan ustamonlik bilan foydalandilar. Shu o'rinda Mahmud Yalavoch, Badriddin Amid, Hasan Xoja, Ali Xoja, Yusuf O'troriy, Qutbiddin Xabash Amid singari mo'g'ul hukmdorlari bilan yaqindan hamkoriik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib o'tish joiz. Shu boisdan ham, Chig'atoy ulusi hukmdori Chig'atoy (1224-1242) davrida Movarounnahmi boshqarish mahalliy yirik savdogar, diplomat,. sotqinlikevazigamo'g'uUar ishonchini qozongan Mahmud Yalavochga berilgani tasodifiy emas. U xoqon nomidan raiyatni boshqaradi. Uning qarorgohi (poytaxti) Xo'jand edi. Harbiy hokimi-yat, aholini ro'yxatdan o'tkazish, soliq yig'ish ishlari dorug’achi va tamg'ach deb ataluvchi mo'g'ul amaldoriari qo'lida bo'ladi. Mo'g'ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko'p sonli jangchilar Mahmud izmiga bo'ysundirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko'plab soliqlar undirilgan.
Bundan tashqari, aholi turli-tuman to'lovlar berishga majbur etilgan. Masalan, aholi savdo yo'llaridagi bekatlar (yomlar) uchun go'sht, un, guruch, ot-ulov berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari «din tugun», deb atalgan maxsus o'lpon to'lab turganlar.
Mo'g'ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, ship-shiydam etib, talon-taroj qilishi, so'ngra mahalliy aholini haddan ziyod soliq, o'lpon va to'lovlar yo'li bilan zulm-asoratga duchor yetishi, pirovard oqibatda xalqning ko'tarilishiga, o'z erki, musta-qilligi uchun qalqishiga sabab bo'ladi. 1238— yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog'ida boshlangan oddiy g'alvir yasovchi hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo'zg'oloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo'g'ul zodagonlarining mahalliy yiiqori tabaqa vakillari bilan til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttira-yotganligi, shohona aysh-u ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib borayotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g'azabga keltiradi va qo'lga qurol olib, mo'g'ullar zulmini ag'darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning tevaragiga ming-minglab alamzada oddiy mehnat kishilari to'planadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan ko'payib borgan qo'zg'olonchilar Buxoroga kelib, mo'g'ul amaldorlarini, shuningdek, mahalliy zodagonlar, sadrlarni yengib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e'lon qilishga majbur bo'ladilar.
Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko'zlaydigan bir qator tadbirlar o'tkazadi. Qo'zg'olonchilar zarbidan Karmanaga qochgan mo'g'ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar qo'zg'olonni bostirish uchun yangidan katta kuch to'playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo'zg'olonchilarning qo'H baland keladi. 10 mingdan ziyod mo'g'ul askarlari qirib tashlanadi. Qo'zg'olonchilar mo'g'ullarni Karmana-gacha quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo'zg'olon rahnamolari - Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo'ladi. Tez orada qo'zg'olonga qarshi yuborilgan Eldiz No'yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo'g'ul qo'shinlari Karmana yaqinidagi Malik rabotida qo'zg'olonni bostiradi. Bujang-u jadal to'qnashuvda 20 mingdan ziyod qo'zg'olonchilar halok bo'ladi. Garchi bu xalq qo'zg'oloni mag'lub etilsa-da, biroq u Movaroun-nahr erksevar xalqining ozodlik va mustaqillik yo'lidagi mardonavor kurashi, qat'iyatini to'la namoyon etdi. Ayni chog'da, Torobiy qo'zg'oloni mo'g'ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta ko'rib chiqish, siyosiy va taktik yo'llarni o'zgartirish uchun muhim saboq bo'ldi. Mahalliy xalq orasida ancha obro'sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo'g'ul hukmdorlari tomonidan Movaroun-nahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning o'rni katta o'g'li Mas'udbekka berilishi ham qo'zg'olonning muhim saboqlaridan biri bo'ldi.
Mas'udbek (1238-1289 - yil) bir tomondan, hukmron mo'g'ul Konlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yuritgan bo'lsa, ikkinchi tomondan mo'g'ul xonlari o'rtasidagi toj-u taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o'zaro ixtiloflardan ustalik bilan foydaianib, o'lkada savdo-sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga intildi.
Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o'zga-rishlarda Chig'atoy ulusi xoni tashabbusi bilan mo'g'ul no'yonlari va shahzodalarining 1269— yilda Talas vodiysida bo'lib o'tgan qurultoyi va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta'siri katta bo'ldi. Mazkur qurultoy barcha mo'g'ul xonlari, aslzodalariga qayerda yashashlaridan qat'iy nazar mahalliy aholi hayoti, turmush tarziga aralashmaslik, belgilab qo'yilgan soliq, to'lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydon-larini payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr yerlariga ko'chib, asta-sekin o'troq hayotga o'ta borishga da'vat etdi.
XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo'g'ullarning mahalliy aholiga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari ham keskin o'zgarib bordi. Mo'g'ul hukmron doiralarining bil qismi yerlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-sotiq, hunar-mand tabaqalari bilan umumiy til topib, o'z qarashlarini o'zgartirib, musulmon ruhoniylariga hayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo'la boshladilar. Chig'atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo'ldi. Shuningdek, mo'g'ul qabilalari, elatlari bilan birga XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko'plab turkiy urug'-qavmlar ham Movarounnahrga kelib o'rnasha boshfadi. Jumladan, barloslar Qashqadaryoda, jaloirlar Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg'oniston shimolida, kavchinlar Tojikiston janubida, turkiylashgan mo'g'ullar urug'i-so'fiylar Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa turkiy xalqlar, elatlaming o'lkadagi mavqeyining yanada mus-tahkamlanishiga, turkiy til va uning shevalari ta'sirining ortib borishiga bois bo'ldi. XIV asrdan boshlab Chig'atoy ulusida mo'g'ul xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar, dastawal, Chig'atoy xonlaridan Duvaxon (1274-1306), uning o'g'illari Kebekxon (1318-1326), Tarmashirin (1326-1334) nomlari bilan bog'liqdir. Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo'lgan Mas'udbek sa'y-harakatlari bilan shaharsozlik rivojlan-ganligi, savdo-sotiq ahli katta naf topganligi, qishloq xo'jaligi ancha yuksalganligi ko'zga tashlanadi. Kebekxon esa o'z qarargohini mo'g'u] hukmdorlari orasida birinchi bo'lib Movarounnahrga ko'chirdi. Qash-qadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda uning buyrug'i bilan saroy (mo'g'ulcha ma'nosi «qarshi») bunyod etilib, Qarshi nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o'sha davrning muhim voqealaridan bo'lgan.
Kebekxonning muhim xizmatlaridan yana biri - bu uning pul va ma'muriy-hududiy sohalarda o'tkazgan islohotlaridir. Xususan 1321— yilda o'tkazilgan pul islohotida Xuroson, Eron va Oltin O'rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og'irligi 8 grammlik katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etildi. Katta tanga «dinor» deb, kichik tanga «dirhara» deb atalgan. Yangi pul birligi «Kepaki» nomi bilan mashhur bo'lgan. Islohotning dastlabki yillarida Kebek nomi bilan mashhur bo'lgan bu tangalar ko'p miqdorda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu ikki xil qimmatga ega bo'lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida O'trorda ko'plab kumush tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va ichki savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi.
Ma'muriy islohotga ko'ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga, viloyatlar tumanlar (mo'g'ullar tartib qilgan 10 ming askar beradigan, aholisi 40-50 ming nafar bo'lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos etsa bo'ladi - izoh) ga bo'lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg'ona viloyatida 9 ta tuman tarkib topgan. Kebekxonning o'lkada tinchlik, osoyishtalik va totuvlik o'rnatish borasidagi siyosatini Tarmashirin izchil davom ettirdi. U islomni qabul etib, uni d; iatning rasmiy dini darajasiga ko'tardi. Kebekxon yo'nalishida siyosat yurgizgan mo'g'ul xonlarining navbatdagi vakili Qozonxon (1334-1346) ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tubjoy aholi manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo'g'ul va turk amirlari, no'yonlarining olib borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi. U o'zi uchun qarorgoh sifatida Qarshi bilan Buxoro oraligida (hozirgi Muborak tumani hududida) mashhur Zanjirsaroy qal'asini qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, ko'chmanchi mo'g'ul amirlarining kuchayib borayotgan ta'siri va fitnasi oqibatida 1346— yilda Qozonxon qatl etiladi. Shundan so'ng hokimiyat tepasiga kelgan amir Qazog'on (1347-1358) mo'g'ul zodagonlari manfaatlarini yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o'zi ham bir joyda muqim yashamasdan ko'p vaqtini bosqinchilik yurishlarida o'tkazardi. Buning oqibatida uning davrida mahalliy aholi tub manfaatlari bilan mo'g'ul hukmdorlari manfaatlari bir-biriga tobora zid kela bordi. Bu esa Movarounnahrda yana siyosiy vaziyatning keskinlashuviga, hokimi-yatga intiluvchi kuchlarning faol harakatga kelishiga sabab bo'ldi. XIV asrning 40 - yillarida Chig'atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Sharqiy Turkistondan iborat Mo'g'ulistonga va lVlovarounnahrga bo'linib ketdi. 1348— yilda Chiqatoy naslidan bo'lgan Tug'luq Temur Mo'g'uliston hokimi etib ko'tarildi. Movarounnahrda hokimiyatni egallagan amir Husayn 1358— yilda o'ldiriladi.
Bunday sharoitda Movarounnahr yurtini birlashtirish, mahalliy hukmdorlarning o'zboshimchalik, boshboshdoqlik harakatlariga chek qo'yish, jafokash xalqni mo'g'ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos yetish va unda qudratli markazlashgan davlat barpo etishdan iborat yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqazosi bilan кип tartibiga qo'yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug' bobokalonimiz Amir Temurga nasib etdi.
Chig’atoy ulusi — Chingizxon  tomonidan 2oʻgʻli Chigʻatoy  va uning merosxoʻrlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chigʻatoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan. Koʻchmanchilik bilan shugʻullanuvchi moʻgʻullarning oʻtroq aholini boshqarish tajribasi yoʻkligi bois Chigʻatoyxon oʻziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, soʻngra uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238—89) topshiradi. Oʻzi esa umrining oxirigacha ukasi Oʻktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat koʻrsatadi. Chigʻatoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumta joʻnatilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qoʻshin xarajatlari yoʻlida sarf qilish huquqiga ega boʻlgan. Chigʻatoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan moʻgʻullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat moʻgʻul bosqoqlari, dorugʻalari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud boʻlgan soliqlardan tashqari moʻgʻullar joriy qilgan yangi soliq va oʻlponlarni toʻlashga majbur edi. Oxirokibat Chigʻatoy ulusining qishloq va shaharlarida moʻgʻullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (q. Maxmud Torobiy qoʻzgʻoloni). Chigʻatoy vafotidan soʻng Mangu qoon va Botuxon Chuni mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Joʻji vorislari oʻrtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251-y. Imperiya poytaxti Qoraqurumda boʻlib oʻtgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chigʻatoy xonzodalarning koʻpchiligi Oʻktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chigʻatoy ulusini Mangu qoon va Botuxon boʻlishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram boʻlib qolgan. 13-a. ning 60-y. larida Chigʻatoyning 6 farzandi Baydarning oʻgʻli Olgʻu (1261—65) chigʻatoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olgʻu vafot etgach, uning vorislari Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda boʻlish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266-y. Ch. u. xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga koʻchiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu koʻrsatmasiga muvofiq Masʼudbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Fargʻona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318—26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga koʻchiriladi, qad. Nasaf yaqinida Qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi maʼmuriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Fargʻona va Qashqarda — oʻrchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga oʻtiladi. Ammo moʻgʻul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida oʻtkazilgan maʼmuriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoklikka barham berishga qodir emas edi. 14-a. oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi Movarounnahr va Moʻgʻulistonta boʻlinib ketgan. 1370-y. Movarounnahrd Amir Temur saltanatining oʻrnatilishi chigʻatoiylar hokimiyatiga barham berdi. Chigʻatoylar— XIII asrning ikkinchi yarmidan XIV asrning ikkinchi yarmigacha boʻlgan davrda Movarounnahr koʻchmanchi aholisining bir qismi nomi. Chingizxonning oʻgʻli — Chigʻatoy nomi bilan bogʻliq. Maʼlumki XIII asr boshlarida Movarounnahr Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Bu davrda (XIII-XIV asrlarda) „Chigʻatoy“ atamasi dastlab Chigʻatoy atrofidagi aslzodalar, qoʻshini va ularning avlodlarini anglatgan. XIV asrga kelib, koʻchmanchilar va oʻtroq aholining oʻzaro taʼsiri natijasida maxsus tarixiy-madaniy majmua shakllandi, uning tashuvchilari chigʻatoy turklari deb ataldi. chigʻatoy tili va chigʻatoy adabiyotining qoʻshilishi ham xuddi shu davrga toʻgʻri keladi. Keyinchalik XV asrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning turkiy aholisi chigʻatoylar deb atalgan. 1224-yilda Movarounahr Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirdi. Turkiyzabon xalqlar orasida urugʻ va urugʻ boʻlinmalarini ajdodlari (yoki boshliqlari) nomi bilan chaqirish odat tusiga kirgan, shuning uchun nafaqat Chigʻatoy xonining avlodlari, balki eng yaqin doiralari, sheriklari va saroy aʼyonlari ham oʻzlarini Chigʻatoy urugʻi sifatida tasniflay boshladilar. Bu davrda (XIII-XIV asrlar) „Chigʻatoy“ atamasi dastlab chigʻatoylar qurshovida boʻlgan aslzodalar, qoʻshin va ularning avlodlarini anglatgan. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, bu belgi dastlab Chigʻatoy qoʻshinini tashkil etgan moʻgʻul qabilalariga nisbatan qoʻllanilgan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrning turkigoʻy va forsigoʻy oʻtroq aholisi chigʻatoy deb ataldi. Movarounnahrda va XV asrda imtiyozli harbiy mulkni tashkil etgan turkiy yoki turklashgan koʻchmanchilar, Chigʻatoy naslidan boʻlgan sulola boʻlmaganda ham oʻzlarini „chigʻatoy“ deb atashgan. XVI-XVII asrlarda Movarounnahrning oʻtroq turkiy aholisining katta qismi oʻzbek nomini qabul qildi. XVIII asr manbalarida Boburiylar saltanatining qoʻshini chigʻatoylar deb atalgan.
Manbalarda chigʻatoy nomidan tashqari turli turk-moʻgʻul etnonimlari ham qayd etilgan: barlos, derbet, nukus, nayman, qipchoq, dugʻlat, qiyot, jaloyir, suldus, merkitlar, yasovur, qavchin, qangʻli, tulkichi, arlot (olot), tatar va b. Koʻchmanchi oʻzbek askarlari Amir Temur xizmatida boʻlgan, masalan, manbalarda 1366-yilda Qarshida, shuningdek, Temur xizmatida boʻlgan beklar (Baxt Xoʻja Oʻzbek) oʻzbek askarlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. 1399-yilda Hindiston yurishida Temur qoʻshinlari tarkibida oʻzbeklarning 400 ta uyi boʻlgan.
Movarounnahrda bir necha oy qolgan Kastiliya elchisi Klavixo oʻz yodnomalarida mintaqa aholisining nomi sifatida “chakatay” soʻzini tilga oladi. 1405-yilda Amir Temur vafotidan keyin mamlakatdagi siyosiy vaziyat tez oʻzgara boshladi. Agar Temur davrida ham “chigʻatoy” atamasi butun mamlakat aholisini emas, faqat hukmron harbiy mulkni nazarda tutgan boʻlsa, XV asrda u yanada kengroq ma’no kasb etdi: Turonning butun turkiy aholisi chigʻatoylar deb atala boshlandi, shu jumladan, ilgari kelgan qabilalar (masalan, qarluqlar) koʻchmanchi qismi bilan cheklanmagan. Keyinchalik temuriylarning Muhammad Shayboniy bilan kurashi davrida Turon aholisi yangi kelgan oʻzbeklardan farqli ravishda baʼzi manbalarda “chigʻatoy xalqi” (chagʻatoy eli) deb atalgan. XIV asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi ikki alohida davlatga parchalanib ketganidan keyin. “chigʻatoy” atamasi faqat gʻarbiy davlat (Temuriylar davlati) va uning aholisi uchun qolgan. Yangi tashkil etilgan ikki davlat aholisi, deb yozadi Haydar Dugʻlatiy, “oʻzaro adovat tufayli ular bir-birini har xil kamsituvchi ismlar bilan ataydilar, yaʼni: chagʻatoylar moʻgʻullarni–jete, moʻgʻullar esa chigʻatoylarni qoraunaslar deyishadi”. Bir qator asarlarda chigʻatoylarning turkiy-moʻgʻullarning aralash kelib chiqishi haqida soʻz boradi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida chigʻatoylarning maʼlum qismi turkigoʻy boʻlsa, qolgani forsigoʻy boʻlgan. Lekin, ularning koʻpchiligi 2 til — turkiy va forsiyda erkin soʻzlashgan. XX asr boshlarida Oʻzbekiston va Tojikistonning janubida Shayboniyxon yurishlarigacha yashagan aholi avlodlariga nisbatan chigʻatoy atamasi ishlatilgan. XX asr boshlarida chigʻatoylarning asosiy qismi hozirgi Oʻzbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning janubida yashagan. Chigʻatoylarning maʼlum guruhlari Oʻzbekistonning Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari hamda Shi Qozonxon, Qazon Sulton (? -1347) — Chigʻatoy ulusi xoni (1332— 47). Chigʻatoyxon naslidan boʻlgan Yasavur oʻgʻlonning farzandi. 1332-yil movarounnahrda xonlik taxtiga oʻtiradi. Qozonxonning hukmronlik vaqtida zoʻravonlik va zulm kuchayadi, aholining turmushi yomonlashadi. Amir Qazagʻon ulusning tirik qolgan aʼyonlari bilan ittifoq tuzib bosh koʻtaradi va Soli-Saroyda qoʻshin toʻplab, Qozonxonga qarshi jangga tayyorlanadi. 1345-yilda Darayi Zangiy qishlogʻi yaqinidagi dashtda har ikki qoʻshin toʻqnashadi. Bu jangda amir Qazagʻonning qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi. Gʻolib Qozonxon Qarshi shahri tomon yoʻl oladi. Shu yili qishning qattiq sovugʻidan Qozonxon lashkari ulovining koʻp qismi qirilib ketadi. Amir Qazagʻon bu holatdan xabar topgach, zudlik bilan qoʻshin jamlab, Qozonxonni yoʻq qilmoq maqsadida raqibi tomon yuradi. 1347-yilda 2 tomon lashkarlari yana toʻqnash keladi. Jang amir Qazagʻonning gʻalabasi bilan yakun topadi. Qozonxon jang maydonida qatl qilinadi.moliy Afgʻoniston va Pokistonda ham yashagan.
Tarmashirin Xon (milodiy 1331 - milodiy 1334 yil hukmronlik qilgan) Duva Temurdan keyin Chag'atoy xonligining xoni edi. Tarmashirin 1327-yilda taxtga o‘tirmasdan oldin Hindiston yarimorolida qilgan yurishi bilan mashhur . U Ilxon davlatiga muvaffaqiyatsiz bostirib kirdi . U Chag'atoy xonligining islom dinini qabul qilgan taniqli hukmdorlaridan biri edi . U musulmon bo'lganidan keyin Ala-ad-din ismini oldi. Uning islomni qabul qilishi asosan Tengrichi va Buddist bo'lgan mo'g'ul zodagonlariga yaxshi ta'sir qilmadi . U Yuan sulolasi saroyiga o'lponlar bilan xatlar yubordi . Tarmarshirin Mavarinna shaharlarida istiqomat qilishni afzal ko'rgani uchun uni mo'g'ullarning an'anaviy odob-axloq qoidalari Yassadan voz kechishda ayblashdi va qo'shinning yillik qurultoyida taxtdan chetlatildi . U Sharqiy Chagʻatoyiy shahzodalari tomonidan keyinchalik yaqin parvozda oʻldirilganSamarqand . Musulmon manbalari Tarmashirinning islomni ichki Osiyoga olib kirishdagi ulkan sa'y-harakatlari tufayli har doim juda yaxshi ko'rinishda tasvirlangan. Mashhur musulmon sayyohi va yozuvchisi Ibn Batuta Tarmashirin podshohlari bo‘ylab sayohati chog‘ida xonga tashrif buyurgan edi. Duva Temur (Duvatomer) yoki Toʻre Temur (Toʻrttoʻr) 1329/1330 yillarda bir muddat Chagʻatoy xonligining xoni boʻlgan. U Duvoning o'g'li edi .
U 1313-yilda Esen Buqa I ilgari oʻlpon toʻlagan Yuan imperatori Ayurbarvadaga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarganida, u Yuan sulolasi qoʻshinlariga taslim boʻlgan Duva Temur ukasi Eljigideyni taxtdan ag'darib xon bo'ldi . Ba'zi musulmon manbalarining ta'kidlashicha, uning o'zini boshqa birodar Tarmashirin hokimiyatdan chetlatgan va u qisqa vaqtdan keyin Chag'atoy xonligini o'z nazoratiga olgan. Lekin u hali ham 1330-yilda Chagʻatoyiylar hukmdori boʻlganligi yuanshi va baʼzi Yevropa manbalaridan maʼlum. Chunki Tarmashirin o‘z maktubida 1330 yilda Yuan sulolasiga Chag‘atoyxon sifatida taxtga o‘tirganini yozgan.va taxminan 1330-yillarda Xitoyda chop etilgan xaritada ham Chag‘atoy xonligi Duva Temur ulusi sifatida ko‘rsatilgan.
Yuan imperatori Tug' Temur (1328 - 1329 va 1329 - 1332) hukmronligi davrida Chig'atoy xonligidagi Xiva va Xotdan daromadlarning uchdan bir qismini o'z qo'liga olgan. Eljigidey 1326–1329 Moʻgʻullar imperiyasining boʻlinmasi boʻlgan Chagʻatoy xonligining xoni boʻlgan. U Duvoning o'g'li edi.Akasi Kebek vafotidan keyinEljigidey Chagʻatoy xonligini oʻz qoʻliga oldi. U 1327 yildan 1329 yilgacha Yuan saroyining vorislik kurashlaridaqatnashgan. Uning ittifoqchisi Kusala 1329 yilda Yuan imperatori sifatida taxtga o'tirdi , ammo shundan so'ng shubhali tarzda vafot etdi. Yuanning yangi imperatori Tug Temur uning g'azabini Imperator muhri bilan bostirish uchun unga Muqali avlodidan bo'lgan Naymantayni yubordi, Qisqa vaqt o'tgach, Eljigidey boshqa birodar Duva Temur tomonidan taxtdan ag'darildi . Kebek (vafoti 1325/1326) 1309—1310 yillarda Chagʻatoy xonligining xoni , yana mil. 1318 yil vafotigacha. Kebek 1282 yildan 1307 yilgacha xon bo'lgan Duvaning o'g'li edi . Duva Hindistonning Dehli sultonligiga bir necha marta ekspeditsiya yubordi . Ulardan 1306-yilgi ekspeditsiyaga Dehli saroyi Amir Xusravning yozuvlarida turlicha "Kabak" yoki "Kapak" deb nom berilgan sarkarda boshchilik qilgan .  Rene Grousset bu generalni Duvaxonning oʻgʻli Kebek deb taʼkidladi. Biroq Kishori Saran Lalning fikricha, bu general boshqa shaxs boʻlgan boʻlsa kerak, chunki hind yilnomalarida u Hindistonda 1306 yilgi ekspeditsiya paytida qoʻlga olingan va oʻldirilgani aytiladi. 1307-yilda Duva vafotidan keyin Chagʻatoy xonligidagi vaziyat beqaror boʻlib qoldi, uning ikki vorislari bir yil ichida hukmronlik qilishdi va Kaydu oʻgʻillari hamon xonlar ustidan nazoratni tiklashga umid qilishdi. 1308 yilga kelib Toliqu xonlikni boshqargan, ammo uning hukmronligi tezda bahsga uchradi. Uning dushmanlari Kebek orasiga to'planib, 1308 yoki 1309 yillarda Toliquni mag'lub etib, ag'darib tashladilar. Natijada Kebek ulus xoni bo'ldi . Bu vaqtda Kaydu o'g'illari Chag'atoyiylarga qarshi harakat qilishga qaror qilishdi. Yaqinda Toliqu bilan urushdan qaytgan Kebek Yangichar, O‘rus, Chopar va Tug‘mening bosqiniga duch keldi . Ikkala tomon Olmaliq yaqinida uchrashib , Kebek qo'shinlari oxir-oqibat keskin jangda g'alaba qozonishdi. Shundan soʻng Chapar Yuan imperatori Xayisanga (imperator Vuzong) taslim boʻlishga qaror qilib, Kaydu oʻgʻillarining Chagʻatoyiylarga qarshi tahdidini butunlay toʻxtatdi. Yangichor va uning akalari magʻlubiyatga uchragach, Kebek xonlikning kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun quriltoy oʻtkazdi. Quriltoyda moʻgʻul shahzodalari Kebekning ukasi Esen Buqani xon deb tan olishga kelishib oldilar . Esen Buqa Chag‘atoy xonligini o‘z qo‘liga olishga chaqirildi va Kebek uning foydasiga hokimiyatdan ketdi. 1314 yilda Esen Buqa Kebekni Ilxon davlatiga bostirib kirishi kerak bo'lgan qo'shinga boshchilik qiladi . Yanvar oyida Kebek ittifoqchi neguderiy qo'shinlari bilan birgalikda Amudaryo orqali Ilxoniylar hududiga o'tib, Murg'obda dushman qo'shinini mag'lub etdi . Keyin Chagʻatoyiylar qoʻshini Hirotgacha yetib bordi, ammo keyin Kebek Esen Buqadan zudlik bilan chaqiruv oldi, u Yuan moʻgʻullarining sharqdan bosqinini qaytarishda yordamga muhtoj edi . Koʻp oʻtmay, Chagʻatoyiy shahzodasi Yasaur Kebek tarafidan oʻtib, Ilxonlarga Chagʻatoyiylar ustidan gʻ Esen Buqa taxminan 1320 yilda vafot etdi va uning o'rniga Kebek xon bo'ldi. Uning birinchi harakatlaridan biri Ilxonlarga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon ko'targan va shuning uchun zaif holatda bo'lgan Yasaurga qarshi harakat qilish edi; Kebek qoʻshinlari 1320-yil iyunida uni magʻlub etib oʻldirdi.
Kebek xoqon saroyidan ikki malikaga uylangani ma'lum . Shuningdek, u 1323 yildan boshlab ikkinchisiga yillik o'lponlar yubordi. Kebek akasi Esen Buqadan farqli o'laroq, xoqon bilan har qanday to'qnashuvdan qochib , 1323 yilda chegara to'qnashuvi boshlanganda Yuan imperatori Yingzong Gegenxonga taslim bo'ldi.
Ushbu dastlabki to'qnashuvdan tashqari, Kebekning ikkinchi hukmronligi asosan tinch edi. Butun xonlik uchun standart tanga zarb qilish eng kech Kebek davrida boshlangan; har qanday holatda ham u foydalanishni qo'llab-quvvatladi U oʻzi uchun poytaxt yaratishdan ham manfaatdor edi, bu ishni uning koʻchmanchi oʻtmishdoshlari kamdan-kam qilar edi. Qarshi uning hayoti davomida xonlikning poytaxtiga aylandi. Taxminan 1326 yilda Kebek vafot etdi va uning o'rniga akasi Eljigidey keldi.G’alaba qozonishda yordam beradi. Mukofot sifatida Yasaurga Ilxon O'ljeytu tomonidan Afg'onistondagi yerlar berildi. Chingizxon tomonidan 2-o’g’li Chig’atoy va uning merosxo’rlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chig’atoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini o’z ichiga qamrab olgan. Ko’chmanchilik bilan shug’ullanuvchi mo’g’ullarning o’troq aholini boshqarish tajribasi yo’kligi bois Chig’atoyxon o’ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, so’ngra uning o’g’li Mas’udbekka (1238-89) topshiradi. O’zi esa umrining oxirigacha ukasi O’ktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat ko’rsatadi. Chig’atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumga jo’natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo’shin xarajatlari yo’lida sarf qilish huquqiga ega bo’lgan. Chig’atoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan mo’g’ullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat mo’g’ul bosqoqlari, dorug’alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud bo’lgan soliqlardan tashqari mo’g’ullar joriy qilgan yangi soliq va o’lponlarni to’lashga majbur edi. Oxir-oqibat Chig’atoy ulusining qishloq va shaharlarida mo’g’ullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. Chig’atoy vafotidan so’ng mangu qoon va Botuxon Chig’atoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni tuli va Jo’ji vorislari o’rtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxti Qoraqurumda bo’lib o’tgan qurultoyda mangu qoon etib saylangach, Chig’atoy xonzodalarning ko’pchiligi O’ktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chig’atoy ulusini mangu qoon va Botuxon bo’lishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram bo’lib qolgan. 13-asrning 60-yillarida Chig’atoyning 6-farzandi Baydarning o’g’li Olg’u (1261-65) chig’atoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olg’u vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda bo’lish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 yil Chig’atoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga ko’chiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu ko’rsatmasiga muvofiq Mas’udbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Farg’ona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318-26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga ko’chiriladi, qadimgi Nasaf yaqinida qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi ma’muriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Farg’ona va Qashqarda — o’rchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga o’tiladi. Ammo mo’g’ul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida o’tkazilgan ma’muriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoqlikka barham berishga qodir emas edi. 14-asr o’rtalarida Chig’atoy ulusi Movarounnahr va Mo’g’ulistonta bo’linib ketgan. 1370 yil Movarounnahrda Amir Temur saltanatining o’rnatilishi chig’atoiylar hokimiyatiga barham berdi



XULOSA
Tarixdan ma'lumki Chingizxon boshliq mo’g’ullar 1219 yilda Movoraunnahr hududiga bostirib kiradi. Yerli xalq vakillaridan chiqqan ayrim xukmdorlarning Chingizxon qo’shiniga yaxshi baxo bermaganligi va o’z taxtini yo’qotishdan qo’rqib boshka Movoraunnahr hukmdorlari bilan qo’shinni birlashtirmagani sababli Chingizxon Movoraunnahrni kattik kiyinchilik bilan bo’lsa ham qo’lga kiritishga erishgan. 1227 yilda Chinizxonning o’limidan keyin esa uning Chingizxon bosqinchilik bilan asos solgan saltanat uning 4 ta o’g’li o’rtasida bo’lib yuboriladi. Usha paytda Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan Amudaryogacha bo’lgan xududlar Chig’atoyga nasib etadi. Ana shu tariqa 1227 yilda Chig’atoy ulusi xukmronligi boshlanadi. Chig’atoyning davrida Movoraunnaxr uning otasi Chngizxonning davridagigadan xam yemon axvolga solinadi. Zulmu sitamlardan g’azabga tulgan xalk kelgindi xukmdorlar va maxalliy boylarga karshi bir emas bir necha bora turadi. Shunday yirik qo’zg’alonlardan biri esa Maxmud Tarobiy raxbarligidagi hunarmand va dehqonlar qo’zg’aloni edi. Maxmud Tarobiy asli Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog’idan bo’lib u hunuarmand oilasida tugilgan va u qo’zg’alonga boshchilik qilmasdan oldin g’alvirchilik bilan shug’ullangan.
Mo‘g‘ullarning jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot yoki din kabi turli sohalarida faol ishtirok etishi imperiyaning barcha hududlarida XII asrning oxiridan tortib XIV asrga qadar kuzatish mumkin. Ushbu hududlarning aksariyatida xonlarning taxt uchun kurashi davlatchilikning turli sohalarida yondashuvlar asosida namoyon bo‘lgan. Xuddi shunday, Mo‘g‘ullar hukmronligi va uning kengayishi cho‘qqisida Chig‘atoy ulusi xonlari tomonidan ham taxt turli siyosiy usullar hamda yondashuvlar asosida boshqarilgan. Shu sababdan, XIII-XIV asrlarda xonlarning hokimiyatga ko‘tarilishdagi yoki boshqaruvda legitimlikni saqlab qolishdagi siyosiy qarashlari va “o‘yin”lari xususan, diniy qarashlar hususidagi tahlillar ushbu maqolaning asosiy maqsadi bo‘lib, bu jarayonlar hususida ma’lumot beruvchi yozma manbalar, nashrlar va tadqiqotlar asosidagi qarashlar bilan xulosalar qilinadi. Chig‘atoy vafotidan so‘ng ulusning tarixi qirollik oilasining turli a’zolari o‘rtasidagi tartibsizliklar va qarama-qarshiliklar bilan tavsiflangan. Taxt uchun bo‘lgan kurashlar avvalidan ulus taqdiriga ta’sir eta boshlagan. Shunday tig‘iz bir vaziyatda ulusning amaldagi yoki bo‘lg‘usi hukmdorlari siyosiy boshqaruvni qo‘lga kiritish maqsadida shakllanib qolgan turli xonadonlarning qarashlariga bo‘lgan yondashuvi orqali yoki mustaqil siyosati paydo bo‘lgan. Manbalarning guvohlik berishicha, XIII asrda allaqachon ulus ichida turli qarashlarga ega guruhlar mavjud bo‘lgan. Ularning har biri bo‘lg‘usi xonlarni homiysi sifatida qo‘llab-quvvatlaganlar. Garchi manbalarda Ulusning dastlabki yillardagi boshqaruvi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa-da, ulus tarixida sodir bo‘layotgan siyosiy holatlar XIII asrning 70-yillaridan manbalarda zikr etila boshlandi. Misol uchun, boshqaruvda diniy qarashlar tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga ko‘proq qaratdi. Bir gurux olimlar islomni ahamiyati Ulus xonlarini hokimiyat boshqaruvidagi o‘rni haqida alohida ahamiyat kasb etgani haqida ko‘p e’tirof etishadi. Lekin Ulusning Movaraunnahrdagi hukmronligi davrida biror diniy tanglik va qarama-qarshiliklar qayd etilmagan.



Download 56,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish