Xorijiy investitsiya



Download 26,92 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi26,92 Kb.
#270723
1   2
Bog'liq
Якуний назорат Мм 73-2 г. Л. Очилов

Javoblar

1. Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”.

Darhaqiqat, 2019 yilning o‘zida barcha manbalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 30 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etdi. Shuningdek, sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib bordi. Umumiy qiymati 5,4 milliard dollar bo‘lgan 145 ta tarmoq va 167 ta hududiy loyihalar ishga tushirildi. 2020 yil uchun 1569 ta xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan shu yilda 233 trillion 200 milliard so‘m, jumladan 7,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Investitsiya faoliyatining samarali tashkil etilishi uning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liqdir. O‘tgan yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi.

Ammo, sohada yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Xususan, amaldagi investitsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, investitsiya faoliyati va chet el investorlari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq aksariyat tartib-taomillar tarqoq holda bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligi, aksariyat qoidalarning takrorlanishi, shuningdek ayrim muhim masalalar qonun darajasida emas, balki nizom va yo‘riqnomalar bilan belgilanganligi ular o‘rtasida ba’zi nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklarni vujudga keltirayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495 sonli Farmonida belgilanganidek, investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini yanada takomillashtirib tez fursatda hayotga tatbiq etish zarur edi. Dastlab investitsiya sohasidagi yagona hujjat sifatida Investitsiya kodeksi konsepsiyasi ishlab chiqilib muhokamaga qo‘yildi. Keyinchalik loyiha “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun nomini oldi.

Mazkur qonun “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”, “Konsessiyalar to‘g‘risida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud bo‘lgan normalarni tizimli ravishda o‘zida mujassamlashtirdi.

Shu asosda tayyorlangan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 

2019 yil 25 dekabr kuni imzolandi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.

Tuzilishiga ko‘ra 12 bob, 69 moddadan iborat bo‘lgan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ilgari investitsiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan:

· Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi.

· Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o‘zgarishlariga qarshi kafolatlari yanada mustahkamlandi.

· Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi.

· “Investitsiya vizasi” va uni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha norma kiritildi.

· O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish tartibi belgilandi.

Qonunda ilk bor investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa investitsiya sohasida huquqiy tartibga solishning mazmuni va yo‘nalishlarini belgilab berdi.Mazkur prinsiplar investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.

Ushbu pritsiplar qatorida investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi, ularga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kabilarni alohida ta’kidlash joiz. Bu kabi pritsiplarning qonun darajasida belgilanishi investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquq va majburiyatlariga rioya etilishida muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumki ilgari investorlar faoliyatining kafoltlari alohida qonun bilan tartibga solinardi. Shuningdek, ushbu kafolatlar boshqa qonun va qonun osti hujjatlarida ham tarqoq holda berilgan. Bu o‘z navbatida kafolatlar to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan turli normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida takrorlanish va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan edi.

Investorlar uchun birinchi navbatda kafolatlanishi zarur bo‘lgan sohalarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj sezilayotgan edi.

Shu maqsadda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtirsa, investitsiya kiritgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan o‘sha sanadan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu kafolatlarning aynan qaysi holatlarda amal qilishi aniq belgilab qo‘yildi.

Investorlar huquqlarining davlat tomonidan kafolatlashning bunday turi chet el sarmoyadorlari uchun qulay investitsiya muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda davlatning jamiyat hayotida tutgan o‘rni borasida turli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish ko‘zda tutilgan. “Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da qayd etilganidek, davlat funksiyalari va vakolatlarining haddan tashqari markazlashganligi hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib kelmoqda.

Shu boisdan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ham mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z vakolatlari doirasida hududdagi investitsiya muhitini yanada takomillashtirish maqsadida istiqbolli investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vakolatlar berildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga 10 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ekvivalentda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini mustaqil tuzish huquqi berildi. Ilgari esa investitsion shartnomalar faqat hukumat darajasida tasdiqlanar edi.

Mazkur yangi tartibdan hududlardagi rahbarlar samarali foydalanib, chet ellik investorlar bilan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, qator korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoni bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil etuvchi “investitsiya vizasi” joriy etilishi belgilangan edi. Farmonda belgilangan ushbu vazifa “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda bevosita o‘z ifodasini topdi. Xususan, investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida investorlar va chet el investorlari ishtirokidagi korxonalarga chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqi qonun darajasida mustahkamlanib, bunday shaxslarga mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida ko‘p martalik vizalarni olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida bo‘lish huquqi kafolatlandi.

Aytish lozimki, bu turdagi viza asosan mamlakatimiz hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga beriladi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilariga ham taqdim etiladi. Ushbu qoidalar investorlarga malakali chet el mutaxassislarining ko‘nikmalaridan erkin foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Davlat va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlashning yana bir samarali usuli bu hukumat darajasidagi investitsiya shartnomalaridir. Darhaqiqat, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tuziladigan investitsiya shartnomalari hayotga izchil tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega.

Ayni shu maqsadda, Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan uning tuzish tartibi, taraflari, shartlari va davlatning majburiyatlari aniq belgilab qo‘yildi.

Chet el investorlariga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan shartnoma tuzilganda qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilishi mustahkamlandi.

Shuningdek, chet ellik investorlarga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish bo‘yicha mustaqil ravishda taklif kiritish tashabbusi taqdim etildi.

Xulosa o‘rnida aytganda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun chet el investorlari hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilishi barobarida, investitsiya qonunchiligidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, xorijiy sarmoyadorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “davlat-xususiy sektor” sherikligini rivojlantirish, sarmoyadorlar kiritgan mablag‘lar xavfsizligini kafolatlash, iqtisodiy barqarorlik va moliya bozorining mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.

2. Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:  ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;  100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;  yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻʼba korxonalari va filiallarini tashkil etish;  konsessiya va lizing sharnomalari tuzish;  tenderlar eʼlon qilish;  erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;  moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.

Menimcha vatanimizda olib borilayotgan ulkan ishlar bilan birgalikda investitsiyalarni Oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, aqliy zakovatga jalb qilish yurtimizni yanada rivojlanishi uchun ulkan turtki bo’lardi. Zero istiqbolli kadr yaratish yurt tayanchidir.

3. Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, I. kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.

Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I., ; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.

Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996 y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyo-tiga I. kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy I.larni sugʻurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.

Dilshod Gʻozibekov.[1]

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.



Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:

  1. Ichki investitsiyalar.

  2. Tashqi investitsiyalar.

Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Download 26,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish