Xos xususiyatlari



Download 30,92 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2022
Hajmi30,92 Kb.
#490483
  1   2

MAVZU:ETIKA KATEGORIYALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA

  1. Axloq kategoriyalarining mazmuni va moxiyati.

  2. Vijdon kategoriyasi va iymon tushunchasi.

  3. Sha’n va or-nomus kategoriyalarining jamiyat hayotidagi o’rni.
 





O'zbek xalqi qadim-qadimdan yuksak ma’naviyat va madaniyatga ega xalqdir. Bu ma’naviyat salohiyatini butun jahon tan olgan va undan andozalar olib kelgan. Bunga tarixiy misollarimiz ham juda ko’p. II yarim ming yildan avval ham Samarqandu Buxoralar gullab yashnaganligi jaxon poytaxti darajasida bo’lganligini kim ham inkor eta oladi. Faqat bunday ma’naviyatga ega bo’lgan millatgina minglab yillar osha o’z saloxiyatini, obrusini saqlab qola biladi. Lekin sovet mustamlakasi davrida bu qadriyatlar vaxshiylarcha, makkorona yo’q qilib tashlanishga harakat qilindi. Chunki sovet tizimining asosiy maqsadi har bir millat ma’naviyati va tarixiy qadriyatlarini yo’q qilib tashlash, sovetlar qulligiga kunikuvchi, unga qarshi chika olmaydigan yangicha duragay millatni yaratish edi.

Sobik to’zim axloq qadamlari o’zib quyilganligiga, millat ma’naviyatiga ta’siri ana shunday xunuk natijalarga olib keladi.


Ma’naviyat yoshlar qoshida muayyan o’rin tutadi. Ma’naviyatni yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish kerak, ular o’zlari yashab turgan zamonni, ona-Vatani tarixini chuqur bilsin. Xalqimiz orasida yetilib chiqqan, butun millatimizning faxri bo’lib dunyoga tanilayotgan ulug’ allomalar, mutafakkir va sarqardalarni yaxshi o’rganishi, boy tarixiy va madaniy obidalarimizni borib ko’rish orqali ularda vatanparvarlik tuyg’ularining urugini ekkan bo’lamiz.
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir.
Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi.
Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.
Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi.
Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi.
Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar.
Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar.
Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi.
Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin.
Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual rivojlanishi manfaatlariga mos keladigan birmuncha yuksakrok, oliyjanobrok nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu-qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi.
Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar, jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi.
Milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin amalga oshirilayotgan harakatlar tobora oydinroq ko’zga tashlanmoqda.
Donolar yaxshilik to'g'risida quyidagi fikrlarni, yaxshi xikmatlarni aytadilar: Yaxshilik yo’lidan yurdingmi, bu yo’ldan chiqma. Yaxshilik – issik, yomonlik – sovuq.
Inson hayoti yaxshilik zaminida yaratilgan. Kim yaxshilikka boshlasa uni do’stim deb bilgin.
El-yurt uchun yaxshilik qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi.
Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Aql-zakovat, tafakkur asosida ularga tayanib o’z burchini bajarish ma’naviyatining asosiy fazilatlaridan biridir.
Burch – shaxsning asosiy fazilatini ifodalovchi ma’suliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’likdir. Burch muqaddas narsa. Burchga sodiklik Vatanga sodiqlikdir.
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston fuqarolarining burchi chinakam insoniy jamiyat ko’rish va ijtimoiy insonni tarbiyalash bo’lmogi kerak.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaisida fuqarolarning burchlariga aloxida to’xtalib o’tilgan. Uning 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga rioya qilishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari sha’ni va qard-qimmatni hurmat qilishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, qonun bilan belgilangan soliklar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburlar va O'zbekiston Respublikasini himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir.
Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his-tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir.
Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi.
Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.
Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.
Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas.
Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida, qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir.
Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.
Zamonaviy ma’noda etika falsafiy fan bo‘lib, axloqni inson va jamiyat hayotining eng muhim jihatlaridan biri sifatida o‘rganadi. Agar axloq ijtimoiy hayotning ob'ektiv mavjud bo'lgan o'ziga xos hodisasi bo'lsa, axloq fan sifatida axloqni, uning mohiyatini, tabiati va tuzilishini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini, boshqa ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o'rnini o'rganadi, ma'lum bir axloqiy tizimni nazariy asoslaydi. Tarixiy jihatdan etika mavzusi sezilarli darajada o'zgargan. U insonni tarbiyalash, uning fazilatini o‘rgatish maktabi sifatida shakllana boshladi, (diniy mafkurachilar tomonidan) shaxsning o‘lmasligini ta’minlovchi ilohiy ahdlarni bajarishga da’vat sifatida qaraldi va ko‘rib chiqildi; ajralmas burch va uni amalga oshirish yoʻllari haqidagi taʼlimot sifatida, “yangi odam” – mutlaq adolatli ijtimoiy tuzumning fidoyi bunyodkorini shakllantirish haqidagi fan sifatida va boshqalar bilan tavsiflanadi. Etikada ikki turdagi muammolarni ajratish odatiy holdir: axloq va axloqiy axloqning tabiati va mohiyati haqidagi dolzarb nazariy muammolar - inson qanday harakat qilishi kerakligi, qanday tamoyillar va me'yorlarga asoslanishi kerakligi haqidagi ta'limot. Fan tizimida ezgulik va yomonlik muammolarini o'rganuvchi axloqiy aksiologiya ajralib turadi; deontologiya, qarz va to'lovlar muammolarini o'rganish; Jamiyat axloqini sotsiologik va tarixiy jihatdan o‘rganuvchi diskretsion etika; axloq nasl-nasabi, tarixiy axloq, axloq sotsiologiyasi, kasbiy etika. Axloq fan sifatida jamiyatda amal qilayotgan axloq tamoyillari va me’yorlarini nafaqat o‘rganadi, umumlashtiradi va tizimlashtiradi, balki tarixiy ehtiyojlarga to‘g‘ri javob beradigan shunday axloqiy tushunchalarni ishlab chiqishga ham hissa qo‘shadi, shu orqali jamiyat va inson taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Asosiy axloqiy toifalarni aniqlang va sanab o'ting. Axloqiy kategoriyalar qanday vazifalarni bajaradi?
Etika kategoriyalari axloq fanining asosiy tushunchalari bo'lib, axloqning eng muhim elementlarini aks ettiradi. Etikaning rasmiy apparati kategoriyalardan iborat bo'lib, ayni paytda u jamiyatning stixiyali ongida mavjud. Etika toifalariga quyidagilar kiradi: yaxshilik va yomonlik; yaxshi; Adolat; burch; vijdon; mas'uliyat; qadr-qimmat va hurmat.
Yaxshilik va yomonlik axloqiy baholashning eng keng tarqalgan shakllari bo'lib, axloqiy va axloqsizlikni ajratib turadi. Yaxshilik - ijobiy axloqiy qadriyatga ega bo'lgan barcha narsalarni birlashtirgan, axloq talablariga javob beradigan, axloqni axloqsizlikdan chegaralashga xizmat qiluvchi, yomonlikka qarshi turuvchi axloq kategoriyasi. Diniy axloq yaxshilikni Xudoning ongi yoki irodasi ifodasi sifatida ko'radi. Turli ta'limotlarda yaxshilikni inson tabiatidan, jamoat manfaatidan, kosmik qonundan yoki dunyo g'oyasidan va hokazolardan chiqarish odat tusiga kiradi. Yovuzlik – o'z mazmuni bo'yicha yaxshilikka qarama-qarshi bo'lgan, odatda axloqsizlik g'oyasini ifodalovchi, axloq talablariga zid, qoralashga loyiq axloq toifasi. Bu salbiy axloqiy fazilatlarning umumiy mavhum tavsifidir. Axloqiy yovuzlikni ijtimoiy yovuzlikdan (yaxshilikning teskarisi) farqlash kerak. Axloqiy yovuzlik ma'lum bir shaxs, shaxslar guruhi, ijtimoiy qatlam irodasi namoyon bo'lganda sodir bo'ladi. Odatda odamlarning salbiy harakatlari axloqiy yomonlik sifatida baholanadi.
Adolat - insonning mohiyati, uning ajralmas huquqlari to'g'risidagi g'oyalarga mos keladigan, barcha odamlar o'rtasidagi tenglikni tan olish va harakat va yaxshilik uchun jazo o'rtasidagi muvofiqlik zarurligidan kelib chiqqan holda, tabiiy deb hisoblangan ishlarning holatini anglatuvchi kategoriya. va yovuzlik, turli odamlarning amaliy roli va ularning ijtimoiy mavqei, huquq va majburiyatlari, savob va ularning tan olinishi.
Majburiyat - axloqiy kategoriya bo'lib, shaxsning jamiyatga, boshqa odamlarga munosabati, muayyan sharoitlarda ularga nisbatan ma'naviy majburiyatda ifodalangan. Burch - bu har bir kishiga qaratilgan axloqiy talablar asosida shaxs o'zi uchun shakllantiradigan axloqiy vazifadir. Bu muayyan vaziyatda ma'lum bir shaxsning shaxsiy vazifasidir. Burch ijtimoiy bo'lishi mumkin: vatanparvarlik, harbiy, shifokorlik burchi, sudyalik burchi, tergovchi burchi va boshqalar Shaxsiy qarz: ota-onalik, farzandlik, nikoh, o'rtoqlik va boshqalar.
Vijdon ba'zan qarzning boshqa tomoni deb ataladi. Vijdon - bu o'zini o'zi baholaydigan tuyg'u, tajriba, inson xatti-harakatlarining eng qadimiy samimiy va shaxsiy tartibga soluvchilaridan biri. Vijdon - bu insonning axloqiy o'zini o'zi nazorat qilish, o'z xatti-harakatining axloqiy talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ichki o'zini o'zi baholash, o'zi uchun axloqiy vazifalarni mustaqil ravishda shakllantirish va ularni bajarishni o'zidan talab qilish qobiliyatini tavsiflovchi axloq kategoriyasi. .
Non-sharaf - axloq toifasi sifatida shaxsning o'ziga bo'lgan axloqiy munosabati va unga jamiyat, uning atrofidagilar munosabati tushuniladi, bunda shaxsning axloqiy qadriyati shaxsning ma'naviy fazilatlari, uning o'ziga xos ijtimoiy mavqei, kasbi bilan bog'liq. va uning uchun tan olingan ma'naviy fazilatlar (ofitserning sharafi, sudyaning sharafi, olim, shifokor, tadbirkorning sharafi ...).

Download 30,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish