469
8. Investisiyalarni Kafolatlash bo’yicha ko’p toмonlaмa agentlikning asosiy
мaqsadi, vazifalari va operatsiyalari
9.
Investision
kelishмovchiliklarni
tartibga
solish
xalqaro
мarkazining asosiy мaqsadi, vazifal
ari va operatsiyalari
10. O’zbekiston bilan Xalqaro мoliya institutlarining haмkorligini rivojlantirish
yo’llari.
TALABA PORTFOLIOSINI YARATISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
O‘QUV PORTFOLIOSI
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan
talabalar bilimini baholas
h test
reyting tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi
shaxs fan o‘qituvchisi hisoblanadi.
Albatta reyting tizimining o‘ziga xos ijobiy
tomonlari ko‘p. Lekin, shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xolis emas.
Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi
tomonidan baholanadi;
baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi;
talabaning umumiy va kasb
iy nutq madaniyatini shakllanishiga to‘sqinlik
qiladi;
bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq
aniqlash imkoniyati cheklangan;
oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha aniqlangan umumiy ball ish
beruvchilarga
tayyor
langan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi;
talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan
yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z
-
o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlari,
qobi
liyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga
asos yaratmaydi;
talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim
tizimidagi innovatsion
o‘zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy
kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv
- uslubiy, ilmiy va
o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat
qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish «Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga
muvofiq hisoblanadi.
Talabaning ol
iy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va
baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi»
etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy
ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan
e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim,
umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
470
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha
talabaning
shaxsiy
yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy
faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—
izlanish, sport, ijodiy,
ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish
jarayoni davrida
talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish
jarayoni davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va
saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning t
a’lim sohasidagi faoliyati natijalarini
o‘zi tomonidan baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga
imkoniyat tug‘diradi:
ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;
ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;
kasbiy kompetentlikni rivojl
antirish uchun mustaqil ta’limni amalga
oshiradi;
o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash
malakasini rivojlantiradi;
bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo‘ll
anilishi amaldagi
talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni
to‘ldiradi. Rivojlan
-
tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda
kasbiy kompetentlikni
sh
akllantirish bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv
-tarbiyaviy, ijodiy,
ijtimoiy, kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: