Aim.uz
Xorijiy osiyo xalqlari
Reja:
1.Etnogenezi va etnik tarkibi.
2.Tillari va irkiy tiplari.
3.Moddiy va ma'naviy madaniyati.
Tayanch suzlar:
Xorijiy Osiyo xalklarining etnik tarkibi. Dini, til oilalari, antropologik guruxlar. Tarixiy – etnografik viloyatlar. Paleantropologik topilmalar. Ishlab chikaruvchi xujalikning vujudga kelishi va sivilizasiya shakllanishining kadimgi markazlari. Etnik jarayonlar xususiyatlar.
ADABIYOTLAR:
1.Jabborov I.M. Jahon etnologiyasi asoslari.T., 2005
2.Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001.
3. Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.
4. Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T., 1982.
5. Guru P. Aziya. M. 1958
6. Markov G.Е. Kochеvniki Azii. M.1976.
7. Shpajnikov G.A. Rеligii stran Yugo-Vostochnoy Azii.M. 1980.
8.Bruk S.I. Nasеlеniе mira.M.,1981
9. O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi milliy nashriyoti 2001-2006. 1-11 jildlar.
10. Jahon mamlakatlari. Qisqa ma'lumotnoma. T., Sharq. 2006.
Osiyo kit'asi jaxonda eng katta xududiga ega bulgan, tabiati nixoyatda rang-barang, eng kup va zich joylashgan axoliga ega. Bu yerda odamzot paydo bulgan, eng kadimiy madaniyatlar yaratilgan. Oxirgi ma'lumotlarga karaganda Osiyoning xududi 27,7 million kv.km.ga yakin, axolisi 2 mlrd. 465 mln.dan ortik, ya'ni jaxon axolisining yarmidan kupini osiyoliklar tashkil kiladi.
Odatda xorijiy Osiyosi fanda geografik va tarixiy-etnografik jixatdan 4 kismga bulinadi: Garbiy yoki old Osiyo xalklari, Janubiy Osiyo xalklari, Janubiy-sharkiy Osiyo xalklari, Sharkiy va Markaziy Osiyo xalklari.
Tabiiy geografik jixatdan butun Osiyo kit'asi nixoyatda notekis va xilma-xil. Uning iklimi va tabiatiga kit'a soxillarini xar tomondan yuvib turgan Tinch va Xind okeanlari, Atlantika okeaniga tegishli Yapon, Sarik, Sharkiy va Janubiy Xitoy dengizlari, Kora va Urta dengizning suvlari ancha ta'sir kiladi. Xorijiy Osiyoning kup kismi baland va yassi togliklar, adir va bepoyon chullar biyobondan iborat bulib, bu uning kontrast iklimi okibati bilan boglik. Osiyoda jaxondagi eng baland toglar-Kora kurum va Ximolay va kuruklikning eng kuyi joyi – Ulik dengiz joylashgan.
Shimoliy Muz okeani tomondan keladigan Arktika xavosi Sharkiy Osiyo tomon cheksiz pasttekisliklarga yoyiladi va kish paytlari Garbiy Osiyoga nisbatan ancha sovuk buladi. Kit'aning Tinch va Xind okeanlariga yakinligi bu yerda eng katta musson iklimi xudud xosil kilgan. Agar baland tog tizmalari bir tomondan Janubiy Osiyoni kutb xavzasidan saklasa ikkinchi tomondan usha tusik, Markaziy va Janubiy – Sharkiy Osiyoning ichki dasht va yarim dasht rayonlariga namlik keltiradigan dengiz xavosini utkazmaydi. Okibatda bir yokda kalin tropik va subtropik kalin urmonli tog ekinlari yastanib yotsa, ikkinchi yokda karama-karshi iklimli bepoyon saxro va yarim dasht rayonlar uziga xos tabiati bilan ajralib turadi. Kit'aning okean soxillariga yakin joylari, ayniksa, janubiy kismidagi nam viloyatlarda yashil urmonlar guzal manzara kashf etadi. Aksincha, yozgi jaziramada bir xil rangdagi kurgok, cheksiz dashti biyobon kishini sarang kiladigan darajada ma'yus kurinishga ega buladi. Umuman, Osiyo beshta mintaka: mu'tadil yoki urtacha subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial poyaslarda joylashgan.
Jorijiy Osiyosi juda kup kazilma boyliklarga ega. Ammo bu kazilma boyliklar juda kam tekshirilgan. Bu yerda neft va gaz, kumir va kurgoshin, volfram va boksit, kumush va oltin, nikel va kobalt, mis va fosfort kabi foydali kazilmalar topilgan.
Osiyoda 10-15 million yillar mukaddam yashagan odamsimon maymunlarning suyaklari topilgan. Eng kadimiy ibtidoiy odam ajdodlaridan pitekantrop, Xitoydagi sinantrop odamlaridir. Laos va Vyetnam gominidlari garbiy rayonlardan biri million yillar mukaddam kuchib kelgan. 200-400 ming yillar avval yashagan paleontrp vakillarining suyaklari Osiyoning kup joylarida topilgan. Sunggi paleolit va mezolit davriga oid xozirgi irklar shakllangan. Janubiy – Garbiy rayonlarda yevropoidlar, janubiy va janubiy-sharkiy kismida avstroloidlar, sharkiy Osiyoda Tinch okean mongoloidlari paydo bulgan. Aslida neolit davridayok xozirgi tipdagi odamlar keng xududda joylashgan Garbiy va Janubiy Osiyodan markaziy, sharkiy va Janubi-sharkiy Osiyoga kuchib kelgan va neandr – taloid avlodlari bilan aralashib xozirgi sharkiy etnoslar paydo bulishiga sabab bulgan. Usha davrdan boshlab xozirgi etnoslarning avlodlari shakllana boshlagan.
Yevropoid irkining Old Osiyo va xind-pomir guruxlari katoriga butun Janubi-garbiy va janubiy Osiyo Araviya yarim oroli va Turkiyadan tortib Afgoniston, Pokiston, Shimoliy Xindiston va Bangladesh xalklarigacha kiradi. Maxsus armanoy guruxiga uzining katta burni badanining serjunligi bilan ajralib turadigan Osiyo arablari, yaxudiylar, armanlar, turklar va greklar kiradi.
Yamanda armanoidlar bilan Afrikadan kelgan negrlar aralashib uziga xos guruxni tashkil kiladi. Xind-pomir guruxlariga eronliklar, ozarbayjonlar, Afgoniston, Pokiston, Shimoliy Xindiston xalklari kiradi. Yevropoid va avstroloid oraligida paydo bulgan “janubiy xind” yoki “dekan” irkiy tipi Janubiy Xindiston, Shri-Lankada uchraydi. Janubiy yevrpoid va mongoloidlarning metislashishi natijasida uygurlar va boshka turkiy elatlar Xitoy musulmonlari xueylar uziga xos irkiy tipini xosil kilgan. Osiyo xalklarining ayrim yevropoid belgilari Birma va Indoneziya xalkining ba'zi elatlarida uchraydi. Kisman avtroloid irkining maxsus guruxlarini Shri-Lanka veddalari, Xindixitoy, Indoneziya va Janubiy Xitoyning yarim mayda elatlari, pakana buyli negretoslar tashkil kiladi.
Xozirgi xorijiy Osiyoning etnolingvistik kiyofasi asosan eramizdan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab shakllana boshlagan. Usha davrda Kichik Osiyoning ellen tiplari, sharkida kartvel va armon tillari, Urta dengiz sharkida esa oromiy tillari xukmronlik kilgan. Shimoliy Xindistonga Urta Osiyodan kelgan xindariy xalklari Ganga tekisliklarida yashagan axolidan kisman aralashib ularni butunlay kuvib chikarib, kadimgi Xarappa negizida yangi etnolingvistik guruxlarga asos solganlar. Eroniy tildagi xalklar Urta Osiyolik etnoslar bilan maxalliy xindariy xalki ralashib ketib, butun Eron va Afgonistonda, garbda Messopatamiyagacha, sharkda Shimoliy Xindistongacha tarkalgan. Yangi etnoslarni paydo kilgan Xuanxe voxasida dastlabki davlat yaratgan in va chjou kabilalari janub tomon tarkalib maxalliy tan va indoneziya kabilalari bilan aralashib, kadimiy xitoy xalkini shakllanishiga sabab bulgan. Xozirgi Man'chjuriyadan oltoy til oilasiga oid, janubdan indoneziya tillariga oid xalklarning Koreya va Yaponiyaga kelib maxalliy tub axoli bilan aralashib ketishi natijasida uziga xos yangi etnoslarga asos solingan.
Shunday kilib eramizning boshlarida Janubiy va Sharkiy Osiyoda eng yirik etnolingvistik guruxlar – semit-eron, xindariy, dravid, munda, mon-kxmer tillaridagi kabila va elatlar, xitoy, vyetnam, kadimiy koreya va yapon xalklari shakllana boshlangan. VII asrdan boshlab arablarning keng xududlariga joylanishi va islomning tarkalishi okibatida semit xalklari arab tiliga utgan va xozirgi etnoslarning shakllanishiga sabab bulgan. Markaziy Osiyo dashtlaridan garbning kadimdan dexkonchilik bilan shugullanuvchi axoli bilan aralashib ketishi, yuksak madaniyat zamini natijasida kelgindi kabilalarda turkiylashish xodisasi ruy bergan.
Xozirgi xorijiy Osiyoda etnik tarakkiyot jixatdan turli pogonada turgan mingdan ortik xalklar yashagan. Ular xar xil til oilasiga va guruxlarga oid bulib, son jixatdan xam bir-birlaridan farklanadilar. Masalan, bu yerda jaxondagi eng kup sonli- 100 mln. kishidan ortik axoliga ega 4 ta xalk – xitoy, xindiston, bengallik, yaponlar yashaydi. 1 mln. dan ortik 90 xalk 2400 mln. kishidan iborat bulib, butun xorijiy Osiyo axolisining 97,4 foizini tashkil kiladi. Shulardan 6 tasi 50 mln. dan ortik 21 tasi 10 mln. dan to 50 mln.ga yakin axoliga ega bulgan xalklardir. Xorijiy Osiyosi etnik lingvistik jixatdan kancha rang-barang bulmasin, axolisining 3g'2 kismi dunyoda eng kup sonli bir tilda suzlashadigan etnoslarni tashkil kiladi.
Keyingi yillarda xalkaro va davlat tili sifatida butun Malayziya va Indoneziyada malayya tili muxim rol uynay boshladi. Shu bilan birga butun Janubiy va Janubi-sharkiy Osiyoda rasmiy til sifatida ingliz tili xam keng tarkalgan.
Xorijiy Osiyo mamlakatlari axolisinig milliy tuzilishi va etnik xarakteriga karab 4 guruxga bulish mumkin: birinchi guruxga milliy jixatdan bir xil bulib, tub xalki umumiy axolining 95 % tashkil kiladigan Yaponiya, Koreya, Bangladesh, kupchilik arab mamalkatlari kiradi. Ikkinchi guruxga tub xalk butun axoliga nisbatan 70 % ini tashkil kiladigan Vyetnam, Birma, Turkiya, Suriya, Irok, Xitoy, Shri-Lanka, Singapur singari davlatlar kiradi. Uchinchi guruxga axolisining yarmidan kupi tub xalk, kolganlari boshka etnoslardan iborat mamlakat kiradi. Turtinchi guruxga esa kup millatli mamlakatlar kiradi.
Osiyo regionida xitoy-tibet til oilasiga oid xalklar butun axolining 40,2 % ini, xind-yevropaliklar 28,4 % ini, avstroneziya til oilasi 7,9 % ini, dravidlar 6,6 % ini, yaponlar 4,6 % ini, avstrosiyo oilasi 3 % ni, oltoy oilasi 2,6 foizni tashkil kiladi.
Oltoy tili oilasiga oid turkiy, mugul va tungus-manchjur tillarida suzlashadigan etnoslar garbda Bosfor bugozi va Marmar dengizidan tortib, sharkda Tinch okeanigacha, chuzilgan xududda joylashgan. Kadimgi davrlardan juda katta xududni eng kadimgi til oilalari: dravid, munda, mon-kxmer, xitoy – tibet, malayya tillari shakllanib kelgan. Yukorida kayd kilinganidek, xozirgi Mongoliya va Shimoliy Xitoyda oltoy til oialsi paydo bulgan, keyinchalik boshka joylarga xam tarkalgan, Semit tillari xam Osiyoda eng kadimiy davrlarda paydo bulgan. 111-11 ming yilliklarda bu yerda xind-yevropa tillari kirib kelib, maxalliy tillar bilan aralashib ketadi. Xozirgi elatlarning etnolingvistik kiyofasining shakllanishida mana shu jarayonlar asosiy zamin bulgan.
Xorijiy Osiyosining xujalik-madaniy tiplari xa juda kadim – tosh asridayok paydo bulib, tabiiy sharoitga moslashgan. Togli va tog etaklaridagi nisbatan kurgok issik rayonlardagi axoli yukori paleolit davrlaridan yirik xayvonlarga ov kilishdan mayda jonivorlarni ovlashga va yemishli usimlik va mevalarni, ildizmevali ekinlarni terib-termachlashga utadi. Bu madaniyatga xos ishdlab chikarish kurollari uzunchok chakmok toshdan sindirib olingan turli shakldagi yassi tosh parchalaridan iborat bulgan. Janubi-sharkiy Osiyoning namli tropik va subtropik rayonlarida tosh kurollarga karaganda bambukdan yasalgan kurollar muxim rol uynagan. Tabiatan issik va namli changalzorliklarda yirik tosh kurollar ishlatilgan. Shimoliy kurgok dasht rayonlarda va kisman dengiz soxillarida dasht xayvonlarini ov kilish, terib-termachilik va balikchilik kabi xujalik tiplari shakllana boshlagan, axolisi utrok va yarim utrok terimchi xam balikchilarga, ikkinchidan daydi ovchilarga bulingan.
Taximnan 10 ming yillar mukaddam Janubi-garbiy Osiyo tog etaklarida kadimiy dexkonchilik paydo bula boshlagan, maxalliy axoli yovvoyi usimliklarni terib-termachlashdan parvarish kilishga, yovvoyi xayvonlarni ov kilishdan ularni xonakilashtirishga uta bshlagan. Usha davrlardayok butun Janubi-sharkiy Osiyoda eng kadimgi motiga dexkonchiligi paydo bula boshlagan. Keyinrok Eron – urta dengizi, xindiston, Shimoli-sharkiy Osiyo, Indoneziya dexkonchilik uchoklari paydo buladi. 1U-111 ming yilliklar oraligida Messopatamiyada shudgor dexkonchiligi shaklanib, 11 ming yilliklarning oxirlariga kelib yirik mexnat taksimoti tufayli bepoyon Osiyo dashtlarida chorva-dexkonchilik xujaliklaridan kuchma chorvachilik ajralib chika boshlaydi. Shunday kilib, uch ming yillar mukaddam xozirgi xorijiy Osiy xududida uch xil xujalik-madaniy tip: birinchidan – ovchilar, terib-termachlovchilar va balikchilar, ikkinchidan – motiga dexkonchili va chorva, uchinchidan – uy xayvonlari kuchidan foydalanib yerni shudgorlash dexkonchiligi shakllangan.
Xozirgi davrgacha saklangan eng kadimiy birinchi tipga issik iklimli mintakada yashovchi urmon yetrimchi va ovchilari – Shri-Lanka veddalari, Xindisstondagi chenchu, mudugar, birxor kabi mayda elatlar, Mallakka semangilari va senoillar, Sumatradagi kubu, Kalimantondagi panan va Filippin orollaridagi aeta etnoslari kiradi. Ular ozik-ovkat axtarib, oddiy uk-yoy va yer kovlash uchun uchli tayok bilan kurollanib pona yoki butoklardan vaktincha omonat tikilgan chaylalarda yashab daydichilikda kun kechirganlar. Keyinchalik semanti, senoi va aeta kabi ovchi-termachlovchi guruxlar motiga dexkonchiligi xujaligiga uta boshlagan. Soxil buyi termachlovchilari va ovchilari xam yarim utrok xolatda yashab motiga dexkonchiligiga uta boshlashgan. Bu guruxga Markaziy va Janubi-sharkiy Osiyoning bepoyon dashtlarida kuchmanchi kabilalardan tashkari uziga xos xujalik-madaniy tip yaratgan togli terib-termachlovchi, ovchi va balikchi elatlar, Tibet-Birmadagi ayrim etnoslar, Yaponiyadagi aynlar dexkonchilikka utishdan oldin snchki, turli tur va zaxarlangan uk-yoy bilan balik ovlaganlar, ayollar esa yemishli malyuska va kiskichbakalarni suvdan ushlaganlar.
Ikkinchi gurux – motiga dexkonchili xujalik-madaniy tipga Indoneziya, Filippin, Xindixitoy va Xindistonning ayrim mayda xalklari kiradi. Ular utrok xolda yashab, shudgorlash, dexkonchilikdan bexabar bulganlar. Asosan tugunak va ildizmevali ekinlar, kisman baxori, turli palma, banan, shakarkamish kabi usimliklar ekib yetishtirganlar. Uy xayvonlaridan it, chuchka va parranda saklangan. Uylarini ustunli sinchdan mustaxkam kilib, loydan, ba'zan bambukdan kurganlar. Taomlarida asosan usimlik maxsulotlari ishlatiladi, gushtga nisbatan balik kuprok iste'mol kilinadi. Mazkur xujalik tipiga mu'tadil va salkin iklimli baland tog dexkonchiligi xam kiradi. Ular kishlok xujaligi ekinlaridan arpa, suli, kisman bugdoy, kandir, korabugdoy ekadilar, uy-xayvonlaridan kuy, echki va kutos bokadilar. Uylari somonli loydan, guvala va xom gishtdan, ba'zan yogoch va toshdan kurilgan. Taomida xar xil non, sut maxsulotlari va gusht, ichimlikdan choy ishlatiladi. Baland tibet toglarining shimoli va garbida chorva bilan shugullanuvchi xalk uziga xos xujalik madaniy tipiga ega. Ular eng baland yassi togliklarda kutos, sarlik, kuy, echki, yirik shoxli kora mol va yilkilardan iborat kichik poda bilan tor doiradagi yaylovlarda kuchib yurganlar.
Uchinchi xujalik-madaniy guruxdagi kurgok zonada paydo bulgan eng kadimiy shudgor dexkonchiligi insoniyat tarixida nixoyatda muxim rol uynagan va ijtimoiy tarakkiyotning kudratli omili bulgan. Ayni ushbu zonada Tigr va Yevfrat, keyinchalik Xind, Yanszi va Xuanxe vodiylar ida rivojlangan sugorma motiga dexkonchiligi negizidagi yirik shoxli kora mol kuchidan foydalanib dastlabki shudgor dexkonchilik xujaligida yerni xaydash kashf etila boshlagan. Ular don ekinlaridan bugdoy, tarik, juxori, chumiza, xar turdagi loviya va poliz ekinlari, tok va meva daraxtlari ekkanlar. Sugorish sistemasi ancha takomillashgan. Dexkonchilik kurollari – turli shakldagi temir tishli omochlar, mola, urok va tegirmonlar paydo bulgan. Yerga ishlov berishda xukiz, ba'zan sigir va eshakdan foydalanilgan. Katta gildirakli aravalar transport vositasi vazifasini bajargan,ularga ot va xukiz kushilgan. Axolisi tekis yoki nishab tomli tugri burchakli, devori paxsa, xom yoki pishgan gishtdan, kisman toshdan kurilgan uylarda yashagan, turli non va patir, atala, ziravorli taomlar, kisman sut maxsulotlari, gusht va balik iste'mol kilgan. Xunarmandchilik ancha rivojlangan. Chit va jun matodan tikilgan kiyimlar, xar xil bezak, takinchoklar keng tarkalgan.
Eramizdan oldingi VII-U1 ming yilliklarda Janubiy Osiyo Xindixitoy, Xitoyda dexkonchilik va chorvachilik mustakil xujalik soxasiga aylanib, sun'iy sugorish, metallurgiya va savdo rivojlana boshlagan, sinfiy jamiyatlar paydo bula boshlagan. Keyingi davrda bu yerda kuldorlik tuzumiga asoslangan ilk davlatlar tuziladi, yozuv, ilm-fan, badiiy xunarmandchilik, monumental kurilish, xaykaltaroshlik kabi soxalar rivoj topadi. Osiyo kit'asi ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishi, ayniksa sun'iy sugorishga asoslangan dexkonchilik xujaligining takomillashvi, xar tomonlama ravnak topa boshlagan shaxar-davlatlarning paydo bulishi tufayli jaxonning kadimiy madaniyat uchoklaridan biriga aylandi. Mazkur madaniyat markazlari antik davrda paydo bulib xozirgacha saklanib kelgan. Irokdagi dabdabali Bobil xarobalari, Xindistondagi Adjanta va Ellora ibodatxonalari keyingi yillarda kashf etilgan Maxendjodaro va Xarappa madaniyati, Suriyadagi nixoyatda kishini xayajonlantiradigan palmira vayronalari, Iordaniyadagi monolit tog koyalarida uyilib kurilgan xashamatli Petro inshootlari, Kampuchiya changalzorlaridagi afsonaviy Angkor – Vata ibodatxonalari, Nepaldagi gumbazli Svayambunaxt va Bodnatx mukaddas budda inshootlari va boshka noyob obidalar bunga yorkin misol bula oladi. Ammo nokulay tabiiy sharoitdajoylashgan ayrim etnik guruxlar mazkur madaniyat markazlaridan chekkada kolib, bir necha ming yillar davomida juda sekinlik bilan rivojlanib xozirgacha kolok ibtidoiy ttijtimoiy tuzum darajasida yashab kelmokdalar.
Kuchmanchi chorvachilik xujaligining dexkonchilikdan ajralib chikib keng dasht rayonlariga tarkalishi va yirik ishlab chikarish soxasiga aylanishi yangi yerlarni egallashda muxim rol uynagan edi. Lekin bu xodisa texnika-iktisodiy jixatdan intensiv dexkonchilik xujaligidan orkada kolgan chorvachilikni okibatda utrok axoliga karama-karshi kuyadi va ikkita yirik soxa orasida katta ziddiyatlar tugdiradi. Madaniy-iktisodiy kolok kuchmanchi kabila va elatlar volarga tez-tez xujum kilib turib, doimo talon-taroj va kirgin keltirib turgan. Kadimiy davrlardan toXVII1 asrgacha davom etib kelgan dastlab dasht kipchokdagi sak-massaget va turk, keyin kuchmanchi arab va mugul kabilalarining boskinchilik yurishlari sharkda Xitoydan to garbdagi arab davlatlarigacha katta xududda yuksak madaniyat yaratgan utrok xalklarning iktisodiy va madaniy tarakkiyotiga ancha putur yetkazgan edi.
Regionda eng tarakkiy etgan davlat Yapniyadir. Kolgan mamlakatlar fakat keyingi davrlarda mustamlaka va yarim mustamlakachilikdan ozod bulib endigina uzining sanoatini yaratmokdalar. Mustakil ijtimoiy tarakkiyotga utgan davlatlar xar bir soxada ancha yutuklarga erishdilar.
Xorijiy Osiyo axolisining xozirgi diniy kiyofasi kadimiy davrlarda, ayniksa, urta asrlarda shakllangan. Xozirgi davrgacha yetib kelgan dinlarning kupchiligi (iudaizm yoki yaxudiylik, zoroastrizm, induzm, jaynizm, buddizm, daosizm, konfusiylik, xristianlik, sintoizm, islom, sikxizm) Osiyoda paydo bulgan va keyinchalik butun jaxonga tarkalgan. Masalan, eramizdan avval shakllangan yaxudiylik, yangi erani rasmiylashtirgan xristian dini yoki urta asr boshlarida kirib kelgan silom dini xam paydo bulgan yeridan tashkari juda kup mamlakatlarga, bir kancha kit'alarga yoyilib ketgan.
Dastlab eramizning boshlarida Kichik Osiyo, Suriya, Messopotamiya va Janubiy Arabiston yarim orolining Shimoliy va Markaziy kismlarida xatto urug-kabilaviy dinlar xam saklanib kelgan. Palestinda xukmronligini urnatgan yaxudiylik endigina monoteistik tusga kira boshladi. Eron, Afgoniston, Urta Osiy va Kavkaz ortining sharkida zoroastrizm dini tarkalgan. Xindistonda, ayniksa uning shimolida braxmanizm dini buddizm siqib chikargan va Shri-Lankada karor topgan. Janubi-sharqiy Osiyo va Malayya asosan turli mahalliy poleistik xarakterdagi dinlar, qisman oddiy urug-kabilaviy ibodatlar tarkalgan.
Eramizning 1 ming yilligi oxirlariga kelib Old Osiyo deyarli musulmonlashgan. Xristian dini juda tor doirada saklangan. Islom bu davrda asta-sekin zoroastrizmni xam yengib Eron, Sharkiy Kavkaz orti, xozirgi Afgoniston, Urta Osiyo va Xindistonning garbiy kismidagi rayonlarda tarkaladi. Asli Xindistonning kupchilik xududida kadimiy yirik dinlardan braxmanizm reformalashgan xolda yangi nom (induzim) bilan tiklanadi. Shri Lanka va Xindixitoyda buddizm uz xukmronligini saklab, Malayya arxipelagida buddizm bilan induzm tarkalgan. Xitoyda “uch din” sistemasi, Koreyada maxalliy diniy e'tikodlar bilan birga buddizm va xitoy dinlari, Yaponiyada milliy din xisoblangan sintoizm bilan buddizm ildiz otgan. Buddizm Markaziy Osiyoda mustaxkam joylashib, xozirgi Sinszyan va Tibetda keng tarkalgan.
Sunggi ming yillikda xam xorijiy Osiyosining diniy kiyofasida bir oz uzgarishlar ruy bergan. Masalan, Old Osiyo yana xam kuprok musulmonlashgan, xristianlik fakat Kipr axolisining kupchiligida saklangan bulib, boshka rayonlarda juda kamayib, ayrim kichik guruxlargagina bulingan. Islom yana xam kengayib, Janubi-Sharkiy Osiyo mamlakatlari va xatto Shimoliy Osiyo – Sibirgacha yetib boradi. Sinszyandan buddizmni siqib chiqaradi. Uz navbatida buddizm xam sharkka tarkalib Xindixitoyda asosan induzm va islom, Yaponiyada sintoizm va buddizm uz mavkeini saqlab qolgan. Xitoy va Koreyada eski dinlar asosan saklangan.
Shunday kilib Osiyo dinlari urta asrlarga kelib asosan shakllanib bulgan. Xozirgi davrda islomning shia mazxabi Eron, Irokning janubiy kismida, zeydizm nomi bilan Yaman Arab respublikasida xukmron din xisoblanadi. Sunnizm butun janubi-garbiy Osiyo mamlakatlarida (Isroil, Livan va Kiprdan tashkari) kupchilik axolining diniy e'tikodi xisoblanadi. Afgoniston, Pokiston, Bangladesh, Malaziya va Indoneziya axolisining xam kupchiligi musulmonlardir. Xindistonda (ayniksa, Kashmir shtatida), Xitoyda (sinszyan viloyatida uygurlar, Nineya – Xuey rayonida dunganlar) musulmonlar kup. Maldiv orollarida, Shri Lanka (mavrlar) Birma (arakanlar), Kampuchiya va Vyetnamda YU (chama), Filippinda (moro) va Janubiy Tailandda xam kisman masulmonlar yashaydi.
Induzm asosan Xindiston, Nepal, Bangladesh va Shri Lankada tarkalgan. Induzmning mazxabi sifatida ajralib chikkan joynizm va sikxizm xindlarning milliy dinlariga aylangan. Xindistonda paydo bulgan buddizm vatanni tark etib xozir Birma, Tailand, Kampuchiya, Laos va Shri Lankada, lamaizm shaklida Nepal, Butan, Mongoliya va Tibetda xukmron din bulib tanildi. Buddizmning maxayana mazxabi Xitoy, Koreya, Yaponiya va Vyetnamga tarkalgan.
Xristian dini Filippindar orasida xukmron bulib, Livan, Janubiy Xindiston (Kerala shtati) va Indoneziyaning ba'zi rayonlarida kisman tarkalgan. Kadimiy dinlardan zoroastrizm, mazdeizm, mitroizm koldiklari ayrim etnik gruxlardan, Turkiya, Eron, Irok, Bombey va Gudjaratda saklangan. Isroilda davlat dini xisoblangan iudaizm dini negizida boskinchilik siyosatining tarafdori millatchilik ta'limoti – sionizm yuzaga keldi. Xitoyda xozirgacha daosizm va ayniksa konservativ tartiblarni va oilada patriarxalchilikni mukaddaslashtiruvchi konfusiylik dinlari mustaxkam saklanib kelmokda. Shuningdek konfusiylik Yaponiya va Vyetnamga xam keng tarkalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |