94.
NEP???
Turkiston ASSRda yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish Turkiston Kompartiyasi VI syezdida (1921-yil
avgust) siyosiy jihatdan asoslab berildi va shundan so‘ngra Turkiston ASSR Sovetlari X syezdi
qarori bilan rasmiylashtirildi. NEPning asosi iqtisodiyot, xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning
harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab chiqaruvchiga, avvalo dehqonlarga bir qadar
erkinlik berishdan iborat edi.
NEP xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirdi, iqtisodning o‘sishiga ko‘maklashdi. NEP mamlakat
xalq xo‘jaligini tiklash, ishlab chiqarish va savdoni yo‘lga qo‘yish, og‘ir iqtisodiy holatdan chiqib
olish imkonini berdi. Ammo NEP SSSRda «bozor sotsializmining» o‘rnatilishiga olib kelmadi.
1924-yili Vladimir Lenin vafot etgandan so‘ng davlatda Iosif Stalin va uning safdoshlari asosiy rol
o‘ynay boshladi. Ular NEP o‘z rolini bajarib bo‘ldi, deb hisobladi va 1927-1929-yillarda asta-sekin
uni bekor qilish boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |