Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligi mundarija kirish



Download 50,48 Kb.
bet2/8
Sana25.04.2022
Hajmi50,48 Kb.
#580716
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xotin-qiz komponenti

Kurs ishining maqsadi. Gender tenglik tushunchasini ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligi ijtimoiy pedagogik muammo sifatida adabiyotlarda pedagogik-psixologik hususiyatlarini o’rganish
Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligi komponentlari va tuzilishini yoritib berish;
Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligi ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish;
Tadqiqot obyekti Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligi ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganish jarayoni
Tadqiqot predmeti Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligi ijtimoiy pedagogic muammo sifatida o‘rganish mazmuni, shakl, metodlari va vositalari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, qo‘lga kiritilgan natijalar ta’lim oluvchilarni mavjud bilimlarini shakllantirishga hizmat qilib bunda tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan model va didaktik ta’minotdan ta’lim muassasalarida o’quvchilar faoliyatini rivojlantirish jarayonida foydalanishi mumkin.
1. Xotin-qizlar ijtimoiy faolligiga ta'sir etuvchi axloqiy komponetntlar va ularning o'zaro aloqadorligini ilmiy adabiyotlarda o’rganilganligi

Ma’naviy barkamol, aqliy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom farzandni tarbiyalash masalasi asrlar davomida insoniyat jamiyatining oliy maqsadi bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya maktabining ildizlari juda teran, zabardastdir. Ayniqsa oilada qiz qizlarlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan.


Bugungi kunda qizlarni mustaqil hayot yo‘lini tanlashga tayyorlash va ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish muhim ahamiyatga molikdir. Qizlarning ma’naviy darajasining sustligi, hayotiy qadriyatlarni anglamasligi, o‘zlarining hayoti davomida turmush tarzini ijtimoiy-madaniy me’yor va qoidalar asosida qura olmaslik, odamlar o‘rtasidagi ko‘plab ijtimoiy munosabatlarni tushunmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Haqiqat shundaki, ular oldida rasmiy ravishda ochilgan istiqbollar va keng imkoniyatlarga qaramay, ular hayot jabhalarida katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ushbu tanlovni amalga oshirish, avvalambor, qizlar tarbiyasida faqat bir tomonlama yondashish, ya’ni ularni faqat oila qurishga tayyorlashdan iborat bo‘lib qolib, qizlarning ijtimoiy faol, ma’naviy yetuklik, iqtisodiy mustaqil bo‘lish imkoniyatlaridan foydalanish darajasiga e’tibor qaratilmagan. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi 820-sonli Qarori muhim va tarixiy ahamiyatga egadir.
Qiz qizlar uchun mustaqil hayot mas’uliyatli, qiyin davrdir. Bu davr yangi ijtimoiy aloqalar, kelajak uchun ko‘rsatmalar, ijtimoiy moslashuv kabi qator jaryonlarni bosib o‘tishni talab qiladi. Albatta bu kabi jarayonni bosib o‘tish uchun qizlarni qizlarlik davridayoq ular uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish lozim. Qizlarni jamiyat hayotiga integratsiya qilish, ularda faollikni kuchaytirish, hayotiy qiyinchiliklardan xayiqmaslik ruhida tarbiya qilish, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlash davr talabidir. Qizlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga yaqindan yordam berish lozim.Shu munosabat bilan, xotin-qizlar bilan maqsadli ishlash dasturini yaratish zarur va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki shaxsni shakllantirish uchun, ayniqsa maktabgacha va maktab yoshida u boshdan kechirayotgan inqirozlarning salbiy ta'sirlarini yumshatuvchi qulay sharoitlarni yaratish muhimdir. Bunday sharoitlarni yaratish faqat gumanistik yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayoni bilan ta'minlanadi, bu uning individualligini hisobga olgan holda qizlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Ijtimoiy-ruhiy tarbiya jarayoni uning ruhiy va jismoniy sog'lig'iga zarar yetkazmaligi kerak.
Xotin-qizlarning ma'naviy - milliy madaniyatini shakllantirish insonparvarlik, valeologik, axloqiy, estetik va tashkiliy-pedagogik sharoitlar, tabiiy va ijtimoiy muhitga bosqichma-bosqich kirib borishiga asoslanadi.
Ijtimoiylashuvning muvaffaqiyati qizlar, o'smirning o'qish va mehnat faoliyatida faol ishtirok etishiga, uning dunyoqarashini kengaytirishda atrof- muhitning ta'siri, uning yosh va individual xususiyatlari qanday hisobga olinishiga, o'z-o'ziga ishonchi qanday rivojlanishiga bog'liq.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5938-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash borasida respublika miqyosida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, oilalardagi zo'ravonlik holatlarini oldini olish yoki uni bartaraf etish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2019- yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida“gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida“gi qonunlarining kuchga kirgani bu boradagi tarixiy qadam bo'ldi.
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli qiz qizlar nafaqat ota- onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi.
Demak, oila barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg'otish o'ta muhim hisoblanadi. Xotin-qizlarni o'z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas'uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog'liqdir. Bunda nafaqat ota-onaning maktab, mahalla, qo'ni-qo'shnining o'zaro samimiy munosabati, ularning xotin-qizlar bilan yaqin, do'stona munosabatda bo'lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog'-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo'ladi.
Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo'lgan bo'lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko'nikmalari oz bo'lsa, bunday shaxs ba'zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo'l uradi.
Yaxshi tarbiya, ba'zilar o'ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir ota-ona va o'qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo'lishi shart.
Qizlarlar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma'lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir- sinoatlarini qo'shib o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba'zan samarasiz bo'lishiga asosiy sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib- intizomning bo'lmasligidir. Shaxs qanchalik mehr-muhabbat va tartib-intizom muhitida voyaga yetsa, yomon xatti harakatlardan shunchalik uzoq bo'ladu.
Inson tarbiyasining murakkabligi shundaki, u hech qachon tugamaydi, ya'ni kishi tug'ilganidan to umrining oxiriga qadar zarur bo'ladi. Bundan tashqari, tarbiya ko'rgan avlod o'rniga kelgan farzandlarni yana qayta boshdan tarbiya qilish darkor bo'ladi. Bu esa tarbiyaning tinimsiz davriyligini va abadiyligini ko'rsatadi.
Yoqorida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida “Xotin-qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi yaratildi.
Xotin-qizlarni jamiyatga, hayotga har tomonlama tayyorligini oshirish, ularni jamiyatga moslashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, oila va uning mazmun-mohiyati hamda funksiyalari haqidagi bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning oilaga ma’naviy, axloqiy, iqtisodiy masalalar bo‘yicha tayyorligini oshirish, oilada va jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lgan, ilm- fanga intilish, kasb tanlash va professional motivatsiyasini hosil qilish, oilaviy hayot asoslari, oila psixologiyasi, iqtisodi, ma’naviyati, oila va uy-joy gigiyenasi, reproduktiv salomatlik, turli yuqumli ijtimoiy kasalliklar, favqulotda vaziyatda o’ziga va boshqalarga birinchi tibbiy yordam ko’rsata olish bo’yicha ko’nikmalari, kiyinish madaniyati va odobi, ruzgorshunoslik asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish va rivojlantirish, barcha sohalarda turg‘un ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.
Bunda quyidagi vazifalarni amalaga oshirish zarurati yuzaga keladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha va xotin-qizlarni mustaqil, o’qish, kasbiy va oilaviy hayotga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mazmun va mohiyatini ular ongiga singdirish;

  2. xotin-qizlar uchun hayotda zarur bo‘ladigan barcha ehtiyojlar bo‘yicha terilgan, ilmiy tasdiqlangan, zamonaviy xususiyatlarni o‘zida aks ettirgan, innovatsion g‘oyalar majmui bo‘lgan bilimlarni berish va ularning teran, fikrlash qobiliyati yuksak, ma’naviyatli, qobil tarbiyali, ochiq ko‘ngilli, samimiy qilib tarbiya qilish;

  3. oila institutini mustahkamlash bo'yicha “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy tamoyilini keng targ'ib etish va jamiyatga singdirish, oilada ma'naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish, ilg'or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida milliy mentalitetga mos ijtimoiy ongni tarbiyalash, “Sog'lom oila – sog'lom jamiyat” kontseptual g'oyasini hayotga tatbiq etish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish borasida ko’mak berish;

  4. xotin-qizlarda oila, turmush, ijtimoiy-siyosiy hayot va jamiyatga integratsiyasi bo’yicha ma’lumot, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.

“Xotin-qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi asosida o’qitish jarayonidaasosiy shaxsning ijtimoiylashuvi, milliy va madaniy- tarixiy omillarning tarbiyada tutgan o‘rni, komil insonni tarbiyalash mazmuni to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lishi; shu bilan birga xotin-qizlarda: oilaviy hayot, oila psixologiyasi, oilaning funksiyalari, oilada er va xotinning rollari, vazifalari; ota-onalik ko‘nikmalari, diniy va ma’rifiy tarbiya asoslari, oilaning huquqiy asoslari, kiyinish madaniyati va etikasi, oila byudjeti va iqtisodi,jamiyat hayotiga samarali ijtimoiylashuv asoslari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish va ko‘nikmalar hosil qilish zarur.
“Xotin-qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi asosida maqsadli darslarni o‘tgan maktab o‘quvchi qizlari quyidagi axloqiy, ma’naviy, ijtimoiy sifatlarni o‘zlariga qabul qiladilar: vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik, samimiylik, kamtarlik, mo‘minlik, kamsuqumlilik, ochiq ko‘ngillilik, qo‘li ochiqlik, sahiylik, o‘zga insonlarning ko‘nglini olish, dil egasiga aylanishga sayi-harakat qilish, to‘g‘rilik, tavozelik, oilaga e’tiqodga sodiqlik, mehribonlik, mehmonnavozlik, diniy bag‘rikenglik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, sabr, qanoat, tinchlik va osudalikni e’zozlash, mayin gapirish, bosiqlik, jahlga erk bermaslik, zo‘ravonlikni qabul qilmaslik va o‘ziga ep ko‘rmaslik.
Dastur ishlab chiqish jarayonida yosh davrlar xususiyati e’tiborga olindi va ijtimoiy ta’lim-tarbiya sxemasi asosida quyidagi uchta yosh davrni o‘z tarkibiga oladi:

  1. bosqich: kichik maktab davri 7-11 yosh;

  2. bosqich: o‘rta maktab davri - 12 – 15 yosh;

  3. bosqich: katta maktab davri – 15 -18 yosh.

Oilaviy tarbiyaning xususiyatlarini A.I. Zaxarov, A.S. Spivakovskaya, A.Ya. Varga, E.G. Eydemiller, J. Gippenrayter, M. Buyanov, 3. Mateychek, G. Xomentauskas, A. Fromm, R. Snayder va boshqalar. A.S. oilaviy munosabatlarni o'rganishga katta hissa qo'shdi. Makarenko, oilaviy ta'limning eng muhim masalalarini ishlab chiqdi. Makarenko "Ota-onalar uchun kitob" da oila asosiy jamoa ekanligini ko'rsatadi, bu erda har bir kishi o'z funktsiyalari va majburiyatlari, shu jumladan qizlar ham to'liq a'zodir. A.E. Lichko, oila ichidagi munosabatlar muammolarini o'rganar ekan, oiladagi noqulay vaziyatlarni aniqladi (giper-vasiylik, e'tiborsizlik, "oilada butni yaratadigan vaziyat", oilada "Zolushka" ni yaratadigan vaziyat). Umuman, aytish mumkinki, oila tarbiyasi muammolari bu masalani turli jihatlardan yoritib kelayotgan ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Oilaning vazifasi nafaqat go'zallik iste'molchilarini, balki uni yaratishda faol ishtirokchilarni ham barcha mumkin bo'lgan soha va sohalarda tarbiyalash, qizni har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdir. Ota-onalar tarbiyachi sifatida qizining xususiyatlarini bilmasa, muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Axir, har bir inson, yoshi nechada bo'lishidan qat'i nazar, o'ziga xos, o'ziga xos shaxsdir. Shu sababli, ota va ona qizining oddiy g'oyasidan mamnun bo'lolmaydi. Ta'lim olish uchun qizni doimiy va chuqur o'rganish, uning qiziqishlari, iltimoslari, sevimli mashg'ulotlari, moyilliklari va qobiliyatlari, afzalliklari va kamchiliklari, ijobiy va salbiy fazilatlarini alohida aniqlash talab etiladi. Shundagina ota va ona maqsadli va oqilona, ​​demak, o‘sib borayotgan chaqaloq shaxsining shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatish, uning ijobiy tomonlariga e’tibor qaratish va ularni rivojlantirish, ikkinchi tomondan, salbiy xususiyatlarni qat’iyat bilan yengish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qizini o'rganishda ota-onalarga qiziqish masalalari bo'yicha oson suhbatlar yordam beradi, uning uyda ham, ko'chada ham, jamoat joylarida, maktabda - o'rtoqlar bilan muloqotda, ishda, dam olishda xatti-harakatlarini kuzatish. Qizlar nima o'qiydi, bo'sh vaqtini qanday o'tkazadi, kimlar bilan do'stlashadi, qanday o'yinlar o'ynaydi - ota-onalar bu va shunga o'xshash savollarga javoblarni bilishlari kerak. O'qituvchilar bir nechta savollarga javob berishadi. Ammo begonalarning bahosi noxolis, noto'g'ri bo'lishi mumkin. Ishonch - ota va onaning xatti-harakatlarining asosiy yo'nalishi. Qizlarning, qizlarlarning ham ularga ishonishi juda muhim. Qizlarlarni tarbiyalashda ota-onalar ularning jinsi xususiyatlarini hisobga olishlari kerak. Axir, o'g'il qizlarlar va qizlar nafaqat tashqi ko'rinishida farqlanadi: erkak yoki ayol tabiati balog'atga etishdan ancha oldin namoyon bo'ladi va ularning his-tuyg'ulari, ongi va xatti-harakatlarida o'zining aniq izini qoldiradi. Shu bilan birga, shuni unutmaslik kerakki, erkak va ayol jins vakillari, shunga qaramay, birinchi navbatda, har ikkalasiga ham xos bo'lgan umuminsoniy fazilatlar bilan birlashtirilgan; jinsiy xususiyatlar, asosan, umumiy shaxs xususiyatlari doirasida faqat qandaydir urg'u bilan ajralib turadi. Bu haqda bilish va insonning jinsi bo'yicha psixologik xususiyatlarini yodda tutish, barcha ijobiy narsalarga tayanish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy ko'rinishlarni hisobga olish va shuning uchun oilaviy ta'limni yanada samarali amalga oshirish imkoniyatini anglatadi. O'g'il qizlarlar va qizlar o'rtasidagi ba'zi muhim farqlar hayotlarining birinchi oylarida allaqachon topilgan. Masalan, qizlar jismoniy va psixologik jihatdan o'g'il qizlarlarga qaraganda bir oz tezroq rivojlanadi, ular 2-4 oy oldin gapira boshlaydilar. O'rtacha, uch yoshga to'lgan qizlar, ota-onalari va boshqalarning yordami bilan allaqachon o'zlarining jinsi haqida bilishadi, boshqa qizlarlar va kattalarning jinsini ajratadilar. Qizlarning o'sishi bilan jinsiy psixologik xususiyatlar asta-sekin o'sib boradi. Ular hissiy reaktsiyalar darajasida, o'ziga xos qiziqish va moyilliklarda, fikrlash tabiatida, aniq faktlarga nisbatan va hokazolarda namoyon bo'ladi. Qizning psixikasining xususiyatlarini ko'rib chiqing. Qizlarda, allaqachon erta yoshda, "onalik instinkti" boshqa chaqaloqlarga qiziqish, o'yinlar, qo'g'irchoqlarga nisbatan g'amxo'rlik bilan namoyon bo'ladi. Ularning e'tiborini birinchi navbatda inson, uning boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabati jalb qiladi. Ular qanchalik katta bo'lsa, insonning ichki dunyosiga, uning kechinmalariga, xatti-harakatlariga qiziqish kuchayadi. Qizlar, shuningdek, ularni to'g'ridan-to'g'ri o'rab turgan narsalarga (mebel, idish-tovoq, kiyim-kechak va boshqalar) ustunlik bilan qiziqish bilan ajralib turadi



Download 50,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish