Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm
(yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda
dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina
cho’qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay
olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur», degan qoida baptistlar va zabur
xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat
va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: cho’qintirish, (o’spirinlar
uchun) tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |