METODIKA
Obrazlarni eslab qolish metodikasi
Bu metodika obrazli xotirani tekshirish uchun mo'ljallangan. Sinaluvchi bolaga 1-1,5 daqiqa davomida 10ta tasvir yoki rasmda tuzilgan jadval ko'rsatiladi. Rasmlar katta, rang-barang bo'lishi, hajmi albom varogiday bo'lishi kerak.
Tajribani boshlashdan oldin bolaga quyidagi ko'rsatma beriladi:
Hozir sizlarga rasm ko'rsataman, uni yaxshilab eslab qolinglar. Birozdan so'ng esingizda qolgan rasmlarni so'rayman. So'ng rasmlar olib qo'yiladi. Keyin qaysi rasmlarni eslab qolgani so'raladi. Agar bola hech qaysi rasmni eslolmayman, desa, takror ko'rsatiladi. O'rta hisobda bola 4 -6 ta rasmlarni esda saqlab qolishi kerak.
Bundan yuqori bo'lsa tasviriy xotirasi yaxshi. Undan past bolsa, tasviriy xotirasi past.
Do'stlaringiz bilan baham: |