Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy ahamiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obyektiv zarurligi.
Yusupxodjayeva Gulchexra Baxadirxodjayevna, assistent
Ismoilov Muydinjon Xasanon o’gli талаба
Suvonqulov Shahzod Ikromjon o’g’li талаба
Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti
Annotatsiya:Maqola mamlakatimiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning muhumligi, shuningdek, iqtisodiy salohiyatimizni yanada rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning obyektiv zarurligi.
Таянч сўзлар:инвестиция ,ривожланиш ,бозор,иқтисодий зоналар , миллий иқтисодиёт ,мақсад ва вазифалар,
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bog’liqdir.Mamlakatimizda investitsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.O’zbekistonda investorlar uchun o’ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferentsiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar xajmi yildan-yilga ortib borayotgani ham buning yorqin misoli.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda har bir mutaxassis va xo’jalig yurituvchi subyekt anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligini tushunib olish qiyin emas.
Investitsiya, bu- kapitalning barcha shakllarini xo’jalik faoliyatining turli obyektlariga foyda olish maqsadida kiritilishi hamda bozor tamoyillariga asoslangan tavakkalchilik, likvidlik va vaqt omiliga bog’liq bo’lgan iqtisodiy yoki noiqtisodiy samara olishdir. Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo’lidagi to’siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez surartlar bilan o’smoqda.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti shuni ko’rsatadiki, investitsiya jalb qilmay turib, iqtisodiyitni yetarli darajada rivojlanib bo’lmaydi. Ana shuni e’tiborga olib, davlatimiz tomonidan mamlakartda investitsion muhitni shakllantirishga sharoit yaratish, uni tezlashtirish va rag’batlantirish maqsadida bir qator qonunlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Buni natijasi o’laroq, 2019-yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizni tashkil etgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining oshib borishi iqtisodiyot o’sishi barqaror yuqori suratlarining va uning tuzilmalarini diversifikatsiyalashning asosiy manbai bo’ldi. To’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya ulushi 4.2 mlrd AQSh dollariga tenglashdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 3.7 baravarga oshdi. O‘tgan yil davomida 2,8 mlrd AQSh dollari o‘zlashtirildi. Ayni vaqtda chet el investorlari qurilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, metallurgiya sohasiga ko‘proq sarmoya kiritishyapti. Bu degani qolgan sohalarga ham investitsiya kirib kela boshlayapti. Respublikaga investitsiya asosan Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya va BAAdan kirib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |