BILET
Xorazmda topilgan yodgorliklar ayniksa, Tuprokkal`adan (III-IV asr) kulga kiritilgan xayvon va devoriy rasmlar kadimgi uzbek san`atini bilishda muxim daliliy material bulib xizmat kiladi.
VI-VIII asrlar xalk san`ati, madaniyat tarixida kutarilish davri buldi. Bu asrlarda kuplab yirik monumental inshootlar, xashamatli binolar kurildi. Varaxsha (Buxoro vil.), Afrosiyob (Samarkand vil.) dagi saroy koldiklari, ularning devorlarida ishlangan suratlar yaratilgan xaykallar yuksak maxorat bilan ishlanganligi xozir xam kishini xayratga soladi.
Abu Rayxon Beruni, Muxammad Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farobiy yashagan vaktlar xam bizga juda kup nodir yodgorliklar koldirdi. Bu asarlarda me`morchilik yetakchi urinni egalladi. Shu davrning yodgorliklaridan biri bu Samoniylar maxbarasi uz davrining estetik falsafiy karashlarini mujassamlashtirgan.
Temur va Temuriylar davrida yaratilgan Bibixonim machiti, A.Temur maxbarasi, Ulugbek madrasasi va rasad xonasi, Shoxi –Zinda ansambli – bularning xammasi xalk badiiy merosining yorkin saxifasini tashkil etibgina kolmay, balki jaxon tasviriy san`ati tarixi saxifalarida uzining fakrli urnini egallaydi.
Bu davrda miniatyura san`ati boasida xam sezilarli jonlanish buldi. Shu davrda yashab ijod yetgan Komoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Muxammad Murod Samarkandiy va boshka musavvirlar miniatyura san`tining nodir namunalarini yaratib koldirdilar. Bular orasida ayniksa, K.Bexzodning faoliyati (1466-15q5) dikkatga sazovordir. U Xiratda tugilib, keyinchalik Xusayn Baykaro kutubxonasida ishlagan. 150o` yil Xurosan Shayboniyxon kuliga utkash Buxoraga kuchib kelgan va shu yerda (15g`g`y ) yashab ijod kilgan va uzining mashxur Shayboniyxon portretini yaratgan. Bundan tashkari u birnechta mashxur insonlarning portretlarini ishlaydi. Shoirlar asarlariga ajoyib, nafis illyustratsiyalar yaratadi. Buyuk A.Novoining gamxurligida kamol topgan Bexzod Sa`dining «Buston», «Gulston», Nizomining «Xamsa», Xisrav Dexlafiyning «Xamsa», Sharofiddin Ali Yazdining «Zafarnoma» asarlarida kuplab suratlar chizgan. U Urta Osiyo miniatyura maktabining rivojiga katta ta`sir kursatti. Uning ijodiy rejalarini uning chogirdlari davom ettirdilar. Bular Mulla Yusup, Kosim Ali va boshkalardir. XVII-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Urganch, Toshkentta yaratilgan me`morchilik obidalari, dekorativ-amaliy san`at buyumlari xalkning guzallikka bulgan intilishidan dalolat beradi.
Turk hoqonligi hukmronligi davrida O'rta Osiyoda madaniyat va din. Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk hoqonligi davlati muhim o'rinni egalaydi. Turk hoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo'lsada, lekin ularni ko'pchiligi bir-biriga qarama-qarshi ma'lumotlar beradi. Amin urug'idan bo'lgan Asot (Asyam), va Tuu (460-545) turkiy qabilalar ittifoqqiga asos soladilar. Tuuning o'g'li Bulili o'ziga Tele qabilasini bo'ysindiradi. Bulish 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo'lgan tumanlar xokimi mag'lub etadi. O'sha yili Bulili Yangi davlatni Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ilk daryosi bo'yida xukmdor deb e'lon qilingach «Ilixon» unvonini oladi. Mudasixon xukmronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yili Muqan hoqon sharqda yurish qilib, uzoq sharq o'lkalarini o'ziga buysundiradi va tinch okeanini qirg'oqlariga chiqadi. Turk hoqonligi davriga kelib xaykaltaroshlik, o'ymakorlik, naqqoshlik, Musiqa, Raqs san'atlari rivojlangan. Turk raqqosalari va qo'g'irchoq o'ynatuvchilari Xitoyda ham mashhur bo'lgan. Sug'orish inshootlari, qo'rg'on, shaharlar ko'plab paydo bo'ldi. Turkiylarni dini haqida «Be-shu» va «Sui-shu» Xitoy yilnomalarida qayd etilgan. Unda hoqon qarorgohiga sharq tomonidan kiritilgan, har yili hoqon o'z amaldorlari bilan g'orga borib, ota-bobolari ruhiga qurbonlik keltirgan, har yilda besh marotaba oy chiqishida hoqon yaqinlarini yig'ib, daryo bo'yiga borgan va olomon ruhiga qurbonlik keltirgan.
1949—54 yillarda Varaxsha tarixi va meʼmorligi oʻrganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom gʻishtlardan qoʻshminora tarzida oʻrab chiqilgan balandligi 15 m boʻlgan tagkursilarning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yoʻlaksimon (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud boʻlgan.
Arkning markazida janub tomoni mudofaa devoriga yondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5×17 m) va Gʻarbiy (6,6×7,25 m) mehmonxona hamda Qizil xona (zal) (8,5×12 m) lardan iborat boʻlgan. Saroy gʻarb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar oʻrnatilgan hashamatli peshayvon bilan oʻralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlari va toqilari ganchkori qabartma tasvirlar hamda turli xil girixlar bilan bezatilgan.
Saroyning Kizil xona va Sharqiy mehmonxonalari toʻla kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang boʻyoqlar bilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar, fil mingan shahzoda va chokarlarning old va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishonga kamondan oʻq uzayotgan ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda oʻtirgan hukmdor tasvirlangan. Sharqiy mehmonxona devorida tiz choʻkib, qoʻlida qadah tutgan malika, belida shamshir, bir qoʻlida qisqich ushlagan podshoh, oʻrtada vazasimom otashgoxda yonib turgan muqaddas olov-azarxurro, otashgoxdan oʻngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz choʻkib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulgʻa kiygan, qoʻllarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazor, toʻqay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir.
Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan ekan. Koʻplab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlar, yelkasidan oʻq yegan arhar, yelib borayotgan jayran, bedanalar, ayol boshli baxt qushi — Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bogʻlagan suvoriy hamda koʻpdan-koʻp ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girih parchalari uchraydi.
Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi. Xususan, me`morchilik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari – masjid, minora, madrasa va maqbaralarning paydo bo`lishiga hamda keng tarqalishiga sabab bo`ldi43. Ushbu me`moriy inshootlar o`zining yuksak arxitektura yechimiga ega bo`lib, xalifalik tasarrufidagi barcha hududlarga keng tarqaldi.
Arab xalifaligi davrining me`moriy yodgorliklari ichida eng katta o`rinni ibodat maskani hisoblangan masjidlar egallaydi. Masjid arabcha “sajada” (egilish, itoat etish, sajda qilib yuzini yerga tegizish) so`zidan olingan bo`lib, “sajda qilinadigan, ibodat qilinadigan joy” ma`nosini bildiradi44. Birinchi masjidni Madinada Muhammad (s.a.v.) qurdirgan. Unda musulmonlar namozni Quddusi Sharif (Ierusalim)ga qarab o`qiganlar. Bir yarim yil o`tgach, musulmonlar nigohi Makkaga qaratildi va shundan buyon barcha ibodat qiluvchilar Ka`ba tomon yuzlanib ibodat qilib kelmoqdalar. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjidlarning to‘rida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo‘ladi. Ayrim yirik masjidlar mehrobining o‘ng tomonida va’zxonlik uchun mo‘ljallangan minbar, ba’zilarida esa Qur’on o‘qiladigan maxsus joylar ham bo‘ladi45.
Qadimdan har bir masjid yonida bitta yoki bir nechta minoralar qad ko`targan. Minoralar aylana, ko`p qirrali yoki to`rtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Muazzin minoraga chiqib besh mahal azon aytib, namozxonlarni namozga chorlagan. Bayram kunlari minoralar chiroqlar bilan yoritiladi. Shundan uning nomi kelib chiqqan bo`lib, “mayoq” ma`nosini anglatadi46.
Muhammad (s.a.v.) davrida bunyod etilgan Makka shahridagi birinchi masjid oddiy va hashamdorlikdan yiroq edi. Masjid ustunlari palma yog`ochidan bo`lib, tomi esa, shoh-shabbalar bilan berkitilgan edi, xolos. Xalifalik tashkil topganidan so`ng, masjidlar qurilishi jadallashdi. Masjid me`morchiligida ustalar Vizantiya, Sosoniylar san`atining uslub va elementlaridan keng foydalandilar. Masjidlar VII-VIII asrlardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy me’morlik an’analarida yetakchi o‘rinni egallab, o‘ziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli, markaziy qismida xonaqohi bo‘lgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlardan iborat. 8 qirrali, gumbaz tomli va ko‘p ustunli, galereyali masjidlar tosh, yog‘och, g‘isht, rangli koshin bilan hashamdor bezatilgan.
Keyinroq Misr ham zabt etilgach, Fustat (Qohira) shahrida arab lashkarboshisi Amra ibn al-Os buyrug`i bilan koptlik me`morlar tomonidan xalifa davrining eng qadimgi masjidlaridan biri bo`lgan Amra masjidi bunyod etildi (641-yil). Masjidning na gumbazi, na minoralari bor edi. U keng kvadrat hovlidan iborat bo`lib, hamma tomonidan yopiq ayvonlar bilan o`ralgan edi. Masjid ortiqcha bezaklardan holi bo`lsa-da, kattaligi bilan odamni hayratga solardi. Ustunlarning ko`pligi huddi o`rmonni eslatadi47.
Shuningdek, musulmon me`morchilik san`atida madrasalar ham alohida o`rin tutadi. Madrasa (arabcha “darasa” - o`rganmoq) VII-VIII asrlarda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida paydo bo`ldi. Keyinchalik, masjidlar qoshida ilohiyat markazlari tashkil topdi, madrasa deb atala boshladi. IX-XIII asrlarda madrasalar islom dini tarqalgan mamlakatlarda, jumladan Markaziy Osiyoda paydo bo`lib, madrasa uchun maxsus binolar qurila boshladi48.
Mаdrаsаlаr musulmоn оlаmidа mе`mоrchilik inshооti sifаtidа X-XI аsrlаrdа vujudgа kеlgаn. Shveytsariyalik arabshunos olim Adam Mets bu haqda quyidagilarni yozadi: “O‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi, o‘z navbatida, yangi turdagi o‘quv muassasalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Avval aytib turib yozdirish, ya`ni, “diktovka” (“imlo”) usuli o‘qitishda eng yuqori daraja hisoblangan bo‘lsa, X asrdan boshlab “tadris” (“sharh”, “izoh”, “munozara”) usuli yetakchi mavqeni egalladi. “Tadris” usuli o‘sha davrda qabul qilingan ilmiy munozara bilan uzviy bog‘liq edi, masjidlar esa, munozara uchun muvofiq emas edi. Natijada, bu davrga kelib madrasa vujudga keldi49”.
Akademik V.V.Bartoldning aniqlashicha, Buxorodagi “Farjak” madrasasi manbalarda qayd etilgan eng birinchi madrasadir. U 937-yili shaharda sodir bo`lgan yong`indan jiddiy zarar ko`radi. Bu haqda Abu Bakr Muhammad Narshaxiy o`zining “Buxoro tarixi” asarida alohida qayd etgan. V.V. Bartold madrasalarning dastlab Buxoroda, so`ngra musulmon dunyosining Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo, Misr va boshqa o`lkalarda paydo bo`lishi sababini islom dini aynan shu zaminda zardushtiylik va buddizmning kuchli ta`siriga to`qnash kelgani, diniy g`oyalar o`rtasidagi kuchli raqobat islomni targ`ib qiluvchi malakali da`vatchilarni tayyorlovchi oliy maktablarga ehtiyojni kuchaytirib yuborgani bilan izohlaydi50. Bu fikrni A.Mets, K.E.Bendrikov, Sh. Ismoilov, R. Shamsutdinov, B. Rasulov singari olimlar ham tasdiqlaydilar.
Ilk mаdrаsаlаr bir qаvаtli, o`rtаsi hоvli vа uning аtrоfi hujrаlаrdаn ibоrаt bo`lgаn. Mаdrаsа umumiy qurilish lоyihаsi vа qurilmаsigа ko`rа, аjrаlib turаdi. Mаrkaziy Оsiyo mе`mоrchiligidа mаsjid vа dаrsхоnа qоidаgа ko`rа, pеshtоqning ikki yon qаnоtidа jоylаshgаn. Suriya vа Misrdа ulаr kirаvеrishdа hоvlining to`ridа ko`ndаlаngigа аyvоnli qilib qurilgаn. Mаrkaziy Оsiyo vа G`аrbiy Оsiyodа оdаtdаgidеk rаvоqli qilib yopish uslubi qo`llаngаn. Shimоliy Аfrikаdа to`sinli tоmlаr bo`lgаn51.
Bundan tashqari, islom dini tarqalgan mamlakatlar me`morchiligida maqbaralar bunyod etish ham keng tus olgan. Maqbara usti qubbali chortoqli bino bo‘lib, ramziy g‘oyalarni o‘zida ifodalagan. Chortoq - yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba - osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. “Koinot modeli”ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiqlashtirilgan. Sharqda dastlab qabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat qurish man etilgan bo‘lsa-da, IX asrdan xalifalar sharafiga maqbaralar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham IX asrdan maxsus maqbaralar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli maqbaralar qurilgan.
Amir Temur bobomiz tabiatni, insonni sog‘lomlashtirish, cho‘l-biyobonlarni obodonlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirish borasida juda ko‘p hikmatli so‘zlarni meros qilib qoldirdi. “...Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, hammomlar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustida rabotni bino qilishni, daryolar ustida ko‘priklar qurishni buyurdim. Kimki biron sahroni obod qilsa yoki biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchunchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilsin”.
Movarunnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan, Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etildi.
Qashqadaryo viloyatidagi Eski Anhor kanalini Amir Temur bobomiz Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g‘alabasi sharafiga qurgan. Tarixchi Hofiz Abro‘ning yozishicha Amir Temur Xurosondagi Murg‘ob vodiysida obodonchilik va dehqonchilik ishlari xarob bo‘lganini ko‘rib, daryodan 20 ta kanal qazdirib, suv chiqarib dehqonchilik va obodonchilik ishlariga asos soladi. Uning topshirig‘i bo‘yicha Ko‘hak – Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko‘priklar qurildi. Shuningdek, Sirdaryodan, Ohangarondan kanal qazildi. Sohibqironning farmoyishiga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘onada irrigatsiya – sug‘orish ishlari olib borildi. Bunday bunyodkorliklar davlatning boshqa hududlarida ham davom ettirilgan. U uzoq Qorabog‘da 42 km kanal qurdirgan. Ozarbayjondagi Mug‘on shahrida 12 ta bog‘ barpo etgan.
Amir Temur davrida betakror bog‘lar yaratilgan va ularga o‘ziga xos nomlar qo‘yilgan. Bular xususidagi dastlabki ma’lumotlar o‘tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog‘lari o‘rta asrlar rassomlari miniaturalarida ham tasvirlangan. Bu bog‘lar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |