Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi


O’rta osiyoning qadimgi xalqlari haqida xitoy manbalari



Download 93,02 Kb.
bet2/5
Sana23.07.2022
Hajmi93,02 Kb.
#842681
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi xitoy manbalari

O’rta osiyoning qadimgi xalqlari haqida xitoy manbalari

Ko’hna tarixni o’rganishda Ellada, forsiy, turkiy yozma manbalar bilan bir qatorda xitoy manbalarining tutgan o’rni ham alohida diqqatga sazovordir. Garchand, Xitoy manbalari miloddan ilgari yozila boshlagan bo’lsa-da, 5000 yilik tarixni o’zida mujassamlashtirgan. Bu manbalar yillarning aniq ko’rsatilishi, voqealarning tadrijiy holda yozilishi bilan boshqa manbalardan ustunlikka ega. Shuningdek, mazkur manbalarda Xitoy bilan qo’shni mamlakatlar va xalqlar bilan aloqalar natijasida Turkiston va uning xalqlari tarixiga oid boy ma’lumotlar yozilgan. Xitoy manbalarida mil. avv. II asrdan Farg’ona Day Yuan (Davan) deb nomlanib, Davan davlati, ya’ni Farg’ona mamlakati yohud davlati deb tilga olinadi. Farg’ona - Xitoy munosabatlariga oid ma’lumotlar “Tarixiy xotiralar” dagi “Xan Udi tazkirasi”, “Farg’ona tazkirasi”, “Hunlar tazkirasi” va “Xannonma”da “Xan Udining tarjimai holi”, “Xan Vendi tazkirasi”, “Jang Chyan, Li Guanli tarjimai holi”, “G’arbiy Yurt tazkirasi”, “Xunlar haqida qissa”, “Nag’ma nova tazkirasi”, “Besh unsur tazkirasi” kabi boblarda o’z aksini topgan1. Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar o’zbek adabiyotida asosan rus tilidagi tarjimalardan olingan. Bu tarjimalarda, xitoy manbalaridagi kishi nomlari va har xil atamalar rus tili nuqtai nazaridan shartli ravishda qabul qilingan. Bularning ko’pchiligi o’zbek tilida to’g’ri talaffuz etilmaydi. Ammo, xitoy tiliga o’zbek tilidagi ayrim ovozlar, tovushlar mos keladi. Shu asosda xitoycha nomlarning o’zbekcha variantlari vujudga kelgan. Xitoy tilidagi manbalarni o’rganilishiga oid adabiyotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga oid adabiyot va nashrlarda sovet davlatining tashqi siyosati yo’nalishlarini ko’rsatish asnosida Xitoy bilan munosabatlar ham keng tadqiq etilgan. Bunday asarlar sirasiga B. A. Ahmedov, Ch. A. Abutalipov, G. Inamjanova, K. Karimov, U. A. Rustamov, M. Boboxo’jayev, H. Ziyayev, I. To’xtaxo’jayev va boshqalar ning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Xitoy manbalari haqida shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, ular ham xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi ko’p hollarda bir taraflama yoritilgan2. Lekin xitoy manbalarida bo’lib o’tgan voqealarning vaqti va o’rni aniq ko’rsatiladi, bir-biriga qarshi turgan qo’shinlarning umumiy soni aniq ko’rsatiladi. Qadimiy O’zbekistonning uzoq o’tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda quyidagi xitoy manbalari muhim ahamiyatga ega. Qadimgi xitoy manbalarida ham o’lkamizning uzoq o’tmishi haqida uzuq - yuluq ma’lumotlar mavjud. Ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan bo’lsa-da, mintaqamizda istiqomat qilgan xalqlarning turmushi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli xususida e’tiborga loyiq axborotlar beradi. Xitoy manbalarini asosan ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan sayyoh va elchilarning safarnomalari kiradi. Ikkinchi guruh esa xitoylik tarixchilar qalamiga mansub asarlardan iborat. Birinchi guruhga kiradigan manbalar ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Chunki, sayyoh va elchilar o’zlari ko’rgan hodisa va voqealarni bayon qiladilar. Xitoy tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar ham asosan sayyohlar va elchilarning axborotlariga tayanadi. Markaziy Osiyoga kelgan birinchi xitoylik sayyoh Chjan Szyan edi. U Xitoy hukumatining topshirig’iga muvofiq, Qang’ davlati hukmdorini xunnlarga qarshi urushga dav’at etish maqsadida mil. avv. II asrda bu yerga tashrif buyurgan edi. Chjan Szyan’ o’z hukumatiga yozgan xabarnomalarida Kaspiy dengizigacha cho’zilgan hududlarda istiqomat qilgan xalqlar to’g’risida dastlabki ma’lumotlarni yetkazadi, jumladan, mil.avv. 127 yilda yuborgan xabarnomasida u Farg’ona vodiysidagi Davan davlati, uning aholisi, xo’jalik hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bergan. Elchining yozishicha, bu yerdagi katta va kichik shaharlarning soni 70 tani tashkil etadi. Davanliklar o’troq hayot kechirib, sholi va bug’doy ekkanlar, chorvachilik, jumladan yilqichilik bilan shug’ullanganlar. Huddi shu davrda istiqomat qilgan tarixchi Szyan’ Xanshu uning bu ma’lumotlarini to’ldirib, Farg’onada 60 ming xonadon borligini qayd etadi1. Sima Syan’ o’zining “Shi szi” – “Tarixiy esdaliklar” nomli asarida Farg’onadan Parfiyagacha bo’lgan hududda istiqomat qilgan aholi turli shevalarda gapirsa-da, lekin bir-birini bemalol tushunadi, deb yozadi. Demak, mil. avv. II asrda Markaziy Osiyoda til jihatidan bir-biriga yaqin bo’lgan forsiyzabon qabila va elatlar istiqomat qilganlar. Lekin huddi shu davrda, ayniqsa, yuechjilar istilosidan keyin aholi tarkibida turkiy qatlam ko’paya boshladi. Markaziy Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlar Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlarda ko’plab uchraydi. Ularning mualliflari Markaziy Osiyo tarixini maxsus tadqiq etmagan bo’lsalar-da, lekin o’lkamiz xususida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Yuqorida nomi tilga Sima Syan’ (uni “Xitoy tarixchilarining otasi” deb atashadi) o’zining “Tarixiy esdaliklar” nomli asarining 130-bobida Davan davlati va uning xalqi haqida e’tiborga loyiq ma’lumotlar keltiriladi. Xitoy manbalarida xitoylik hukmdorlarning Davanga nisbatan bosqshchilik siyosati, o’z ozodligi uchun qahramonona kurashi tasvirlanadi. Mil. avv. II asrda yuechji qabilalarining Markaziy Osiyoga bostirib kirishi ham Xitoy manbalarida o’z aksini topgan. Jumladan, elchi Chjan Szyan’ axborotlarida bu borada batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Mil. avv. II asrda yashagan tarixchi Ban’ Gu “Avvalgi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida, xususan uning 95-bobida Kangyuy davlati, yuechji va usunlar to’g’risida, Sharqiy Turkiston o’lkasining o’tmishi, bu yerdagi aholi turmushi haqida ma’lumotlar beradi. Xitoy manbalari Markaziy Osiyo ilk feodalizm davri tarixi haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar beradi. V asrda hayot kechirgan tarixchi Fan Xua o’zining “Keyingi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung’oriyaning 25-221 yillar orasidagi tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Li Yan’shou (VII asr) “Shimoliy sulolalar tarixi” nomli asar muallifidir. Mazkur asarda Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Sharqiy Turkiston haqida ma’lumotlar uchraydi. Li Yan’shou bilan zamondosh bo’lgan Vey Chjen o’zining kasbdoshlari Yan Shigu va Kxun Indalar bilan hamkorlikda “Suy xonadonining tarixi” nomli asar yozgan. Asarning 83-bobida Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo haqida talay ma’lumotlar bor. Oldingi zamonlarda bo’lgani kabi ilk o’rta asrlarda ham Xitoy sayyohlari Markaziy Osiyoga tashrif buyurganlar, ularning safarnoma va esdaliklari muhim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, Syuan Szyan va Xoy Chao So’g’d viloyatining VII – VIII asrlardagi ahvoli xususida muhim ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Syuan Szyan 629 yilda So’g’dga kelgan edi. Uning yozishicha, So’g’d viloyatining markazi Samokien, ya’ni Samarqand shahri bo’lgan. Viloyatda ko’p sonli aholi yashaydi. Yerlari unumdor va serhosildir. Bu yerda turli daraxtlar, jumladan, mevali daraxtlar va gullar ko’pdir. Iqlimi yumshoq va mo’tadil so’g’dliklar savdo va hunarmandchilik bobida dong taratganlar So’g’d “varvarlar” mamlakatining o’rtasida shaharlashgan bo’lib, qo’shni viloyatlarda yashaydigai elat va qabilalar ahloq-odob bobida so’g’dliklardan o’rnak oladi. Bu yerda hukmronlik qilayotgan podshoh mard va jasur kishidir. Qo’shni viloyatlarning barchasi so’g’d podshosiga bo’sunadi. Podshoh ixtiyorida ko’p sonli lashkar, jumladan, otliq qo’shin bor. Syuan Szan Samokiendan tashqari, Mimoxe (Maymurg’), Buxe (Buxoro), Szeshuanna (Kesh) va boshqa mulklar haqida ham ma’lumotlar beradi, bu yerdagi xalqlarning yashashi va turmushi Samarqand xalqi bilan deyarli bir xil ekanligini qayd etadi. Syuan Szan yozuvlaridan biz VIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo, jumladan So’g’d mamlakati kichik-kichik mulklarga bo’linib ketganligini, lekin Samarqand hukmdori ustuvor mavqega ega ekanligini anglab olamiz. Boshqa tarixiy manbalar, masalan, Afrosiyobda topilgan elchilarni qabul qilish marosimini aks ettirgan devoriy surat hamda uning ostidagi so’g’d yozuvlari mazkur fikrni to’la tasdiqlaydi. Arablar davrida so’g’ddagi ahvolni bilish uchun Xoy Chao ma’lumotlari muhimdir. Uning yozishicha, Ang’ (Buxoro), Kan (Samarqand), Shi (Kesh), Mi (Maymurg’) viloyatlarida o’z hokimlari bo’lgan, lekin ularning barchasi arablarga tobe edi. Aholi paxta va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirgan, chorva mollaridan qo’y, ot va tuyalar boqilgan. So’g’d aholisi paxtadan to’qilgan oq matodan kiyim-kechak kiyishni yoqtiradi. Xoy Chao so’g’d aholisi, asosan zardushtiylikka e’tiqod qilishini ta’kidlab, Samarqand shahrida buddaviylik ibodatxonasi borligini ham qayd etadi. X – XI asr xitoy tarixchilari Ouyan Syu va Sun Sisin “Tan sulolasining yangi tarixi” nomli asarlarmi yozib qoldirganlar. Mazkur asarda Samarqand shahri tarixi, hozirgi Janubiy O’zbekiston, Eron, Afg’oniston va Sharqiy Turkiston tarixiga oid e’tiborga loyiq ma’lumotlar keltiradi. Shu tariqa, Turkiston tarixiga oid Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar ko’p hollarda yurtimizga tashrif buyurgan shaxslarning yodnomalariga asoslanganligi sababli ishonchli manbalardan hisoblanadi. Bu manbalarda keltirilgan ma’lumotlarning to’g’riligini so’g’d manbalari, arxeologik va numizmatik manbalar ham tasdiqlaydi. Chjang Chyan (Chjan Syan’; tug’ilgan yili noma’lum — mil. avv. taxminan 103 y.) — xitoylik mashhur diplomat va sayyoh. Xitoy uchun uzoq, davrlar davomida yopiq bo’lgan Markaziy Osiyoga birinchi marta borib, ushbu mintaqadagi yo’llar, mamlakatlar va xalqlar haqida ma’lumot to’plab kelgan birinchi rasmiy davlat elchisidir. Elchilik vazifasini amalga oshirish natijasida Chjang Chyan mashhur bo’lib, tarixga kirib qolgan. Undan oldin u jamiyatda uncha katta mavqega ega bo’lmagan kichik bir amaldor edi, xolos. Safar jarayonida Chjang Chyan xotira yozgan yoki yozmaganligi hususida aniq, ma’lumot yo’q. Ammo u qaytib kelganidan so’ng o’z hukmdoriga yozma hisobot berib ko’rgan - bilganlarini batafsil bayon etgan. Shu asosda uning safari, borgan shaharlari va ko’rganlari haqidagi ma’lumotlar saroy tarixchilari tomonidan rasmiy tarixga kiritilgan. Katta ilmiy ahamiyatga bo’lgan ushbu ma’lumotlar “Tarixiy xotiralar” (“Shi ji”) nomli yirik asarning “Chjang Chyanning tarjimai holi” va “Farg’ona tazkirasi” nomli boblarida ilk bor uch raydi. “Xan sulolasi tarixi” (“Xan Shu”)ning “Chjang Chyan tazkirasi”da aytilishicha, mazkur elchi shaxsan o’zi Farg’ona, Dayueji, Baqtriya, Qanghiya kabi davlatlarga borgan. Ularning atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali surishtirib bo’lib, ularning hududi, boyligi va iqtisodiy ahvoli to’g’risida o’z hukmdori U - Diga axborot bergan. Chyanning ma’lumotiga asosan bitilgan manbalarda quyidagilar qayd etiladi: “U-di Farg’ona, Kan, Arshak (Anshi, Parfiya)larning katta mamlakat ekanligi, ularda g’aroyib narsalarning ko’pligi, xalqi o’troqlashgan bo’lib, urf-odatlari xitoyliklar bilan o’xshashligi, lekin harbiy jihatdan ojizligi, Xan sulolasining mollarini qadrlashi, ularning shimolida Dayuejilar bilan Kanhiya davlatlari borligi va ularning harbiy qudrati nisbatan kuchliroq ekanligi, mol-dunyo va boylik berilsa ular foydani ko’zlab, ziyoratga kelishlari mumkinligini eshitadi. Shundan so’ng U-Di ularni qonun-qoidamizga bo’ysundirish imkoniyatiga ega bo’lsak zaminimizni cheksiz kengaytirishga muyassar bo’lamiz. Shu bilan birga qonun-qoidalarimizni o’z tilimizdan ular tiliga tarjima qilish yo’li bilan ularni uzoq diyorga tarqatib, ushbu diyorlarni qo’lga kiritishimiz, Xan sulolasining vajohati va mehr-shafqatini butun olamga tarqatishimiz mumkin, deb o’yladi. U bu haqda o’ylagan sari quvonib, uzoq diyorga elchilar jo’natish uchun farmon berdi”. Ikkinchi safar jarayonida Chjang Chyan Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va urf-odatlari haqida avvalgidan ham ko’proq ma’lumotlar olib kelgan. Bundan Xitoy hukmdori behad hursand bo’lgan. Shundan keyin Xitoy hoqonlari mazkur mamlakatlar bilan yaqinroq aloqada bo’lish maqsadida ko’p marta elchilar yuborgan. Xitoyga ham Markaziy Osiyo mamlakatlaridan elchilar kelib turdi. Natijada Markaziy Osiyo va Xitoy o’rtasidagi savdo aloqalari rivojlanibgina qolmasdan, balki ikki mintaqa madaniyatlarining o’zaro ta’siri kuchaydi. Markaziy Osiyo san’ati, jumladan musiqa, cholg’u asboblari, raqs Xitoyga keng tarqaldi. Xullas, jangchi Yang Cha Xitoy bilan g’arb o’rtasidagi savdo aloqalarida Turkiston xalqlari asosiy omillardan hisoblangan bo’lsa, keyinchalik ular qatoriga xitoylar ham qo’shildi, bu hol Buyuk ipak yo’lining yana ham jonlanishiga olib keldi. Chjang Chyan va uning safdoshlari tomonidan keltirilgan ma’lumotlar Turkiston – Xitoy munosabatlarida yangi sahifani ochish bilan birga ayrim nizolarga ham sababchi bo’ldi1. Xitoy tarixida Xan sulolasining hoqoni U-Di davrida xitoyliklarning mil. avv. 104—101 yillarda Farg’onaga ikki marta hujum qilganligi alohida tilga olinadi. G’arb mamlakatlarining Xitoyga nisbatan olisligi, yo’l mashaqqatlarining g’oyatda ko’pligi to’g’risidagi ma’lumotlar haqiqiy diplomatlarni elchi bo’lishga da’vat etmas edi. Aksariyat hollarda Turkistonga Xitoy savdogarlari davlat nomidan va davlat mablag’i hisobidan elchi bo’lib kelar edilar. Siyosiy maqsadni ustuvor qo’ygan U-Di hoqon Chjang Chyanning oxirgi safaridan so’ng, Markaziy Osiyo davlatlariga davomli suratda elchilar va karvonlar jo’natib turdi, bu amaliyot ba’zan davlatga moddiy zarar keltirgan bo’lsa-da, g’arbiy mamlakatlardan elchilar kelishining ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, Usun – Xitoy munosabatlari jonlandi. Xitoyliklar horijdan kelganlarni yaxshi kutib olishi va o’z davlatining kuch - qudratini va boyligini ko’z-ko’z qilish uchun mehmonlar olib kelgan moliga nisbatan ko’p sovg’a bilan qaytarib turgan. Keyingi davrlarda Markaziy Osiyoga Xitoy elchilari kelganligi haqida ma’lumotlar ancha bo’lsa-da, Xitoy savdogarlarining kelganligi to’g’risida ma’lumot kam. Buning sababi Turkiston – Xitoy savdo munosabatlarida markaziy osiyoliklar Buyuk ipak yo’li savdosida asosiy mavqeni egallaganligidadir. Banchaoning ismi yoshligida Chjung Sheng bo’lib, u 32-yilda hozirgi Shen’si o’lkasining Anlin viloyatida tug’ilgan, 102-yilda vafot etgan. U balog’atga etgan davrda sharqiy Xan imperiyasi bilan Xun imperiyasi o’rtasida Buyuk ipak yo’li uchun navbatdagi kurash boshlanadi. Shunda Xitoy hoqoni Chjandi (73-88) Bachaoga xunnlar qo’lidan Buyuk ipak yo’lini nazorat qilish huquqini tortib olish vazifasini topshiradi. Shu munosabat bilan Banchao unga berilgan lashkarlarga bosh bo’lib safarga otlanadi. Uning 73 yilda boshlangan safari 29 yil davomida Dun’xuan, Yuymenguan, Pshamshan (avvalgi Krurona), Cherchen, Xo’tan, Yorkend, Qashqar, Oqsu, Kuchar, Qorashar, Turfon yo’nalishi bilan Taklamakon cho’lini bir aylanib chiqish bilan yakunlanadi. Ko’p harbiy to’qnashuvlar bilan davom etgan safar Banchao uchun oson kechmagan. Safar jarayonida ota-bola yo’llar va shaharlar holatini yaxshi o’rganib, ko’rgan bilganlarini yozib qoldirdilar. Afsuski, ular tomondan bitilgan “G’arbiy mamlakatlarning iqlim va zaminiga oid xotiralar” (“Shiyuy fentu chji”) asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Ammo ulardan keyingi bir necha asr davomida yozilgan va saqlanib kelgan asarlar uchun, jumladan, so’nggi «Xan sulolasi tarixi» («Xou Xan Shu») ning «G’arbiy mamlakatlar xotirasi» («Shiyuy chjuan») bobi uchun muhim manba bo’lib xizmat qilgan. Xotiraning mazkur bobida Xitoyning poytaxti Chan’andan boshlangan Buyuk ipak yo’li yo’nalishi Dun’xuandan, Yuymenguan, Turfon kabi shaharlardan o’tgandan keyin Torim daryosi bo’ylab davom qilib, Qashqargacha, u yerdan Pomir orqali Farg’onaga, Samarqandga, so’ngra Orol ko’li bo’yiga boradi, deb zikr etilgan. Shu bilan birga ushbu bobda yo’lda shaharlar ko’p bo’lib, ular ko’kalamzor viloyatlarda shaharlashganligi va ularda dehqonchilik, bog’dorchilik, hunarmandchilik va savdo rivojlanganligi ta’kidlangan. Yuqorida aytib o’tilganidek mil. III asrdan boshlab Qadimgi Xitoy Xan imperiyasi davrida ko’lga kiritgan mavqeini yo’qotib, zaiflashadi. Mamlakatning parchlanishi natijasida yuzaga kelgan mayda xonliklar orasidagi kurashlar uzluksiz davom etadi. Jamiyatda yangi g’oya va yangi mafkuraga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Yuzaga kelgan vaziyatda budda dinining jamiyatga ko’rsatayotgan ta’siri kuchayadi. Shu bois III asr davomida Xitoyda buddizm yana ham chuqur ildiz otib rivojlangan bo’lsa, IV asrda yuksak darajaga yetadi. Mamlakatda ushbu dinning falsafiy va amaliy qonun-qoidalarini chuqur bilish zarurati tug’iladi. Ammo xitoy tiliga tarjima qilingan asarlar son, saviya va sifat jihatidan o’sib borayotgan talabga to’la javob bera olmaydi. Bunga amin bo’lgan ayrim yetuk buddaviy rohiblar yuzaga kelgan kamchiliklardan qutilishning yagona yo’li faqat Budda vatani Hindistonga borib ta’lim olish, birlamchi diniy asarlar tilini o’rganib, ularni xitoy tiliga mukammal tarjima qilishdan iboratdir, deb biladilar. Yo’l azobini yaxshi anglagan holda ular ushbu og’ir vazifani bajarishga hayotlarini bag’ishlaydilar. Markaziy Osiyoga, ayniqsa Sharqiy Turkistonga islom dini tarqalgunga qadar ming yilga yaqin davr davomida bir qancha xitoylik yirik buddaviy rohiblarning Buyuk ipak yo’li orqali Hindistonga borganliklari ma’lum. Ammo hozirgi davrgacha ulardan faqat ayrimlariga oid ma’lumotlar saqlanib qolgan, 30 xolos. Shu bois mazkur yo’lning Xitoy – Pomir – Hindiston yo’nalishi bo’yicha yurgan quyidagi buddaviy rohiblarini keltirish mumkin. 295-299 yillar oralig’ida tavallud topgan, Buyuk ipak yo’li orqali Xitoydan G’arbga safar qilgan birinchi buddaviy olimlardan, yoshligidan budda diniga ko’ngil qo’yib, hayotini uning Xitoy hududida keng tarqalishiga va rivojlanishiga bag’ishlagan. O’z maqsadiga erishish uchun Chju Sishing dastlab Qadimgi Xitoyning ikkinchi poytaxti Loyan shahrida ta’lim oladi. Ana shu davrda u buddizmga oid bo’lgan va xitoy tiliga tarjima qilingan asarlarni chuqur o’rganishga kirishadi. Bu orada u xitoy tilidagi tarjima asarlar yetarli emasligini anglaydi. Shu bois 260 yilda Chju Sishing bir necha hamrohlari bilan Chan’an shahrining Shimoli-g’arbida shaharlashgan Yungjou viloyatidan safarga otlanadi. Chju Sishing Xeshi yo’lagidan o’tib Dun’xuanga boradi. U yerda biroz to’xtagach Taklamakon cho’lining janubidagi yo’l orqali o’sha davrda buddizm markazlaridan biriga aylangan Xo’tan shahriga keladi. Shu yerda u umrining oxirigacha yashab, 80 yoshida olamdan o’tadi. Xo’tanda Chju Sishing buddizm asoslarini chuqur o’rganishga kirishadi. Buning uchun u bir necha yil davomida til o’rganadi. So’ngra bu yerdagi olimlar yordamida diniy asarlarni xitoy tiliga tarjima qilish va sharhlash bilan shug’ullanadi. 282-291-yillarda u birinchi marta o’zining sharhli tarjimalarini vataniga yuboradi. Uning tarjimalari Xitoyda buddizmning rivojlanishiga katta turtki bo’ladi. Chju Sishingning ma’lumotlariga ko’ra, o’sha davrda Taklamakon cho’lining atrofidagi shaharlarda buddizm madaniyati yuksak darajada rivojlangan. So’nggi 1-2 asr davomida Yevropa va Xitoy olimlari tomonidan qum tagidan topilgan shaharlar va buyumlarning guvohligiga qaraganda, keyingi 1000 yil davomida shu davrdagi xalqaro savdo va madaniyat markazlariga aylangan ayrim Shaharlarni qum yutib ketgan. Mazkur voqea Taklamakon cho’li atrofidan, ayniqsa janubiy qismidan o’tgan savdo yo’li tobora Kunlun tog’lari etagi tomonga qarab siljiganligidan dalolat beradi. Fa Syan hozirgi Xitoy Xalq Resublikasining Shan’si o’lkasining Linfen viloyatida tavallud topgan bo’lib, uning ism-sharifi Gung deb atalgan. Fa Syanning bolalik davri ichki urushlar avj olib ketgan bir vaqtga to’g’ri kelib qolgan, uchta akasi yoshligida shu urushlarda o’lib ketgan. Endigina 3 yoshga to’lgan Fa Syanni asrab qolish maqsadida, otasi uni budda ibodatxonasiga olib borib qo’yadi. Oradan bir oz vaqt o’tgach, uning otasi olamdan o’tadi. Fa Syan balog’atga etganda onasi uni uyga olib ketmoqchi bo’ladi, lekin u ibodatxonada qolishni ma’qul ko’radi. 399 yilda Fa Syan 65 yoshida buddaviylar orasida katta obro’ga ega bo’lganch og’ida o’zi bilan birga o’qigan do’stlari Xuey Jin, Dao Jen, Xuey Iin va Xuey Vey kabi 4 nafar rohiblar hamrohligida Hindistonga qarab safarga otlangan. Fa Syanning safari Chan’andan 399 - yilning bahorida boshlanadi. U Lanchjou viloyatining g’arbida shaharlashgan Ganguy davlatiga etib kelganda, Buyuk ipak yo’lidagi Chjang’e viloyatida urush boshlanib qoladi. Shu sababli u mazkur davlatda 3 oy to’xtab qolishga majbur bo’ladi. Shunda Fa Syan hamrohlari bilan Dun’xuanga Chinxay o’lkasida shaharlashgan Noutan davlati orqali aylanib keladi. Yo’lda unga yana bir necha sayyoh rohiblar qo’shiladi1. Dun’xuandan g’arbga qarab hujumda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, mahalliy amaldorlardan birining maslahatiga ko’ra, Fa Syan elchilarga qo’shilib olib, Yangguan chegara darvozasi orqali o’z safarini davom ettiradi. 17 kun yo’l yurib, Pshamshan davlatiga yetib keladi. Fa Syanning ma’lumotiga ko’ra, bu vaqtda mazkur davlatda buddizm yuksak darajada rivojlangan bo’lib, u yerda 4 mingga yaqin rohiblar istiqomat qilar ekan. Shu bois Fa Syan Pshamshanda bir oy qolib ketadi. So’ng u Qumul, Turfon orqali buddizm rivojlangan ikkinchi bir davlat - Qorasharga borib, u yerdagi ibodatxonalarni ziyorat qiladi. Shundan keyin u qolgan yo’lni qisqartirish maqsadida Qorashardan Taklamakon cho’lini kesib o’tadigan yo’l bilan Xo’tanga boradi. Mazkur yo’l nihoyatda murakkab bo’lib, undan kam foydalanilgan. Ushbu yo’lni Fa Syan 35 kunda bosib o’tadi. 32 Xo’tanda har yili 4-oyning 1-kuni o’tkaziladigan yangi yasalgan budda haykallari ko’rgazmasi bayramini ziyorat qilish maqsadida bir oz to’xtaydi. Shunda u Xo’tan ibodatxonalarini birma-bir ziyorat qilib chiqadi. Bayram o’tgandan keyin Fa Syan hamrohlari bilan Toshqo’rg’on orqali Pomir tog’lariga keladi. Bir oy davomida Pomirdagi aholi yashaydigan shaharlarni ziyorat qilib chiqadi. Shu sababli Fa Syannning yo’l xotirasida mazkur tog’larga oid ma’lumotlar nisbatan ko’proq uchraydi. Pomirning janubidagi tog’lardan o’tib, Fa Syan Hindistonning Shimoliga, so’ngra boshqa buddizm markazlariga boradi. 10 yilga Yaqin davr davomida buddizm asoslarinich uqur o’rganishga muyassar bo’ladi. 411 - yil kuzida u maqsadiga yetib, dengiz yo’li bilan hozirgi Shri–Lanka orqali vataniga qaytadi. Safar jarayonida Fa Syan barcha ko’rganlarini xotirlab, «Buddizm mamlakatlari xotirasi» («Fogo ji») asarini yozadi. Mazkur asarda Buyuk ipak yo’liga oid qiziqarli ma’lumotlar bor. Bu rohiblarning g’arbga safari xitoylarning Shimolida yashovchi Syanbi xalqi tomonidan tashkil etilgan Shimoliy Vey davlati (386-534) davrida sodir bo’lgan. Ular ana shu xonlik fukarolari sifatida diniy ziyoratni amalga oshirish bilan birga elchilik vazifasini ham bajarib kelishgan. ehtimol, shuning uchun ham ularning safari oson va nisbatan qiska muddatda kechgan. Sung Yun va Xuey Sheng bir necha rohiblar hamrohligida 518 yilda 11- oyda Sinin shahrining janubi-g’arbiy tomonidagichilin (hozirgi Yueshan) tog’laridagi ibodatxonalarning biridan yo’lga otlangan. Shunda mazkur tog’ Shimoliy Vey davlatining g’arbiy chegarasi hisoblanar edi. Ular Dun’xuan, Pshamshan, keyingi zamonlarda qum tagida qolib ketgan Uzang-tat (Utsing-tati), Xo’tan, Qarg’aliq, Toshqo’rg’on, Pomirdagi To’qay dovon (Tegay daban) va Vaxon viloyati kabi shaharlardan o’tib Hindistonga borishgan. Xitoy sayyohlari Gandxara davlatidagi barcha ziyorat maskanlarini aylanib bo’lganlaridan so’ng, kelgan yo’llari bilan orqaga qaytib, 522 yilda Loyanga yetib kelishgan. Shundan keyin ularni ko’rganlarini yozib qoldirishgan. «Vey davlati g’arbidagi 15 ta davlat voqeasi» va «Xuyey Shengning sayohat xotirasi» kabi asarlar shular jumlasidandir. Manbalarga ko’ra, qaytishda mazkur sayyohlar har xil sovg’alardan tashqari o’zlari bilan birga 70 ta buddizmga oid diniy kitoblar olib kelganlar. Bu rohib xalq orasida Tangsing (Tan davridagi rohib) deb ham ataladi. Rus adabiyotida Syuan’ Szan shaklida yozib kelingan. Xenan o’lkasining Yanshi viloyatida amaldor oilasida tug’ilgan. Uning bolalik davri Suy davlatining (581-618) tanazzulga uchragan, mamlakatda ichki kurashlar avj olgan davriga to’g’ri kelgan. U 10 yoshli paytida otasi vafot etib, oilasi qiyin ahvolda qoladi. 13 yoshga kirganda oiladagi qiyinchilikni yengillashtirish maqsadida ikkinchi akasi singari Loyan shaharidagi «Tzengtu» ibodatxonasiga ketadi. Bu erda Shyuan Zang buddizm, ayniqsa uning falsafiy asoslarini chuqur o’rganadi. 627 yilda u Chan’anga kelib yashaydi. Shyuan Zang bu yerda istiqomat qilayotgan hindistonlik buddaviy olim Po’mido’lo bilan tanishib qoladi. Uning ta’sirida Shyuan Zang Hindistonga borishga astoydil bel bog’laydi. Shyuan -Zang Suye shaharidan Choch (Toshkentga, so’ngra Sirdaryodan o’tib Samarqand va Buxoroga kelgan. Buxorodan janub tomonga yurib, ikki tomoni baland qoyatosh oralig’idagi yo’ldan o’tgan. Ushbu shaharni sayyoh «Temenguan» «Temir darvoza» deb o’z xotirasida yozib ketgan. Mazkur shahardan o’tgach, Shyuan Zang hozirgi Afg’onistonning Shimoliy viloyatiga, so’ngra Hindiqush tog’lari orqali Hindiston hududiga kirib borgan. Borishda vatanidan Hindistongacha bo’lgan yo’lni Shyuan Zang qiynalmasdan bir yilda bosib o’tgan. Bunga sabab-uning davrida Xitoydan buddizm vataniga boradigan yo’lda yashovchi xalqlar budda diniga e’tiqod qilishgan. Chan’andan Hindistonga ketayotganda Shyuan Zang maxfiy ravishda yo’lga chiqishga majbur bo’lgan bo’lsa, qaytib kelganida u katta hurmat va izzat bilan kutib olingan. Hatto unga horijga chiqish uchun ruxsat bermagan Tan hoqoni Li Shimin (627-650 yillari Tayzung nomi bilan taxtda o’tirgan) Shyuan Zangni Loyan shaharidagi saroyiga taklif etib, u bilan Markaziy Osiyoning mamlakatlari, xalqlari, iqtisodiy ahvoli va harbiy kuchlari haqida suhbatlashgan. So’ng bu haqda batafsil yozib berishni buyurgan, chunki, ayni paytda Tan sulolasi Turk hoqonligiga qarshi kurash olib borayotgan bir davrda bunday ma’lumotlar unga zarur edi. Vataniga qaytib kelgandan so’ng Shyuan Zang o’zining yo’l xotiralari asosida barcha ko’rgan-bilganlarini yozib qoldirgan. Ushbu asar “Buyuk Tan sayohatnomasi” (“Da Tang Shiyuji”) deb atalgan. Markaziy Osiyo tarixi uchun ushbu asar katta ahamiyatga ega. By Kungning familiyasi Dungshi, ismi Fengchao bo’lib, u Qadimgi Xitoyning shimolida yashovchi va kelib chiqishi turkiylarga aloqador bo’lgan ko’chmanchi xalqlardan biri Syanbilarning «toba» urug’iga mansub edi. 750 yilda Tan imperiyasining qo’shinlari arab qo’shinlari bilan Talas daryosi bo’ylarida jang qilayotgan bir davrda Kashmirda shaharlashgan bir davlatdan elchilar keladi. Elchilar ketayotganda Tan hoqoni Shyuanzung (712-756) jang Taoguang boshchiligida 40 nafar kishini ularga qo’shib yuboradi. By Kung ham ana shular qatoriga qo’shiladi. Kashmirga borishda Xitoy elchilari Taklamakon cho’lining shimoliy tomonidan aylanib o’tib, Pomir orqali o’tadigan yo’ldan o’tishadi. Ular 753- yili Jyantolo shahriga yetib kelishadi. Qaytish arafasida By Kung og’ir xastalanib, sheriklaridan ajrab qolishga majbur bo’ladi. Kasali tuzalguncha u budda ibodatxonalarida yashaydi. Salomatligi bir oz yaxshilangandan so’ng, By Kung Kashmirdan yo’lga chiqib, Toxariston, Vaxron orqali kelishda yurgan yo’li bilan Kucharga kelib oladi. Ma’lum bir davr davomida u Kucharda yashab, Urumchi yonidagi Jimusa shahriga kelib, ancha vaqt shu yerda qolib ketadi. Chunki bu paytda ushbu shahar yirik buddaviy markazlardan biriga aylangan edi. Jimusadan Chan’anga Kung 789 yilda qaytib keladi. 48 yil davomida By Kung elchi yordamchisi sifatida Chan’andan chiqib ketib, buddizm rohibi bo’lib qaytib kelgan bo’lsa ham, u borgan shaharining siyosiy-iqtisodiy, madaniy va etnik vaziyatini chuqur o’rganib chiqadi. Qaytib kelgandan so’ng bu haqdagi xotiralarini Tan xonadoniga topshiradi. Evaziga u hoqondan katta mukofot bilan harbiy unvon oladi. “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi hisoblanadigan Sima Syan’ning 130 bobdan iborat asaridir. Sima Tsyan – (taxminan mil. avv. 145 yoki 135 – 86-yillar) Lunmin’ (hozirgi Shen’si viloyati) shaharida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug’ilgan, mamlakat bo’ylab ko’p sayohat qilgan, otasi vafot etgandan (mil. avv. 108 yili) keyin uning o’rniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Mil. avv. 98 - yili imperatorga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib yuborilgan. Lekin u ruhiy tushkinlikka tushib qolmadi va bo’lajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Ko’p vaqt o’tmay Sima Tsyan’ yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mahkamasi boshlig’i etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi. Uning “Shi szi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to mil. avv. I asr boshlariga qadar o’tgan tarix bayon etilgan. Asarda O’zbekiston, uning 123 bobida xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlar mavjud1. “Shi Szi”ning to’la matni olti jild qilib 1959 - yili Pekinda e’lon etilgan, rus tiliga tarjima etilib (I. Ya. Bichurin, L. S. Vasil’yev, L. S. Perelomov, Yu. L. Krol va boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E. Shavann (1865-1905) tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinib, 1895–1918- yillari 5 jildda bosmadan chiqqan. “Syan Xan Shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim Byan Gu (39-92) asaridir. Tarixchi An’lin (Shensi viloyati) Shaharida G’arbiy Xan’ sulolasi (mil. avv. 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarixhunos oilasida tug’ilgan, 47-55 yillari Loyandan oliy ta’lim olgan, 58-82 yillari o’z asarini yozgan. “Syan Xan Shu” ning 95 bobida O’zbekiston (ayniqsa, qangli, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning hayoti haqida ko’p muhim ma’lumotlarni uchratamiz. “Syan Xan Shu” 1962 - yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha tarjimasi (G. Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) ham bor2. “Xou Xan Shu” (“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) tarixchi Fan Xua (398–445 yy.) asari. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat hokimligiga ko’tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. “Xou Xan Shu” Xitoyning avvalgi Xan’ sulolasi davridagi tarixni o’z ichiga olgan katta asar (130 bobdan iborat. Unda O’zbekiston, Sharqiy Turkiston va Jung’oriyaning 25-221- yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. “Bey Shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) 100 bobli asar bo’lib, Tan sulolasi (618 – 907 yy.) davrida istiqomat qilgan yirik tarixchi Li Yan Shou (taxm.595 – 678-yy.) qalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda hukmronlik Vey (386 – 535- yy.), Tsi (550 – 577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi hukmronligi, ya’ni 386 – 581 yillar tarixi bayon etilgan. Asarda O’zbekiston, xususan, Xorazm hamda Sharqiy Turkiston haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. “Bey Shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop etilgan. “Suy shu” (“Suy xonadonining tarixi”) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar. Uni yozishda Veych Jen (580 – 643 yy.) – Tan sulolasi davrida o’tgan tarixchi, imperator Chjen-Guan (626 – 650) davrida uning o’g’li va toju taxt vorisiga tarbiyachi bo’lgan, Yan’ Shi-Gu hamda Kxun Inda bilan birgalikda ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, V – VI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637 - yili yozib tamomlangan. Qolgan 30 bobiga esa 20 yil vaqt ketgan. Asarda imperatorning iqtisodiy siyosati, qo’shinning tuzilishi, mamlakatning ahvoli, xalqning urf-odatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida O’zbekiston va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor ma’lumotlarni uchratamiz. Ko’p jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 - yili Shanxayda bosilgan. “Szyu Tan Shu” (“Tan sulolasining eski tarixi”) imperator Jen–Szun (1023– 1063-yy.) ning topshirig’i bilan 940 – 945 yillari yozilgan. Ouyan Syu (1007 – 1072-yy.) va Sun’ Si (998 – 1061 yy.) 960 – 1279 yillari hukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari 1043 – 1060 - yillari shu sulolaning yangi tarixi “Sin Tan Shu” (“Tan sulolasining yangi tarixi”) yozganlar. Har ikkala asar ham o’ziga xos afzalliklariga ega bo’lib, ma’lum darajada bir-birini to’ldiradi. XVIII asrda tarixchi Shen Bin-Chjen har ikkala tarixni bir-biriga bog’lab, unga “Sin szyu Tan Shu xechao” (“Tan sulolasining bir-biri bilan qo’shilgan yangi hamda eski tarixi”) deb nom qo’ydi. Asarda 618 – 907- yillar voqealari bayon etilgan. “Sin Tan Shu”da O’zbekistonning janubi, Afg’oniston, Eron hamda Sharqiy Turkiston haqida ma’lumotlar uchraydi. 1958 - yili ko’p jildli “Sulolalar tarixi”ning 12 jildi sifatida Shanxayda chop etilgan. Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahabharata”da ham uch ratamiz. “Mahabharata” (“Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o’zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U mil. avv. X – VIII asrlarda yaratilgan. Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toharlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar.



  1. Download 93,02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish