5.Eritma muvozanati.
Kuchsiz elektrolitlar eritmalarida anion, kation va dissotsilanmagan molekulalar orasida ma’lum muvozanat qaror topadi. Demak, ular uchun massalar ta’siri qonunidan foydalanish mumkin. Masalan, ammoniy gidroksidning dissotsilanish tenglamasi quyidagicha:
NH4OH ↔ NH4+ + OH–.
Muvozanat qaror topgan vaqtda massalar ta’siri qonuniga binoan dissotsilanish konstantasi quyidagicha ifodalanadi:
.
Bu yerda [NH4+] va [OH–] – mos ravishda ammoniy va gidroksid ionlarining muvozanat konsetratsiyalari; [NH4OH] – dissotsilanmagan ammoniy gidroksidning muvozanat konsentratsiyasi; KD – asosning dissotsilanish konstantasi.
Agar umumiy eritilgan asos konsentratsiyasi C mol/l bo‘lsa, u holda tegishli ion va molekulalarning muvozanat konsentratsiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
C–Cα
|
|
Cα
|
|
Cα
|
NH4OH
|
↔
|
NH4+
|
+
|
OH–
|
Asosning dissotsilanish konstantasining matematik ifodasi esa quyidagi ko‘rinishga keladi:
.
Bu tenglama Ostvaldning suyiltirish qonunining matematik ifodasi bo‘lib, uning yordamida dissotsilanish konstantasi qiymati ma’lum bo‘lgan hollarda dissotsilanish darajasini hisoblash mumkin.
Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish konstantasiga konsentratsiya o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatmaydi. U faqat haroratga bog‘liq bo‘ladi.
Agar elektrolit juda kuchsiz bo‘lib, dissotsilanish darajasi kichik qiymatni qabul qilsa, suyiltirish qonuning matematik ifodasi quyidagicha ko‘rinish oladi:
.
Bundan dissotsilanish darajasini ham aniqlash mumkin:
.
Kuchsiz elektrolit bo‘lgan kislotalarning dissotsilanish konstantasi Ka bilan, asoslarning dissotsilanish konstantasi esa Kb bilan belgilanadi. Dissotsilanish konstantasining qiymati qancha katta bo‘lsa, elektrolitning dissotsilanishi shuncha oson sodir bo‘ladi va u kuchli elektrolit bo‘ladi. Masalan, nitrit kislota HNO2 ning dissotsilanish konstantasi (Ka=4·10-4) sianid kislota HCN ning dissotsilanish konstantasi (Ka=7,2·10-10) dan katta. Shuning uchun HNO2 HCN ga nisbatan kuchli kislotadir. Shuningdek, ammoniy gidroksid NH4OH (Kb=1,79·10-5) anilin C6H5NH2 (Kb=3,82·10-10) ga nisbatan kuchli asos.
Ko‘p negizli kuchsiz elektrolitlar bosqichma-bosqich dissotsilanib, har bir bosqich muvozanati alohida ifodalanadi. Masalan, H3PO4 ning dissotsilanishi quyidagicha:
H3PO4 ↔ H+ + H2PO4–,
H2PO4– ↔ H+ + HPO42–,
HPO42– ↔ H+ + PO43–,
XULOSA
Kimyoviy jarayonlarning ko’pchiligi ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradi, ya’ni reaksiya boshlangan vaqtda avval mahsulotlar hosil bo’ladi, birmuncha vaqt o’tgandan keyin bu mahsulotlar bir-biriga o’zaro ta’sir etib, qisman, dastlabki moddalarga aylanadi, natijada reaksiya olib borilayotgan idishda reaksion mahsulotlar bilan bir qatorda dastlabki moddalar aralshmasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga faqat bir yo’nalishda boradigan jarayonlar ham uchraydi. Bunday jarayonlarni reaksiya uchun olingan moddalarning hammasi batamom reaksiya mahsulotlariga aylanadi. Bu ko’rib o’tilgan birinchi jarayonlarni qaytar jarayonlar, ikkinchisi esa qaytmas jarayonlar deb ataladi. Demak, ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan jarayonlar qaytar jaryonlardir.
Nazariy jihatdan har qanday qaytmas jarayonni ham ma’lum sharoitda qaytar tarzda boradigan jarayon deb qarash mumkin, lekin amalda esa faqat bir yo’nalishda boradigan reaksiya mahsulotlari reaksion muhit doirasidan chiqib ketadigan hollarda (gaz ajralib chiqqanda, cho’kma tushganda, amalda dissotsilanmaydigan moddalar hosil bo’lganda) va dastlabki moddalardan biri nihoyatda mo’l miqdorda olinib, qarama-qarshi jarayonning bir yo’nalishini tamomila to’xtatib qo’yilgan hollardagina yuz beradi. Barca reaksiyalar muvozanatga erishishga harakat qiladi. Kimyoviy muvozanatni shuntirish uchun Le Shatelye prinsipi juda kata ahamiyatga egadir. Men bu kurs ishini bajarish jarayonida muvozanatga ta’sir etuvchi omillarni o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |