Xozirgi zamon oziq-ovqat sanoati texnolog va muxandis xodimlaridan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlari tarkibi qanday kimyoviy moddalar borligini chuqur bilishni talab qiladi


Saqlashga qabul qilinadigan donning xolati



Download 37,93 Kb.
bet2/4
Sana15.04.2022
Hajmi37,93 Kb.
#553741
1   2   3   4
Bog'liq
olimjon

1.Saqlashga qabul qilinadigan donning xolati.
1.1.Don partiyalarini tashki belgilari.
1.2.Don massasining umumiy tavsifi.
Ma’lumki, don maxsulotlari tizimiga mustaqil respublikamiz dalalarida yetishtirilgan g‘alla, dukkakli yog‘li, ozuqabop va boshqa yuzlab о‘simliklarning urug‘lari xamda donlari kelib tushadi. Yuqorida qayd etilgan barcha turdagi о‘simlik urug‘lari va donlarining sifati, ularning ozuqaviylik, yem-xashak va texnologik qimmati donlar biokimyosi va donshunoslik kurslarida batafsil tavsiflanadi. Ammo katta miqdordagi don uyumini mumkin qadar quyi xarajatlar va yо‘qotishlarsiz saqlashni tо‘g‘ri tashkil etish uchun mazkur kо‘rsatkichlardan tashqari, saqlash obyekti sifatida uning xususiyatlari tо‘g‘risida xam yetarlicha tasavvurga ega bо‘lish lozim.
Don va don maxsulotlari tizimiga jamoa va davlat xо‘jaligi
dalalarida yetishtirilgan yuzdan ortiq don turlari, jumladan boshoq donli, dukkakli,moyli va yem-xashak ekinlari qabul qilinadi. Ma’lumki yuqoridagi barcha turdagi don va urug‘larning ozuqaviylik, texnologik va yem-xashaklik qiymati kabi sifat kо‘rsatkichlari donchilik va don biokimyosi kurslarida batafsil tavsiflangan.Binobarin,kam sarf-xarajat va mablag‘ sarflab,yuqori kо‘rsatkichli saqlashga erishishni tashkil etish uchun bu kо‘rsatkichlarga asoslanib bо‘lmaydi. Buning uchun donning saqlash obyekti sifatida о‘ziga xos barcha xususiyatlarini о‘rganish lozim.
Saqlashga qabul qilinadigan don tashqi kо‘rinishi jixatidan xar xil pratiya (botaniq turi,kо‘rinishi,turli navlari, sifat kо‘rsatkichlari va boshqa kо‘rsatkichlar)bо‘lishiga qaramay, ularning о‘ziga xos xususiyatlari yaqin bо‘lib,saqlash obyekti sifatida muxim axamiyatga ega. Bu esa amalda barcha turdagi don partiyalarini saqlashda bir xildagi ishlab chiqarish jarayonlari, saqlash rejimlari va qabul qilish texnologiyalarini tadbiq etishga imkon beradi.
Donlar odatda botanik turi, maxsus sharoitlarda ustirilganligi, yig‘ib-terib olinganligiga qarab о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘ladi. Masalan, ba’zi bir saqlash sharoitlariga bug‘doy va javdar makkajо‘xori va jо‘xoriga qaraganda chidamliroqdir; yangi yig‘ib olingan don yigib olingandan keyin yetishtirilgan donga qaraganda saqlashga chidamsizroqdir.
Umuman olganda barcha turdagi donlar va о‘simlik urug‘lari ular uyumining tashqi tuzilishi (don va urug‘larning о‘simlikdan ajratilgan kо‘rinishi), yig‘ib olinishiga qо‘ra deyarli bir xil bо‘lib saqlash obyekti sifatida bu muxim axamiyatga ega. Chunki barcha don va urug‘larning umumiy xususiyatlari deyarli bir xilda bо‘ladi.
Donlar va urug‘lar qanchalik mayda bо‘lsa, shuningdek 1000 dona urug‘ning vazni qanchalik kichik bо‘lsa, u xolda don uyumida donla shuncha kо‘p sonda bо‘ladi. 1 tonna bug‘doy doni uyumida 30-40 mln.dona bug‘doy doni bо‘ladi,jо‘xorida esa bu kо‘rsatkich 150-190 mln.donani tashkil etadi. Agar don uyumida donlar tashqi kо‘rinishi sifat kо‘rsatkichlari jixatidan bir xilda bо‘lsa bunday donlar bir bitta partiya deb xisoblanadi va bunday donlar don maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga qabul qilinadi.
Odatda bunday donlar yetarlicha sondagi komponentlar majmuiga ega bо‘ladi.
Lekin tabiatan donlarning asosiy qismi deyarli bir xilda bо‘lmaydi. Donlar shakli, katta kichikligi, yetilganlik darajasi 1000 donasining vazni, namligi va boshqa kо‘rsatkichlariga kо‘ra farqlanadi. Bu farqlar donning ona о‘simlikda о‘sishi, rivojlanishi va shakllanishi bilan asoslanadi.
Ma’lumki barcha turdagi о‘simliklarda gullash jarayoni bir vaqtda yuzaga kelmaydi. Masalan bug‘doy va javdar о‘simliklarida gullash eng avval о‘simlikning о‘rta qismida joylashgan boshoqlarida boshlanadi. Suli va jо‘xorida gullash о‘simlik rо‘vagining yuqorigi qismida birinchi boshlanadi.
Nо‘xat va boshqa dukkakli о‘simliklarda nisbatan pastki gullari tezroq gullaydi. Odatda bо‘liq donlar mana shu gullarda, ya’ni eng erta gullagan xosil bо‘ladi.
Misol qilib A.A.Ryugerning ma’lumotlarini keltiramiz. Sharqiy Sibir sharoitida yetishtirilgan bug‘doyning Kitchener navi sanoq va miqdor jixatidan tekshirilganda quyidagi natijalar aniqlangan: boshoqning о‘rta qismida joylashgan donlar son jixatdan boshoqdagi jami donlarning 44,7% ini, ogirligi bо‘yicha esa 50,7%ni tashkil etgan.1000 donasining vazni boshoqning yuqori qismidan olingan donlarda 30 g pastki qismida 34g о‘rta qismidagi donlarda 40,7g ni tashkil etgan.
Bundan tashqari donlardagi о‘zaro farq yig‘im-terim davrida xam yuzaga keladi. Kombaynlarda yig‘ib olish paytida kuchli mexaniq ta’sirlar oqibatida kо‘pgina donlarda sinish, darz ketish,qirilish xolatlari, ba’zan qizish xam kuzatiladi. Mexanizatsiyalarning don ajratuvchi qismlari nosoz bо‘lganda donlarning maydalanib ketishi ortishi mumkin.
Don massasida asosiy ekindan tashqari turli begona, о‘tlar urug‘lari, xas-xashaklar, chang, mineral aralashmalar uchraydi.
Begona aralashmalar miqdori va don sifatli tarkibining u yoki bu darajada bо‘lishi agrotexnik tadbirlar va yig‘im-terimning qay darajada tashkillashtirilganligiga bog‘liq.
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, begona aralashmalar donlarning bir turliligini buzibgina qolmay, uning sifatini keskin tushishiga xam sabab bо‘ladi. Begona aralashmalarning kо‘p miqdorda bо‘lishi don xajmining ortishiga olib keladi,bu esa saqlash va tashish jarayonlarida ortiqsa sarf – xarajatlar talab etadi. Bundan tashqari aralashmalar donlarning saqlanuvchanligini tushirib yuboradi. Ba’zi begona о‘t urug‘lari yuqori namlikka ega bо‘lib, saqlashda bu namlik donga osonlik bilan uzatiladi, natijada donda nafas olish tezlashadi va mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulay muxit vujudga keladi. Don massasida yetarlicha miqdorda mikroorganizmlar mavjud bо‘ladi. Bir gramm don tarkibida о‘nming, yuzming, xatto millionlab mikroorganizmlar mavjud bо‘ladi. Shunga kо‘ra mikroorganizmlar donning muqarrar qismi xisoblanadi va ular ma’lum sharoitlarda rivojlanib donning sifatiga katta ta’sir kо‘rsatishi mumkin.
Donlarning shakli va katta kichikligi bir turli bо‘lmasligi shunga olib keladiki, xar bir don orasida donlararo bо‘shliq yuzaga keladi. Bu bо‘shliq donning g‘ovakligi deb atalib bu g‘ovak joylar xavo bilan tо‘ygan bо‘ladi. Donlararo g‘ovaklikni tо‘ldirib turuvchi xavo don va uning barcha komponentlariga ta’sir etadi. Mazkur xavo tarkibi, xarorati va bosimi bilan oddiy atmosfera xavosidan farq qiladi. Shunga kо‘ra bu xavo xam don massasining komponentlaridan biri xisoblanadi.
Shunday qilib xar bir don massasi quyidagilardan iborat bо‘ladi:
- asosiy ekinning doni, u yirikligi, tо‘la pishib yetilganligi va shakliga kо‘ra turlicha bо‘lishi mumkin, shuningdek qо‘llanish xarakteri va qiymati jixatidan asosiy donga yaqin bо‘lgan boshqa madaniy о‘simliklarning urug‘lari;
-mineral va organiq aralashmalarning turli fraksiyalari (shuningdek begona о‘t urug‘lari xam);
-mikroorganizmlar;
- donlararo bо‘shliqni tо‘ldirib turuvchi xavo muxiti.
Don massasi tarkibida bu doimiy komponentlardan tashqari ba’zi partiyalarda yana bir komponent tirik jonzotlar mavjud bо‘lib, ular xasharot va kanalardir. Don massasi bu komponentlar uchun muxit xisoblanadi va muntazam nazoratni talab etadi.
Xar bir don massasi komponenti о‘ziga xos tabiiy xususiyatga ega bо‘ladi. Don massasini sifatli saqlash uchun bu xususiyatlar mukammal о‘rganilishi lozim. Don massasi bilan ishlashda shuni nazarda tutish kerakki. Xar bir don massasi bir butun tirik organizmlar kompleksi majmuidir.
Shuningdek don massasi komponentlarining xossalarini ikki guruxga bо‘lish mumkin: fizik va fiziologik.
Don massasining sifatli saqlanishini ta’minlash uchun saqlash ishlarini tashkil etishda yuqoridagilarga asoslanish maqsadga muvofiqdir.

Download 37,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish