Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua


Hijriy - qamariy kalendar oylari



Download 1,14 Mb.
bet61/84
Sana29.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#616576
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Bog'liq
2012-13.1-к. Хронолог.

Hijriy - qamariy kalendar oylari.



Oyning tartib raqami

Nomi

Kunlar soni

1

Muharram (Ashuro)

30

2

Safar

29

3

Rabi – al – avval

30

4

Rabi – as – soniy

29

5

Jumadul – avval

30

6

Jumadul – soniy

29

7

Rajab

30

8

Sha’bon (Bar’ot)

29

9

Ramazon (Rо‘za)

30

10

Shaval (Xayit)

29

11

Zulka’da (Ora)

30

12

Zulxijja (Qurbon)

29/30

Sinodik oyning davomiyligi bilan kalendar yilini tenglashtirish uchun vaqti-vaqti bilan zulxijja oyig’a bir kun kо‘shilib, 30 kunga yetkaziladi. Bunday yil kabisa deyiladi. (“Turk” va “Arab sikli”ni eslang).


Hozir Hijriy qamariyning 1423 yili bо‘lib, uning birinchi muharrami 2002 yilning 15 martidan boshlandi.
Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik), milodiy va Hijriy shamsiy yillar oddiy (365 kunlik) bо‘lsa – oradagi farq 10 kun; har uchala yil ham kabisa bо‘lsa (355 va 365 kunlik) oradagi farq 11 kun; Hijriy qamariy yil oddiy (354 kunlik), milodiy va Hijriy shamsiy yillar kabisa (366 kunlik) bо‘lsa – oradagi farq 12 kunga teng bо‘ladi.
Islom diniy an’anasi qamariy yil hisobiga asoslangan bо‘lib, diniy muassasalar ishlari shu asosda yuritiladi, barcha diniy ma’raka, marosimlar, bayramlar, urf-odatlar, tarixiy voqealar, adabiy kitobat sanalari, tavallud va rixlat hisoblari va shu kabi bir qator boshqa tadbirlar qamariy asosida olib boriladi.
Albatta о‘quvchilarimiz e’tibor berishgan bо‘lsa, hijriy qamariy yil hisobiga aloxida tо‘xtalib о‘tganmiz. Bilamizki islom dini besh ustun asosida kurilgan: iymon, namoz, zakot, rо‘za, xaj. Mamlakatimizda Konstitusiyaga (31-modda)muvofiq fuqarolarning vijdon erkinligi xuquqi ta’minlangan. Har yili musulmonlar hijriy qamariy hisob bо‘yicha rо‘za tutib, xaj ziyoratiga boradilar.
Islomda shariat yuzasidan yangi oy kо‘rinishiga qarab aniqlanishi lozim bо‘lgan kunlar: rо‘za tutish uchun Ramazon oyining birinchi kuni, rо‘zadan chiqishh uchun Shavval oyining birinchi kuni, xaj va Qurbonlik qilish uchun Zulxijja oyining birinchi kuni. О‘tmishda shu kunlarni aniqlashda yangi oyni kuzatish uchun kо‘zi о‘tkir kishilar ufq yaxshi kо‘rinadigan tepaliklarda kuzatish olib borganlar va ularning xabarlari asosida Kalendarning yangi oyi boshlangan.
Ana shulardan kelib chiqib yurtimizdagi behisob tepalar yangi oyni aniqlash, azon aytish yoki namoz vaqtlarini belgilash uchun xizmat qilgan desak xato bо‘lmas.
О‘tmishda musulmon mamlakatlarining astronomlari yangi oyning qachon kо‘rinishini oldindan aytib berish uchun Oy va Quyoshning osmondagi vaziyatlarini e’tiborga olib, hisob-kitob qilishgan. Masalan, IX asr boshida buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy Bag’dod kenglamasi uchun oldindan yangi oyning tuzilish jadvalini tuzgan. Bunda u muayyan kun uchun Quyosh va Oyning botish paytlari hisoblanib, bu vaqtlar orasidagi farq 48 daqiqadan ortiq bо‘lsa, yangi oy kо‘rinadi degan fikrga asoslangan.
Musulmonlar kalendarini turlicha talkin etib ba’zan kamchiligini kо‘rsatishadi. Bu kalendar 1400 yilga yaqin vaqt mobaynida (о‘rtada bir kunlik farqni hisobga olmaganda) tо‘lik amal qilib kelmoqda va shunday davom etadi.
Yer yuzidagi barcha xalqlar, millat va elatlarning о‘z urf-odatlari bо‘lganidek, Muhammad paygambar musulmonlarni boshqa semit xalqlaridan farqlash, islom dinini о‘rnini saqlash uchun qamariy yilga kо‘shimcha о‘n uchinchi oyni yoki ayrim oylarga kо‘shimcha kunlarni kо‘shishni butunlay takiklaganlar.
Xadisi sharifda: “Oyni kо‘rib rо‘zaga kiringlar, Oyni kо‘rib rо‘zadan chiqinglar, agar xavo bulut bо‘lib Oy kо‘rinmasa, Sha’bon oyini о‘ttiz kun qilib keyin rо‘za tutinglar”, - deyiladi. Bu xadisga rioya qilinsa diniy amallar о‘z о‘rniga tushib ketaveradi.
Hijriy shamsiy yil. Shamsiy (shamsiya) sо‘zi arabcha shams (un) – Quyosh sо‘zidan olingan. Shamsiy yil hisobi Quyosh kalendari demakdir. Hijriy shamsiy yil davomiyligi Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishhiga ketgan vaqt bilan hisoblanib, bu vaqt 365 kun 5 soat 48 daqiqa 48 soniyaga teng. Bu yil hisobida ham yaxlitlikni ta’minlash maqsadida uch yil 365 kundan hisoblanib oddiy yil tarzida olinadi. Har tо‘rt yilda yil kunlarining kasr qismi jamlanib, bir kunga tenglashtiriladi. Shu tо‘rtinchi yil 366 kunlik, ya’ni kabisa bо‘ladi.
Quyosh osmon gumbazi sirti bо‘ylab о‘zining yillik aylanma kо‘rinma harakati yо‘lida osmonning 12 ga teng maydonini bosib о‘tadi. Mana 12 ga teng maydonning har birida tо‘p yulduzlar turkumi mavjud bо‘lib, ular klassik ilmi nujumda burjlar majmui deb ataladi.
“Burj”ning lug’aviy ma’nosi rus tilidagi “znak zodiak” ga tо‘g’ri keladi va u eski turkiy manbalarda tub ipak atamasi bilan atalgan.
Har bir burjni nomlashda uning shakli, kо‘kda tutgan о‘rni va harakat xususiyatlarini aks ettirishga e’tibor berganlar.
Hijriy shamsiy yil ham hijriy qamariy yil kabi milodiy 622 yilning 16 iyul kunidan boshlab hisoblangan. Ammo yangi yilning birinchi kuni baxorgi tengkunlik – 21 martga mos keluvchi Hamal oyining birinchi kuni – Navrо‘zi olamdan – tabiatning uygonish vaqtidan nishonlanadi. Oddiy va kabisa yillar nisbatiga kо‘ra ayrim yil boshlari 20 yoki 22 mart kunlariga tо‘gri kelishi mumkin.
Hijriy shamsiy oylari doim yilning muayyan vaqtlarida keladi, Hijriy qamariy yil oylari kabi siljib yurmaydi.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish