Xorijiy mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotining asosiy yо‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar



Download 0,56 Mb.
bet1/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#234795
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
mustaqil ish Zarina 307..


XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM TARAQQIYOTINING ASOSIY YО‘NALISHLARI VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR
Reja:

1. Ta'lim va rivojlanish: tajriba va strategiyalar

2. Modulli-kredit tizimi, Masofaviy ta’lim, Blended learning.

3. Mahorat darslari , Assesment texnologiyasi, Vebinar texnologiyalar.

Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.

Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.

Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.

CHet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.

Darxaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir. SHu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.

Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.

Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning xam xamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. SHuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab isloxotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni xarakatlantiruvchi kuch» deb xisoblagan.

Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.80 — yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.

«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir.

Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz

o’rta maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.

Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir kator farklar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’kuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakulьtativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika ta’limi o’quv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini o’rganish xam kiritilgan.

SHuni ta’kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkybiga fizika, ximiya, biologiya, bazi xollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’kitiladi. O’kuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada 70-80-yillarda to’liksiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.

o’ezirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’kuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi-Frantsiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi.

Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chikardi.

Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabakalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. ukuvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, Frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’kuvchilarini uch tabakaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular kuyidagilar :

1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’kuvchilar.

2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’kuvchilar.

3.Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va xokazo.

Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muxim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmokda.

To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy Yevropada o’zlashtirmovchi xamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir.

80 — yillarda AQSH o’quvchilarinig 50 — yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Frantsiyada xar uch litseychidan biri bu salbiy xolatni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.

To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSH da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi.

O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.

Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’kuvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov — shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.

SHunday iktidorlar maktabi G’arbda 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’kuv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.

Iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri xam chet ellik xamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday xolni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayotir.

70- yillarda AQSH da kelajak maktabi umummilliy loyixasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsulьtatsiyasini o’z ichiga oladi.

Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini kiskartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning xar biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsulьtatsiya oladi.

Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :

-maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarinikuchaytirish.

-o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.

-tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.

-Maktab o’kuv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustaxkamlash, takomillashtirish.

-Maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.

-Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (xam talantlar, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.

-Yangi, ya’ni o’kuv texnik vositalarini ta’limdagi salmogni oshirish, o’kituvchilar korpusida kompьyuter ta’limini yo’lga ko’yish.

-Pedagogik goyalarni amalga oshirishda keng kamrovli eksperiment — tadkikotlarni amalga oshirishdan iboratdir.



CHet el ta’limidagi bunday ibratli jixatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida ko’llash yosh, mustakil Resublikamizda o’kuv — tarbiya ishlarini islox qilish jarayonini tezlashtiradi
Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar о‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda о‘zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yо‘lga qо‘yishning yangidan yangi yо‘llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqorida aytib о‘tilganidek, insoniyatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiyatlarga barham berish va о‘zaro birlik, hamkorlik, hamjihatlikka erishishdir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda bо‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yо‘lida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Yevropa kengashining Yevropa madaniyati konvensiyasi ham dastlab mazkur mintaqa davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. Hozirda esa u jahonning kо‘plab mamlakatlari universitet (institut, akademiya)lari faoliyatining о‘qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat bо‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur Konvensiya g‘oyalari Yevropa hududida shaxs tafakkurini shakllantirishda kо‘p tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi. Konvensiyani imzolovchi tomonlar о‘z hududlarida fuqarolar tomonidan Yevropa hududida mavjud bо‘lgan tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish taraqqiyotini о‘rganish hamda о‘z hududida boshqalarga о‘z tili yoki boshqa tillarni о‘rgatish imkoniyatini yaratib berish1lari zarur edi.




Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy ta’lim makonini yaratilishi uchun ilk qadamlar 1949 yilda qо‘yildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi Yevropada ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar kechishi va birligini ta’minlashdan iborat bо‘lgan birinchi xalqaro tashkilot – Yevropa Kengashi tashkil e tildi.

Bolonya jarayoni yagona Yevropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga yaqinlashishi va о‘zaro uyg‘unlashuvi jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman boshlanish muddati 1999 yilning 19 iyuni deb e’tirof etilgan. Binobarin, xuddi mana shu sanada 29 mamlakat vakillari ishtirokida Bolonya deklaratsiyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda mazkur tizim о‘ziga 1954 yilda Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Yevropa madaniyati Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan (oliy davlat hokimiyati organi tasdiqlagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.




.


Bolonyaning maqsadi ijtimoiy sub-’yektlar tomonidan oliy ma’lumot olish imkonini kengaytirish, Yevropa oliy ta’limining sifati va samara-dorligini istiqbolli oshirish, tala-balar hamda о‘qituvchilarning hara-katchanligi, faolligini rivojlan-tirish, shuningdek, akademik daraja va boshqa kasbiy malakalarning meh-nat bozoriga yо‘naltirgan holda bi-tiruvchilarni ish bilan ta’minlash

Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish, oliy о‘quv yurtlarining Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqlilik, hamkorlik asosida qatnashish, talabalar va о‘qituvchilarni о‘zaro akademik almashtirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bо‘lmoqdalar.


Tizimning umumiy asoslari Bolonya shahrida imzolangan deklaratsiyada о‘z ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:

1. Diplom ilovasiga kо‘ra fuqarolarni ishga samarali joylashtirish, Yevropa oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatga bardoshliligini oshirish imkoniyatini yaratadigan о‘zaro muvofiq keluvchi akademik darajalar tizimni qabul qilish.

2. Ikki siklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga о‘tish. Ta’limning birinchi sikli uch yil davom etadi. Ikkinchi sikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish uchun yо‘naltiriladi.

3. Keng kо‘lamda talabalar almashinuvini qо‘llab-quvvatlash uchun mashaqqatli sinov birliklarini qayta topshirishning Yevropa tizimiga о‘tish. Mazkur tizim talabalarning о‘rganiladigan fanlarni tanlash huquqiga ega bо‘lishlari uchun imkoniyat yaratadi. Buning uchun asos sifatida “Umr bо‘yi ta’lim olish” konsepsiyasi doirasida qо‘llash imkonini beradigan tizim - YESBT (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi.

4. О‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish. Yevropa hududida ishga sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda о‘qituvchilar va b. xodimlar almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini о‘rnatish.

5. О‘zaro mos mezon va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda sifatini ta’minlashda Yevropa hamkorligini qaror topshirishga kо‘maklashish.

6. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va oliy о‘quv yurtlari talabalari va xodimlari faoliyatini tashqi baholashga tortish.

7. Oliy ta’limda, ayniqsa, о‘quv rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalariaro hamkorlik, talaba va о‘qituvchilar almashinuvi va birgalikdagi ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni о‘tkazishga oid amaliy tayyorgarlik va ularni olib borish borasida zarur yevropacha nuqtai nazarlarning shakllanishiga kо‘maklashish.

Deklaratsiyaga a’zo bо‘lish uchun quyidagi dastlabki talablar qо‘yiladi:

- oliy о‘quv yurtigacha 12 yillik ta’lim;

- ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;

- о‘quv jarayoni va о‘qitish natijalarini baholash YESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi

Bolonya deklaratsiyasiga a’zo davlatlarda ta’lim modul-kredit tizimiga asoslanadi.

1989 yilda Yevropada Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) va TEMPUS kabi dasturlar joriy etildi. 2001 yilda 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasi imzolandi. Bugungi kunda ERASMUS dasturi bо‘yicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari о‘rtasidagi talabalar almashinuvi 145 ta oliy о‘quv yurtlarini qamrab olgan. Ular о‘rtasida Yevropa universitetlari ta’limi natijalarini о‘zaro tan olish tizimi – YESTS (European Credit Transfer System) shakllantirilgan






Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi – auditoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar va о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan boshqa faoliyatlarini о‘z ichiga oladi.

О‘quv fani (moduli)ni о‘rganish uchun talaba tomonidan sarflangan umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir о‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi lozim. Ayni о‘rinda aytib о‘tish zarurki, kreditlar auditoriya soatlari bilan chegaralanib qolmay, balki talabaning auditoriyadan tashqari sharoitda ham о‘quv fani (moduli)ni о‘zlashtirish uchun sarflaydigan yuklamani ham inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda о‘quv rejasiga kiritilgan fanlar bо‘yicha ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng. Ba’zan о‘quv fani uchun ajratilgan kredit soni 3 tadan kо‘p yoki kam bо‘lishi mumkin. Kreditlar barcha (majburiy va ixtiyoriy) tanlangan о‘quv fanlari bо‘yicha taqsimlanadi.

Kreditlarning taqsimlanishida fan bо‘yicha kurs loyihalari va amaliy ishlarining mavjudligi inoatga olinadi. О‘quv fani uchun ajratiladigan kreditlar miqdori fanning murakkabligi hamda talabalar tomonidan uning о‘zlashtirilishiga bog‘liq bо‘ladi. YESTSda kreditlar yig‘indisi semestrda – 30 tani, о‘quv yili davomida – 60 tani, bakalavriat davrida esa – 240 ni tashkil etadi.

YESTS kredit texnologiyasiga о‘tishdan kо‘zlangan maqsad talabalarga xorijda о‘qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish; muayyan davlatdagi mavjud ta’lim olish muddatining xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash; Yevropa oliy о‘quv yurtlari о‘quv rejalarini о‘rganish va shu asosida о‘quv jarayonini takomillashtirish; talabalar qobiliyatini tо‘la rivojlantirish va о‘qitishning yuqori natijalariga erishish. Modul-kredit tizimi ham muayyan tamoyillarga tayanadi. Ular:




Axborot targ‘iboti quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

1) almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning о‘qish natijalari haqida bir-biriga о‘z vaqtida axborot yetkazib turish;

2) oliy о‘quv yurtlarining о‘z axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini о‘rganish;

3) oliy о‘quv yurtlarida, YESTS haqida tо‘la ma’lumotlarning mavjudligi.











Zamonaviy о‘qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-о‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bо‘lishi, о‘qitishning yuqori sifatlari – YESTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. О‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi о‘ziga xos xususiyatlarga ega. О‘quv rejasi bо‘yicha barcha о‘quv fanlari ikki guruhga bо‘linadi:

1) majburiy fanlar;

2) talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar.

Ular taxminan 1:2 nisbatda bо‘ladi. Har bir talaba shaxsiy о‘quv rejasiga ega bо‘lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir о‘quv fani bо‘yicha о‘qituvchini tanlash huquqiga ega. Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda о‘rganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, kо‘pi bilan 7 ta bо‘lishi, mustaqil ishga ajratilgan soatlarning auditoriya soatlaridan kо‘pligi о‘ziga xos jihatlar sanaladi.

Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat sanaladi. Unda talaba о‘qiyotgan davlatda qabul qilingan baholash tizimi hamda о‘z mamlakatida olgan baholari tо‘g‘risidagi ma’lumot beriladi. О‘quv fanlari bо‘yicha dasturlar “sillabus” deb nomlanib, ular quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bо‘ladi:

- о‘quv fanining tо‘liq nomi va uning о‘quv rejasidagi tartib raqami;

- о‘quv fanini о‘rganishdan kо‘zlangan maqsad;

- о‘quv fanining qisqacha mazmuni; - mashg‘ulotlar jadvaliilovasiga asoslangan taqvimiy reja;

- о‘qitish texnologiyasi;

- talabaning mas’uliyati va unga qо‘yilgan talablar;

- talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari; - asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati

Modul-kredit tizimiga kо‘ra о‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yо‘naltirilgan о‘qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil о‘qib-о‘rganishiga asoslanadi. Ta’limning birinchi bosqichida har bir talabaga axborot paketi beriladi. Unda ma’lumotlar mavjud bо‘lib, ular talabalarga modul- kredit tizimi bо‘yicha muvaffaqiyatli ta’lim olish shartlaridan xabardor bо‘lish imkoniyatini yaratadi:

- oliy ta’lim muasasasi haqida ma’lumot;

- о‘quv rejasi;

- о‘quv jarayonining grafigi;

- о‘quv fanlarining mazmuni;

- OTMda mavjud bо‘lgan о‘qitish tizimining - metodik xususiyatlari haqida ma’lumotlar;

- talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;

- ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga oid ma’lumotlar;

- OTM faoliyatining tarixiy taraqqiyoti va uning zamonaviy rivojiga oid ma’lumotlar;

- qо‘shimcha ta’lim xizmatlari tо‘g‘risida ma’lumotlar.

О‘quv kreditlarini hisoblashda haftalik auditoriya о‘quv yuklamasi 36, talabalarning haftalik mehnat sarfi о‘rtacha 54 soat miqdorida qabul qilingan. Modul-kredit tizimi bо‘yicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan о‘quv rejasi ta’lim jarayoni uchun asosi bо‘lib xizmat qiladi. Aynan о‘quv rejasiga muvofiq о‘quv faoliyatining turlari bо‘yicha talabalar tomonian sarflanadigan mehnat sarflari aniqlanadi. О‘quv faoliyati turlari bо‘yicha mehnat sarflarini hisoblash taxminan shunday kechadi (4-jadval):

4-jadval



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish