2.3-jadval
O`zbekistonda kimyo sanoatga kiritilga investitsiyalar dinamikasi.
Yillar
|
Jami investetsiya mlrd so`mda
|
Sanoatga
|
Kimyo sanoatiga
|
Mlrd so`mda
|
Umumiy hajmga nisbatan ulushi
%da
|
Mlrd so`mda
|
Umumiy hajmga nisbatan ulushi %da
|
2006
|
3838,3
|
1233,4
|
32,1
|
84,9
|
2,2
|
2007
|
5479,7
|
2013,8
|
36,8
|
67,3
|
1,2
|
2008
|
8483,7
|
2556,6
|
30,1
|
164,4
|
1,9
|
2009
|
12531,9
|
3556,9
|
28,4
|
232,4
|
1,8
|
2010
|
15409,1
|
4399,3
|
28,6
|
199,4
|
1,3
|
2011
|
18291,3
|
5980,0
|
32,7
|
186,9
|
1,0
|
2011yilda 2006 yilga
nisbatan %da
|
476,5
|
484,8
|
101,8
|
220,1
|
45,4
|
Manba: O`zbekiston Statistika malumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
O`zbekistonga 2011 yil 18291,3 mlrd so`m investitsiya kiritilib, shundan 32,7%i sanoatga yo`naltirildi. Kiritilgan investitsiyalar 2006 yil 3838,3 mlrd so`m bo`lib, 2011 yilgacha 476,5%ga ortib 18291,3 mlrd so`mni tashkil qildi. Shunda sanoat soxasiga 2006 yilda jami investitsiyani 32,1%i yo`naltirilib, 1233,4 mlrd so`mnitashkil qildi. 2011 yilda esa mos ravishda 32,7 %i kiritilib, 2006 yilga nisbatan 484,8% ortidi va 5980,0 mlrd so`mni tashkil qildi. Kimyo sanoatiga ajratilgan investitsiyalar jami investitsiyadagi ulushi 2006 yil 2,2% bo`lib, 84,9 mlrd so`mni tashkil etdi. 2011 yilda esa bu ko`rsatgich mos ravishda 1,0% bo`lib, 2006 yilga nisbatan 220,1 %ga o`sidi va 186,9 mlrd so`mni tashkil etdi. Kimyo sanoatiga ajratiladigan investitsiyalar jami investitsiyaning 1-2%ni tashkil etishi albatda salbiy xolat.
2013-yilning birinchi choragida umumiy qiymati 4,3 milliard dollarlik 114 yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi, “Stroy Max Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo`shma korxonasida gaz-beton ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini bajarish nihoyasiga yetkazildi, “Bekobodsement” ochiq aksiyadorlik jamiyatida quruq uslubda sement ishlab chiqarish bo`yicha yangi liniyani qurish orqali faoliyat ko`rsatayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish” loyihasi asosida ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, 587 yangi ishlab chiqarish ob’ekti, shu jumladan yengil va to`qimachilik (190 ob’ekt), oziq- ovqat (179), yog`ochni qayta ishlash (29), kimyo sanoati (10), qurilish materiallari (112), mashinasozlik (6) va boshqa tarmoqlarda (61) foydalanishga topshirildi.
O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi (O`TTJ) 2013 yilgi Davlat investitsion dasturiga kiritilgan 34 loyihani amalga oshirish uchun 809,45 million dollar mablag` ajratadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda. Ushbu mablag`lar umumiy qiymati 15,216 milliard dollarga teng bo`lgan energetika, neft va gaz, kimyo, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar uchun yo`naltiriladi. 2013 yilda O`TTJ eng ko`p 767,45 million dollar miqdoridagi kredit mablag`larni yoqilg`i-energetika, kimyo, neft va gaz hamda metallurgiya sohasidagi loyihalar uchun ajratadi. Umuman, 2013 yil davomida ushbu sohalar bo`yicha 2,014 milliard dollar mablag` o`zlashtirilishi ko`zda tutilgan. Kommunal xizmat, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati sohalari 2013 yilda O`TTJdan 42 million dollar mablag` olishadi. Kelasi yili ushbu yo`nalishda 281,25 million dollar o`zlashtiriladi, undan 65,44 million dollarini O`TTJ mablag`lari tashkil etadi. O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi 2006 yilda tashkil topgan bo`lib, Davlat investitsion dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xizmat qiladi24.
Do'stlaringiz bilan baham: |