Xristianlikning vujudga kelishi



Download 55,15 Kb.
bet6/13
Sana31.12.2021
Hajmi55,15 Kb.
#214494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xristianlikning mustaqil

3. P
 
 r  o  t  e  stantizm
 
   oqim
 
 i  .    Protestanizm  tarixi  Martin  Lyutyerdan  (1483-1546)  boshlanadi.  U
birinchi  bo’lib  katolik  cherkovi  bilan  aloqani  uzdi  va  protestant  cherkovining  asosiy  qoidalarini
ishlab  chiqdi  va  uni  himoya  qildi.  Bu  nizomga  ko’ra,  insonning  Xudo  bilan  bevosita  muloqoti
mumkin.  Lyuterning  diniy  va  dunyoviy  hokimiyatga  qarshi  chiqishlari,   katolik  dindorlarning
imonni  va  vijdonni  inson  bilan  Xudo  o’rtasidagi  vositachi  sifatida  nazorat  qilish  haqidagi
mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning  mohiyatiga  ko’ra,  ilohiy  lutfu  marhamat  insonlarga  cherkovning
vositasisiz,  bevosita  in’om  etiladi.  Inson  najot  topishi  uning  shaxsiy  e’tiqodi  va  Isoning  vositasi
orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy
etiladi.
Protestantlik  diniy  marosimlarning  ko’pchiligini  bekor  qildi,  faqatgina  lyuteranlikda  non  va
vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi.
O’lganlarga  bag’ishlangan  duo  o’qish,  aziz-avliyolarga  sig’inish,  muqaddas  murdalarga,
sanamlarga  topinish  bekor  qilindi.  Ibodat  uylari  ortiqcha  hashamlardan,  mehroblardan,  sanamlar,
haykallardan  tozalandi,  ruhoniylarning  uylanmaslik  shartlari  bekor  qilindi.  Bibliya  milliy  tillarga
tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar,
birgalikdagi  ibodat  va  suralarni  kuylashdan  iborat  bo’ldi. Protestantlar  Bogorodisa  shaxsiyatini,
a’rofni tan olmaydilar.
M. Lyuter  tomonidan  tuzilgan  reformasiya  bosh  taomillari  95  tezis  shaklida  yozib  bergan.
Ular  Vittenbergning  Nasriy  cherkovining  shimoliy  eshiklariga  yozib  qo’yilgan.  Mana  shu
tezislardan biri: Iso payg’ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi» deb jar
solganida  shuni  ta’kidlaydiki,  imon  keltirganlar  hayoti  boshdan-oyoq  to’xtovsiz  tavba-tazarrudan
iborat bo’lmog’i darkor.
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to’rt tezisda,
Lyuter  ta’kidlaydiki,  haqiqiy  tavba  uzoq  muddatli  jarayondir,  birgina  xatti-harakat  bilan  ro’yobga
chiqmaydi.
Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan
insonni  ozod  qila  olmaydi.  Tavba-tazarru  qonunlari  tiriklar  uchun  joriy  qilinadi  (belgilanadi).  Bu
yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
«Ruhlar  uchun  indulgensiya  olgan  shaxslarga  tavbu-tazarru  qilish  talab  qilinmaydi»,  degan
ta’limot  Iso  ta’limoti  emas.  Chindan  tavba  qilgan  kishilarni  Xudo  gunohlarini  kechadi  va  abadiy
azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig’isiz ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin.
43


Lyuter  bir  necha  tezislarda  ta’kidlaydiki,  chindan  tavba  qilgan,  nadomat  chekkan  xristian
(nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi».
Cherkovning  haqiqiy  xazinasi  muqaddas  Injil  va  xudo  marhamatidir.  Lyuterning
ta’kidlashicha, «xayrli  amallar  xazinasi»ning  mavjudligi  kambag’allar  uchun  emas  boylar  uchun
foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o’z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil
vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy  xristian  Isoga  ergashish  istagi  bilan  yonmog’i  zarur.  Najot  yo’li  ruxsatnoma
yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.
1517  yili  31   oktyabrda  jamoatchilik  hukmiga  havola  qilingan  tezislar  shundan  iborat.
Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.

Download 55,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish