Xristianlik dini manbasi Bibliya (Injil) Qadimiy ahd qismi Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan. Xristianlik yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'lib-toshgan, o'ta yuksak insoniylik bilan sug'orilgan axloqiy me'yorlarni va sahovat, rahmdillik, o'z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan. Xristianlikning asosiy g'oyalaridan biri muqaddas uchlikka e'tiqod qilishdir, ya'ni mohiyatan bir xudo, ammo u Ota-xudo, O'g'il-xudo, Xudo-Muqaddas ruh ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |