Xorijiy qonunlar asosida O'zbekiston Respublikasida yuridik maslahat(konsultatsiya)ning huquqiy holatini yaxshilash



Download 16,66 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,66 Kb.
#208189
Bog'liq
Yuridik maslahat,maqola3


Xorijiy qonunlar asosida O'zbekiston Respublikasida yuridik maslahat(konsultatsiya)ning huquqiy holatini yaxshilash.

Huquq va qonun bular o’zaro chambarchasb bog’liq vosita bo’lib, davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi.

Kalitso’zlar:Huquq,qonun,konstitutsiya,qaror,farmon,kodeks,davlat,

Yuridik xizmat,yurist,yuridik konsultatsiya,adliya,shartnoma,

tashkilot,muassasa,korxona,yuristkonsult,advokat,sudya,

prokuror,targ'ibot,

Yuridik maslahat — (OʻzRda) huquqiy yordam turi. Bunday yordamni oliy yuridik maʼlumotli, tegishli malaka imtihonini topshirgan, advokatlik litsenziyasiga ega boʻlgan yoki tashkilot, muassasa, korxonada maslahatchi yurist lavozimida ishlayotgan shaxslar berishga haqli. Shaharlar va aholi punktlarida advokatlar hayʼatlarining rayosatlari yuridik yordam koʻrsatish ishini tashkil qilish maqsadida huquqiy maslahat beruvchi advokatlar jamoasini tuzadi. Yuridik maslahatxonaning joylashish oʻrni va unda ishlaydigan advokatlar sonini advokatlar hayʼatining rayosati tegishli adliya idorasi bilan kelishgan holda belgilaydi. Yuridik maslahatxona bankda joriy hisob raqamiga, oʻz nomi va tegishli advokatlar hayʼatiga qarashi koʻrsatilgan muhr va shtampga ega boʻladi. Yuridik maslahatxonaga advokatlar hayʼati rayosati rayosat aʼzolari ichidan tayinlaydigan mudir rahbarlik qiladi. Yuridik maslahat berish uchun advokat, oʻz kasbiy faoliyatida amaldagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi kerak. U oʻziga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq hamda erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish uchun qonunda koʻzda tutilgan vositalar va usullardan foydalangan holda faoliyat yuritadi.

Hozirgi kunga kelib O’zbekiston Resublikasida yuridik xizmatni rivojlantirish yo’lida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son farmoniga ko’ra Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

-yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish;

-davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish;

-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

-nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

-zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borish;

-davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash;

-huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyatini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish va yanada jadallashtirish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

-huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash;

-notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

-fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

-xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

-xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va o‘tkazilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;

-yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash;

-sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

-adliya organlari va muassasalari faoliyatida, birinchi navbatda aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlashning innovatsion uslublarini joriy qilish;

Bunda Adliya organlarining faoliyatini takomillashtirish yuridik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish ularga xalqaro darajada talim berish borasida aniq maqsad va vazifalar belgilab berilgan.Shuningdek yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish,xalqaro huquqiy hamkorlikni yo’lga qo’yish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 6.09.2019 yildagi “Aholiga huquqiy aхborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 741-son qarori qabul qilindi.

Aholiga bepul yuridik maslahatlar va amaliy huquqiy yordam koʻrsatish uchun “Madad” - muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti viloyatlarda boʻlinmalari bilan tashkil etilmoqda. Tumanlarda (shaharlarda) maslahat byurolari faoliyat koʻrsatadi.

Yangi tuzilmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish;

fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda oshirib borish ishlariga koʻngillilarni safarbar etish;

fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid soʻrovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga koʻra huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, хorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish;

“Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy aхborot portalining muntazam ravishda yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash. Eslatib oʻtamiz, aholiga bepul maslahatlar portalini oʻz ichiga olgan “Advice.uz” tizimi Prezidentning 9.01.2019 yildagi PF-5618-son Farmoni bilan tashkil etilgan va 1 iyuldan ishga tushirilgan. Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvarga qadar Milliy huquqiy internet portalini yaratishni tugallash vazifasi topshirilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlardan kelib chiqib respublikamizda yuridik xizmatning rivojlanishida nafaqat qonun ,qaror, farmon,ularni qabul qilgandan keyin albatta ijrosini ta’minlashdek masuliyatli vazifa ham mavjud.Xuddi shu vazifani O’zbekiston respublikasi Prokuraturasi amalga oshiradi” O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.” O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasinig XXIV bob 118-modda

Bundan tashqari yuridik xizmatni yuridik maslahat(konsultatsiya)ning jamiyatdagi o’rni beqiyos albatta,chunki har bir korxona ,tashkilot, muassasalarni yuristlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi ,shuning uchun ularni rivojlantirish bu borada o’z hissasini qo’shish har bir O’zbekiston respublikasi fuqarosining burchidir.Mening nazarimda har bir viloyatlarda “yuridik klinika”larni faoliyatini yo’lga qo’ysak maqsadga muvofiq bulardi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi PQ–4551-son “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish lozimligi belgilandi.

Xoʻsh, bu borada hozirda milliy qonunchiligimizda qanday tartib oʻrnatilgan, mavjud muammolar nimada, xalqaro hujjatlar talablari nimadan iborat?

Taʼkidlash joizki, yuridik yordamga boʻlgan huquq fuqarolarning mulkiy holatidan qatʼiy nazar ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish faqatgina jinoyat ishlarida ayrim toifadagi ishlar boʻyicha Jinoyat protsessual kodeksining tegishli moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 iyundagi “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 137-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Xususan, yuqorida qayd etilgan qonun hujjatlariga asosan quyidagi holatlarda advokatlar uchun toʻlov davlat hisobidan qoplab berilishi nazarda tutilgan:

kam taʼminlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida oilasida har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq boʻlmagan (bugungi kunda 358 ming soʻm atrofida) shaxslar uchun;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bogʻliq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek JPK 52-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda.

Konstitutsiyaga asosan har bir fuqaro sud orqali himoyalanish huquqiga ega. Biroq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga jinoyat ishlaridan farqli ravishda fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishning mexanizmi va huquqiy asosi mavjud emasligi yuridik yordamga muhtoj bunday fuqarolarning undan foydalana olmasligiga, oʻzi-oʻzidan odil sudlovga erishish imkoniyatiga ega boʻlmaslik ehtimolining yuzaga kelishiga sabab boʻladi.

Taʼkidlash joizki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarga davlat hisobidan advokat tayinlash jarayoniga sud-tergov organlarining aralashuvi ehtimolining mavjudligi hamda ushbu jarayonning shaffof emasligi shaxsning himoya huquqlari buzilishi va odil sudlovni amalga oshirilishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Binobarin, Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1878, 2008 yil 2 dekabr) muvofiq bugungi kunda advokatning ishda ishtirok etishi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrsatilgan advokatlik tuzilmasiga murojaatnoma yuborish yoʻli bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmining mavjud emasligi davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifati nazorat qilinmasligini, ushbu advokatlarda oʻz majburiyatlariga nisbatan yuzaki yondashish shakllanishini hamda byudjet mablagʻlarining samarasiz sarflanishini keltirib chiqarmoqda.

Buni xalqimiz tilida “choʻntak advokat”, “dejurnыy advokat” deb nom olgan, oʻz himoyasi ostidagi shaxslarning taqdiriga eʼtiborsiz boʻladigan, nomiga “dlya galochka” harakat qiladigan, tergovchi iznidan chetga chiqmaydigan qoʻshtirnoq ichidagi “advokatlar” hanuzgacha uchrab turayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.

Shu oʻrinda, “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” Qonun (OʻRQ-617-son, 14.05.2020 y.) bilan kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, endilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shartligi belgilanganligi bu jarayonda shaxsning himoya huquqlari buzilishini oldini olishga xizmat qiladigan muhim qadamlardan biri boʻldi.

Shu bilan birga, bugungi kunda fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishning amaldagi tizimi BMTning xalqaro standartlari talablarini toʻliq oʻzida aks ettirmaydi hamda davrning oʻzi sohani tubdan takomillashtirishni taqozo etadi.

Binobarin, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda, BMTning yuristlarning roliga taalluqli asosiy prinsiplarida, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga nafaqat jinoiy ishlar boʻyicha, balki maʼmuriy, fuqarolik, oila, mehnat va ijtimoiy masalalarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash lozimligi belgilangan.

Shuningdek, AQSH, Isroil, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya, Litva, Latviya, Estoniya, Rossiya, Gruziya, Moldova, Ukraina, Rossiya va Qirgʻizistonda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni tashkil etish va boshqarish alohida markaz, byuro, kengashlar tomonidan amalga oshiriladi.

Aksariyat davlatlarda ushbu tuzilmalar Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan.

Avstriya, Avstraliya, Albaniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya, Daniya, Isroil, Kanada, Portugaliya, Shimoliy Irlandiya, AQSH, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, JAR, Litva, Latviya, Estoniya, Rossiya, Gruziya, Ukraina, Moldova, Qirgʻiziston kabi davlatlarda esa jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi.

Albatta, davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro huquqiy normalarni chuqur oʻrgangan holda belgilanishi fuqarolarning yuridik yordamga boʻlgan huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatini kuchaytiradi, fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishning xalqaro standartlarga mos shaffof mexanizmi joriy etiladi.



Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi farmoni

3. Internet ma'lumotlari: yuridik.uz,advice.uz
Download 16,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish