Yangi mavzu bayonni
Yangi mavzu tushuntiriladi, o’tilgan mavzuga bog’lab o’tiladi.
O’quvchilarning diqqati rasmga qaratiladi.
Tezlik = masofa : vaqt,
Masofa = vaqt * tezlik,
Vaqt = masofa : tezlik.
O’qituvchi: Men topishmoq masala
Qayta o’qing bir yana,
Nima ma’lum, noma’lum,
Topgach qiling tantana.
Ikki velosipedchi bir vaqtda bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi va uchrashdi. Ikki velosipedchining uchrashguncha sarflagan vaqti haqida nima deyish mumkin? Yodingizda tuting! Agar jismlar bir vaqtda bir-biriga qarab yura boshlasa, ular uchrashguncha bir xil vaqt harakatda bo‘ladilar.
Buxoro va Navoiy shaharlaridan bir vaqtda bir- biriga qarab ikkita avtobus yo‘lga chiqdi va bir soatdan keyin uchrashdi. Uchrashguncha har bir avtobus necha soat yo‘lda bo‘ldi?
432. Velosipedchi 5 soatda 65 km, mototsiklchi esa 4 soatda 208 km masofani bosib o‘tdi. Mototsiklchining tezligi velosipedchining tezligidan necha kilometr ortiq? Velosipedchining tezligi mototsiklchining tezligidan necha marta kam?
433. Yuz o‘lchov birliklarini eslang!
435. 7 ta qutida 42 ta rangli qalam bor. Shunday 9 ta qutida nechta rangli qalam bor?
436. Nurda A(25) va B(31) nuqtalar orasida joylashgan nuqtalarning koordinatalarini ayting.
“Kim chaqqon” o’qini
Har bir guruhdan o’quvchilar chaqqonlik bilan
“Qorbobo”ning misollarini yechish kerak. Bunda o‘quvchilar Qorboboning yonida ko’proq turib qolishsa muzlab qolishadi.
Ma’naviyat guruhiga 2895 : 3 ; 52184 : 8 ;
Mustaqillik guruhiga 165578 : 7 ; 1434 : 6 ;
Yuksalish guruhiga 46186 : 5 ; 368356 : 4 ; Ko’paytirish va bo’lish,
Bizlar aka – ukamiz. Topshir ilsa qay bir ish, Pishiq puxta qilamiz
Ikki qishloqdan bir-biriga qarab velosipedchi va motosiklchi yo‘lga chiqdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat, motosiklchining tezligi 25 km/soat bo‘lsa, ular bir soatda necha kilometr yaqinlashadilar? 2 soatda-chi? 3 soatda-chi?
Ularning harakatini ekranda kuzatiladi. Masala yechimi bo‘yicha savollarga javob beriladi.
tushuntiriladi va bir – biri bilan solishtiriladi
Bir qishloqdan qarama-qarshi tomonga qarab velosipedchi va motosiklchi yo‘lga chiqdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat, motosiklchining tezligi 25 km/soat bo‘lsa, ular bir soatda necha kilometr uzoqlashadilar? 2 soatda-chi? 3 soatda-chi?
O‘quvchilar velosipedchi va motosiklchining harakatlari qanday sodir bo‘lganini kuzatadilar
Darslikda berilgan 340-masala sharti asosida suhbat o‘tkaziladi. Quruvchilik kasbining yaxshi tomonlari aytib o‘tiladi. O‘zbekistondagi me’moray obidalarning yaratilishida quruvchilarning xizmati aytib o‘tiladi. Masalaning qisqa sharti tuziladi.
Bajarishi kerak – 100 0 ta Bajaradi:
Kunning 1 – yarmida – 487 ta
Kunning 2 – yarmida - ?, 1 – yarmida
18 ta ko‘p Kunlik reja bajarilganmi - ?
Yechish: 1) 487 + 18 = 505 (ta)
2)487 + 505 = 992 (ta)
3)1000 – 992 = 8 (ta)
Javob: g‘isht teruvchi kunlik normani bajarmagan.
341- masala doskada tushuntirish bilan bajariladi. Masala sharti
asosida kichik suhbat o‘tkaziladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
Masofa – 144 km
Avtobusning sarflagan
vaqti - 3 soat Yengil
mashinaning tezligi – 72
km/soat
Qaysi mashinaning tezligi katta - ?,
qancha katta Yechish: 1) 144 : 3 = 48(km/soat) bu avtobusning tezligi
2)72 km/soat – 48 km/soat = 24 (km/soat)
Javob: yengil mashinaning tezligi katta, avtobusning tezligidan 24km/soat ko‘p. Navbatdagi masalani tenglamani tuzib bajariladi
Mustahkamlash. Savol – javob orqali guruhlar bellashuvi. Har bir guruhdagi o’quvchilar Bilmasvoyga to’g’ri yo’lni ko’rsatishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |