144
2-MAVZU.
PULNING PAYDO BO’LIS
HI, ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI
REJA:
1.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
2. Qiymat shakllarining evolyusiyasi.
3. Oltin pul sifatida.
4.Pulning mohiyati. Pulning o’ziga xos xususiyatlari.
5.Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi.
6.Pulning funksiyalari.
7. Pulning funksiyalari bo’yicha
Yevropa va Amerika maktablari tarafdorlari qarashlari
1.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan
hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida
ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir
–
biriga mos kelmasligi» kabi
muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi,
mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar,
mutaxassislar juda ko’p ilmiy asarlar, maqola
lar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham
ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi
kundagi ko’rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda
odamlar o’rtasida ro’y bergan
ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan
mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob
–
kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning
vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi:
Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi
natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda,
kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga
berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun
zarur bo’lgan buyumlar, oziq –
ovqatlar, kiyim
–
kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish
natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tuzumi davriga borib
taqaladi. Ma’lumki, natural xo’jalik tuzumidan ilgarigi da
vrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun
zarur bo’lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o’rtasida
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo’lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o’rtasida ayirboshlash mu
nosabatlarining
shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o’zi uchun zarur
bo’lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: