Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi


XVI – XIX asrlarda O’rta osiyoga tashrif buyurgan elchilarning esdaliklari qimmatli manba sifatida



Download 94,31 Kb.
bet2/5
Sana22.07.2022
Hajmi94,31 Kb.
#838047
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilfuza

XVI – XIX asrlarda O’rta osiyoga tashrif buyurgan elchilarning esdaliklari qimmatli manba sifatida

XVI-XIX asrlarda O`rta Osiyoda uchala xonlikning hukmronlik davrida Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo`qon savdogarlari Hindiston, eron, Koshg‘ar, Sibir’, Qozoq va No`g‘oy xonliklariga tovar olib borib savdo-sotiq qilardilar. Asrlar davomida bu iqtisodiy aloqalar xonliklarning xo`jalik hayoti – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, ayniqsa shaharlar hayotining rivojlanishiga sezilarli turtki bo`lgan edi. SHu jumladan Buxoro xonligining qo`shni sharq davlatlari bilan savdoiqtisodiy munosabatlari o`sha mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoliga bog‘liq holda tarixiy manbalarda o`z ifodasini topgan. 1 Eslatib o`tish joizki, ilmiy ma`lumotlar davr jihatidan birmuncha kechroq chop qilingan. Masalan: XVI-XVIII asrlardagi rus elchi va diplomatlarining materiallari asosan XIX asrlarda nashr qilingan. Lekin, O`rta Osiyo xonliklarining qo`shni SHarq davlatlari bilan savdo aloqalari haqidagi xabarlari asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida chop qilingan asarlardan o`rin olgan. V.V.Bartol`dning yozishiga ko`ra, XVI asrdan boshlab Buxoro xonligining tashqi aloqalariga doir ma`lumotlar Rossiyaga nug‘oy knyazlari orqali etib kelgan ekan. Rus olimi S.V.Jukovskiy Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib quyidagicha yozadi: "Aytish qiyin, nahotki Jenkinson chindan ham Ioann Grozniyni o`z tomoniga og‘dirib olgan, va go`yo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O`rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ivan Grozniy – R.A.) foydalangandir va uni, 1557 yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so`rab hadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va 7 7 Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?» 2. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. O`ylaymizki, Jukovskiyning ikkinchi fikri haqiqatga yaqin bo`lsa kerak, ya`ni podsho O`rta Osiyo bilan savdo aloqalarini o`rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O`rta Osiyoga jo`natilishi Rossiyaning O`rta Osiyo savdosida ma`lum bir manfaati bo`lgani tasdiqlaydi va Rossiya bilan O`rta Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo`l ochgan. 1558 yil 23 dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorlig‘i bilan Buxoroga keladi va u erda savdoning holati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari ham birga kelishgan. Ma`lumki, XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlaydi. Bizni bu o`rinda Jenkinson tomonidan Buxoroning qo`shni SHarq davlatlari bilan aloqalari haqida bergan ma`lumotlari ahamiyatlidir. Jenkinsonning Buxoroga kelishi arafasida O`rta Osiyo Hindiston va eron bilan faol savdo iqtisodiy aloqalar o`rnatgan edi. Jenkinson, “Buxoroda savdogarlarning har yilgi yig‘ilishi bo`lib, u erga Hindiston eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig‘ilib turadi», – deb yozgan edi. Bu holat XVI asr o`rtalarida Buxoro qadimgiday xalqaro savdo markazlaridan biri bo`lib qolganligidan dalolat beradi. Lekin ba`zi mualliflar Ushbu masalaga shubha ko`zi bilan qaradilar. Masalan, M.YUldashev – "Jenkinsonning Buxoro savdosi haqidagi ma`lumotlarini to`liq haqiqat deb bilish qiyin. 1 Aftidan savdoda raqobatchi bo`lishi mumkin bo`lgan savdogarlarni bu savdodan chalg‘itmoqchi bo`lgan bo`lsa kerak. Buxoroda har yili Hindiston, eron, Buxoro, Rossiyadan kelgan savdogarlarning yig‘ilishi bo`lib turadi, deb yozib, Jenkinson yana qo`shib qo`yadi, «go`yoki bu savdogarlar shu darajada qashshoqki, ular kam tovarlar olib kelishiga qaramay bu tovarlarni hatto uch yillab sotadi, shuning uchun bu erda foydali savdo qilish uchun hech qanday ishonch yo`q», – deb yozadi4 . Ba`zi tarixchilarning fikricha, Jenkinson Angliya manufakturalarida to`qilgan movut matolarni O`rta Osiyoda sota olmagani uchun ataylab Buxorodagi hind savdogarlarining faoliyati va rolini pasaytirgan. Jenkinsonning ma`lumotlariga ko`ra, hind savdogarlari Buxoroga quyidagi mollarni olib kelishgan: salla uchun ishlatiladigan yupqa oq mato, ko`ylak uchun ishlatiladigan oq matolar. Buxorodan esa hind savdogarlari ipak matolar, oshlanmagan teri, qullar va otlar olib ketgan, lekin karazeya va movut matolarini qadrlashmagan1 . Shunday qilib, Jenkinsonning ma`lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, Buxoro bilan Hindiston o`rtasida barqaror savdo aloqalari o`rnatilgan bo`lgan. Bu savdodagi asosiy tovarlardan biri indigo – nil bo`yog‘i bo`lgan. Nil bo`yog‘i shu qadar ko`p ediki, uni sotish uchun Hindiston savdogarlari ikki-uch yillab qolib ketardi. XVI asrda ikkala davlat o`rtasidagi savdo va diplomatik aloqalar jonlanganini tasdiqlovchi ma`lumotlar mavjud. Jumladan, Abdulloxon davrida Buxoro bilan Rossiya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilgan. 1585 yil Buxorolik elchi Muxammad Ali Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon nomidan tartiqlar olib kelgan, hadyalar tarkibida 40 pud nil bo`yog‘i ham bo`lgan . Bu ma`lumot, o`sha davrda Buxoro bilan Hindiston o`rtasidagi savdoda Buxoroning tranzit mollar bozori vazifasini o`taganligidan dalolat beradi. N.I.Kostomarov va M.V.Fexnerlar o`z asarlarida Buxoro orqali hind tovarlarining Rossiyaga keltirilishi haqida yozib qoldirgan. Hindiston Boburiylar saltanati davrida xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ammo Hindiston g‘arb davlatlari bilan dengiz orqali savdo qilish imkoniyatidan asta-sekin ajrala boshlaydi. V.V.Bartol’d «Portugallar Hindiston bilan foydali savdoni o`z qo`llarida saqlab qolish maqsadida XVI asr boshlaridayoq eng muhim qirg‘oqbo`yi erlarni egallab ola boshlagan edi», deb yozadi . Jenkinson Buxoro bozorlaridagi hind savdogarlarining faoliyati haqida, “ular Buxoroga na oltin, na kumush, na qimmatbaho toshlar, na ziravorlar keltiradi. Men, Hindistondagi bu tovarlar ishlab chiqariladigan eksport tovarlar portugallar qo`l ostida bo`lganligi uchun, bu tovarlar bilan savdo okean orqali olib borilishini aniqladim” , deb yozadi. Jenkinsonning Buxoroga hindlar na oltin, na kumush, na qimmatbaho toshlar, na ziravorlar keltiradi, degan fikri haqiqatdan yiroq. Ziravorlar Hindistondan Buxoroga keltiriladigan asosiy eksport tovarlaridan hisoblangan. Tarixchilar tadqiqot ishlari natijasida O`rta Osiyo bilan Moskva o`rtasidagi savdoning uch xil usulini aniqlashgan. Bular quyidagilar: 1). “Poval’naya” deb ataluvchi oddiy savdo bo`lib, bu savdo erkin savdogarlar orqali amalga oshirilgan. 2). Shox va xonlarning tovarlari bilan savdo bo`lib, bu savdo shox va xonlarning elchilik bilan kelgan shaxsiy savdogarlari orqali amalga oshirilgan. SHox va xonlarning tovarlaridan soliq olinmagan. 3). “Lyubitel’skie pominki” deb atalib, ikki davlat shox va xonlari o`rtasidagi bojsiz tovar ayirboshlash hisoblangan5 . Savdoning bu turlari hattoki Buxoro va Hindiston o`rtasidagi savdoda ham o`z aksini topgan. I.G‘.Nizomiddinovning fikricha, qimmatbaho toshlar, oltin va kumush Buxoroga savdoning ikkinchi va uchinchi usullari ko`rinishida keltirilgan. Jenkinson savdoning bu turlaridan bexabar bo`lgan ko`rinadi, shuning uchun Yuqoridagi fikrga kelgan bo`lishi kerak . XVI asrda Buxoroning eron bilan savdosi ham ahamiyatga ega. XVI asrda O`rta Osiyo bozorlarida eronlik savdogarlar ham savdo qilgan edi. Jenkinson ma`lumotlariga ko`ra, erondan matolar, ip gazlama, surup, guldor ipak, arg‘umoqlar keltirilgan, bu erdan esa oshlanmagan teri va rus tovarlari, jumladan, qullar olib ketilgan. Uning yozishicha, eronliklar matolar sotib olishmagan, chunki o`zlari ularni Buxoroga olib kelgan. Jenkinsonning aniqlashicha matolar eronga Suriyadagi Xalafdan va Turkiyadan keltirilgan. Davlatlar o`rtasidagi o`zaro urushlar savdo-sotiqqa salbiy ta`sir ko`rsatgan. 1558 yili Jenkinson Buxorodalik vaqtida O`rta Osiyo bilan eron o`rtasida katta urushlar boshlangan. Bunday vaziyatlarda ular o`rtasidagi bir maromda davom etadigan doimiy savdo haqida gap ham bo`lishi mumkin emas edi. Urushlar natijasida savdo yo`llari ishdan chiqqan. Jenkinson ma`lumotiga ko`ra, Hindiston va erondan kelayotgan karvonlar qaroqchi bosqinchilar tomonidan talangan va Buxorodan 10 kunlik yo`lda savdogarlarning katta qismi o`ldirilgan . XVI asrdagi O`rta Osiyoning eron bilan savdo-iqtisodiy va diplomatik munosabatlari eronda bo`lgan rus elchilarining hujjatlarida o`z aksini topgan. 1890-1898 yillarda rus olimi N.I.Veselovskiy XVI-XVII asr boshlaridagi Rossiya va eron munosabatlariga bag‘ishlangan uch jilddan iborat bo`lgan asarlarini nashr qildirgan16 . Asarlarning birinchi jildida Rossiyadan eronga jo`natilgan uchta elchilik, Grigoriy Vasil’chikov, Andrey Dmitrievich Zvenigorodskiy va kenas (knyaz’) Vasiliy Vasil’evich Tyufyakin elchiligining materiallari berilgan edi. Bu nashr Tashqi Ishlar Vazirligining Moskva Bosh Arxivi materiallari asosida bitilgan asarlar hisoblanadi. Bizning tadqiqotimiz uchun ikkinchi elchilik ma`lumotlari, ya`ni Andrey Dmitrievich Zvenigorodskiyning eronga elchiligi haqidagi hisobotlari muhim ahamiyatga egadir. Asarda Andrey Dmitrievich Zvenigorodskiy elchiligining eronga jo`natilishi, rus podshosining elchiga torshiriqlari, hamda elchilik faoliyati haqidagi hisoboti o`z aksini topgan. N.I.Veselovskiyning to`plagan ma`lumotlariga ko`ra, 1594 yili rus podshosi Fedor Ivanovich Andrey Dmitrievich Zvenigorodskiyni elchi qilib eronga jo`natadi. elchilik tarkibi 63 ta kishidan iborat bo`lgan. elchilik tarkibida ikki nafar tilmochlar – Stepan Poluxanov va Aydar Pavlov, drujina xalfasi Kuz’minlar bo`lgan. 1594 yil 5 noyabrda Kashan shahriga eron shoxi nomidan Azi Xosrov kelib Andreyga shoh tomonidan elchi saroyga taklif qilinganligini aytgan. “Saroyda o`sha vaqtda turk va buxoro savdogarlari va boshqa erlardan kelgan odamlar bo`lishini va elchi bu manzaraning guvohi bo`lishini, qolganlar esa eron shohiga Rossiya podshosi Fedor Ivanovich nomidan katta elchi kelganligining guvohi bo`lib hayratga tushishini, hamda elchining keltirgan sovg‘a salomlarini ko`rishini xohlagan... Bundan tashqari, shohning dushmanlari, ya`ni turk va buxorolik elchilar Rus podshosi bilan eron shohi munosabatlarini ko`rib larzaga tushishini istagan” 18 . Shunday qilib, shox Andreyni saroyda qabul qiladi. Zvenigorodskiyning ma`lumotlariga ko`ra, Andrey shoh huzuriga kirayotgan vaqtda u erda na turkiyalik va na buxorolik elchilar, va na boshqa kishilar bo`lgan. 1595 yil 18 yanvarda shox Andreyni o`z huzuriga chaqirada. elchi bilan suhbatda shox “Eshitishimcha, Buxoroda Nurumov shohning odami bo`lgan va uning aytishicha, buxorolik savdogarlar Abdullaxonga Sibirdan uchta lochin olib kelgan ekan. Abdullaxon lochinlarning birini Balx noibi Abdulmo`minga yuborgan. Sibirdan hammasi bo`lib yigirma ettita lochin keltirilgan ekan. Sibirdan Buxoroga suvsarlar va qora tulki mo`ynalari keltirilgan, va u erdan eronga olib boriladi, shuning uchun bu erda (Eronda) suvsarlar va tulkilar arzon. Andreyning shohga aytishicha, Rusning buyuk shohi Sibir xoniga qimmatbaho lochinlar, suvsarlar va qora tulkilarni buxoroliklarga sotishni man qilib qo`ygan” 19 . SHu voqea bilan bog‘liq bo`lgan dalillarni tarixchi X.Ziyaevning asarida ham uchratish mumkin. Muallif, XVII asrda turli xil mo`ynalarning Sibirdan olib chiqib ketilishi taqiqlab qo`yilganligini yozadi. Keltirilgan dalillar rus hukumatining XVI asrda ham mo`ynalarning olib chiqib ketilishini taqiqlash darajasida Sibir’ xonligiga nisbatan ta`sirga ega bo`lgan, deyishga asos bo`ladi. X.Ziyaevning ma`lumotlariga ko`ra, “Rus hukumati Sibir’ mo`ynalari savdosi ustidan nazoratni o`rnatish maqsadida 1698 yilda Sibirda mo`yna bilan shaxsiy savdoni taqiqlash to`g‘risida farmon chiqargan.” X.Ziyaevning ta`kidlashicha, bu farmon kutilgan natijani bermagan, ayniqsa buxoroliklar xufiyona ravishda sibir mo`ynalarini O`rta Osiyo, Xitoy va boshqa mamlakatlarga olib chiqib ketaverishgan . Shunday qilib, ko`rib o`tilayotgan vaqtda Buxoro va eron o`rtasida keskin siyosiy munosabatlar mavjud edi. Ammo, qiyin siyosiy ahvol hukm surishiga qaramasdan ikkala mamlakat o`rtasidagi savdo aloqalari to`xtab qolmagan. XVII asrda Moskva davlatining iqtisodiy va siyosiy manfaati uning O`rta Osiy davlatlari bilan o`zaro aloqalarini rivojlantirish uchun asos bo`lgan edi.1 Rus davlati savdoni rivojlantirish va rus qullarini ozod qilish, Rossiya bilan Hindiston o`rtasida savdo munosabatlarini yo`lga qo`yish maqsadida, qolaversa, XVII asrdan boshlab Rossiya O`rta Osiyo bilan savdo qilish uchun eng yaqin va qulay savdo yo`llarini topish maqsadida O`rta Osiyo xonliklariga elchilarni jo`nata boshlagan. elchilarga berilayotgan topshiriqlar va ularning keltirgan xabarlari O`rta Osiyoning Hindiston bilan savdo aloqalarini o`rganish uchun muhim ahamiyatga ega edi. Aytish joizki, XVII asrda O`rta Osiyoga jo`natilgan rus elchilarining ma`lumotlarini o`rganish O`rta Osiyoning eron bilan aloqalari haqidagi ilmlarni ancha kengaytiradi. Masalan, 1620 yilda Buxoroga kelgan I.Xoxlov elchiligining ma`lumotlari katta ahamiyatga egadir21 . 1620 yili Buxoro xoni Imomqulixonning elchiligiga javoban 1620 yil 26 may sanasi bilan tasdiqlangan yorliq bilan Ivan Xoxlov O`rta Osiyoga yuborilgan . I.Xoxlov 1600 va 1613 yillarda eronga diplomatik topshiriqlar bilan borgan va bu sohada ma`lum tajribaga ega salohiyatli kishi bo`lgan. Xoxlovning aytishicha, “Buxoro eri ikkiga bo`lingan bo`lib, noiblarning biriga Buxoro, ikkinchisiga Balx tekkan.2 Balx eron va Hindiston bilan chegaradosh. Balx noibi Nodir Hindiston va eron bilan raqobatda bo`lib, hind shohi Nodirdan boyliklarini tortib olgan va korxonalarini sindirgan, savdogarlarni Balx va Buxoroga qo`ymagan. Hozirda ular o`rtasida tinchlik va savdo munosabatlari o`rnatilgan. Buxoro ham Toshkent bilan urush holatida. qizilboshlar shohi Abbos hind shohi Boburiy Salim bilan urushib, undan Qandahorni tortib olgan” . CHor Rossiyasi Hindiston bilan yaqin savdo aloqasi o`rnatish maqsadida 1646 yil N.Siroejin bilan V.Tushkanovni Hindistonga elchi qilib jo`natadi. elchilarga berilgan topshiriqlarda Hindistonga qaysi mamlakatlardan qanaqa tovarlar keltirilishi va ularning narx-navosi haqida ma`lumot to`plash aytilgan edi . Rossiyaning O`rta Osiyo bilan aloqalari Moskvadan tashqari boshqa markazlar bilan ham o`rnatilgan. 1670 yili 16 kishi bilan Tabol’skga kelgan Buxoro elchisi Mulla Farrux Buxoroning eron bilan savdosi hamda u erdan keltiriladigan mollar va ularning narxlari haqida qisqacha ma`lumot beradi . So`ng ular Moskvaga jo`natilgan bo`lib, shox ularni juda tantanali ravishda qabul qilgan.1671 yilda elchilik mahkamasida Mulla Farrux so`rov qilinadi. So`rovda “ularda kindyaki, zandonachi va kitayki gazlamalari mavjud, lekin kamok deb ataluvchi gazlama va atlas (o`ng yuzasi guldor ipak gazlama) lar kam, borlari ham oddiyroq. Selitra (mineral tuz) ularning davlatida ko`p bo`lib, eronnikiga nisbatan sifatli, ularni botmon bilan sotishadi, bir botmonini bir yarim pudga teng, botmonni ular 5 oltin buxoro puliga sotishadi, Buxoro tiyini ruslarning 5 tiyiniga teng. Jami 25 rus oltiniga teng bo`ladi. Paf deb ataluvchi ipak matosini 2 rubldan sotib olishgan. Mulla Farrux Buxoro bilan Xiva oralig‘idagi masofani 17 kunlik yo`ldan iborat deb hisoblaydi. Hindistonda har turli gulli matolar hamda toshlar ko`p. Keyingi safar elchilik mahkamasining rahbari A.S.Matveev buxoro elchisi Mulla Farruxdan Buxoroning Hindiston bilan savdo aloqalari va Buxoroda talabgor bo`lgan hind tovarlari haqida ma`lumotlar so`ragan. Mulla Farrux Buxoroda ipak matosi, kindyaki, kitayki, kamki matolari to`qilishi, kumush va qalayi ma`danlari, lal toshlari, selitra olinishini, boshqa tovarlar esa Hindistondan keltirilishini aytadi. U Buxoro bilan Hindiston o`rtasidagi doimiy savdo aloqalari o`rnatilganligini, u erdan qimmatbaho toshlar, durlar va har xil guldor matolar keltirilishini ma`lum qilgan. Buxoro elchisi o`z nutqida Buxoroda rus tovarlariga, masalan: qilich, qora tulki, oqsuvsar, movut, baliq tishlariga talab kuchli ekanligini eslatib o`tadi26 . I.G.Nizamutdinov Mulla Farrux elchiligining ahamiyatini yuqori baholagan. Ayniqsa, elchi keltirgan ma`lumotlarning Buxoro bilan Hindiston o`rtasidagi savdoning darajasini aniqlashda va Buxoro aholisining hind tovarlariga bo`lgan talablarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib o`tgan edi. XVII – XVIII asrlarga kelib ingliz sanoati va savdosining butun dunyoga hukmron bo`lishga intilishi oqibatida iqtisodiy aloqalar mustamlakachilik xarakteri kasb etib, boylik orttirish, zo`ravonlikka aylana bordi. Bu holat ayrim davlatlar tomonidan O`rta Osiyo bozorlariga o`z mollarini taklif etish bilan birga uning tabiiy boyliklarini aniqlash ishlarini jadallashtirishga undadi. Rossiya va Angliyaning O`rta Osiyodagi iqtisodiy tashqi siyosati ayni shu maqsadlarga qaratilgan edi. Bu borada Rossiya imkoniyatlari geografik omil tufayli Angliya va boshqa davlatlarnikiga nisbatan yuqoriroq bo`lgan. Shu sababli O`rta Osiyo haqida mukammalroq ma’lumotlar to`plash imkoniyati oshib borgan. Ammo, shuni alohida ta’kidlash kerakki, Rossiyaning o`ziga ham dastlab O`rta Osiyo, xususan, Buxoro va Xiva xonliklari haqidagi ma’lumotlar aynan yevropalik sayyohlar tomonidan yetkazilgan16 . O`rta asrlar Angliyasida Sharq mamlakatlarini o`rganish masalasi XIII asrdayoq muhim vazifalardan biriga aylangan edi. Bu yerda Sharq haqidagi tasavvurlarning kengayishida 1269-yildayoq fors savdogarlari kemalarda Britaniya qirg’oqlariga yetib borishi, ingliz ritsari Jon Mandevilning Sharq mamlakatlariga qilgan sayohati muhim ahamiyatga ega bo`lgan . XV asr oxiri – XVI asr boshlariga kelib, Yevropada boshlangan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, yangi savdo yo`llarini topishga bo`lgan intilish, Sharqqa olib boruvchi muhim hududda joylashgan O`rta Osiyoni ham chetlab o`tmagan. XV asrda diplomatik munosabatlar o`rnatish bilangina cheklangan G’arbiy Yevropa davlatlari endilikda o`lkaning iqtisodiy imkoniyatlari bilan ham qiziqa boshlagan. XVI asr o`rtalarida Antoni Jenkinson elchiligi (1558 – 1560) o`zaro diplomatik va savdo munosabatlari o`rnatish yo`lida ilk qadamlar sifatida baholanadi. Moskva davlati hukmdori Ivan Grozniy yorlig’i bilan elchining O`rta Osiyoga borishiga ruxsat berishlishi, Rus davlati, qolaversa, Yevropaning O`rta Osiyo bilan munosabatlar o`rnatishida dadil tashabbus edi . Britaniyaning savdo ehtiyoji faqatgina iqtisodiy munosabatlarni ko`zda tutmas edi. Britaniyaliklar qaysi davlatda savdoni nazorat qilishsa, o`sha davlatni ham nazorat qila olishlariga ishonganlar. Markaziy Osiyo Britaniya uchun yahshigina nomzod edi . Qolaversa, Buxoro shahri Buyuk Ipak yo`lining qatnovsiz qolishi oqibatida Osiyoning savdo markazlaridan biri maqomini boy bergan bo`lsada, o`zining iqtisodiy maqomini hali to`la yo`qotmagan edi. Hindiston Angliya ta’sir doirasiga tushib borgani sari bu yerdan O`rta Osiyoga ingliz va turli xil Yevropa mollarining kirib kelishi ko`payib borgan. XIX asr 60-yillari ikkinchi yarmidan yiliga Qo`qon xonligiga Buxoro orqali 300 ming rubllik Manchester va Birmingemda tayyorlangan ingliz gazlamalari kirib kelgan . Inglizlar o`zlarining hind savdogarlari orqali ushbu hudud bilan savdoni boshlashgan bo`lsada, Rossiyaning bu hududlarni zabt etadigan bo`lsa, daromadlaridan ayrilishdan doimo qo`rquvda bo`lishgan . Keyinchalik bu qo`rquv haqiqatga aylanib, Rossiya Markaziy Osiyodagi o`z yerlarida Britaniya savdosini ta`qiqlagan . Negaki, hind savdogarlari O`rta Osiyo bozorlarida ingliz mollarini arzon narxlarda sotganlar va 3 yil muddatgacha qarzga ham berganlar . Bu holat shu turdagi rus mollarining raqobatga bardosh bera olmasligiga olib kelgan. Natijada, Rossiya hukumati 1868-yilda Turkiston general-gubernatorligi hududiga Yevropa mollari keltirishni ta’qiqlab qo`ygan. 1871-yil Qobul orqali Qo`qonga kelayotgan ingliz mollari Xo`jandda ushlab qolinganligi va undagi ingliz dokasining har bo`lagidan 10 kopeykadan boj olinganligi bu fikrning isbotidir. Har bir tuyaga 600 bo`lakgacha ingliz dokasi yuklangan bo`lib, bu gazlama narxiga nisbatan katta boj hisoblangan. Oqibatda, chetdan keltirilgan mahsulotlar tannarxining oshib ketishi, Qo`qon xonligiga Buxoro amirligi orqali ingliz va hind mollarini kirib kelishini kamayishiga, Qashqar orqali kirib kelishining kuchayishiga sabab bo`lgan. Ingliz hukumati turli ta`zyiqlarga qaramasdan, O`rta Osiyo bozorlarida mavqeini saqlab qolish maqsadida, 1870-yilda Kashmir maxorojasi bilan savdo shartnomasini imzolab, Hindiston – Qashqar yo`lidagi savdo karvonlaridan yo`l bojlarini olib tashlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga harakat qilgan. Natijada, kelgusi yildayoq inglizlarning Qashqardagi savdosi hajmi 7 barobarga oshgan . XIX asrning Markaziy Osiyo mintaqasida tarixchilar Britaniya va Rossiya maqsadlari haqida turli fikrlarga ega. Bu fikrlar turli xil shaxslarga xos bo`lgan xulosalar, shuningdek, asosiy manbalar materialllariga kirishning turli xilligi bilan bog’liq. Bundan tashqari, faqat Buyuk O`yin diplomatiyasiga qaratilgan tarixchilar ko`pincha “imperiya yuzlari”ga (ya’ni, tashqi ishlar vazirlari, hukmdorlar va boshqalar) e’tibor qaratganlarga qaraganda keskin farqli xulosaga kelishdi . Inglizlar Hindistonda o`z mavqelarini mustahkamlab olib, Afg’oniston va O`rta Osiyoga intilishadi. Inglizlarga O`rta Osiyoning siyosiy ahvoli, geografik mavqeyi, aholisi, armiyasi haqida aniq ma’lumotlar havo bilan suvdek zarur edi.26 XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini bo`ysundirish maqsadida Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko`zlagan rejalariga jiddiy xavf solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo`llar bilan O`rta Osiyodagi davlatlarni Rossiyaga qarshi otlantirish payiga tushadi . XIX asr rus ekspansiyasi keng miqyosda historigrafiya bilan shug’ullanadi. Ba’zi yondashuvlar tarixning qayerda va qachon yozilishi oqibatlaridir. G’arbiy va sovet tarixchilari Markaziy Osiyoda rus imperalizmiga qarshi qaramaqarshiliklarga ega edi. Richard Pirs, bu bo`linish har ikkala maktabda ham kamchiliklarga ega bo`lganini ta’kidladi. Uning fikricha, sovet tarixchilari mafkura tomonidan cheklangan va shuning uchun rus ekspansiyasini noto`g’ri baholagan. Sovet tarixchilari Markaziy Osiyoni kommunizmdan oldingi proletariyatning yana bir manbaiga aylantirish zarurligini va mintaqada rus mustamlakachiligi to`g’ridan-to`g’ri inqilobga olib borishini ta’kidladi . Buyuk O`yin o`zini strategik ahamiyatga ega bo`lgan ko`plab mintaqalarni taqdim etdi. Turkiston Buyuk Britaniya va Rossiya uchun katta harbiy ahamiyatga ega edi. Buyuk Britaniya Rossiyani Markaziy Osiyoda mustahkam o`rnashishga to`sqinlik qiladi.1 Agar Rossiyaning chegara qo`shinlari qarshilik ko`rsatishda davom etsa, u doimo zaiflashishi mumkin. Shuning uchun Angliya Buxoro, Xiva va Qo`qonga josus vs agentlarini yubordi . Albatta, Ignatevning muvaffaqiyatsiz muzokaralari singari, Britaniya ham o`z imkoniyatlarini qozonishga muvaffaq bo`ldi.2 Britaniya elchilari ma’lum bir darajada imtiyozlarni olganiga qaramasdan, Amir Nasrullo tomonidan 2 elchini josuslik uchun 1842-yilda qatl ettirdi. XIX asrning 30 – 40-yillarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o`rtasidagi munosabatlar, ayniqsa, diplomatik aloqalarning ayrim holatlari ustida to`xtalar ekanmiz, xuddi shu vaqtlarda O`rta Osiyo bozorlariga ingliz sanoat mollarining kirib kelishi va bu yerda ingliz razvedkachilarining olib borgan qo`poruvchilik ishlari kabi masalalarning umumiy holatini aniqlab olishga to`g‘ri keladi. Chunki, XIX asrning 30-yillariga kelganda Rossiya O`rta Osiyo bozorida kapitalistik jihatdan juda rivoj topgan davlat — Angliya bilan to`qnashgan edi. Mana shuning uchun ham xalqaro miqyosda paydo bo`lgan bu vaziyat Rossiyaning O`rta Osiyoga nisbatan olib borgan siyosatiga, shuningdek, Buxoro bilan bo`lgan munosabatlariga katta ta’sir etgan edi. XIX asrning 30-yillari Angliya tarixida kapitalistik munosabatlarning rivojlana borishi va mustahkamlanishi bilan xarakterlanadi. Angliya savdosi rivojlanishi bilan u Osiyoga ikki tomondan, ya’ni Hindiston va Qora dengiz orqali kirib kela boshladi. Mana shu sababli, ingliz burjuaziyasi mamlakatning ichki va tashqi siyosatida muhim ta’sirga ega bo`lib, yangi mustamlaka bozorlari va xomashyo manbalari bo`lgan Osiyo mamlakatlarini bosib olishga hamda u yerda yashovchi xalqlarni qul qilib, bo`yinlariga mustamlaka sirtmog‘ini solishga zo`r berib harakat qilardi. Bu vaqtlarda ingliz bosqinchilari Hindistonning ko`pgina qismini bosib olib, unga qo`shni bo`lgan mamlakatlarda o`z hukmronligini o`rnatish uchun siyosiy va diplomatik tayyorgarlikni keng yo`lga qo`yib yuborgan edilar . Britaniya mustamlakachilari Hindistonda bosqinchilik siyosatini hamon davom ettirib, asta-sekin butun O`rta Sharq bo`ylab tajovuz qilmoqda edilar. Afg‘oniston va O`rta Osiyo xonliklari Angliyaning bosqinchilik rejalarining bevosita ob’ektiga aylangan edi. O`rta Sharq mamlakatlarini, ayniqsa O`rta Osiyo xonliklarini bosib olish uchun ingliz mustamlakachilari o`zlarining butun makr, hiyla-nayranglarini hamda harbiy kuchlarini ishga solgan edilar. XIX asrning 30-yillarida ingliz siyosatchilari va diplomatlari O`rta Osiyo hamda unga qo`shni bo`lgan davlatlarni bosib olish uchun tayyorgarlik ko`rish bilan bir vaqtda, go`yo Rossiya Hindistonga qarshi yurish uchun zo`r berib tayyorgarlik ko`rayotgan emish, deb butun dunyoga ovozlarini barala qo`yib baqirar edilar. Shu bilan birga, ular Rossiya bosib kelayotgani uchun Angliya faqat “o`zining Hindistonini” himoya qilayapti, deb isbot qilishga zo`r berib urinardilar. Haqiqatda esa, bu bilan ular o`zlarining O`rta Osiyoni bosib olish uchun qilayotgan agressiv harakatlarini bekitmoqchi bo`lgan edilar . Ingliz manbalarida keltirilgan dalillarga qaragandа XIX asrning 30-yillari boshlaridayoq O`rta Osiyo bozorlarida ingliz mollarining narxi rus mollariga nisbatan anchagina oshgan edi. A. Konollining so`ziga ko`ra, rus mollari arzon bo`lishiga qaramasdan, ingliz mollari Buxoro bozorida afzalroq ko`rilar edi. Uning fikricha, agarda keyinchalik ingliz mollarining narxi rus mollarining narxigacha kamaysa, ular ruslarni O`rta Osiyo bozorlaridan siqib chiqarishlari mumkin . A. Konollining bu fikrlari butunlay asossiz bo`lib, Rossiyani inglizlar O`rta Osiyo bozorlaridan siqib chiqarishlari mutlaqo mumkin emas edi. Chunki, birinchidan, Angliya O`rta Osiyo bozorlarida faqat ip gazlamalar savdosida Rossiyaga raqib bo`lib, qolgan savdo butunlay Rossiyaning qo`lida edi, ikkinchidan, anglichanlar o`z mahsulotlarini naqd oltinga sotib, O`rta Osiyo mollarini sotib olmas edilar. Rossiya bo`lsa, o`z mollarini sotish bilan barobar, O`rta Osiyoning mahalliy mahsulotlari xaridori ham edi. Shularga asosan, inglizlarning O`rta Osiyoga qilgan iqtisodiy hujumlarining muvaffaqiyatsiz chiqishi muqarrar edi33 . XIX asrning o`rtalarida mustamlakachi ikki yirik imperiya, ya’ni Angliya va Rossiyaning manfaatlari Turkistonda to`qnashdi. Rossiya siyosatchilari Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizining sharqiy tomonlarini egallab olishidan g’oyat xavfsirayotgan edilar.



  1. Download 94,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish