Xudoyberdiyev Doston Erkin o’g’lining «Pochta aloqa korxonalarida mehnat resurslaridan samarali foydalanishning muhim yo’nalishlari »
mavzusidagi “Pochta aloqasi texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan bitiruv ishiga berilgan rahbar
XULOSASI
Pochta aloqa korxonalarida mehnat resurslarini boshqarish uning samaradorligini oshirish muhim sohalardan biri hisoblanadi. “Mehnat resurslarini boshqarish” tushunchasining o‘zi esa yetarlicha keng ko‘lamda, ya’ni iqtisodiy-statistikdan tortib, falsafiy-psixologik talqin etiladi.
Mehnat resurslarini boshqarish tizimi kadrlar bilan bog‘liq ish usullarining uzluksiz takomillashtirilishi hamda mamlakatimiz va xorij ilm-fan yutuqlaridan, eng yaxshi ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Mehnat resurslari, ya’ni yollanma ishchilar, ish beruvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini boshqarishning mohiyati, boshqaruv obyekti va subyekti tomonidan tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy munosabatlarning o‘rnatilishidan iboratdir.
Diplom ishining mavzusi “ Pochta aloqa korxonalarida mehnat resurslaridan samarali foydalanishning muhim yo’nalishlari” bo’yicha bo’lib birinchi bobda pochta aloqa korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish tizimi va uning taxlili, mehnat resurslarini boshqarish tizimini turli strukturalarini nazariy jihatdan yoritib berishga e’tibor qaratgan.
Ishning ikkinchi bobida pochta aloqa korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanishning xozirgi xolati (O’zbekiston pochtasi misolida) keltirib o’tilib, mehnat resurslarini boshqarishni xolati bo’yicha taxlil qilingan, bunda xorij tajribasi o’rganilib yoritib berilgan.
Ishning uchinchi bobida mehnat resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish istiqbollari bo’yicha loyixa, yangi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Diplom ishida ba’zi kamchiliklar ham mavjud.
Jumladan:
Mehnat resurslaridan foydalanishni rivojlantirish masalalari va xorijning ilg‘or tajribalaridan kengroq foydalanish darajasini yuksaltirishga imkoniyatni yaratilishini tadbiq etilishi.
Ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning me’yoriy-xuquqiy asoslanishi diplom ishning o‘rganganlik darajasini belgilaydi. Mazkur ishda takliflarga qonuniy asoslarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu diplom ishi “Pochta aloqasi texnalogiyasi ” mutaxassisligi talablariga javob beradi, tugallangan diplom ish xarakteriga ega va himoyaga tavsiya etiladi.
“Pochta aloqasi texnalogiyasi ” kafedrasi
assistenti S.G.Rahimova
Do'stlaringiz bilan baham: |