Sotsiolingvistik kompetensiya:
- til materiallarini kasbiy nutq uchun har bosqich talablaridan va vaziyatdan kelib chiqqan holda tanlash va foydalana olish.
Ijtimoiy - madaniy kompetensiya:
- kasbga oid muqobilsiz leksikani (so‘rovnomalardan foydalangan holda) bilish va tushunish, asbob-uskuna va jihozlar nomlarini anglatuvchi leksikani bilish;
- nutq kommunikativ tartib va qoidalariga rioya qilgan holda kasbiy muloqot yurita olish.
Ijtimoiy kompetensiya:
- o‘z kasbiy mahoratini, malakasini oshirish, kasbdoshlar va kollektiv bilan ishlash, ularga nisbatan tolerantlik tuyg‘ulariga ega bo‘lish, boshqalar tili va madaniyatini hurmat kilish, hamkorlar bilan ishonchli aloqada bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |