Xorijda malaka oshirish va ta'lim



Download 1,46 Mb.
bet5/6
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#82492
1   2   3   4   5   6
“5+1 modeli” bo’yicha tashkil etilib, ularning dars jadvali blok tizimida ishlab chiqilgan. Ushbu guruxlarga dastlab birinchi blok darslari: Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika (Physics) hamda Ingliz tilidan “YOzish” va “O’qish” (Reading & Writing) “Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib borilgan bo’lsa, xozirda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi o’quv rejasidagi darslar xam olib borilmoqda. Dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon Von xamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilmoqda. Institutning 2-3 kurslardan iborat “Iqtidorli talabalar” guruhi talabalari (2016 yilda yuqoridagi kabi tanlov asosida saralab olingan) 2016-2017 o’quv yilida umumkasbiy fanlarni (birinchi blok darslari) ingliz tilida o’qigan bo’lib, xozirda, ya’ni 2017-2018 o’quv yilida ular mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qimoqda, shu bilan birga ushbu gurux talabalari “GM O’zbekiston” AJ o’zaro xamkorlik doirasida 2017 yilning 26 sentyabrdan 23-oktyabrga qadar haftaning 5-kuni, jami 20 kun davomida korxonada amaliyot o’taganlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash, institutda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug’ullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab quvvatlashni takomillashtirish hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 28 sentyabrdagi 704-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida 2017 yil 2 oktyabr kuni 538-sonli institut buyrug’i ishlab chiqilgan. Buyruqqa asosan institutning “Avtomobilsozlik” kafedrasi “GM-O’zbekiston” AJ va “UZAUTOAUSTEM”ga, “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomotlashtirish” kafedrasi “Uz Koram Ko”ga, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi “Andijon Mash” va “Uz-Tong Xong”ga, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi “Uz Dong Yang Ko”ga, “Texnologik mashina va jixozlar” kafedrasi “Uz-SaeMyung KO”ga, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi “Andijon SSM” ga, “Elektrotexnika, Elektromexanika, Elektrotexnologiya” kafedrasi “Andijon kabel”, “Andijon XET” OAJ, “UzKodji” ishlab chiqarish korxonalariga biriktirilgan. Hozirda hamkorlik haqidagi shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnomalar doirasida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish ko’zda tutilgan. Institut professor-o’qituvchilarining korxonalardagi stajirovka va malaka oshirishlari amalga oshirilmoqda. ”O’zavtosanoat” AKning 4 ta korxonasi bilan xo’jalik shartnomalari rasmiylashtirilib, ularning muammolarini yechishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2017-2018 o’quv yili uchun institutda jami 30 nafar magistratura bitiruvchilari ishga qabul qilingan va o’quv, ilmiy-tadqiqot va ta’lim-tarbiya jarayonlariga jalb etilgan.

Institutda dissertatsiyalar himoyalarini faollashtirish maqsadida 2018-2021 yillarda dissertatsiyalarni himoya qilishning prognoz ko’rsatkichlari asosida 2017 yil 1 ta, 2018 yilda 4 ta, 2019 yilda 7 ta, 2020 yilda 7 ta, 2021 yilda 7 ta himoya bo’lishi rejalashtirildi. Hozirda institut kafedralari tomonidan Xolmatov Umidjon, Daliyev SHuhratbek, Muxtorjon YUsupov, SHarifjon Sulaymonov kabi mustaqil tadqiqotchilarga alohida shart-sharoitlar yaratilib, ilmiy izlanishlarini yakunlash uchun ko’mak berilmoqda. Institut “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” kafedrasi katta o’qituvchisi B.Qayumov 2017 yil 4 dekabr kuni falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertaiya ishini himoya qilgan.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda falsafa doktori (Doctor of Philosopy) va fan doktori (Doctor of Science) tayyorlash tajribasini chuqur tahlil qilgan holda falsafa doktori va fan doktorlari tayyorlash, yuqori ilmiy-uslubiy va amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash hamda ularni nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishni faollashtirish masalasiga institut Ilmiy kengashining 5-sonli yig’ilishida alohida urg’u berilib, ushbu soha bo’yicha aniq vazifalar belgilangan. Institut rektorining buyrug’iga asosan xar bir kafedrada bir oyda kamida uchta tizimli seminarlar tashkil etish jadvali ishlab chiqilgan. (2017 yil 16 yanvar). Jadvalning ijrosi doimiy nazoratga olingan.

2017 yil 17 mart kuni Andijon davlat universitetida “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” bo’lib o’tgan X Respublika yarmarkasi Andijon viloyati xududiy bosqichida AndMI 50 dan ortik ishlanma, foydali model, texnologiyalar bilan ishtirok etgan. YArmarkada Bekkulov Botiralining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun quritish qurilma”si, Oybek Umarovning “Elektromobil” ishlanmasi mexmonlarda katta kizikish uyg’otgan. 2017 yil 10-12 may kunlari “X Respublika Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyixalar yarmarka”sida OO’MTV ro’yxatida ko’rsatilgan 13 ta ishlanmalar bilan qatnashilgan. Jami 24 ta shartnoma imzolangan, umumiy xajmi 756,4 mln so’m. Institut xisobiga 24.6 mln so’m kelib tushgan.

Institutda davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 1 ta innovatsion 1 ta fundamental loyixa 2017 yil dekabr oyida yakunlangan. Ularning umumiy qiymati 105 mln so’mni tashkil etgan. 2017 yilda Fan va texnologiyalar agentligiga amaliy innovatsion va yosh olimlar loyixalaridan 29 tasi taqdim etilgan.

2018 yilda Andijon mashinasozlik instituti tomonidan “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo-resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusida xalqaro konferentsiya rejalashtirilgan. 2017yil 26 aprel kuni institutda Respubldika miqyosidagi “Innovatsion rivojlanish muammolari: ishlab chiqarish, ta’lim , ilm-fan” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilgan. Konferentsiyada 200 dan ortiq professor-o’qituvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, olimlar va talabalar ishtirok etganlar. 1000 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.

2017-2018 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 sentyabr kungi 698-sonli buyrug’iga asosan Andijon mashinasozlik instituti talabalaridan 


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish