Yetti kunlik hafta va uning nomlanish tarixi.
Asosiy vaqt о‘lchovining birinchi tabiiy birligi kun bо‘lganligini vuqorida о‘rgandik. Ana shu kunlar hisobining qanday paydo bо‘lganligi bilan tanishamiz. Faqat kunlar hisobigina emas, balki umuman hisob ibtidoiy odamning qо‘l barmoqlaridan boshlangan bо‘lishi mumkin. Buni hozirgi paytda ham ijtimoiy taraqqiyotning kuyi bosqichlarida yashayotgan ayrim xalqlarning hayotini о‘rganish maqsadida olib borilgan kuzatishlar isbot etgan.
Sayohatchi – olim Niqolay Niqolayevich Mikluxo-Maklay papuaslar yashaydigan Yangi Gvineya oroliga qilgan safaridan barmoq hisobini olib kelgan. Dunyodagi boshqa xalqlar ham hisobni-hisoblashni barmoqlari yordamida о‘rganganlar. Avvaliga muomala uchun ikkitagina raqam – “bir” va “kо‘p” yetarli bо‘lgan. Keyinchalik “ikki” (ikki kо‘l, ikki oyoq va x. k.) paydo bо‘lgan.
Ma’lumotlarga kо‘ra Braziliyadagi bakairi qabilasining kishilari ikkita raqam bilan ish bitirishgan: ular faqat toqale (bir) va axage (ikki) sonini bilganlar, xolos. Ular shu sonlar yordamida uchni (axage toqale), tо‘rtni (axage axage), beshni (axage axage toqale) va xatto oltini ham ayta olganlar. Biroq oltidan keyin keladigan vuqori sonlarni son-sanoqsiz, behisob bilib, bunday sonni aytish zarur bо‘lib qolsa, bakair, odatda, boshidagi sochlarini tо‘zgitgan.
Janubiy Amerikada yashovchi tamanaki qabilasida olti sonini aytish uchun “boshqa qо‘lning bir barmogi”, о‘n birni bildirish uchun “bir oyoqning bir barmog’i”, 21 soni uchun “boshqa odamning bir qо‘lining bir barmogi” deyish rasm bо‘lgan. Vey nomli negrlar qabilasi uchun esa “mo bande” (“bitta odam tamom bо‘ldi”) sо‘zlari yig’irma sonini bildirgan.
Mayya Hindulari kо‘l va oyoqlaridagi barmoqlarining soniga qarab yig’irmalik hisobini о‘ylab topishgan. Ular raqamlarni chapdan о‘ngga qarab emas, balki vuqoridan pastga qarab yozishgan. Eng pastki raqam birlikni, pastdan ikkinchi raqam yig’irmalikni, uchinchi raqam tо‘rt yuzlikni bildirgan va x.k. Har bir raqam bir pogona vuqoriga kо‘tarilishi bilan о‘zining pastdagi qо‘shnisidan yig’irma baravar ortiq sonni anglatavergan. Mayyalarning oylari ham yig’irma kundan iborat bо‘lgan.
Daniyaliklarning tilida Hozir “oltmish” soni “uch karra yig’irma”dir, sakson esa tо‘rtta yig’irmalikdan iborat. (fransuzlarda ham shunday). Inglizlarning “dijit” sо‘zi esa ayni paytda ham “barmoq”ni ham “raqam”ni (bir xonali sonni, masalan, 0 dan 9 gacha bо‘lgan sonni) anglatadi.
Vuqorida keltirilgan misollar hisob, sanoq barmoqdan boshlanganligini, hisobning kelib chiqishhi albatta inson qо‘l-oyoq barmoqlari bilan bog’liqligini yana bir bor eslatadi. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli hamma xalqlar hisob-kitobda о‘nlik hisob tizimidan foydalanadi. Bu tizimning kelib chiqishhi ham barmoq hisobi bilan bog’liqdir: 1, 10, 100, 1000 va x.o. – har bir xona о‘zidan oldingi xonaga nisbatan о‘n baravar ziyoddir. Lekin bu hisob tizimi ham mukammal va qulay emas. Chunki 10 kasrsiz faqat 2 bilan 5 ga bо‘linadi, xolos. Shuning uchun ham matematiklar: “Afsuski inson qо‘lining barmog’i faqat beshta, xolos; agar oltita bо‘lganda edi, biz anchagina kulay о‘n ikkilik tizimiga ega bо‘lgan bо‘lardik”, -deb aytishadi. Haqiqatdan ham 12 soni 2 ga ham, 3 ga ham, 4 ga ham xatto 6 ga ham kasrsiz bо‘linaveradi.
Qadimgi davrda xitoylar, rimliklar va ayrim boshqa xalqlar son-sanoqning asosi sifatida 10 dan emas, 12 dan foydalanishgan. Bunday hisob dyujina deb atalgan va kо‘pgina Yevropa mamlakatlarida qabul etilgan. Hozirgi paytda ham ayrim narsalar (ruchka, kalam, stul, tarelka, tugma va boshqalar) ana shu hisob bilan sanaladi.
Qadimgi Mesopatamiyaliklar bundan ming yillar mukaddam hisobning oltmishlik tizimini о‘ylab topgan. Bu tizimga kо‘ra, sonlarning har bir xonasi о‘zidan oldingidan о‘n marta emas, balki oltmish marta kо‘p bо‘lgan. Kun esa ilgari aytilganidek, ularda baravar kun va tunga bо‘linib, har biri 12 (60:5) soatdan, har bir soat esa 60 daqiqadan iborat bо‘lgan. Hozirgi paytda bizda kun 24 soatdan iborat bо‘lsa ham, lekin soat siferblatlarida о‘n ikki bо‘linma saqlanib qolgan.
Shunday qilib, qadimdan inson tanasining biror a’zosi, masalan qо‘l va oyoq barmoqlari, qadam, qarich, quloch, barmoq, tirsak tushunchalari vaqtni, og’irlik, masofani о‘lchashda asos qilib olingan.
Ibtidoiy tizim yemirilib, sinfiy jamiyat qaror topgach, turli fanlar paydo bо‘ladi. Ana shu ilm-fan paydo bо‘lgan paytlarda ham sonlarni sexrli kuchga ega deb hisoblaydigan Kishilar bо‘lgan. Xatto mashxur matematik olim Pifagor olam faqat sonlar tomonidan boshqarib boriladi, deb о‘ylagan. Haftalarga keladigan bо‘lsak, ular ham qadim davrlarda dastlab ibtidoiy odamlarning “barmoq hisoblari” asosida paydo bо‘lgan. Shuning uchun ham haftalar avvaliga besh kunlik va keyinchalik о‘n kunlik bо‘lgan. Besh kunlik haftalar bitta kо‘l barmoqlari soniga, о‘n kunlik haftalar esa ikkala kо‘l barmoqlari soniga asoslangan. Demak, qadim davrlarda odamlar kunlar hisobini ham barmoqlari yordamida olib borganlar.
Yetti kunlik haftalar esa besh kunlik va о‘n kunlik haftalardan ancha keyin paydo bо‘lgan. Yetti kunlik haftaning paydo bо‘lishi din bilan, yetti osmon yoritgichlari tо‘grisidagi tushunchalari bilan bog’liq. Kunlarning bunday hisobi birinchi marta qadimgi Vaviloniyada paydo bо‘lgan. U keyinchalik vavilonliklardan yaxudiylarga, ulardan misrliklarga, ulardan esa о‘z navbatida yunonlar va rimliklarga tarqalgan. Sо‘ngra yetti kunlik hafta vaqtning kun bilan oy о‘rtasidagi о‘lchov birligi sifatida xristian dini bilan bir qatorda Rimdan butun G’arbiy Yevropaga, shuningdek Sharq Xalqlari orasiga ham keng yoyildi.
Yetti kunlik hafta qanday paydo bо‘lgan?
Vavilonliklar yetti sonini iloxiy, sexrli, muqaddas deb hisoblaganlar. Bu son kayerdan olingan va nimani bildiradi? Qadimgi davrdagi odamlarga quyosh va oydan tashqari oddiy kо‘z bilan kо‘rish mumkin bо‘lgan yana beshta kichik yoritgich ma’lum edi.
U yoritgichlar hozir sayyoralar deb hisoblanadi va ular Rim xudolarining nomi bilan Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn deb ataladi. Bobilliklar quyosh va oyni vuqoridagi sayyoralar qatoriga kо‘shib ularni yulduzlar orasida о‘zlarining maxsus harakatiga ega, deb bilganlar va ularning hammasini Yer atrofida aylanadi, deb hisoblashgan. Shuningdek, ular yetti “sayyora”ning har biri shu “sayyora”ning nomi bilan ataluvchi xudoning karamogida turadi va bu yetti xudo yerdagi voqealarni boshqarib boradi, deb bilganlar. Shu tariqa bundan tо‘rt ming yil mukaddam ikki daryo oraligida yashagan shumerlar va vavilonliklar о‘rtasida ilmi nujum (astralogiya) paydo bо‘lgan.
Astronomiya fanining rivojiga О‘rta Osiyolik buyuk olimlar Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Ulug’bek Kuragoniy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchining juda katta hissa qо‘shganligi kо‘pchilikka ayon.
О‘rta asrlarda ayrim kishilar va xalqlar taqdirini osmon yoritgichlarining harakat va vaziyatlariga qarab bashorat qiladigan ta’limot keng tarqalgan.
Turkiy manbalarda bunday ta’limot yulduz ilmi yoki nujum ilmi (vuqorida eslatganimizdek astrologiya) deb atalgan.
Amir Temurning dunyoga kelishini ham sayyoralar harakatiga bog’laydilar. Tarixiy manbalarda 1336 yilning 9 aprelida seshanba kuni kechkurun muchal oyining shichqon yilida Keshning Xо‘jailgor qishlogida Movarounnahr va jaxonning 27 mamlakatining bо‘lgusi hukmdori soxibqiron Amir Temur tug’ildi, deb qayd etiladi. Soxibqiron – ikki sayyora Zuhra (Venera) va Mushtariyning (Yupiter) bir-biriga yaqinlashgan paytda tug’ilgan odam. Bu sо‘zning asl ma’nosi “Baxtiyor podsho” yoki “Qudratli podsho” demakdir.
Abu Rayxon Beruniy haftalarni ishlatilishi haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: “Dastlab haftalarni ishlatganlar garb tomon aholisi, ayniqsa Shom (Suriya) va uning tevaragida yashovchilar bо‘lgan. Bunga sabab, u tomonda paygambarlar yuzaga chiqib, Tavrotda aytilganidek, birinchi hafta va bu haftada olam paydo bо‘lganligidan xabar berganlar. Keyin bu (odat) ulardan boshqa millatlarga tarqalgan. Mamlakatlari Shom aholisi mamlakatlariga kо‘shni bо‘lib, markazlari bir-biriga yaqin bо‘lgani va Ismoil va Ibroxim alayhissalom arab bо‘lgani sababli, haqiqiy arablar ham haftani ishlatganlar”.
Koinot va osmondagi jismlarni kuzatuvchi va о‘rganuvchi kishilar tub turkiycha yulduzchi va arabcha munajjim atamalari bilan ifodalangan.
Bilamizki, XVI asrda N. Kopernik yer atrofida faqat oyning aylanishini, о‘zga sayyoralar, jumladan bizning Yerimiz ham Quyosh atrofida aylanishini isbotlab berdi. Shu bilan birga sayyoralarning nur sochmasligi, balki quyosh nurini aks ettirishi, quyoshning sayyora emas, balki yulduz ekanligi, oyning ham sayyora emas, balki yerning yо‘ldoshi ekanligi ayon bо‘ldi.
Sayyora tushunchasini ifodalash uchun boboqalonlarimiz turkiycha yulduz atamasi bilan bir qatorda arabcha kavoqib va akron о‘zlashtirmalaridan keng foydalanganlar.
О‘tmish avlod tasavvurida sayyoralar vuqorigi va pastgi sayyoralarga bо‘lingan va ular Yerga nisbatan о‘rtacha uzoqligiga qarab ma’lum tartib bilan joylashtirilgan.
Vuqorigi sayyoralarning eng ustkisi Saturn hisoblangan. Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilig”da bu sayyorani Sekantir deb ataydi. Nosiriddin Rabguziyning “Qissa-i Rabg’uziy” asarida Saturn turkiycha Sekendir va arabcha Zuxal atamalari bilan atalgan. Alisher Navoiy arabcha Zuxal bilan bir qatorda forscha – tojikcha Kayvan atamasini ham ishlatgan.
Saturndan pastroqda joylashgan Yupiter sayyorasini Yusuf Xos Xojib О‘ng’ay, Maxmud Koshg’ariy Kora Qo’sh, Rabguziy О‘ngay va Mushtariy deb ataydi. A. Navoiy bu sayyorani nomlashda arabcha Mushtariy bilan bir qatorda forscha-tojikcha Birjis sо‘zini ham ishlatgan.
Mars sayyorasini Yusuf Xos Xojib Kurud, Qoshgariy Bakir sо‘kim, Rabguziy Kurud va Mirrix deb nomlaydi. Alisher Navoiy bu sayyorani arabcha Mirrix, forscha-tojikcha Baxrom va eski о‘zbekcha turkiy falak atamalari bilan ifodalaydi.
Quyosh ham sayyora sanalgan va uni Yusuf Xos Xojib Yashik, Rabguziy Yashik va Shams, Navoiy Quyosh, Shams va Xurshid deb ataydi.
Venera sayyorasini Yusuf Xos Xojib Sevit, Koshgariy Temur kazenguk, Rabguziy Sakit va Zuxra, Maxmud Zamaxshariy Tong yulduz, Navoiy CHо‘lpon, Zuxra va Noxid deb ataydi.
Merkuriyni Xojib forscha-tojikcha Orzu, Rabguziy Orzu va Utorid, Navoiy turkiycha kо‘k dabiri (lugaviy ma’nosi falak munshisi, kotibi) arabcha Utorid va fors-tojikcha Tir atamalari yordamida ifodalaydi.
Oy eng pastki yettinchi sayyora hisoblangan. Yusuf Xos Xojib bu sayyorani Yalchiq va Oy deb, Rabguziy Yalchiq bilan birga arabcha Qamar, Alisher Navoiy turkiycha Oy, fors-tojikcha Mox va arabcha Qamar atamalari bilan nomlashgan.
Keyinchalik kashf etilgan Uran (1781), Neptun (1846) va Pluton (1930) sayyoralari
ning nomlari о‘tmish manbalarda о‘rin olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |