Obligatsiyalar bozori va foiz stavkalari.
Frederik S. Mishkinning “Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi”
kitobida u tomondan xalqaro amaliyotda qimmatli
qog’ozlar, aktsiya, obligatsiya, foiz, fond
bozori kabi tushunchalarning talqini kelitirilib o’tilgan. Masalan, mazkur asarda qimmatli qog’oz
(moliyaviy instrument) bu kelajakdagi daromadlarga yoki aktivlarga (har qanday moliyaviy talab
yoki egalik qilina
digan mol mulk) talab hisoblanadi. Obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul
mablag’ini kiritganligi va unda ko’rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo’shimcha foiz
to’lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog’ozdir deyiladi. Obligatsiyalar
korxonalar va
xukumatga o’z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida pul mablag’larini jalb etishga imkon
yaratganligi sababli iqtisodiyot uchun o’ta muxim axamiyatga ega. Aynan mana shu bozorda foiz
stavkalari belgilanadi. Foiz stavka- ssuda taqdim etilganl
igi uchun xaq, pul mablag’larining “ijara”
haqi (odatda 100 dollar yillik ijara narxi sifatida aks ettiriladi). Iqtisodiyotda turli xildagi foiz
stavkalari mavjud: avtomobil sotib olish uchun ssuda foizi, turar joyni sotib olish uchun ipoteka
kreditlari bo
’yicha foiz stavka, turli xildagi obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkalar va boshqalar.
Foiz stavkalari barcha soha va darajalarda muhim hisoblanadi. Foiz stavkalari nafaqat
jismoniy shaxslar uchun, balki korxona tashkilotlar va umuman iqtisodiyot uchun ham muximdir.
Yakka tartibda foiz stavkalarining oshishi siz olmoqchi bo’lgan uy yoki avtomobil kreditlarining
foiz stavkasining oshishiga, oqibatda esa ushbu kredit turlaridan vaqtincha foydalanmaslikka olib
kelishi mumkin. Aksincha, foiz stavkalarining osh
irilishi jamg’arishni rag’batlantiradi va ba’zi
daromadingizni jamg’arma sifatida shakllantirishingiz ko’proq foizli daromad olishingizga sabab
bo’ladi.Umumiy darajada foiz stavkalar nafaqat ist’emolchilarning xarajat qilish yoki jamg’arish
xoxishiga, balk
i investitsion qarorlarga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiyotning umumiy holatini
belgilaydi. Yuqori foiz stavkalar, misol uchun, ko’plab yangi ish o’rinlari yaratishi mumkin
bo’lgan yangi korxonalar qurilishining to’xtab qolishiga olib keladi.
Foiz stavkalar har bir inson hayotida, moliya muassasalari faoliyatida, firmalar va umuman
iqtisodiyotda muxum o’rin egallagani sababli foiz stavkalarini tabranishi so’nggi 30 yilligi muhim
ahamiyatga ega. Masalan, 1981 yilda 3 yilga xazina veksellari foiz stavkala
ri o’zining maksimal
nuqtasi (16 % dan yuqori) ga etdi. 1992-1993 yillarda u 3% gacha tushgan, 1990 yillarning
o’rtalarida 5% ga oshdi, 2004 yilda 1% dan pastga tushgan bo’lsa, 2007 yilgacha 5%dan
ko’tarilgan va faqatgina 2008 yildan 2011 yilgacha 0% gacha
tushdi. Turli foiz stavkalarning bir-
biriga bog’liq ravishda va birgalikda o’zgarish tendentsiyasi mavjudligi sababli, tez
-tez foiz
stavkalar iqtisodchilar tomonidan yagona abstrakt foiz stavka sifatida ko’riladi. 1
-rasmda
ko’rsatilganidek, turli xil obligatsiyalarning foiz stavkalari xar xil turlari bo’yicha farqlanadi.
Masalan, 3 oylik xazina veksellari bo’yicha foiz stavkalari, barchasidan past (o’rtacha) bo’lgani,
shu orqali ularning tebranish amplitudasini ham eng yuqori darajasini ko’rsatadi. Va reyt
ingli
korporativ obligatsiyalarining o’rtacha foiz stavkalari boshqa foiz stavkalarga nisbatan o’sgan
bo’lib, boshqa foiz stavkalar va korporativ obligatsiyalar foiz stavkasi spredi 1970 yilda yuqoriroq
bo’lgan bo’lsa, 1990 yillarda qisqargan, 2000 yillarda qisqa ko’rinishda o’sgan, keyinchalik yana
qisqargan va 2007 yilning yozida keskin o’sgan va 2009 yilning oxirida yana pasayish
boshlangan.
O’zbekiston Respublikasining 3 iyun 2015 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Qimmatli
qog’ozlar bozori to’g’risida” gi qonuniga asosan bizni ng amaliyotimizda
Do'stlaringiz bilan baham: |