2. Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning u
zviy bog’liqligi
.
Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda
pulning roli doimo oshib boraveradi. Bir
gina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan
bo’lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko’rsatish
uchun zarur xom
–
ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
bilan iqtisodiy aloqala
rni o’rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok
etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to’laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi.
Bularning barchasi tomonlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik aso
sida
amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy
mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadii.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy
manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki
xizmatlarni shaxsiy iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda
ko’rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o’rtasida tovar –
pul
munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi
o’ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o’ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida ayirboshlanadigan
tovar yoki
mahsulotning bahosi muhim rol o’ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va taklif asosida pulda
ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va
xizmatlar bahosiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo’lgan
talab darajasi, sotib oluvchining to’lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim
ahamiyat kasb etadii
. Shu bilan birga, pulning tovar xo’jaligi sharoitida amal qilishining
samaradorligini oshishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining
barqarorlig
i va raqobatbardoshligi aholining iste’mol tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini
mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida
juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni
chetga chiqib ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. Ma’lumki, Markaziy bankning bosh
maqsadi milliy val
yutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali
amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv organlari bosimidan holi
bo’lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo’jaligid
agi
roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat aholisi va
mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita
ta’sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning banklarg
a nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini banklarga muddatli omonat sifatida qo’yishga undaydi. Bu
esa pulning jamg’arma vositasi va to’lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul
egalariga qo’shim
cha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash
imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo’jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
136
4. Inflyatsiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab tu
rilishi. Milliy valyutaning
inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning
iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan sharoitda
aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi
qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o’zaro olib sotish yo’li
bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste’mol tovarlarga bo’lgan talabi
mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi
milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Jamiyatda tovar
–
pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim ijtimoiy
–
iqtisodiy
munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya
bo’lib, pul mablag’larining samarali ishlashiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va jismoniy
shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag’ sarf qilmasdan qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan
talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadii.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo’g’inlarida bevosita yoki bilvosita
alohida ijtimoiy
–
iqtisodiy jarayon sifatida o’rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so’zi lotincha “creditum” –
ssuda, qarz so’zidan paydo
bo’lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni
anglatishini qayd etadii2
. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan sub’ektlarning bir –
biriga bo’lgan ishonchi asosiy om
il hisoblanadi. Bu erda kreditor, kreditni berishda asosiy masala
kredit oluvchiga nisbatan “ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadii.
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina ishonchning o’zi etarli
bo’lmaydi. Kredit va kredit m
unosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday
bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni
amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko’radigan bo’lsak,
k
reditorni ushbu munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya’ni
kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini
ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.
B
undan ko’rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi va rivojlanishida
har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
-
kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini
ta’minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz to’lovlari sifatida foyda olsa, qarz oluvchi
ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash orqali tegishl
i foydani shakllantirish imkoniyatiga
ega bo’ladi;
-
iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar ssuda kapitali sifatida jamg’arilib,
tegishli maqsadlarga yo’naltiriladi;
-
iqtisodiyotda ishlab chiqarish tsiklining davriyligi. Bunda ayrim tarmoqlarda
vaqt
inchalik bo’sh pul mablag’lari vujudga kelsa, boshqalarida qo’shimcha moliyaviy resurslarga
ehtiyoj tug’iladi, ushbu jarayon kredit orqali tartibga solinadi;
-
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan
ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini
rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va
rivojlashining asosida tov
ar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bo’lsak –
kapital
muomalasi va aylanishi yotadi. Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir
maromda amal qilmaydi, bular yuqorida ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.
Kreditning
mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflarni shakllantirgan. Xususan,
Shchegortsova V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda, “Kredit –
qaytarish va to’lov sharti bilan
qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablag’i yoki moddiy buyum ko’rinishida
Деньги, кредит, банки: Учеб
.
–
2
–
е
изд
.,
перераб
.
и
доп
./
под
ред
.
В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби,
изд –
во Проспект, 2008. –С.410
.
137
berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir” tarzidagi ta’rifi
shakllantirilgan.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning mohiyatiga aniq
ta’rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit ijtimoiy munosabatlarning bir ko’rinishi bo’lib,
iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki
iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo’ladi.
Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va
vujudga kelish asosiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi
3.
Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar “Pulli (tovarli) kredit to’lov asosida amalga
oshiriladigan bir toifa
dagi ekvivalentning turli vaqtdagi o’zaro harakatining yig’indisir.”, degan
ta’rifni berishgan
4.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, bu borada iqtisodchi
olimlarning fikrlari bir
–
biridan sezilarli darajada farq qi
ladi. Shu bois, “Kredit –
tegishli
tamoyillar asosida (qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat
va moddiy buyum ko’rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy
kategoriyalarning bir shaklidir” tarzidagi ta’rifni shakllantirishga jazm etdik.
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to’liqroq ochib berishda uning sub’ektiv va
ob’ektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida,
shuningdek, uning mohiyatini ochib
berishda kreditning sub’ektiv mohiyati ham alohida o’rin
tutadi. Kreditning sub’ektiv mohiyati bir –
biriga bog’liq bo’lgan “kreditor” va “kredit
oluvchi”ning munosabatlarida namoyon bo’ladi.
-
“Kreditor” va “kredit oluvchi” o’rtasida vujudga keladigan muno
sabatlarning asosida
tovar
–
pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo’sh mablag’larning mavjudligi va tovar
aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir
–
biriga to’qnashishiga
xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir
–
bir
iga mos kelsa ular o’rtasida kredit munosabatlari
vujudga keladi.
-
Kreditor
–
kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga
chiqadi. Kreditor pul mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi sub’ektlar hisoblanadi.
Bunday sub
’ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va
boshqa moliyaviy tashkilotlar bo’lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag’lari
ularning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari hisobidan shakllanti
riladi. Kreditor
sub’ektlar ichida, banklar va kredit uyushmalari nafaqat o’z mablag’lari hisobidan, balki chetdan
jalb qilingan mablag’lar hisobidan kreditlar beradi. Mablag’larni jalb qilishning turli yo’llari
mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida
aktsiyalar va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish
asosiy va samarali yo’llaridan biri hisoblanadi.
-
Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida jalb
qilib, ushbu mablag’larni kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi
orqali real sektorning zarur
bo’lgan bo’g’inlariga joylashtiradi. Bu jarayon iqtisodiyotdagi vaqtinchalik bo’sh pul
mablag’larini samarali ishlashini, ya’ni kapital aylanmasini to’xtovsizligini ta’minlash bilan birga,
kreditor jamlangan mablag’larni zarur maqsadlarga joylashtirish asosida ushbu mablag’larni o’z
maqsadi va kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlari yo’lida xizmat qilishiga erishadi.
-
Kredit oluvchi
–
kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etadii. Kredit
oluvchi sub’ektlar sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar
maydonga chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit oluvchini qarzdor sifatida talqin etish holatlari
uchraydi, shuningdek, kredit va qarzning bir
–
biridan iqtisodiy jihatdan farqlanishi xususida ham
tortishuvlar ko’zga tashlanadi. Albatta, “kredit” va “qarz” o’rtasida o’zaro bog’liklik bo’lishi
mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o’rtasida bir –
biridan jiddiy farq qiladigan
3
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лавшурина.
–
5
–
е
изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 237 –
238.
4
Деньги, кредит, банки: Учеб
.
–
2
–
е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК
Велби, изд –
во Проспект, 2008. –С.428.
138
jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy
–
iqtisodiy qonunlar va
tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikkala tomonning
iqtisodiy manfaatlari mavjud bo’lib, ushbu manfaatlar o’zaro mujassamlashganda kredit
munosabatlari
ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |