1.1.4-rasm. Saudiya Arabistoni tashqi savdo aylanmasining hajmi va
dinamikasi (mlrd. dollar)
Yuqoridagi jadvalni tahlil qiladigan bo’lsak 2008-yilda ro’y bergan jahon
moliyaviy inqirozi Fors ko’rfazi xususan Saudiya Arabistoniga ham o’zining salbiy
ta’sirini o’tkazdi(1.1.4-rasm). 2008-yilda yalpi eksport hajmi 322,9 mlrd AQSh
dollarni tashkil etgan bo’lsa 2009-yilda bu ko’rsatkich 202,6 mlrd AQSh dollarga
yetdi. Importda ham pasayish tendensiyasi kuzatiladi. 2009-yilda neft narxining
tushishi va uni ishlab chiqarish hajmini pasayishi sabab umumiy eksport hajmi yil
davomida 38,7% ga pasaydi. 2010-yilda esa jahon neft bozorida narxlar
ko’tarilishni boshladi va Saudiya Arabistoni eksport hajmi 23% o’sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |