Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi


Xitoy manbalarida Baqtriya, Xozazm, Samarqand



Download 93,02 Kb.
bet4/5
Sana23.07.2022
Hajmi93,02 Kb.
#842681
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi xitoy manbalari

Xitoy manbalarida Baqtriya, Xozazm, Samarqand

O‘rta Osiyoda mil.avv. II-I asrlarda tashkil topgan mustaqil davlat uyushmalaridan yana biri bu Toxariston bo‘lib, Xitoy manbalarida u Daxya nomi bilan bizgacha yetib kelgan. Tarixiy manbalarda bu davlat o‘rnida qadimgi Baqtriya podsholigi o‘tgan, so‘ng uning hududi Baqtriya satrapligi nomi bilan Eron ahamoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan. Makedoniyalik Iskandar ahamoniylar imperiyasini tor-mor etgach, Baqtriya viloyati uning imperiyasi tarkibiga o‘tdi. Iskandar o‘limidan so‘ng esa uning vorislari - salavkiylar keyin Yunon-Baqtriya davlati tashkil topib, ellinizmning mahalliy markazlaridan biriga aylandi. Nihoyat, mil.avv. II asrning oxirgi choragida ko‘chmanchi saklarning Da-yuechji qabila uyushmasi Yunon-Baqtriya davlatini ag‘darib, Baqtriyada siyosiy hokimiyat Toxar qabilasi - yetakchiligidagi yuechjilar qo‘liga o‘tdi, mamlakat esa shundan boshlab ―Toxariston nomini oldi. Toxariston xitoycha manbalarda ―Daxya deb talaffuz etiladi1. Xitoy manbalariga ko‘ra, toxar qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini ag‘darib, dastlab Amudaryoning o‘ng sohilini egallaydi. Aynan mana shu joyda mil.avv. 126-yilda Xitoy elchisi Chjan Syan yuechji qabilalari boshliqlari bilan uchrashib, xunnlarga qarshi birgalashib kurashish taklifiga rad javob olgan edi. Chjan Syan o‘z hisobotida ularning davlat chegaralarini quyidagicha belgilaydi: ―Daxya g‘arbga tomon, Dovondan 2-3 ming li janubda joylashgan. Undan g‘arbda — Ang‘si (Parfiya), shimolda esa Kanguy joylashgan. Ya‘ni uning chegaralari O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Tojikistonning Kobadiyon va Xuttalon viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Chjan Syanning ta‘kidlashicha, Da-yuechji qabilalari aslida ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, yangi joylar aholisining madaniy-xo‘jalik ta‘sirida o‘troqlashgan, qisman chorvachilik xo‘jaligi bilan ham shug‘ullanadilar. Elchi keltirgan ma‘lumotlar tahliliga ko‘ra, yuechji qabilalari Baqtriyada yagona davlat tuzmaganlar, Daxyada yagona davlat boshlig‘i yo‘q, har bir shahar o‘z hokimi tomonidan boshqariladi. Daxyada 5 ta patriarxal knyazlik xonadonlari (Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dyumi) mavjud. Chjan Syan Daxya va Dayyuanda Erkaklar xotinlari bilan maslahatlashadilar deb xabar beradi. Aholining turmush tarzi va urf-odatlari haqida: Daxyada o‘troq hayot kechiradilar, shaharlari bor va uylarda yashaydilar, urf-odatlari bo‘yicha dayyuanliklarga o‘xshab ketadi; qo‘shini kuchsizroq, lekin jangda chaqqon va chapdast. Aholisi savdoga omilkor. Daxyada aholi soni millionga yetadi. Poytaxti Lanshi deb ataladi. Bu shaharning xilma-xil tovarlarga boy bozori bor, deb yozadi. Daxya haqida Chjan Syan ko‘rib-bilib yozgan ma‘lumotlar bu zaminda olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlarda to‘liq o‘z aksini topdi. Chjan Syan safaridan so‘ng Da-yuechji qabilalari 5 ga bo‘linib, yuz yillar chamasi yashagandan so‘ng Guyshuan knyazi Kudzula Kadfiz o‘zini Guyshuan (Kushon) podshosi deb e‘lon, qiladi. u Ansi (Parfiya) bilan urush boshlab, Hindiqush janubidagi Pudu (Paropamisada — qadimgi Kashmir)ni bosib oladi va Gibin (Qobul viloyati) yerlarini ham egallaydi. Xitoy manbalari va arxeologik materiallar (birinchi navbatda numizmatika materiallari) tahliliga ko‘ra, Kudzula Kadfiz 80 yil yashab, milodiy eraning birinchi yarmida podsholik qilgan. Rabatak sulolaviy ro‘yxatiga ko‘ra, uning o‘g‘li Vima Takto ―noma‘lum shoh Soter Megas nomi ostida podsholik qiladi. U uzoq hukmdorlik qilmagan ko‘rinadi. Chunki milodiy 51 yilda hokimiyatga Kudzula Kadfizning boshqa o‘g‘li Vima Kadfiz (milodiy 51-78 yillar) kelib, Hindistonning Banorasga qadar yerlarini bosib oladi va yunonlarning (Yunon-Baqtriya podsholigi yemrilgandan keyingi) eng so‘nggi hukmronligiga barham beradi1. Shuningdek, u pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb ettiradi va ularni muomalaga kiritadi. Mamlakat poytaxtini esa Peshovarga ko‘chiradi. Kushonlar imperiyasi ―shahanshoh‖ Kanishka davrida (mil. 78-123 yy.) gullaydi. Kanishkaning hokimiyatga kelishi bilan Kushon davlati tarixida yangi davr boshlanadi. Birinchi navbatda davlat chegaralari sharqda, Pokiston va Hindiston hisobiga kengayib, boshqaruv tizimi mustahkamlanadi. Poytaxt Peshovarga ko‘chib, kushonlar davlati imperiyaga aylanadi. Kanishka bir qator davlat ahamiyatiga molik islohotlar o‘tkazadi: 1. Pul islohoti, ya‘ni Kanishka nomidan yunon tangalariga taqlid qilinmay, podsho surati tushirilgan tangalar zarb etila boshladi; 2.Til islohoti, ya‘ni mahalliy aholining ona tili — baxtariy grek tili o‘rniga davlat tili deb e‘lon qilinadi; 3. Yozuv islohoti, ya‘ni yunon yozuvi bekor qilinib, davlat va mahkama ishlari va hujjatlari baxtariy yozuvi va tilida olib boriladi; 4. Diniy bag‘rikenglikka putur yetkazilmagan holda, buddaviylik dini umumdavlat dini deb e‘on qilinadi. Kanishka So‘g‘diyona, Xorazm, Choch va Dayyuan bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga katta e‘tibor beradi. Iqtisodiy munosabatlarda u G‘arb mamlakatlarini ham chetda qoldirmadi. Milodiy 99-yilda Rimga elchi yuboradi. Ayniqsa milodiy II asrning birinchi yarmida Kushon elchilari katta-katta savdo karvonlari bilan Rimga Kirib borganlar. Bu haqda Rim yozuvchilari xabar beradilar. Rimdagi mashhur Troyan ustunlarining bo‘rtma bezaklarida Kushon elchilarining tasvirining aks ettirilishi ham Rim yozuvchilari xabarlarini tasdiqlaydi. Shuningdek, Rim imperiyasi tangalarining Kushon podsholigi hududlarida ko‘plab uchrashi esa Rim savdogar va elchilarining javob viziti sifatida bir necha bor Daxyaga kelib ketganligidan dalolat beradi. Kushon tangalarining Qoradengizning shimoli-sharqiy sohillarida, Kama daryosi havzasida uchrashi esa kushonlarning Sharqiy Yevropa bilan yaqin aloqada bo‘lganligidan guvohlik beradi. Kushonlar antik davrning qudratli davlatlaridan biri sifatida Xuvishka, Vasideva (Vasishka) davrida ham Kanishka olib borgan davlat siyosatini davom ettiradilar. Negadir, Kushon imperiyasining III-IV asrlar davridagi siyosiy hayoti haqida yozma manbalar deyarli ma‘lumot bermaydi. Arxeologik manbalarni kamyob yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganish natijalariga asoslanib, tarix fanida kushonlar III asrdan boshlab orqaga keta boshlaydi, degan tasavvur shakllangan. IV asr oxirlariga kelib, bir tomondan, sosoniylar, ikkinchi tomondan, xioniylar va kidariylar tomonidan berilgan zarbalar natijasida Kushon davlati parchalanib, faqat Marg‘iyonadagi sosoniy hukmdorigina ―kushonshoh unvonini saqlab qoldi, xolos. Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki, qadimgi Baqtriyada boshlangan kushonlar davri tarixi mil. avv. I asr oxirlaridan (Guyshuan knyazi Kudzula Kadfiz o‘zini Guyshuan podshosi deb e‘lon qilgandan) milodiy IV asr oxirlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich ilk kushonlar (Kadfiz I, Vima Takto va Kadfiz II davri bo‘lib, bu davrdagi kushonlar tarixi asosan O‘rta Osiyo hududlari bilan bog‘liq. Ikkinchi davr — Kanishka va uning vorislari davri bo‘lib, kushonlar tarixining siyosiy maydoni asosan Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘lib qoladi.

Xulosa
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimiz oldida yangi ulkan vazifadar ko’ndalang bo’ldi. Totalitar sovet tuzumidan demokratik davlat, huquqiy jamiyatga o’tish boshlandi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ana shunday burilish bosqichida xalqning o’z tarixiga bo’lgan qiziqish yanada ortdi chunki bunday qiyin davrda xalq o’z tarixinich uqurroq bilishga, tarixdan ma’naviy madad olishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham 1996-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentniig “O’zbekiston yangi tarixi markazini tashkil etish to’g’risida” gi farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish to’g’risida” gi qarori e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov 1998yil iyun oyida bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvda O’zbekiston tarixining yangi kondeptsiyasini yaratish zarurligini uqtirdi. Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” gi qarorini qabul qildi (1998 yil, iyul). I. A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asari hamda Respublika hukumatining eslatib o’tilgan qarorlari tarixiy tadqiqotlarni tubdan rivojlantirish dasturi bo’lib xizmat qilmoqda. Tarix fanini yangi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish birinchi navbatda uning manbaviy bazasini boyitish va mustahkamlashni taqozo etadi. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko’rsatib o’tilgan qarorida barcha “Arxeologik va yozma manbalarni to’plash va ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish” hamda bir tizimga solishi zarurligi qayd etilgan. Mustaqillik davrida manbashunoslik fanini rivojlantirish bobida talay ibratli ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo arxeografik ishlarga, ya’ni xalqimizning ma’naviy mulki bo’lgan qadimgi yozma manbalarni o’rganish, ularni tarjima qilish, kerakli sharhlar bilan nashr etishga e’tibor berildi. Bunday birinchi darajali manbalarning nashr etilishi, bir tomondan, ilmiy tadqiqotlarning 66 rivojlanishiga turtki bo’lsa, ikkinchi tomondan xalqimizning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi. Odamzot o’zining ijtimoiy-tarixiy faoliyati jarayonida ko’pdan-ko’p moddiy va ma’naviy yodgorliklar yaratdi. Bu yodgorliklar turli davrlarda jamiyat qanday rivojlanganligi xususida yaxlit tasavvur xosil qilish imkoniyatini beradi. Yozuvning paydo bo’lishi bilan tarixiy manbalarning yangi turi yozma manbalar vujudga keldi. Yozma edgorliklar kishilik jamiyati tarixini chuqur va har tomonlama o’rganish imkoniyatini beradigan manbalardir. Turli davrlarda og’zaki ma’lumotlarni yozma shaklda yozib qoldirishning xilma-xil usullari qo’llanilgan. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi juda qadimiy tarix. U qadimgi tosh davrining аshel bosqichiga borib taqaladi. O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari tarixi avvalambor Xorazm, Turkmaniston, Tojikiston hududlaridan topilgan arxeologik yodgorliklar va ilk yozma manba hisoblangan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avesto asosida o‘rganilgan. Avestoning Videvdat kitobida O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlari va xalqlarining nomlari tilga olingan. Chet el manbashunosligidan dastlab Eron ahamoniylari podsholarining qoyatoshlardagi bitiklarida ham O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida ma‘lumotlar berilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyim-kechagi va ko‘p qirrali hayoti haqida qiziqarli materiallar yunon mualliflarining asarlarida va Xitoy manbalarida ko‘proq uchraydi. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining qadimgi davrlari, uning urf-odatlari, madaniyati, turmush tarsi va xo‘jaligi haqida, ayniqsa Qang‘ davlati va qadimgi Farg‘ona Dovon haqida hamda Daxya (Baqtriya) to‘g‘risida Xitoy yozma manbalarida bizgacha qiziqarli ma‘lumotlar yetib kelgan. Bu ma‘lumotlar qadimgi Xitoy tarixchilari Sima Szyanning (mil avv. II-I asrlar) ―Tarixiy xotiralar‖ va Ban Tuning (mil. avv. I asr) ―Birinchi xan sulolasining tarixi‖ asarlari orqali yetib kelgan. Xitoy imperatori Udi topshirig‘I bilan zobit, ayg‘oqchi va elchisi sifatida Chjan Syan ikki marta O‘rta Osiyoga sayohat uyushtiradi. Chjan Syan imperator saroyiga yuborgan hisobotida Qanguy haqida shunday yozadi: ―Qanguy mag‘rur va qo‘rs. U bizning elchilarimiz oldida ta‘zim qilishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Chjan Syan ma‘lumotlariga asoslanib, Sima Szyan “Tarixiy xotiralar‖ asarida qang‘lilarning turmush tarzi haqida fikr yuritib, ularning urf-odatlari bo‘yicha yuechjilarga o‘xshab ketadi”, deb yozadi. Xullas, xitoyliklar ayg‘oqchi diplomat, sobiq zobit Chjan Syanning har ikki sayohatidan so‘ng O‘rta Osiyo, ayniqsa qadimgi Farg‘ona va Qang‘ davlati, bu 75 davlatlar aholisining urf-odati, turmush tarzi, xo‘jaligi va hayoti haqida to‘liq ma‘lumotga ega bo‘ladilar. Biz bu ishda faqat yunon, eron va xitoy manbashunosligida O‘rta Osiyo xalqlari tarixining aks etishi haqida qisqacha ma‘lumotlar berdik, xalos.


Download 93,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish