3-rasm. Bir-biridan farqli bo’lgan MQBXBdagi qiymat va MBdagi narxning o’zaro bog’liqlikdagi transformatsiyasi sxemasi6
8) qimmatning har bir turi mazmunan farqlansada, lekin ular transformatsiyalanish jarayonida qiymatiy va narxiy mazmunga ega ekvivalent kategoriyalar sifatida qaralishi lozim. Zero, qiymat va narx kategoriyalari bir biriga o’zaro ekvivalent bog’liqligi ularning o’zlariga xos va mos bozorlarini ekvivalentligi va bu bozorlardagi tendension tebranma harakatlari odatda o’zaro sinxron bo’lishligi ular bo’yicha mulkning moddiy qimmatliligini baholash mumkinligini bildiradi. Ya’ni, qiymat va narxning ekvivalentligi ular miqdorlarining o’zaro tengligi bilan emas, balki oxhshash ekanligi bilan tavsiflanadi. Mazmunan farqlanuvchan qiymat va narx kategoriyalarining ikkalasi ham bir mulkni iqtisodiy nuqta’i nazardan moddiy qimmatliligini mos ravishda qiymat (ya’ni, MQBXB va MB) orqali bir biridan farqlanuvchi miqdorlar bilan ifodalaydi;
9) zamonaviy mulk (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquq ne’mati sifatidagi boylik, ne’mat) tushunchasi turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko’rsatkich, bozor va funksiyalarga ega qo’sh tabiatli (huquqiy va iqtisodiy fantomli) ne’mat (boylik va unga bolgan huquqlar kompleksi, tizimi) hamda uning egasi bo’lmish mulkdor mazmunlari bilan bog’liq tushunchalarning yig’indisi deb talqin etilishi mumkin. Mos ravishda, mulk tushunchasini keng ma’noda mulkdorning sotsiumdagi instinktiv nafs motivi asosidagi mazmunga ega bo’lgan naf, manfaat, foydalilik, miqdor, qiymat, narx, qimmat kategoriyalari hamda axborotiy shaffoflik va huquqiy himoyalanganlik xossalari va xususiyatlari bilan kompleks xarakterlanuvchi ne’mat(qimmat, qiymat, narxga ega mulkiy huquq sifatidagi boylik, mulk)ni mujassamlashtiruvchi “ne’mat- fantom-mulkdor” uchligi (triadasi) sifatida ifodalashning yangi g’oyasi o’rinli ekanini idrok qilish mumkin. Mulkni bunday ma’noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli mulkiy munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo’lishini, unga bo’lgan huquq va manfaatlami to’liq himoyalanishini anglatadi. Bu uchlik bir biridan ajralmas bog’langan real mazmunga ega, moddiy va nomoddiy shakllarda bo’luvchi substansiya sifatidagi ne’mat, unga ekvivalent bo’lgan huquqiy va iqtisodiy fantomlardan hamda uning mulkdoridan iborat yaxlit boylik sifatida capital, tovar va mulkiy munosabatlar vositasi xossalariga ega bo’lib bozor muomalasida namoyon bo’ladi. Zero zamonaviy mulkni keng ma’noda ko’p qirrali, ko’p xossali, ko’p bozorli, qo’sh tabiatli “ne’mat-huquq-mulkdor” triadasi (uchligi) sifatida ifodalash g’oyasi fuqarolik huquqlari obyektlari tushunchasi va nazariyasiga mazkur g’oyaga asoslangan zamonaviy mulk (ne’mat, boylik) to’g’risidagi multifan nazariyasi qoidalari nuqtayi nazaridan yangicha qarash lozimligiga asos bo’ladi. Bu g’oya, zamonaviy mulk to’g’risidagi multifanga ko’ra, huquqiy va iqtisodiy fantomlariga ega fuqarolik huquqlari ob’ektlari (“ne’mat-fantom- mulkdor” triadasi sifatida) o’zlarining kapital, tovar va ijtimoiy- iqtisodiy-huquqiy-informatsion munosabatlar vositasi xossalari bilan bog’liq funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to’liq bajarishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, informatsion ta’minot turlariga ega bo’lishi zarurligini nazarda tutadi. Bunda har qanday turdagi “ne’mat-fantom-mulkdor” triadasi o’zining huquqiy va iqtisodiy fantomlariga ega va bunday fantomlarning hayot(mazmun)ga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligiga, mulkdorga (uning nafsi va u bilan bog’liq naf, foydalilik, manfaatlari ila) ega deb qabul qilinadi (ya’ni, mulkdorda va jamiyatning boshqa sub’ektlarida ne’matga nisbatan har qanday nafsiy qiziqish yo’qolsa, u holda bu ne’matning fantomlari ham mos ravishda mazmunga ega bo’lmay qolib hayoti tugaydi). Chunki bu uchlikning bunday shartli fantomlari sifatiy va miqdoriy baholanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, axborot (informatsion) ta’minot turlarining samaradorliligi va sifatliligi, mulkchilik tizimi samaradorligi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mulkiy huquq sub’ektlari faoliyatining yuqori transparentligiga erishishda axborot ta’minotining to’liqligi, aniqligi, ishonchliligi, muntazamligi prinsiplariga asoslangan axborot va hisobotlar bazasi va tizimining shakllantirilishi mulkchilik tizimi samaradorligini oshiradi, mulkiy munosabatlar jarayonida adolatli qiymat konsepsiyasi nuqtayi nazaridan ishonchli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Aynan shunday holat mulkni emas, balki uning iqtisodiy fantomlarini baholash, buning asosida iqtisodiy va huquqiy fantomlarni boshqarish va mulkdor huquqlarini himoyalash zaruratini, ularning xossalarini yuzaga keltiradi. Bu esa o’z-o’zidan ne’mat va u bilan bog’liq turli fantomlarni (“ne’mat-fantom-mulkdor” uchligi nuqta’i nazaridan) kapital, mulk bozori obyekti, mulkiy munosabatlar vositasi, axborot manbayi va retseptori, baholash va boshqarish ob’ekti bo’lishiga asos bo’ladi. Bularning barchasi tegishli axborot bilan ta’minlangan mulkiy huquqlar va ular bilan bog’liq zamonaviy mulkiy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy realizatsiyasini keltirib chiqaradi. Bunda huquqiy fantomlar ularga ekvivalent iqtisodiy fantomlar bilan ifodalanuvchi kapital, tovar va ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar vositasi sifatida bozor muomalasida bo’ladi;
10) zamonaviy mulkni keng ma’nodagi - ko’p qirrali, ko’p xossali, ko’p bozorli, qo’sh tabiatli — ne’mat (boylik) deb qabul qilsak, “ne’mat-fantom-mulkdor” triadasi (uchligi) g’oyasiga asoslangan ne’mat (boylik) to’g’risidagi multifan nazariyasi ma’noga ega deyish mumkin. Chunki bunday keng ma’nodagi “ne’mat-fantom-mulkdor” triadasi iqtisodiy mazmunga, yuridik konstruksiyaga (huquqiy bazaga), turli parametrlarga, axborot ta’minotiga ega bo’lishni, uni mulkdori rasniiylashtirilgan fuqarolik huquqlari obyektlari sifatida mulkiy munosabatlarda qo’llanilishini anglatadi. Shu sababli, zamonaviy ne’mat (boylik) to’g’risidagi multifan bir-biri bilan uzviy bog’langan mulkiy naf (uni lo’liruvclii atributlari manfaat, foydalilik, qiymat, narx, qimmat, daromad, foyda, foiz stavkasi, kurs, indeks va shu kabilar asosida shakllanuvchi va baholanuvchi) nazariyasiga, mulk huquqi nazariyasiga hamda bir qator mumtoz va zamonaviy nazariy qarashlarga tayanadi. Bu nazariya umuman olganda, “ne’mat- fantom-mulkdor” triadasini tizimli o’rganadi, ushbu uchlik bilan bog’liq tizimli masalalarning kompleks yechimiga erishish uchun hizmat qiladi;
11) mulk obyektlarining boylik, ne’mat bo’lishi, nalliligi, foyda (yoki zarar) keltirish xossalariga ega ekanligini bildirganligi, ne’matni unga ekvivalent bo’lgan ikkita (huquqiy va iqtisodiy) fantomlari orqali ifodalanishi va faqat iqtisodiy fantomlari yordamida sifatiy va miqdoriy baholanishini talab etadi. Aynan shular fuqarolik huquqlari obyektlari va ulaming har ikkala turdagi (huquqiy va iqtisodiy) fantomlarini mulk bozorida (MB) va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida (MQBXB) ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar obyektining ekvivalentlari sifatida qaralishini taqozo etadi. Ushbu bozorlar bir-biri bilan ekvivalent bog’liqlikda va har biriga alohida mos keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan bo’ladi, mulklarning zaruriy hajmi, qiymati va narxini shakllantirish bilan bog’liq munosabatlarni maqsadli amalga oshirilishiga yordam beradi. Aynan bu bozorlarning ekvivalent bog’liqligi ularni bilvosita (gipotetik ravishda) mulk qiymati baholari va narxlari bozori sifatida qarash mumkinligini bildiradi. Ushbu bozorlar (ya’ni MB va MQBXB) faoliyat mexanizmlari ularning ishtirokchilari tomonidan birgalikda harakatga keltiriladi;
12) mulk bozori (MB) va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) mulkchilik tizimi tarkibida ekvivalent bozorlar bo’lganligi va mos ravishda ularning faoliyatlari o’zaro bog’liqda (sinxron) kechishi munosabati bilan, bu bozorlarda FHO qiymati va narxi o’zaro ekvivalent bog’liqlikda bo’ladi. MQBXB va MB ularda mos ravishda baholangan qiymatlar va shakllangan narxlar ekvivalent bo’lishini hamda qiymat va narxni bu bozorlar orqali bir-biriga transformatsiyalanishi va bunda real aktivlar bo’yicha “puffak” fenomeni sabablarini va uning oqibatlari jamiyat va iqtisodiyot uchun mudhish ekanligini ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Demak, real aktivlar bo’yicha “puffak” muammosidan mulk qiymati va narxi o’rtasida o’zaro ekvivalentlilik darajasini ta’miniash zarurati kelib chiqadi. Bu muammoning yechimida davlatning regulyativ aralashuvi zarur. Zero ekvivalentlilikni buzilishi quyidagilarga olib keladi:
-agarda mulkning MQBXBdagi qiymati bahosi va MBdagi narxi o’rtasidagi tafovut ularning ikkinchisi foydasiga bo’lsa, u holda MQBXBdagi qiymat MB tomonidan baland narxlangan bo’ladi, ya’ni bu holat “puffak” hosil bo’lganini bildiradi;
-agarda mulkning MQBXBdagi qiymati bahosi va MBdagi narxi o’rtasidagi tafovut ularning birinchisi foydasiga bo’lsa, u holda MQBXB bahosi MB tomonidan past narxlangan bo’ladi, ya’ni bunda mulk narxlarida uning “qadrsizligi” vujudga keladi;
13) qiymat va narx mulkning ularga mos fantomlari deb qabul qilinganligi bu fantomlarni mulkiy munosabatlar ob’ekti sifatida ushbu bozor muomalasida bo’lishini anglatadi. Bu esa MB va MQBXBni mos ravishda mulkning narxiy va qiymatiy fantomlari bilan bog’liq mulkiy huquq munosabatlarining amal qilishi bozorlari ham desa bo’ladi. Agarda shaxsning amalga oshirgan yuridik munosabatlarining puldagi ifodasini aniqlash mulk (ya’ni, fantomlar vositasidagi mulkiy munosabatlar) qiymatini baholash demakligini inobatga olsak, u holda MB va MQBXB to’g’risida aytilgan bu fikr mantiqan to’g’ri ekanligiga iqror bo’lish mumkin;
14) huquqiy va iqtisodiy fantomlarning manbayi (bazisi) bir (ya’ni, ne’mat, boylik sifatida fuqarolik huquqlari obyektlari) (umumiy) bolgani uchun ular bir-biri bilan ekvivalent hisoblanib mulkiy munosabatlarga ta’sir ko’rsatadi. Bunda ekvivalentlilik tushunchasi qiymat va narx tabiatan (mazmunan) turli kategoriya ekanligini (qiymat - narx emasligini), ularning o’hshash(analog)- ligini va har doim teng emasligini nazarda tutishi, mos ravishda, real qiymat va obyektiv narxga kompleks asoslanuvchi adolatli qiymat konsepsiyasi o’rinli ekanini keltirib chiqaradi.
Umuman olganda, mulkchilik tizimi va unga xos “ne’mat- fantom-mulkdor” triadasini tizimli o’rganuvchi mulk to’g’risidagi multifanni ijtimoiy-iqtisodiy siste’mologiya qoidalari nuqtayi nazaridan qarash lozim. Zero, zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan ijtimoiy-iqtisodiy siste’mologiyaning muhim ixtisoslashgan yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda “ne’mat-fantom-mulkdor” uchligi o’zining atributlari va mulkdoriga, huquqiy va iqtisodiy fantomlariga, mulkiy shakllari va mulkchilik tizimiga hamda ushbu tizim tarkibiga kiruvchi MB va MQBXBga ega.
“Ne’mat-fantom-mulkdor” triadasi tushunchasi ne’mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik, mulk) to’g’risidagi multifanning bazis iimiy g’oyasi hisoblanadi.
Bunda “ne’mat-fantom-mulkdor” uchligi g’oyasi o’zaro uzviy (ajralmas) bog’langan N - ne’mat (turfalangan moddiy va nomoddiy shakllardagi boylik), uning ekvivalentlari bo’lmish huquqiy fantomlari (H) va iqtisodiy fantomlari (I), instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o’zi uchun manfaatli, foydali) faoliyat hisobiga hayot ko’ruvchi mulkdor inson oliy hazratlari (NM) - yaxlit birligidan iborat. Zero, falsafiy nuqta’i nazardan, yonig’ dunyoda maqsadli orzu-havassiz, nafli ne’mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o’zi bo’lmagan. Chunki, bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga bog’liq yaratilgan.
Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne’mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo’lmagan hech qanday fantomsiz materiyaligicha qoladi. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan nafli mulkiy munosabatlar mavjud bo’lganidagina ma’noga ega bo’lib, ular o’z bazisidan (konkret shakl va mazmundagi mulkiy huquq sifatidagi ne’matdan, boylikdan, qimmat, qiymat va narx kategoriyalaridan) alohida mavjud emas. Demak, mulkdor o’zining nafsiga va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne’matga ega (mulkdor) bo’ladi degan prinsip o’rinli. Bu tamoyil negizida o’z-o’zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne’matni o’zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo’ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, qiymati va narxisiz manfaatni o’lchab bo’lmaydi. Ushbu hayotiy- falsafiy aksiomaga ko’ra, ne’mat, huquqiy va iqtisodiy fantomlar vujudga kelishining umumiy manbayi NM bo’lsada, lekin bularning barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlardir.
NMning ne’matga bo’lgan nafiga asoslangan huquqiy fantomlar ushbu ne’mat bilan bog’liq huquqlar bog’lamiga ekvivalent substansiyalar, iqtisodiy fantomlar esa huquqiy fantomlarga ekvivalent substansiyalar.
Zero, iqtisodiy fantom ne’matga bo’lgan NM huquqlaridan olinishi mumkin bo’lgan naf yoki zararning sifatiy va miqdoriy o’lchovini ta’minlovchi substansiya ham bo’lganligi uchun quyidagi mantiqiy xulosalar o’rinli:
-“IF - N” va “HF - N” ekvivalent juftliklar bo’lgani uchun “IF - HF” juftligi ham ekvivalent substansiyalardir, demak, N – ne’mat, IF – iqtisodiy fantom va HF – huquqiy fantom o’z-o’zidan NMga ekvivalent bo’lib, mulkdor nafsiga asoslangan nafning hosilalaridir;
-N va uning huquqiy fantomi fuqarolik huquqlar obyektlari (FHO) sifatida ularga ekvivalent bo’lgan iqtisodiy fantom yordamida FHO xossalariga mos ravishda mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (MQBXB) va mulk bozori (MB) ob’ektlari sifatida namoyon bo’ladi, shu munosabat bilan, mazkur bozorlardagi mulkiy munosabatlar muhiti iqtisodiy fantom vositasida qiymat va narxning ushbu bozorlar doirasida bir-biriga transformatsiyalanishi muhiti deb shartli qabul qilinadi;
-NM, MB va MQBXB ishtirokchilari o’zlarining N, HF va IF bilan bog’liq mulkiy (ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy) munosabatlarini amalga oshirish faoliyati bilan zamonaviy mulkchilik tizimini harakatga keltiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |