Amir Temur yevropa elchilar nigohida
Amir Temur odatda Yevropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiyepiskopi Ioann ana shunday vazifalarni ado etganlar. Misol uchun, 1402 yilda Ioann Fransiya va Angliya qirollariga Sohibqironning maktublarini olib borgan. Musulmon diplomatlardan faqat Muhammad Keshiygina Yevropaga borishga muyassar bо‘lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol, Yevropa tillaridan birini bilganligidan dalolat berali. О‘sha davrda Amir Temurning shuhrati butun Yevropaga tarqalgan edi. Shu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya qiroli Don Enrike III huzurida katta hurmat-e’tibor bilan kutib olinadi. U qirol saroyidagi va yirik zodagonlar qasridagi qabullarda iipirok etadi1. Qirol unga Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi о‘z elchilarini qо‘shib, hurmat-ehtirom bilan Samarqandga kuzatib qо‘yadi 1403 yili ispanlarning ikkinchi elchisi Klavixo bilan birga Muhammaa Keshiy uzoq va mashaqqatli yо‘l bosib, 1404 yilning angust oyi oxirlarida Samarqandga yetib keladi2. Sohibqiron Kastiliya elchilariki 8 sentabr kuni Samarqand tashqarisidagi Dilkusho bog‘ida qabul qiladi. Ular bilan kelgan Muhammad Keshiy hdm ispaniyaliklar kiyimini kiyib olgan edi, deb guvohlik beradi tarixny manbapar. Xususan: «Temurbekning Kastiliya qnroli huzuriga yо‘llagan elchisi ham biz bilan birga edi. Ispancha kiyingan elchini kо‘rib, vatandoshlari kulib yubarishdi», deb yozadi Klavixo. Shuni alohida e’tirof etish joizki, 2006 yili tavalludining 670 yilligi keng nishonlangan Amir Temurning bashariyat oldidagi о‘lmas xizmatlarini ma’rifatli jahon munosib baholab kelmoqda. Bugun yurtimizda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda Amir Temur va temuriylar davri haqila kо‘plab kitoblar nashr etilmoqda Dunyonnng ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat kо‘rsatmoqda. О‘tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod bо‘lsa, Sharq tillarida qariyb mingtaga yetdi. Bu kitoblar orasida Kastiliya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixoning «Samarqandpa, Temur saroyiga sayohat kundaligi. 1403— 1406 yillar» nomli asarida bayon etilgan xotiralari va hisobotlari shak-shubhdsiz, alohsda о‘rin tutddi. Klavixoning Samarqand safari kundaliklari kо‘pchilikka yaxshi ma’lum. Afsuski, elchining shaxsi haqida u qadar boy ma’lumotlar yetib kelmagan. Tarixdan shu ma’lumki, Klavixo madridlik, uning qо‘rg‘oni eski shaharning bir chekkasida joylashgan, faoliyati qirollik saroyida kechgan. Qadimiy hujjatlarning guvohpik berishicha, Klavixo avvaliga qirol Don Enrike III ning ota-bobolari — Enrike II va Xuan I saroyida mulozim bulgan. Sо‘zga chechanligi va hassos notiqligi tufayli Enrike III uni Amir Temur huzuriga elchi etib yuborishga munosib topgan. Amir Temur saltanati haqidagi kundaliklari Klavixoni olamga mashhur qilib yubordi. Zotan, necha asrlardan buyon bu bebaho kundaliklar Marko Polo, Ioann Galonifontibus, Afanasiy Nikitin, Barbaro va Kontarini asarlari bilan bir qatorda о‘rta asrlar jahon adabiyotining oltin fondini bezab turibdi. SH u bilan birga, Kastiliyadan maxsus topshiriq bilan Klavixodan oldin yurtimizga kelgan birinchi elchilik vakillari tomonidan qirolga topshirilgan hisobotlar ham Ispaniya arxivlarida saqlanib qolgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Kastiliyaning birinchi elchisi Xuan Eskamilyoning yо‘l xotiralari hozirgi paytda Madriddagi Qirollik muzeyida saqlanmoqsa. Eng muhimi, unda elchi Amir Temur huzurida kо‘rganlarini batafsil qog‘ozga tushirgan. Kastiliyaning ikkinchi elchisi Rui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga, Temur saroyiga sayohat kundaligi. 1403-1406 yillar» kitobi ham bu borada alohida ahamiyat kasb etadi Ushbu asarning asl ikkita qо‘lyoemasi Madrid Milliy kutubxonasida saqdanib qolgan. 1 Mutaxassislarning fikricha, XV asrning birinchi yarmiga, ya’ni muallif hali hayotlik davriga mansub qulyozma noyobroq bо‘lib, u ikki betiga ham yozilgan 154 varakdan iborat, sahifalardagi matn ikki ustunga joylashtirilgan, ayrim varaqlari yaroqsiz holga kelib qolgan, boshlanish va yakuniy qismlari yо‘q. Ikkinchi qо‘lyozma XV asr oxirlariga mansub va nisbatan yaxshi saqlangan. Shu bois Klavkxo kundaliklarini nashr etishda, dastavval, ana shu qulyozma asos bо‘lib xizmat qilgan. Klavixo kundaliklari ilk bor 1582 yilda Ispaniyaning Seailiya shahrida Argote de Molina tomonidan nashr qilingan. Noshir kitobga tigul varag‘i va qisqacha taqriz ham kiritgan. Kitob 1881 yilda va keyingi davrda Ispaniyada bir necha marta qayta nashr etilgan. Shuningdek, Yaponiya5, Rossiya, Argentina kabi dunening bir qancha mamlakatlarida ingliz6fransuz1, turkg, fors’ tillaridagi tarjimalari chop etilgan. Klavixo kundaliklarining bevosita ispan tilidan ilk bor о‘zbek tiliga о‘girgan tarjimon Ulug‘bek Jо‘rayev, asosan. ikkita nufuzli manbaga tayangan. Birinchi manba - yirik ispan tarixchisi, taniqdi ekspert, professor Lopes Estradaning 1943 yili Madridda Nikolas Antonio instituti tomonidan nashr ettirilgan tadqiqotidir. Asar ikki qismdan iborat bо‘lib, besh bobni qamraydigan birinchi qismida Samarqandga elchilik tarixi haqida sо‘z boradi na sayohat solnomasi bayon etiladi. Yetti bobdan iborat ikkinchi qism matnning filologik tahliliga bag‘ishlangan. Professor Lopes Estrada ushbu kitobini tayyorlashda manba sifatida Ispaniya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan XV asrga mansub Vb 72— 9218-raqdmli asl qо‘lyozmadan foydalangan. Tarjimon asos qilib olgan keyingi manba professor I.Sreznevskiyning ilmiy izlanishlari natijasi bо‘lmish ikki tilda chop etilgan asar — о‘rta asrlarga xos rus tili va eski ispan tilidagi kitobdir. 1881 yilda chop etilgan ushbu kitob 1971 yilda Ivan Duychev tomonidan Londonda qayta nashr qilingan. I.Sreznevskiy, о‘e navbatida, Argote le Mo lina nashrga1 45 tayyorlagan 1582 yilgi ispancha kitobga tayangan. Bobomiz Amir Temur bilan yuzma-yuz suhbatda bо‘lgan elchi Klavixoning ispan tilida bitilgan kundaliklari о‘zbek tiliga о‘girilib, 2006 yili kitob holida chop etildi. Amir Temur tavalludining 670 yillik tо‘yiga munosib tuhfa bо‘lgan ushbu nashr jamiyatimiening madaniy-ma’rifiy hayetida muhim voqea sifatida baholandi. Ushbu tо‘plamda ham birinchi navbatda Klavixo xotiralariga joy berilgani bejiz emas. Zero, Klavixo Amir Temur ni kо‘rib, u bilan bevosita suhbatlari asosida xotiralar yozgan sanoqpi, ya’ni turt kishidan biridir. Bu holat Ibn Arabshoh1, Ibn Xadsun1 23, arxiyepiskop Ioann yaratgan xotiralar kabi uning kundaliklarining ham haqqoniyligini yanada oshiradi. Tо‘plamdan urin olgan keyingi ishonchli va xolis tarixiy manba — arxiyepiskop Ioanning «Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar» asari utgan olti yuz yil mobaynida turli tillarla yaratilgan mingdan ziyod asarlar orasida alohida о‘rin tutadi. Chunki u asrlar mobaynida dunyo miqyosida yaratilgan kup sonli solnomalar, esselar, badiiy va dramatik asarlar ichida Amir Temur, uning tarixi, davlat arbobi va sarkardalik faoliyati. g‘animlari va dо‘stlari, о‘z qushinida о‘rnatgan tartib-qoidalari, saltanati va saroyi, u yerlagi urf odatlar haqida ovropaliklarga ilk bora hikoya qilib bergan asardir. Bu asar Sohibqiron bilan Samarqandda uchrashgan ovropalik boshqa bir inson — Kastiliya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklari, shuningdek, Amir Temur bilan bevosita muloqotda bulgan mashhur tarichnavislar Ibn Arabshoh va Ibn Xaldun qalamiga mansub tarixiy kitoblar kabi birlamchi manba sanaladi. Yana bir muhim jihat — bugun Klavixo. Ibn Arabshoh, Ibn Xadaun nomlarini va ularning asarlarini yurtdoshlarimie yaxshi biladilar. Ammo, afsuski, ruhoniy Ioann xotiralari bizda ham, xorijda ham aksariyat kо‘pchilik uchun noma’lumligicha qolmoqda. Elchi Ioann xotiralarining hozirga qadar na о‘zbekcha va na ruscha nashri mavjud emasligi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqpaydi. Arxiyepiskop Ioanning ushbu asari bilan ilk bora tanishgan kishida u afsonalar va haqiqat omixtasidan iborat kitob, degan taassurot tug‘iladi. Ioann о‘z xotiralarida Amir Temur hdyoti va faoliyati bilan bog‘liq bir qdtor boshqa manbalarda tasdiqlangan aniq tarixiy ma’lumotlardan ham, shuningdek, Sohibqiron shaxsi va uning fe’l-apyuri, didi va ta’bi xdmda qiziqishlari hdqida qimmatli, ba’zan boshqa hech bir manbada tilga olinmagan tafsilotlardan, talaygina ma’lumu noma’lum afsona va rivoyatlarlan ham keng foydalangan. Shu bois, mazkur asarni, birinchilan, о‘sha tarixiy davr voqeligidan kelib chiqqan holda, ikkinchidan, Amir Temur elchisi sifatida arxiyeniskop Ioanning zimmasiga yuklangan muayyan vazifalar mas’uliyatini e’tiborda tutib mutolaa qilish lozim. Elchi Ioann xotiralarining ikkita fransuzcha qulyozmasi mavjud bulib, ular Fransiya Milliy kutubxonasidagi fransuz fondida saqlanmokda. Asar 23 bobdan iborat, unda Sohibqiron Movarounnahr taxtiga о‘girgan kundan boshlab 1402 yilning avgustigacha bо‘lib о‘tgan asosiy voqealar qdlamga olingan. Ushbu asar birinchi marta bevosita fransuz tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilinib, Amir Temur tavalludining 670 yilligiga tо‘yena sifatida «Jahon adabiyoti» jurnali (2007 yil aprel soni) sahifalarida yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola etildi. Kezi kelganda, asarning ayrim о‘rinlariga tarjimon tomonidan havola etib borilgan izohlarni alohida ta’kidlashni isgardik. Izohpar nafaqdt kitobxonning asarni tushunishini osonlashtiradi, ayni chog‘da unga muayyan talqinu tafsilotlar yuzasidan tarixiy va ilmiy dalillarga asoslangan tо‘g‘ri yо‘nalishni kо‘rsatishga kо‘maklashadi. Kitob tarjimoni iste’dodli olim va fransue tili bilimdoni Bahodir Ermatov tomonidan ona tilimizga ravon va maroqli uslubda о‘girilgan arxiyepiskop Ioanning xotiralari yurtimizning madaniy-ma’rifiy hayotida muhim voqea bо‘ldi. Sohibqiron bobomiz bilan о‘z vaqgida yuzma-yuz muloqotda bо‘lgan ovropalik ikki elchi — Klavixo va Ioanning xotiralarini о‘zida mujassam etgan ushbu tо‘plamning yurtimizda chop etilishi buyuk ajdodimiz Amir Temur ruhi oldidagi vorislik burchimizni ado etish yо‘lidagi kamtarin bir xizmat sifatida qabul qilinali, degan umiddamiz. Bu nashr, о‘z navbatida, О‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya kabi Yevropa daalatlari о‘rtasida tobora kengayib borayotgan madaniy va ilmiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonchimiz komil. Hozirgi kunda ham bu inson faoliyati yuzasidan izlanishlar qilinib Amir Temur faoliyatiga bag`ishlangan asarlar yaratilmoqda.Nafaqat Osiyolik olim va adiblar balki yevropalik olim va adiblar sohibqironga atab ko`plab asarlar bitishga.Amir Temur faoliyatini o`rgangan ko`plab g`arbiy yevropalik olim ul zot haqida o`zlarini ijobiy fikirlarini bildirib kelishmoqda.bular misol sifatida mashxur fransiyalik olim Jan Pol Ru Amir Temur haqida quydagi fikirlarni berib o`tgan” Temurga teng keladigani kam topiladi.Temurdan o`tadigani topilmasa kerak.Uning nomi Iskandar, Doro, Sezer, Chingizxon, Boniparlar nomi bilan yonma-yon turadi.1Temur insoniyat tarixining buyuk siymolaridandir.2 Uning faoliyati sharqiy yevropaning taqdirini butkul o`zgartirib yubordi hamda Hindiston va yaqin sharqning taqdirida sezirarli iz qoldirdi.XVI,XVII,XVIII,XIX,XX asrda Fransiya,Italiya,Angliya va Germaniyada Amir Temuga bo`lgan qiziqish xayritomuz darajada ortib ketdi.Amir Temur bashariyat tarixining buyuk siymolaridandir”. Ya’na shunday olimlardan biri 1790-1869-yillarda yashagan fransiyalik Alfons de Lomatindir.U o`z estaliklarida sohibqiron haqida”Yevropada na Iskandar na Attila va Napaliyon adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas.”shunday fikirlarni berib o`tgan. G`arib olimlari sohibqiron faoliyati o`rganish davomida ko`plab yangiliklarga guvohi bo`lib borishgan.Hali yevropaga nomalum bo`lgan davlatchilik qurush mexanizimi, boshqaruv, qo`shin tuzulishi,jang olib borish usullari Amir Temu davlatida naqadar yuqori cho`qiga chiqaniga guvohi bo`lishyapti. Misol uchun mashxur olimlardan faoliyatining asosiy qismini temurshunoslikka bag`ishlagan Lyusen Keren” Amir Temur va temuriylar davri tarixchilar, faylasuflar, iqtisodchilar, ilohiyotchilar va harbiyalar uchun hali beri tugamas va serzavq bir mavzudir.Zero Temurbek faoliyati maskur sohani barchasini keng qamrab olgan.”degan fikrlani berib o`tgan.Olim sohibqiron haqida ko`plab asarlar yozgan asosiy kitoblaridan biri “Amir Temur saltanati” 1978-yil,”Temur davridagi Samarqandga yo`l” 1990-yil.1990-yil chop etilgan bu asarida XVII asrda yashagan mashxur rassom Rembrant tomonidan ishlanga Amir Temur portereti ham bor. 2006- yili u mashxur Amir Temur pyessasini yozgan. Bu kabi holatlar sohibqiron faoliyati garbiy yevropada hozirda ham katta qiziqishga sabab bo`layotganidan darak beradi. Amir Temur davrida u bilan yozishmalar olib borgan o`sha davrda Sultoniya arxiyepiskopi Ioan o`z estaliklarida “Dunyoning boshqa hech qayerida Temurbek qo`shinida joriy etilgan tartib-intizom uchramaydi”degan fikrlarni keltirib o`tgan.G`arb olimlari Amir Temurning nafaqat davlat ishlaridagi ishlari balki jang olib borishdagi qobilyati jang taktikalariga ham qiziqishgan.Uning jang olib boorish usullarini sinchikovlik bilan o`rganishga harakat qilishgan.bunga sabab sifatida yevropani katta havf ostiga solayotgan yevropa davlatlari yengish mumkin bo`lmagan raqib sifatida ko`rilayotgan Usmonli turklar sultoni Yildirim Boyazidning Amir Temur tomonida mag`lub etilishi bunga asosiy sabab sifatida ko`riladi.Sohibqironning harbiy sohadagi yutuqlari haqida g`arbiy yevropalik olim Rone Grusse “Uning harbiy iste`dodiga gap yo`q .Uning jasorati dushman sari intilganiga qaramay u donishmand siyosatchi bo`lib,qachon to`htab o`z muddatini kutish kerakligini yaxshi biladi”kabi fikirlarni bildirgan.Shundan ko`rinib turibdiki g`arb olimlari Amir Temur faoliyatiga jiddiy etibor berishgan bu narsa ular yaratgan asarlardan ham ko`rinib turibdi.Amir Temur faoliyatiga bag`ishlanga Kristafan Marloning Amir Temur timsoli haqida 1587-1588-yillarda“Sohibqiron Temur” drammasi,amerkalik Edgar Allan Po ning “Buyuk Temur” dostoni,rus adibi Ivan Buninning “Temurxon” asari va mashxur fransuz adibi Marsel Bruonning “Men kim Sohibqiron-Jahongir Temur” asarlari yaratilgan.Bu asarlar hozirgi kunda ham jahonning mashxur durdona asarlari sirasiga kiradi.Hususan g`arbda Marsel Bruoning asari juda mashxurdir. U o`z asarida Amir Temur faoliyati bilan bog`liq barcha jihatlarni ochishga harkat qilgan.Uning sohibqironning harbiy faoliyati haqida quydagi fikirlarni bergan.”Amir Temur jahondagi eng qudratli hukumdorlardan ekani uning birinchilardan bo`lib poroxdan foydalanganidan ko`rinadi.U porox tayyorlash sir asrorlaridan voqif bo`lgan.Shuning uchun harbiy yurushlar chog`ida hamisha porox tayyorlash uchun zarur hom-ashyoni o`zi bilan olib yurgan”.Bu fikirlar orqali g`arb olimlarini Amir Temurning harbiy faoliyati befarq qoldirmaganini ko`rish mumkin. Shu o`rinda M.I.Ivanin o`zining “Ikki buyuk sarkarda,Chingizxon va Amir Temur” asarida hatto rus hukumati ham garchi sahibqiron faoliyatini sohtalashtirishga urunishgan bo`lsa ham lekin uning faoliyatiga tan berganligini.mahsus harbiy akademiyalarda harbiylarga Amir Temur harbiy sanatidan darslar o`tilganini yozib o`tadi.Amir Temur faoliyatiga tan bergan uning harbiy sohadagi bilimiga tan bergan rus zobitlari Mixail Furunze va Akardiy Gaydar o`zlarining to`ng`ich farzandining ismini Temur deb qo`yganligini yozadi.1Hozirgi kunda bu zotning faoliyati yanada chuqur o`rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |