Xorazm viloyati Urganch Inovatsion Universtiteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi talabasi Alimbayeva Norguloy Umumiy psixologiya fanidan yozgan Mustaqil ish MAVZU; Psixoloyiya fani pridmeti va vazifalari, metodlari REJA 3Psixologiya fani metodlari Psixologiya fani haqida tushuncha Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiya fani haqida tushuncha - Oʻzbekistonda psixologiya 1928-yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929-yil Xalq maorifi komissarligi qoshida psixologiya laboratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi.
Psixologiya fani pridmetlari - Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. O‘quv predmeti sifatida ta’lim muassasi o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, talabalarning umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan.
- Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya nima uchun kerak Inson o’zini bilish va yaqinlarini yaxshiroq tushunish uchun psixologiyaga murojaat qiladi. Ushbu bilim ularning harakatlarining haqiqiy motivlarini ko’rish va anglashga yordam beradi. Psixologiya ruh haqidagi fan deb ham ataladi, inson hayotning ma’lum bir lahzalarida o’ziga savollar berishni boshlaydi — «men kimman?», «Men qayerdaman?», «Nega men bu yerdaman?» Nima uchun odamga bu bilim va ong kerak? Psixologiya hayot yo’lida qolib ketmaslik, bir ariqqa keyinchalik qayta tushmaslik va yiqilgadan so’ng ko’tarilishga kuch topish va davom etishga yordam beradi. Psixologiya fani vazifalari Har qanday konkret fan boshqa fanlardan o‘z predmetining xususiyatlari bilan farq qiladi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash yanada qiyinroq. Bu hodisalarni tushunish ko‘p jihatdan psixologiya fanini egallash zaruratiga duch kelgan odamlarning dunyoqarashiga bog‘liqdir. Psixologiya fani vazifalari - Psixologiya insoniyatga tanish bo‘lgan eng murakkab ilm haqidagi fandir. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib psixika deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holati-ki u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalaridan ancha murakkabroq, chunki psixologiyada bilishning obyekti va subyekti o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
Psixologiya fani metodlari Zamonaviy psixologiyaning kelib chiqishida Aristotel, Ibn Sino, Rudolf Goklenius birinchi bo’lib «psixologiya» tushunchasini ishlatgan. Zigmund Freydni esa hatto psixologiyaga aloqasi bo’lmagan odam ham eshitgan. Fan sifatida psixologiya 19-asrning ikkinchi yarmida falsafa va fiziologiyadan ajralib chiqqan holda paydo bo’ldi. Psixologiya psixikaning mexanizmlarini, ongsiz ravishda va shaxs tomonidan amalga oshirilishini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |