2-jadval
Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va
ishtirokchilari tasnifi
Guruhlar
|
Guruh ichi guruhlari
|
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari tashkiliy shakllari
|
Byudjet va nobyudjet fondlar
|
Davlat byudjeti
|
Hukumat
Iqtisodiyot vazirligi
Moliya vazirligi
|
Mahalliy byudjetlar
|
Mahalliy vakolatli organlar
|
Nobyudjet fondlar
|
Pentsiya fondi
Bandlik fondi
Investitsiya fondi va boshqa fondlar
|
Kredit tizimi
|
Banklar
Kredit muassasalari
|
Markaziy bank
Davlat g`aznachiligi
Investitsion banklar
Kredit uyushmalari
|
Sug`urta tizimi
|
Sug`urta fondlari va tashkilotlari
|
Davlat sug`urta kompaniyalari
Boshqa sug`urta kompaniyalari
|
Moliyalash-tirishning jamoaviy shakllari
|
Investitsion tashkilotlar
Investitsion banklar
Sug`urta tashkilotlari
|
Investitsiya kompaniyalari va fondlari
Nodavlat pensiya fondlari
Sug`urta kompaniyalari
Payli investitsion fondlar
|
Xorijiy investorlar
|
CHet el davlatlari, hukumatlari, XMIlar, tijorat banklari, institutsional investorlar, investitsion banklar
|
XTTB
ETTB
Xalqaro moliyaviy qo`mita
AQSH eksimbanki
boshqalar
|
Korxonalar
|
|
Mulkchilikning turli shakllaridagi har qanday korxonalar
|
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustivorlik berilishini fakat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish ozlik kiladi. Gap shundaki, dastlabki kapital jamgarish davrida pulni tez to`plash uchun uni kapital oboroti tez bo`ladigan soxalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bu bilan yukori foyda normasi yuzaga keladi. Foyda normasi yukori joyda esa, uni kapitallashti-rish imkoni katta bo`ladi. Bu omil xam xususiy sektorda pulni oborot kapitaliga aylantirish uchun ragbat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo`jalik yurita bilmaslik tannarxni ortishiga olib keladi, bu narx o`zgarmagan sharoitda, xam zararga olib keladi. Ammo xozirgi o`tish davrida xo`jalikdan tashkarida bo`lgan omillar ta`siri goyat kuchli. Bu balanslashmagan inflyatsiya sharoitida davlat xarid narxining mavjudligidir. Bu narx asosiy maxsulotlar (paxta, galla, pilla)ga taallukli bo`lib, uning darajasi resurslar narxiga mutanosib ravishda o`zgarmaydi. Natijada bu narxlar «kaychisi» paydo bo`lib, bu shirkat xo`jaliklarini rentabel ishlashiga yo`l bermaydi. Davlat narxlari amalda monopsoniya narxlari, ya`ni xaridorning biryoklama manfaatidan kelib chikkan xolda belgilanadigan narx bo`ladi. U bozorni monopollashganligini bildiradi. SHirkatlar tabiatan tarkok va erkin xo`jalik lekin ular erkin bozorga ishlay olmaydi. Bu ziddiyat ularni moliyaviy tanglikka maxkum etadi. Bozorda davlat monopoliyasining saklanishi monopsoniya yo`k sharoitda xam sezilib turadi. Buni xususan ozik-ovkatdan iborat shirkat, fermer va dexkon xo`jalik maxsuloti narxini sanoat narxiga nisbatan sekin o`sishida, narxining paritetida ko`rish mumkin. Dexkonlar maxsulotining ayirboshlanish ekvivalentining pasayishi tufayli ular foydani kam ko`radi, yoki uni umuman olmaydi. Bu albatta, investitsiyalarni o`z mablag`i xisobidan ta`minlash imkonini cheklab ko`yadi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |